ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
571
VALYUTA QIMMATLIKLARINI QONUNGA XILOF RAVISHDA
OLISH YOKI O‘TKAZISH BILAN BOG‘LIQ JINOYATLARNI TERGOV
QILISHDAGI AYRIM MUAMMOLAR
Saidov Xurshid Axtam o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati”
yo‘nalishi magistratura tinglovchisi
E-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.11670618
Annotatsiya.
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va oʻtkazish
Oʻzbekiston Respublikasining valyuta yakka hukmronligiga va pul-moliya tizimiga putur
yetkazishini inobatga olib, mazkur maqolada valyuta qimmatliklari bilan bog’liq jinoyatlarni
tergov qilish jarayonlarida vujudga keladigan muammolarga yechimlar va amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar tahlil qilingan. Shuningdek, berilgan takliflar natijasida soha rivojiga ijobiy ta’sir
koʻrsatishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlarga erishish mumkin boʻladi.
Kalit so‘zlar
: Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va oʻtkazish bilan
bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish,
jinoyatlar tasnifi, ehtiyot chorasi.
CURRENCY VALUES IN AN UNLAWFUL BEHAVIOR CERTAIN PROBLEMS IN
THE INVESTIGATION OF CRIMES RELATED TO RECEIPT OR TRANSFER
Abstract.
Illegal acquisition and transfer of foreign exchange values is subject to the
currency monopoly of the Republic of Uzbekistan and taking into account that it harms the
monetary and financial system, this article analyzes the solutions to the problems that arise in the
process of investigating crimes related to currency values and the measures being implemented.
Also, as a result of the given proposals, it will be possible to achieve changes that can have a
positive impact on the development of the industry.
Key words:
Investigation of crimes related to illegal acquisition and transfer of currency
values, classification of crimes, precautionary measure.
ВАЛЮТНЫЕ ЦЕННОСТИ В НЕЗАКОННОМ ПОВЕДЕНИИ НЕКОТОРЫЕ
ПРОБЛЕМЫ РАССЛЕДОВАНИЯ ПРЕСТУПЛЕНИЙ, СВЯЗАННЫХ С
ПОЛУЧЕНИЕМ ИЛИ ПЕРЕДАЧЕЙ
Аннотация.
Незаконное приобретение и перемещение валютных ценностей
подпадает под действие валютной монополии Республики Узбекистан и учитывая, что
это наносит вред денежно-финансовой системе, в данной статье анализируются пути
решения проблем, возникающих в процессе расследования преступлений, связанных с
валютными ценностями, и реализуемые меры. Также в результате данных предложений
удастся добиться изменений, способных оказать положительное влияние на развитие
отрасли.
Ключевые слова:
Расследование преступлений, связанных с незаконным
приобретением и перемещением валютных ценностей, классификация преступлений, мера
пресечения.
O‘zbekiston Respubliksi Jinoyat kodeksining 177-modda. Valyuta qimmatliklarini
qonunga xilof ravishda olish yoki o’tkazish
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
572
Fuqarolarning qonunga xilof ravishda valyuta qimmatliklarini olishi yoki o‘tkazishi
shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy
hisoblash miqdorining etmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki
yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar ancha miqdorda sodir etilgan bo’lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining
yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni
cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy
hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan etti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida o‘z ixtiyori bilan arz
qilgan va uni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
O‘zbekiston Respubliksi Jinoyat kodeksining 15-moddasida jinoyatlarni tasnifi
belgilangan unga ko‘ra:
Jinoyatlar o‘z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra: ijtimoiy xavfi katta
bo’lmagan; uncha og‘ir bo’lmagan; og‘ir; o‘ta og‘ir jinoyatlarga bo‘linadi.
Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ko’p
bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar,
shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ko’p bo’lmagan muddatga
ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin
besh yildan ko’p bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan
jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga
ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Og’ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin o’n yildan ko’p
bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
O’ta og’ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o’n yildan ortiq muddatga ozodlikdan
mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 15-moddasiga asosan, jinoyat kodeksining
177-moddasi 1-2-qismlari ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar, 177-moddasi 3-qismi uncha
og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar, 177-moddasi 4-qismi og‘ir jinoyatlar toifasiga kiradi.
