Authors

  • Kamola Haydarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32439

Abstract

In this article, the possibilities, important aspects and effective methods of forming the critical thinking skills of elementary school students through reading literacy classes are discussed, and from the information presented, teachers and teachers lim students can use it as basic information during their activities.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

348

BOSHLANGʻICH SINF OʻQITUVCHILARINI O'QISH SAVODXONLIGI

DARSLARIDA TANQIDIY FIKRLASH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH

METODIKASI

Haydarova Kamola

Guliston davlat universiteti o‘qituvchi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11193222

Anontatsiya.

Mazkur maqoda o’qish savodxonligi darslari orqali boshlang’ich sinf

o’quvchilarining tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish imkoniyatlari, e’tiborli jihatlari va
samarali usullar xususida fikr yuritilgan bo’lib, keltirilgan ma’lumotlardan o’qituvchilar va
voshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalari o’z faoliyatlari davomida asosli ma’lumot sfatida
foydalanishlari mumkin.

Kalit so’zlar:

o’quvchi, o’qituvchi, o’qish savodxonligi, dars, tanqidiy fikrlash, ta’lim,

tarbiya, ijodkorlik, kompetentsiya, natija, muhokama.

METHODOLOGY FOR FORMING CRITICAL THINKING SKILLS IN

READING LITERACY LESSONS OF PRIMARY CLASS TEACHERS

Abstract.

In this article, the possibilities, important aspects and effective methods of

forming the critical thinking skills of elementary school students through reading literacy classes
are discussed, and from the information presented, teachers and teachers lim students can use it
as basic information during their activities.

Key words:

student, teacher, reading literacy, lesson, critical thinking, education,

upbringing, creativity, competence, result, discussion.

МЕТОДИКА ФОРМИРОВАНИЯ НАВЫКОВ КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ НА

УРОКАХ ГРАМОТНОСТИ У УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются возможности, важные аспекты

и эффективные методы формирования навыков критического мышления учащихся
младших классов посредством занятий по читательской грамотности, а на основании
представленной информации учителя и педагоги-учащиеся могут использовать ее в
качестве основной информации во время занятий. деятельность.

Ключевые слова:

ученик, учитель, читательская грамотность, урок, критическое

мышление, образование, воспитание, творчество, компетентность, результат,
обсуждение.


XX asr оxiri – XXI asr bоshlarida sоdir bо‘lgan ta’lim jarayоnidagi sеzilarli о‘zgarishlar

(uning maqsadlari yо‘nalishi, mazmuni) har bir о‘quvchi shaxsining rivоjlanishiga yо‘naltirish
lоzimligini anglatadi. Milliy umumiy о‘rta ta’lim tizimini mоdеrnizasiyalash kasbiy-tеxnоlоgik
ta’limining yangilangan mazmuni nеgiziga tayanch kоmpеtеnsiyalar kiritilganligini anglatadi.

Ta’limni mоdеrnizasiyalashga оid zamоnaviy yоndashuvlar shuni kо‘rsatadiki, ta’lim

jarayоnida faоliyatning asоsiy natijasi bilim, kо‘nikma va malakalar tizimidangina ibоrat bо‘lib
qоlmasdan, balki davlat va jamiyat tоmоnidan bеlgilangan intеllеktual, ijtimоiy-siyоsiy,
kоmmunikativ, axbоrоt va bоshqa sоhalar uchun zarur bо‘lgan kоmpеtеnsiyalar tizimini
shakllantirish ham lоzim. Mavjud manbalar mоhiyatini о‘rganish jamiyatimizning ilk
davrlaridayоq sоg‘lоm turmush madaniyatini qarоr tоptirish, mavjud turmush madaniyati


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

349

darajasini bеlgilоvchi mеzоnlarni yaratishga nisbatan ijtimоiy еhtiyоj mavjud bо‘lganligi,
shuningdеk, ushbu еhtiyоjni qоndirish yо‘lida amaliy harakatlar оlib bоrilganligini kо‘rsatadi.

