ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
132
VALYUTA QIMMATLIKLARINI QONUNGA XILOS RAVISHDA OLISH YOKI
O‘TKAZISH BILAN BOG‘LIQ JINOYATLARNI ANIQLASH VA KVALIFIKATSIYA
QILISHDAGI AYRIM MUAMMOLARI
Saidov Xurshid Axtam o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
“Tergov faoliyati” yo‘nalishi magistratura tinglovchisi
E-mail:
saidovxurshid527@gmail.com
Tel: (99) 700 15 51
https://doi.org/10.5281/zenodo.11120773
Annotatsiya.
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va oʻtkazish
Oʻzbekiston Respublikasining valyuta yakka hukmronligiga va pul-moliya tizimiga putur
yetkazishini inobatga olib, mazkur maqolada valyuta qimmatliklari bilan bog’liq jinoyatlarni
aniqlash va kvalifikatsiya qilish jarayonlarida vujudga keladigan muammolarga yechimlar va
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilingan. Shuningdek, berilgan takliflar natijasida
soha rivojiga ijobiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlarga erishish mumkin boʻladi.
Kalit so‘zlar
: valyuta qimmatliklari,
chet el valyutasi,
valyutani tartibga soluvchi davlat
organi, madaniy boylik.
CERTAIN PROBLEMS IN THE DETERMINATION AND QUALIFICATION OF
CRIMES RELATED TO LAUNDERING OR TRANSFER OF CURRENCY VALUES
Abstract.
Illegal acquisition and transfer of foreign exchange values is subject to the
currency monopoly of the Republic of Uzbekistan and taking into account that it harms the
monetary and financial system, this article analyzes the solutions to the problems that arise in the
processes of identifying and qualifying crimes related to currency values and the measures being
implemented. Also, as a result of the given proposals, it will be possible to achieve changes that
can have a positive impact on the development of the industry.
Key words:
currency values, foreign currency, currency regulatory div, cultural wealth.
ОТДЕЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ В ОПРЕДЕЛЕНИИ И КВАЛИФИКАЦИИ
ПРЕСТУПЛЕНИЙ, СВЯЗАННЫХ С ОТМЫВАНИЕМ ИЛИ ПЕРЕДАЧЕЙ
ВАЛЮТНЫХ ЦЕННОСТЕЙ
Аннотация.
Незаконное приобретение и передача валютных ценностей подпадает
под действие валютной монополии Республики Узбекистан и учитывая, что это наносит
вред денежно-финансовой системе, в данной статье анализируются пути решения
проблем, возникающих в процессах выявления и квалификации преступлений, связанных с
валютными ценностями, и реализуемые меры. Также в результате данных предложений
удастся добиться изменений, способных оказать положительное влияние на развитие
отрасли.
Ключевые слова:
валютные ценности, иностранная валюта, орган валютного
регулирования, культурные ценности.
Internet
manbalarida,
“Toshkent
Xalqaro
aeroportida
«Toshkent-AERO»
ixtisoslashtirilgan bojxona majmuasi xodimlari Rus imperatori Nikolay II davriga oid tarixiy tilla
tangalarni noqonuniy olib chiqishga urinishni fosh qildilar. «Dunyo» nashrining Davlat bojxona
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
133
qo’mitasiga tayanib ma’lum qilishicha, bojxona nazorati jarayonida fuqaroning nazoratchilardan
yashirincha, xususan, yo’lovchi bojxona deklaratsiyasida ham ko’rsatmasdan 8 dona tilla
tangalarni olib o’tishga uringanligi aniqlangan. Shuningdek, uning tegishli idoralardan tanga olib
chiqish uchun maxsus ruxsatnomasi ham bo’lmagan. Tangalar xorijga uchib ketayotgan
fuqaroning buyumlari orasidan topilgan. Hozirda aniqlangan huquqbuzarlik fakti yuzasidan
bojxona tekshiruvlari o’tkazilmoqda. Eslatib o’tamiz, «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va
olib kirilishi to’g’risida»gi qonunning 8-moddasiga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham
oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O’zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin
emas. Madaniy boyliklarni vaqtincha olib chiqish O’zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan
berilgan maxsus guvohnoma bilangina amalga oshirilishi mumkin.”[7] kabi xabarlarni o’qib
qolamiz.
Shuningdek, boshqa bir internet manbalarida esa “Toshkent shahrida huquqni muhofaza
qiluvchi organ xodimlari tomonidan o’tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.T. va boshqalar 1902
yilda ishlab chiqarilgan og’irligi 32,22 gram bo’lgan 1 dona "Nikolay-2" oltin tangasini 100 000
AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura
huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Axborot xizmati xabar berdi.
