ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1196
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING XULQ ATVORIGA IJTIMOIY
MUXITNING TASIRI
Turumbetova Zamira
QDU San’atshunoslik fakulteti «Pedogogika va psixologiya» kafedrasi v.v.b.docent.
Abdiraxmanova Dinara
QDU San’atshunoslik fakulteti «Pedogogika va psixologiya» kafedrasi 4 kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11083575
Annotatsiya.
Bu maqola, maktabgacha yoshdagi bolalarning xulq atvoriga, jamiyat bilan
o'zaro munosabatlarga va ijtimoiy muxitning roli va tasiriga oid. Mavzuni o'rganish uchun ilm-
fan adabiyotlari, so'zlar va hujjatlar ishlatilib, bolalar va ijtimoiy muxitlar o'rtasidagi
munosabatlarni ta'kidlash uchun psixologik va jamiyatiy tahlil qiladi. Maqola, xulq atvori va
ijtimoiy muxitning bir-biriga o'zaro ta'siri, bolalar va ota-onalar munosabatlari, shuningdek,
bolalar o'rtasida munosabatlar va o'zlarini ifodalashlari ustida o'rgatuvchilar uchun qo'llanilgan
amaliy maslahatlarni o'z ichiga oladi.
Kalit so'zlar:
psixologiya, xulq atvor, xarakter, tasir qilish, psixologik tahlil, ong, muloqot,
motiv.
INFLUENCE OF THE SOCIAL ENVIRONMENT ON THE BEHAVIOR OF
PRESCHOOL CHILDREN
Abstract.
This article is about preschool children's behavior, interactions with society, and
the role and influence of the social environment. Uses scientific literature, words and documents
to study the topic, and makes a psychological and social analysis to emphasize the relationship
between children and social environments. contains practical advice for educators on child-parent
relationships, as well as child relationships and self-expression. As a result, social environments,
relationships between children and parents become important in ensuring the improvement of the
social environment in preschool educational organizations. Development of preschool children in
relation to the outside world and social environment, expressing their opinions and how they learn
their place in society, as well as the development of children's relationships and communication
are also important guidelines. Based on this analysis, children's motivations, social experiences,
psychological processes and their personal development, practical advice and recommendations
are also presented.
Key words:
psychology, behavior, character, influence, psychological analysis,
consciousness, communication, motive
ВЛИЯНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ СРЕДЫ НА ПОВЕДЕНИЕ ДЕТЕЙ
ДОШКОЛЬНИКА
Аннотация.
В данной статье речь идет о поведении детей дошкольного возраста,
взаимодействии с обществом, а также о роли и влиянии социальной среды. Использует
научную литературу, слова и документы для изучения темы, проводит психологический и
социальный анализ, подчеркивая взаимоотношения детей и социальной среды, содержит
практические советы для воспитателей по детско-родительским отношениям, а также
детским отношениям и самовыражению.
Ключевые слова:
психология, поведение, характер, влияние, психологический анализ,
сознание, общение, мотив.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1197
Maktabgacha yoshdagi bolalar, ularning xulq atvorlari va ijtimoiy muxitlar bilan
munosabatlari, ularni o'zlarini ifodalash, o'z fikrlarini bayon etish, va jamiyatdagi o'zlarining
o'rinini qanday o'rganishlari, psixologik tahlili va amaliy maslahatlarga ega bo'lishi mumkin.
Bоlаlаr psiхоlоgiyasi insоn оngining bоlаlik chоg‘idаn bоshlаb qаndаy o‘zgаrishi,
o‘sishini vа buning sаbаblаrini оchib bеrish bilаn, murаkkаb psiхik jаrаyonlаrning аsl tаbiаtini
to‘g‘ri tushunishgа yordаm bеrаdi. Ontogenezda 3 dan 7 yoshgacha bo'lgan davr bog'cha yoshi
davri yoki maktabgacha yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida
juda tez suratta o‘zgarishlari bo'lishini inobatga olgan holda 3 davrga: (3—4 yosh) kichik
maktabgacha davr, (kichik bog‘cha yoshi), (4—5 yosh) o‘rta maktabgacha davr, (o‘rta bog'cha
yoshi), (6—7 yosh) katta maktabgacha davr (katta bog'cha yoshi)ga ajratish mumkin. Bola
rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan
munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo'lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o'zlashtirib,
egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-haraka tlarni,
tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi,
qobiliyatlarning o'sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib
borilmog‘i kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi.