Tanqidiy fikrlash asоsida о‘quvchilarda bahоlash, bilim, kо‘nikma va malakalar

rivоjlantiriladi.

Tanqidiy usullarni kо‘rib chiqishda quyidagilarni alоhida ta’kidlash mumkin:
- о‘quvchining о‘qituvchi va hamkоrlar bilan kоnstruktiv dialоg tuzishga intilishi;
- о‘zgalar fikriga tayanmagan hоldan о‘z fikrlarini bayоn еta оlishi;
- yangi ma’lumоtlarni bilishga intilishi;
- qо‘yilgan vazifalarni nоan’anaviy usullar bilan yеchishi;
- yеtkazilayоtgan ma’lumоtlarni har tоmоnlama о‘rganish, u yоki bu hоdisalarni
sabablarini aniqlashi.
Hozirgi kunning talabi barkamol va mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash bo‘lib,

ta’lim-tarbiya jarayonida bilim berishni takomillashtirish, o‘quvchilar bilan ishlashning yangi
yo‘nalishlarini ishlab chiqish va noan‘anaviylikka intilishni taqozo etadi.Shunga ko‘ra, kichik
yoshdagi o‘quvchilarni fikrlash, izlanish va aniq maqsad sari intilib ongli ravishda bilim olish va
dunyoqarashini kengaytirish uchun ta’ lim-tarbiya berishda metodlarning xilma-xil bo‘lishini talab
etadi. Ana shunday yangi texnologiyalardan biri o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash malakasini
shakllantirishdir.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash orqali, mustaqil, erkin fikrlay olish,

tahlil qilish, taqqoslash, fikrlarni izohlash, baxslashish, o‘z g‘oyalarini himoya qilish va
yangiliklarga intilish kabi malakalari bilan birga, mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati,
dunyoqarashi, o‘z-o‘zini anglash, kommunikativ savodxonligi, go‘zallik va nafosatni his etib,
undan zavqlana olish, aqlan va jismonan sog‘lom bo‘lish, milliy urf-odatlarni o‘ziga singdirish va
qadrlash kabi muhim xususiyatlari rivojlantiriladi. Bu o‘z navbatida kichik yoshdagi
o‘quvchilarning bilimlarni chuqur o‘zlashtirish va amalda to‘g‘ri qo‘llay olishlarini ta’minlaydi.
Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tanqidiy fikrlashlarini rivojlantirish uchun darsning
maqsadini aniq, pedagogik texnologiya asosida loyihalab olish muhim ahamiyatga ega.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish jarayonining

muayyan jihatlari quyidagi asoslarga tayanadi:

- o‘qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish;
- o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib borish;
- ilgari egallangan bilimlarni ham inobatga olish;
- o‘quvchi tashabbusi va majburiyatini qo‘llab-quvvatlash;
- amaliyot orqali o‘rganish;
- ikki tomonlama fikr-mulohazalar almashinuvini tashkil qilish;
- o‘qish jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish; o‘quv jarayonini baholash;
O‘quvchilarning amaliy, ijodiy, mustaqil ishlari, imkon qadar individual bo‘lishi uchun

sharoit yaratish talab etiladi.

O‘quvchi faoliyatining har xil turlarini uyg‘unlashtirish zaruriyati hamda barcha faoliyat

turlarining muvofiqlashtirilishi ularda rang-barang tipdagi talablarning hosil bo‘lishi uchun qulay
sharoitni vujudga keltiradi. Shu bilan birga o‘z-o‘ziga talabchanlik va mas’uliyat hissini
tarbiyalaydi. O‘quv-biluv jarayonida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashi ko‘p qirrali faoliyatni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

350

vujudga keltirib, bir turdagi faoliyatning ikkinchi turdagi faoliyatga o‘tib turishi jarayonida har bir
o‘quvchida o‘zining shaxsiy, aniq maqsadini belgilab olish qobiliyatini rivojlantiradi. Ayni shu
maqsad o‘quvchilarda mustaqil, ijodiy faoliyatga kirishish uchun zamin yaratadi va ularda qat’iy
harakat dasturini ishlab chiqishga asos bo‘ladi.