Madaniy meros agentligining xulosasiga ko’ra, ushbu oltin tanganing bugungi kundagi bahosi 1
mlrd so’mni tashkil etgan.Mazkur holat yuzasidan Jkning 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini
qonunga xilof ravishda olish yoki o’tkazish) bilan jinoyat ishi qo’zg’atilib, tergov harakatlari
o’tkazilmoqda.”[8] kabi xabarlarni o’qib qolamiz.
Endi o‘z-o‘zidan savol tug’iladi “Nikolay II oltin tangasi valyuta qimmatligimi yoki
madaniy boylikmi?”. Ushbu holatlar huquqbuzarlik aniqlanganda kvalifikatsiya qilishga ta’sir
ko‘rsatadi.
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish — Oʻzbekiston
Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻg‘risidagi Kodeksning 170-moddasiga koʻra valyuta
boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish uchun maʼmuriy javobgarlik oʻrnatilgan.
Fuqarolarning qonunga xilof ravishda valyuta qimmatliklarini olishi yoki oʻtkazishi, shunday
harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, Oʻzbekiston
Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 22-oktabrdagi “Valyutani tartibga solish
toʻg‘risida”gi OʻRQ-573-son qonunida[2] valyuta qimmatliklari — chet el valyutasi, nominali
chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog’ozlar va to’lov hujjatlari, norezidentlar tomonidan
chiqarilgan, nominalga ega bo’lmagan qimmatli qog’ozlar, sof quyma oltin;
chet el valyutasi — muomaladagi hamda chet davlat (chet davlatlar guruhlari) hududida
naqd to’lovning qonuniy vositasi bo’lgan pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilayotgan
yoki muomaladan chiqarilgan, ammo almashtirilishi lozim bo’lgan pul belgilari, chet davlatlarning
(chet davlatlar guruhlarining) pul birliklarida hamda xalqaro pul birliklarida yoki hisob-kitob
birliklarida bank hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan mablag’lar;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000 yil 28 apreldagi “Valyuta
qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o’tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti
to’g’risida”gi 8-son Qarorida[3] sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, valyuta qimmatliklari
ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Maxsus qismi sakkizinchi bo’limida
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
134
belgilangan bo’lib, uni kengaytirilgan holda talqin etish mumkin emas. Bunday qimmatliklarga
quyidagilar kiradi:
chet el valyutasi;
chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlar — fond boyliklari (aktsiya, obligatsiya va
boshqalar);
chet el valyutasi bilan to’lanadigan to’lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va
boshqalar);
har qanday ko’rinish va holatdagi qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va platina
guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy), shunday metallardan
yasalgan zargarlik va boshqa ro’zg’or buyumlari hamda ularning rezgilari bundan mustasno;
xom ashyo yoki ishlov berilgan holatdagi tabiiy qimmatbaho toshlar — olmos, yoqut,
zumrad, sapfir, aleksandritlar, shuningdek marvaridlar, shunday toshlar hamda ularning
rezgilaridan yasalgan zargarlik va boshqa ro’zg’or buyumlari bundan mustasno.
O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi Qonuni 4-
moddasiga ko’ra, chet el valyutasi jumlasiga quyidagilar kiradi:
muomaladagi hamda chet davlat (chet davlatlar guruhi) hududida naqd to’lovning qonuniy
vositasi bo’lgan pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilayotgan yoki muomaladan
chiqarilgan, ammo almashtirilishi lozim bo’lgan pul belgilari, chet davlatlarning (chet davlatlar
guruhining) pul birliklarida hamda xalqaro pul birliklari;
hisob-kitob birliklarida bank hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan mablag’lar.
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o’tkazish deb, O’zbekiston
Respublikasi hududida ushbu harakatlar sodir etilgan vaqtda valyuta qimmatliklarini o’rnatilgan
tartiblarni buzgan holda sotib olish, sotish yoki almashtirish tushuniladi.
Valyuta qimmatliklarini saqlash va tashish holatlari o’zicha valyuta qimmatliklarini
noqonuniy olish yoki o’tkazishni tashkil etmaydi.
Valyuta qimmatliklariga nisbatan bo’lgan egalik huquqi boshqa shaxsga qonunga xilof
ravishda o’tgan vaqtdan boshlab jinoyat tamom bo’lgan deb hisoblanadi.