Mashhur rus pedagogi Lesgaftning fikricha, insonning bog'cha yoshidagi davr shunday bir
bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning
asoslari yuzaga keladi. Bog'cha yoshidagi bolalarning ko'zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan
biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidi. Kattalar va tengdoshlari bilan bo'lgan munosabat
orqali bola axloq me’yorlari, kishilarni anglashi, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan
tanisha boshlaydi. Bog'cha yoshidagi bola endi o‘z gavdasini yaxshi boshqara oladi. Uning
harakati muvofiqlashtirilgan holda bo'ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi, u
yangiliklarni egallashga nisbatan o‘z bilganlarini mustahkamlashga ehtiyoj sezadi, o'zi bilgan
ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik, shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir.
Bog'cha yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. 3—7
yoshli davrida bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi: predmetlari
o'rganishi; Individual predmetli o'yinlar, jamoa sujetli-rolli o‘yinlar; Individual va guruhiy ijod;
musobaqa o'yinlari; muloqot o'yinlari;— uy mehnati.Bog'cha yoshidagi bolalar nutqni birmuncha
to‘la o'zlashtirishi va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o'zlariga yaqin bo‘lgan katta
odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo'lish ehtiyoji tug'iladi. Ular tor doiradan kengroq
doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi bog‘chadagi do'stlari va qo‘ni-
qo‘shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo‘lib o'ynashga harakat qiladilar.Hamma narsani bilib
olishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Bog'cha yoshidagi bola tabiatiga xos bo'lgan kuchli
ehtiyojlardan yana biri, uning har narsani yangilik sifatida ko‘rib, uni har tomonlama bilib olishga
intilishidir. Bog'cha yoshidagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatdan o'sishida qiziqishning
roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolani biror faoliyatga undovchi omillardan biridir.
Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixik hodisa
desa bo'ladi. Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini
mumkin qadar chuqurroq bilishga intiladi va uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan
shug‘ullanishdan zerikmaydi. Bu esa o‘z navbatida bolaning diqqati hamda Irodasi kabi muhim
xislatlarni o'stirishga va mustahkamlashiga yordam beradi. 3—7 yoshli bolalarning psixik
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1198
rivojlanishida badiy ijodiy faoliyat turi bo'lgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa
orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga o'rganadilar.
Bolaga eng avvalo o'z oilasi katta tasir o'tkazadi, ijtimoiy muhitning bolaga tasiri oilada
qanday ruhda tarbiyalanganligiga bog'liq. Agar bola oilada mexir ko'rmay o'ssa o'zini hech kimga
kerakmasday xis qilsa bog'cha yoshiga yetganda bolalarga qo'shilishi ham qiyin bo'ladi, bola turli
qo'rquv hissiyotlari bilan ularga qo'shiladi. Biroq negadir uni hech kim yoqtirmaydi. Chunki uni
boshidan onasi yoqtirmagan. Ana o'sha payttan boshlab bolaning xulqida og'ishlar paydo bo'la
boshlaydi. O'ziga ishonmaslik, o'zini ximoya qilaolmaslik, birovlarga bo'yin egish kabi salbiy
xislatlar paydo bo'ladi.
E.Z.Usmonova rahbarligida B.B.Nurullayeva tomonidan "Маktabgacha yoshdagi bolalarni
tafakkurini modellashtirish" mavzusida ilmiy tadqiqot olib borilgan. В.В.Nurullayevaning
tadqiqotida aniqlashichа, maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurning modellashtiruvchi
faolyati bu yosh davri uchun xos bo'lgan faoliyat bo'lib unda bolalarning intellektual imkoniyatlari
to'liq namoyon bo'ladi. Bu yosh davrida tengdoshlari bilan muloqot tafakkurning
modellashtiruvchi faolyatini o'zlashtirishning asosiy shartidir. Modellashtirish vazifalarini
birgalikda hal qilish tashqi predmetli faolyatning ichki rejaga o'tishiga imkon tug'diradi. Bola
tengdoshini modellashtirishga o'rgatib ushbu faolyatni egallashning sifat jihatdan yangi darajasiga
o'tadi bolada o'zaro tasir qilish sheriklarning o'zaro rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.