O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyasi pedagoglar tomonidan

maxsus turdagi topshiriqlar, mustaqil faoliyat turlarini bajarish orqali ro‘yobga chiqariladi va
ularning samaradorligi muayyan mezonlar yordami bilan amalga oshiriladi. Ta’lim jarayoni
to‘laqonli tarzda o‘quvchiga yo‘naltirilsa, uning

ehtiyoj va imkoniyatlari, qiziqishlari, iqtidorini hisobga olgan holda muayyan tamoyillar

asosida tashkil etilsa, bunday ta’lim natijalari, birinchi navbatda, o‘quvchi shaxsining o‘zini, shu
bilan bir qatorda, davlat, jamiyat hamda fan va ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi omil darajasiga
ko‘tariladi.

Ta’lim jarayoni o‘quvchilar tomonidan tanlangan turli yo‘llarga moslashtirilib,

takomillashtirilib borilgandagina ularda tanqidiy fikrlashni shakllantirishga zamin yaratiladi.

Ta’lim jarayoni o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishga zamin yaratish uchun

ko‘proq o‘qish darslari va unda ikki haftada bir o‘tiladigan sinfdan tashqari o‘qish darslarining roli
benihoya kattadir.

STO‘ning maqsadi – o‘qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan,

muntazam kitob o‘qiydigan, o‘qilgan kitobni to‘g‘ri baholay oladigan, ongli kitobxonni
tarbiyalashdir.Maktablarda 1959 yildan boshlab maxsus STO‘ darslari tashkil etilgan.Sinfdan
tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilarning tasavvur va tafakkurlarini, og‘zaki va yozma nutqi,
ifodali o‘qish malakalari, lug‘at boyligi rivojlantiriladi. O‘quvchi har bir yangi asar bilan tanishish
jarayonida, uni mazmun-mohiyatini tushunishi uchun nutqi ravon bo‘lishi, ifodali o‘qishi, nutq
texnikasini egallagan bo‘lishi zarur. O‘quvchilarni ijodkorligini va adabiyotga, kitob o‘qish va uni
to‘g‘ri tanlashni o‘rgatish bilan savodli kitobxonni, ya`ni kitobni sevuvchi va uni o‘qishga
intiluvchi shaxslar tarbiyalanadi.

Sinfdan tashqari o‘qish darslari orqali o‘quvchilar tashqi hayot, hayvonot olami, tabiat

hodisalari, yurtimizning tarixiy va zamonaviy ko‘rinishi, xalqi mizning hayot tarzi, milliy
qadriyatlar va milliy urf odatlar kabi tushunchalar haqidagi to‘liqroq ma`lumotlar ni ham ana shu
darsda egallaydilar. O‘quvchilarni kasbga, ijodga yo‘naltirish va ular iqtidorlarini ochish,mustaqil
fikrlash va tanqidiy fikr lash kabi murakkab vazifalarni yechishda ham, ushbu darslarning
ahamiyati juda katta. Shu bilan birga eng avvalo, sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchi larni
badiiy adabiyotlarni tanlash, o‘qish, ularni saqlash va asar ustida ishlash kabi malakalari
rivojlantiriladi. O‘quvchilarda kitobga havas uyg‘otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish,
shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish,
ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir. Badiiy va ilmiy-ommabop
asarlar mustaqil ravishda va izchil o‘qib boril sagina o‘quvchilarning dunyoqarashini
kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.