Ayrim hollarda, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish
yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilganda tadbirda foydalanish uchun O‘zbekiston
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
573
Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti
va uning hududiy boshqarmalari maxsus jamg‘armasidan olingan pullar valyuta ayirboshlash
faoliyati bilan shug‘illanuvchi shaxslar tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida yo‘qotilishi
hamda tergov jarayonlarida aybdor shaxs tomonidan mazkur pullarni qaytarmaslik holatlari
uchrab turadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000 yil 28 aprel “Valyuta
qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o’tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti
to’g’risida”gi 8-son Qarorida “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o’tkazish
orqali orttirilgan pul va boshqa qimmatliklar davlat daromadlari hisobiga o’tkaziladi. Agar jinoiy
yo’l bilan orttirilgan pul yoki boshqa qimmatliklar topilmasa, olingan summa yoxud
qimmatliklarning qiymati davlat foydasiga undiriladi” deb belgilangan.
Biroq, ayblanuvchiga Jinoyat kodeksining 177-moddasi birinchi yoki ikkinchi qismlari
bilan ayblangan va ehtiyot chorasi tanlayotgan vaqtda ayblanuvchi tomonidan ijtimoiy xavfi katta
bo‘lmagan jinoyat sodir etilganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual
kodeksining 242-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lmaganda ayblanuvchi
tomonidan yetkazilgan zarar bartaraf etilmagan bo‘lsada unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi
ehtiyot chorasi qo‘llashning imkoniyati mavjud emas.
Bu esa o‘z navbatida ayblanuvchi shaxs davlat tomonidan o‘rnatilgan tartiblarni
mensimasligini, qilmishiga amalda pushaymon emasligini, yetkazilgan zararni bartaraf etishni
xoxlamasligini anglatib, davlat tomonidan o‘rnatilgan tartiblarni buzgan bo‘lishiga qaramasdan
ayblanuvchining ochiqda yurishiga, Departamentning maxsus jamg‘armasidan olingan pullarni
o‘z vaqtida maxsus jamg‘armaga qaytarilmasligiga, maxsus jamg‘arma pullari qaytarilmaganligi
sababli kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan tezkor-qidiruv tadbirlariga maxsus
jamg‘armada pul yetishmasligiga hamda Departamentning kelgusidagi faoliyatiga salbiy tasir
ko‘rsatishiga olib keladi.
Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida ehtiyot choralari ichiga nisbatan og‘irroq
va ta’sirli hisoblangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llash lozim eb hisoblab,
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 242-moddasi 2-qismi 1-kichik
bandidan oldin “ayblanuvchi tomonidan yetkazilgan moddiy zarar o‘rni qoplanmagan taqdirda”
so‘zlari qo‘shilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 242-moddasi
quyidagi tahrirda bayon etilishi lozim:
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir
hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq
muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar
bo‘yicha qo‘llaniladi.
Alohida hollarda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi uch yildan ortiq bo‘lmagan
muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan
jinoyatlarga doir, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun besh yildan ortiq
bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir
ishlar bo‘yicha quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda:
ayblanuvchi tomonidan yetkazilgan moddiy zarar o‘rni qoplanmagan taqdirda;
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
574
ayblanuvchi, sudlanuvchi tergov va suddan yashiringanida;
ushlab turilgan gumon qilinuvchining shaxsi aniqlanmaganida;
ilgari qo‘llanilgan ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan buzilganida;
ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, sudlanuvchi O‘zbekiston
Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmaganida;
jinoyat ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash davrida sodir etilganida,
qo‘llanilishi mumkin.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel kuni o’tkazilgan O‘zbekiston
Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.
2.
Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 22-oktabrdagi “Valyutani tartibga solish
toʻg‘risida”gi OʻRQ-573-son Qonuni
3.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000 yil 28 apreldagi “Valyuta
qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o’tkazishga doir ishlar yuzasidan sud
amaliyoti to’g’risida”gi 8-son Qarori
4.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi
5.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