Maktabgacha yosh davrida psixik funksiyalardan xotira juda yaxshi rivojlanadi.Tafakkur
tasavvurlar orqali namoyon bo'la boshlaydi.Jamiyat tabiat va dunyoning tashqi ko'rinishi haqida
dunyoqarashning kurtaklari shakillana boshlaydi.Bola tevarak atrofni tartiblashtirishga va
tushunishga intiladi.Bola va kattalar orasidagi yangi munosabatlar kattalar obrazi bolaning xatti
harakatlarini malum tomonga yo'llaydi bu esa bola shaxsi rivojlanishida barcha yangi psixologik
tuzilmalarning paydo bo'lishida asos hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya yoshi xulq atvor shaxsiy
mexanizmlarining rivojlanishi, shaxsning dastlabki shakillanishi davridir. Bu yosh davrida
motivatsion-ehtiyojlar sohasining rivojlanishi ro'y beradi.
Xulosa qilib aytganda ijtimoiy muxitning tasiri, bolalar o'rtasidagi munosabatlarni
shakllantirishda va ularni o'zlarini ifodalashda katta ro'lni o'ynaydi. Xulq atvorining rivojlanishiga
olib kelish, bolalar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish va ijtimoiy muxitlarini rivojlantirishda
katta axamiyata ega bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning xulq atvoriga ijtimoiy muxitning
tasiri katta. Ular o'z o'rtasida, oilasi bilan va o'qish muhitida suhbatlashish orqali qiziqarli xarakter
va xulq-atvor shakillanmoqda. O'qishga oid darslar, o'yinlar, jamoatdagi tajribalar, yangi do'stlarni
topish, bir-biriga yordam bermoq — bular hammasi bolalarning xulq-atvorini rivojlantirishga olib
keladigan vositalar. O'zbekiston tarixida bularni oshirishga intiladigan o'quvchi, o'qituvchi, va oila
muhitlari keng tarqalgan. Ijtimoiy muxit ham bolalarga xushbaho xulq-atvor va insonparvarlik
tug'diradi.
REFERENCES
1.
Ergashev M., Tojiyeva D Yoshlar Bilan Ishlash Psixologiyasi" (2020)
2.
Nishanova, Z.T.Rivojianishpsixologiyasi. Pedagogik psixologiya darslik / «0‘zbekiston
faylasuflari milliyjamiyati» nashriyoti TOSHKENT - 2018 247-258
3.
Turmuxammedova Ozoda "Ong osti sirlari " Toshkent : Yangi asir avlodi,
2017 .-64b 6-10
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1199
4.
Social Psychology" - Robert A. Baron and Donn Byrne:
5.
Conversation Secrets for Preschoolers" - Deborah Tannen
6.
Turumbetova Z. PROBLEM OF PERIODIZATION IN DEVELOPMENTAL
PSYCHOLOGY //Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal. – 2023. – Т.
4. – №. 6. – С. 323-330.
7.
Turumbetova Z. Y., Xudaybergenova S. ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ И ИГРЫ В ПРОЦЕССЕ
РАЗВИТИЯ РЕБЕНКА //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С.
178-182.
8.
Rustamxojaevna K. K., Yusupbayevna T. Z. ELECTRONIC AND DISTANCE
LEARNING TECHNOLOGIES IN HIGHER EDUCATION //International Journal of
Pedagogics. – 2023. – Т. 3. – №. 01. – С. 14-18.
9.
Yusupbayevna T. Z. PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FACTORS OF AN
INTEGRATED APPROACH TO ADVANCED FOREIGN EXPERIENCE IN
EDUCATION //EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR). –
2022. – Т. 8. – №. 6. – С. 26-29.
10.
Turumbetova Z. Integrative approach to the system of higher education of foreign
countries, economically developed in the Republic of Uzbekistan. – 2021.
11.
Turumbetova Z. Y., Kaljanova U. M. MENTAL DEPRIVATION IN CHILDHOOD
//Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 862-866.
12.
Turumbetova Z. Y., Ismailova X. X. AGGRESSIVE BEHAVIOR OF PRESCHOOL
CHILDREN //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 934-937.