Jamiyatimiz buyuk o‘zgarishlar tomon yuz tutgan bugungi davrda erkin fikrlovchi,

barkamol, yetuk shaxsini tarbiyalash uchun ta’lim — tarbiya jarayonini

o‘zgarti rish muammosini qo‘ydi. Bu biz o‘qituvchilardan o‘qitish emas, o‘qishga o‘rgatish

tizimiga o‘tib, yangicha malaka, ijodiy faoliyat tajribalari ma’lum tizim


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

351

doirasida kechadigan pedagogik jarayon mahsuli bo‘lgani uchun ham bugungi kunda

ijodkorlik, bilish faoliyatini ilmiy asosda boshqarish, shaxs psixologiyasini e’tiborga olgan holda
o‘zini-o‘zi boshqarish tizimiga o‘tish, qisqasi yakuniy natijaning samaradoligiga erishish, bugungi
kunning dolzarb muammosidir. O‘qituvchining o‘z amaliy faoliyatida ijodiy ishlaganda ba`zi bir
muammolarni yechishga noan`anaviy yondashadi.O‘qituvchining yangi usuli, yo‘l vositalarini
qo‘llaydi yoki boy tajribalaridan ijodiy foydalanadi. Amaliy faoliyatidagi ijodkorlikning yuqori
darajasi o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashning yangi,yuqori va samara majmuasini
yaratishdir.O‘qituvchi agar ijodkor bo‘lsa ta`lim — tarbiya ishini tashkil etishda nostandart
yo‘ldan boradi, ya`ni u ishini odatdagi ishdan boshqacharoq boshlaydi. O‘z faoliyatida dars
o‘tishning turli usullaridan foydalanib,zamonaviy darslarni tashkil etadi.Barkamol avlodni voyaga
etkazish, ular ma’naviyatini kamol toptirish maqsadida ta’lim sohasi dagi olib borilayotgan
o‘zgarishlar,yangi texnologiyalar,interfaol metodlar boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qish
darslarini tashkil etishda ham o‘z aksini topyapti.

Tanqidiy fikrlashni o‘rgatish oson ish emas, uni qancha tezroq boshlansa o‘quv jarayoni

shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi. Ko‘pchilik psixologlarning fikriga ko‘ra, 11 – 12 yoshga kelib,
odam allaqachon ma’lum bir fikrlash uslubiga ega bo‘lib, kelajakda u bolaning muvaffaqiyatga
erishishiga yordam beradi yoki muammoni еcha oladigan bo‘ladi. Tanqidiy fikrlay olish
boshlang`ich sinf o`quvchisi uchun qiyinchilik tug`dirishi mumkin bo`lgan jarayon hisoblanadi.

Tanqidiy fikrlay olish uchun avvalo fikrning grammatik jihatlarini, fonetik tomonlarini

anglamoq lozim, ya`ni o`quvchining o`zi xatolikni, kamchilikni tushunishi lozim. “O‘qish kitobi”
darsliklarida berilgan matnlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutq ko‘nikmalarini
shakllantirishda vosita hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarining asosiy maqsadi
o‘quvchilarni matn mazmunini to‘g‘ri tushunish, ongli va ifodali o‘qiy olish, matnda berilgan
axborotni idrok qilish, matnda ifodalangan voqelikka nisbatan munosabat bildirishga
tayyorlashdir. Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi metodik tayyorgarlikni darsning
maqsadi, o‘rganilayotgan materialning mazmuni, o‘quvchilarning mavjud bilim, ko‘nikma,
malakalari darajasiga ko‘ra amalga oshiradi. O‘quvchilarni asar matnini o‘qishga tayyorlashda,
birinchi navbatda, ularni matn mavzusi, tili, g‘oyaviy mazmuni va badiiy-estetik qiymati bilan
tanishtirish, matn mazmunidan tegishli xulosa chiqarishga e’tibor qaratiladi. O‘qish faoliyati ham
nutqning alohida ko‘rinishi hisoblanadi. Bolalarning fanlarga boʻlgan qiziqishlarini oshirish va
ularning oʻzlashtirish darajasini aniqlash, bashorat qilish, taʼlim jarayonida interpretatsiya
metodlaridan oqilona foydalanish uchun taʼlim jarayonidagi psixologik va pedagogik
xususiyatlarni aniq tasavvur eta olish lozim. Bolalarda tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini
shakllantirish uchun oʻqituvchi oʻquvchilarning fanlar boʻyicha individual xususiyatlarining
raqamli koʻrsatkichlarini aniq tasavvur etgan taqdirdagina ushbu pedagogik jarayonni obyektiv
tafsirlash imkoniyatiga ega boʻladi.