Chet el valyutasining ancha, ko’p va juda ko’p miqdorda ekanligini belgilash masalasini
hal etish tergov va sud organlari vakolatiga kiradi. Ular bu masalani hal etishda bitimlar amalga
oshirilgan kunda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el
valyutasining O’zbekiston Respublikasining pul birligiga nisbatan kursidan kelib chiqishlari
lozim.
O’zbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustdagi “Madaniy meros ob’ektlarini
muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida”gi 269-II-sonli Qonunida[4]:
madaniy meros ob’ektlari — moddiy va nomoddiy madaniy meros ob’ektlari;
moddiy madaniy meros ob’ektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o’zgacha madaniy
qimmatga ega bo’lgan ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar;
nomoddiy madaniy meros ob’ektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o’zgacha madaniy
qimmatga ega bo’lgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti (so’z, raqs, musiqa, tomosha san’ati), shuningdek
ular hamda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati bilan bog’liq bilimlar, ko’nikmalar,
asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlar.
Moddiy madaniy meros ob’ektlari quyidagi toifalarga bo’linadi:
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
135
butun mamlakat tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy,
me’moriy, badiiy va memorial qimmatga ega bo’lgan respublika ahamiyatidagi moddiy madaniy
meros ob’ektlari;
viloyat, tuman, shahar tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy,
me’moriy, badiiy va memorial qimmatga ega bo’lgan mahalliy ahamiyatdagi moddiy madaniy
meros ob’ektlari.
Quyidagilar mazkur Qonunning ta’siri ostida bo’ladi:
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan yaratilgan madaniy boyliklar;
chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasi
hududida yaratilgan madaniy boyliklar;
O’zbekiston Respublikasi hududida topilgan madaniy boyliklar;
muzeylarda, axborot-kutubxona muassasalarida, arxivlarda, idoraviy arxivlarda, kino-,
foto-, fonotekalarda, suratlar galereyalarida va boshqa saqlash joylarida to’plangan madaniy
boyliklar;
qaysi davlatlarga mansub bo’lsa, o’sha davlatlarning vakolatli organlari roziligi bilan
arxeologik, etnologik va tabiiy-ilmiy ekspeditsiyalar tomonidan qo’lga kiritilgan madaniy
boyliklar;
ixtiyoriy ravishda ayirboshlashlar natijasida olingan madaniy boyliklar;
qaysi davlatlarga mansub bo’lsa, o’sha davlatlarning vakolatli organlari roziligi bilan
meros, hadya sifatida olingan yoki qonuniy qo’lga kiritilgan madaniy boyliklar;
chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududiga olib
kirilayotgan madaniy boyliklar.
Olib chiqilayotgan va olib kirilayotgan madaniy boyliklarga davlat mulki huquqi hamda
yuridik va jismoniy shaxslarning mulk huquqi yuzaga kelishiga quyidagilar asos bo’ladi:
madaniy boyliklar davlat byudjeti hisobiga yaratilganligi;
madaniy boyliklar yuridik va jismoniy shaxslarning o’z faoliyati hisobiga yaratilganligi;
madaniy boylik yaratilishi yoki qo’lga kiritilishiga asos bo’lgan bitimlar;
meros olish.
Ayni paytda intellektual mulk ob’ekti ham bo’lgan madaniy boyliklarga mulk huquqi
qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Quyidagilar O’zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas:
ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklar;
davlat tomonidan muhofaza ro’yxatlari va reestrlariga kiritilgan madaniy boyliklar;
muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, idoraviy arxivlar va boshqa saqlash
joylarida doimiy saqlanayotgan madaniy boyliklar.
Olib chiqilishi mumkin bo’lmagan madaniy boyliklarni realizatsiya qilish bu boyliklarning
O’zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin emasligi to’g’risida xaridor
yozma ravishda ogohlantirilganidan keyingina amalga oshiriladi.
Madaniy boyliklarni kimoshdi savdosiga (auksionga) qo’yish O’zbekiston Respublikasi
Madaniyat vazirligi bilan kelishuvga ko’ra amalga oshiriladi. Madaniy boyliklarni realizatsiya
qilishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar o’z faoliyatini belgilangan tartibda O’zbekiston
Respublikasi Madaniyat vazirligini xabardor qilgan holda amalga oshiradi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
136
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi "O‘zbekiston
Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligi huzuridagi
badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 474- son qaroriga 2-ilova
“O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros
agentligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risida”gi Nizom[5] O‘zbekiston Respublikasi
Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi huzuridagi Badiiy
ekspertlar kengashining (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) asosiy vazifalari, huquqlari va
majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros
agentligi tomonidan taqdim etilgan yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at
asarlari, shuningdek, boshqa madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish va ularning qiymatini
baholash;
davlat buyurtmalari bo‘yicha bajariladigan badiiy asarlarning eskizlarini ko‘rib chiqish va
tasdiqlash, ularning badiiy qiymati va shartnoma tuzish imkoniyatlari to‘g‘risida tavsiyalar berish;
yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan rang tasvir, miniatyura, haykaltaroshlik, grafika,
dekorativ-amaliy san’at, installatsiya asarlarini ko‘zdan kechirish, g‘oyaviy-badiiy qiymati,
bajarilgan ishlarni qabul qilish va mualliflik haqining miqdori bo‘yicha xulosalar berish.
Demak, fuqarolar tomonidan 19-20 asrlarda pul birligi sifatida ishlab chiqarilgan va o‘sha
davrda muomala vositasi bo‘lgan “Nikolay 2” tilla tangalarini sotish vaqtida tezkor-qidiruv
tadbirlari amalga oshirilib, ushlangan vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2018-yil 25-iyundagi "O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi
madaniy meros agentligi huzuridagi badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash
haqida”gi 474- son qaroriga 2-ilova “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi
huzuridagi Madaniy meros agentligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risida”gi Nizomga
asosan ushbu tangalarni ishlab chiqarilgan vaqtiga, narxiga va madaniy boyliklar sirasiga kirish
kirmasligini aniqlik kiritish yuzasidan ekspertiza tayinlash zarur hisoblanadi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra mazkur tangalar madaniy boyliklar sirasiga kirishi aniqlangan
taqdirda ushbu tangalarni valyuta qimmatliklari(muomaladan chiqarilgan chet el pul birligi)
sifatida baholamaslik zarur.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga soluvchi davlat
organi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish
bo’yicha operatsiyalarda valyuta kursi chet el valyutasiga bo’lgan talab va taklifdan kelib chiqib,
shartnomaviy asosda belgilanadi. Markaziy bank valyuta operatsiyalari bo’yicha buxgalteriya
hisobi, statistik hisobotlar va boshqa hisobotlar maqsadlari uchun, shuningdek O’zbekiston
Respublikasi hududida bojxona hamda boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish uchun
valyuta kursini muntazam ravishda belgilab boradi. O‘zbekiston Respublikasi hududida rezident
va norezidentlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish hamda sotish faqat O‘zbekiston
Respublikasi banklari orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida banklararo valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish va
sotish faqat O‘zbekiston Respublikasi banklari hamda Markaziy bank tomonidan amalga
oshiriladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
137
Biroq, O‘zbekiston Respublikasi banklari hamda Markaziy bank tomonidan “Nikolay 2”
tilla tangalarining qiymatini belgilash, sotish va sotib olish tartibi mavjud emas.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining[1] 41-moddasida har bir
shaxs mulkdor bo‘lish haqli ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining[6] 207-
moddasi(Xususiy mulk huquqi) da “Xususiy mulk huquqi shaxsning qonunchilikka muvofiq
tarzda qo’lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish
huquqidir.Xususiy mulk bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.” deb ko‘rsatib
o‘tilgan.
Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo‘lsak, ishlab chiqarilganiga ellik yildan ortiq bo‘lgan
ashyolar madaniy boylik hisoblanganligi sababli “Nikolay 2” tilla tangalarini valyuta qimmatlik
sifatida baholamaslik zarur deb hisoblaymiz.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel kuni o’tkazilgan
O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.
2.
Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 22-oktabrdagi “Valyutani tartibga solish
toʻg‘risida”gi OʻRQ-573-son Qonuni
3.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000 yil 28 apreldagi “Valyuta
qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o’tkazishga doir ishlar yuzasidan sud
amaliyoti to’g’risida”gi 8-son Qarori
4.
O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustdagi “Madaniy meros ob’ektlarini
muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida”gi 269-II-sonli Qonuni
5.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi "O‘zbekiston
Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligi
huzuridagi badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 474- son
qaroriga 2-ilova “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi
Madaniy meros agentligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risida”gi Nizom
6.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
7.
http://m.xabar.uz/mahalliy/chegarada-nikolay-tangalari-toxtatib-qolindi
8.
https://uznews.uz/uz/posts/65409
9.
https://t.me/Department_uz/4807
11.
https://www.gazeta.uz/uz/2022/04/21/coins/
12.
https://t.me/Department_uz/2220