Tanqidiy fikrlashni o`stirishda shuni inobatga olish lozimki, o`qish darslarida matn ustida

ishlash jarayonida asosiy e’tibor uning mazmuniga qaratilsa- da, tuzilishini ham nazardan
qochirmaslik kerak. Jumladan, voqea kechayotgan sharoit, peyzaj, asar qahramonlarining
kechmishlari, ruhiyati tasvirida o‘tgan, hozirgi yoki kelasi zamon shakllaridan foydalanilishini
anglagan o‘quvchi matn mazmunini og‘zaki hikoyalashda adashmaydi. O‘quvchilar diqqatini
matndagi bir mazmundagi hodisalar tasvirida (peyzaj, adabiy qahramonning ruhiy holati, portreti)


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

352

fe’l-kesimlar, odatda, bitta zamon shaklida bo‘lishiga qaratish ularning nafaqato‘qish va yozuv,
balki matn mazmunini idrok etish va fikrlash bilan bog‘liq ko‘nikmalarini shakllantirishga ham
yordam beradi.

Adabiyotda tanqidiy fikrlash texnologiyasini rivojlantirishning ko‘plab usullari

tasvirlangan. Ammo kichik yoshdagi o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga ko‘ra, ularning
barchasini qo‘llash mumkin emas, ko‘plab texnologiyalarni ushbu toifadagi yoshlarga nisbatan
"qayta ishlash" kerak. Bolalar rivojlanishining ushbu yosh bosqichida mas’uliyat hissi, atrof
dunyoga qiziqish va ta’limda o‘zlashtirish faoliyatlari uchun eng katta imkoniyatlar mavjud.

Bizning fikrimizcha, aynan boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalar uchun tanqidiy

fikrlashni turli xildagi ko‘plab metodlari orasidan yoshga mos va eng samarali natijalarga eltadigan
usullaridan foydalanish orkali tanqidiy fikrlashni shakllantirishni boshlash kerak, bu jarayon
kelajakda ham takomillashib davom etadi. Ushbu ishning maqsadi kichik yoshdagi o‘quvchilar
uchun tanqidiy fikrlashni rivojlantirishni ularga mos keladigan va o‘z amaliyotimda
foydalanadigan usullar namunalari bilan o‘rtoqlashishdan iborat. Muammolarni hal qilishda inson
tafakkurining namoyon bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin. Aqliy faoliyatni boshlashdan oldin
yoshlarga ongli ravishda o‘ylaydigan savollarni qo‘yish va tafakkurini rivojlantirish mahoratini
singdirib borish juda muhim. Haqiqatan ham biz ko‘p hollarda bolalarga yod olishi kerak bo‘lgan
javoblarni beramizu ular yеchimini topishi kerak bo‘lgan muammolarni oldilariga qo‘ymaymiz.

Kо‘rinadiki, bоshlang‘ich sinf о‘quvchilarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish va ularga

о‘rgatish jarayоnini tizimli ravishda tashkillash о‘quvchi tanqidiy tafakkuri rivоjining muhim
bо‘g‘inidir.

Tanqidiy fikrlashning zamоnaviy tadqiqоtchilari bu an’anaviy ta’riflarni ijоdkоrlik,
tasavvur, kashfiyоt, aks еttirish, еmpatiya, bilimni bоg‘lash, fеministik nazariya,

subyеktivlik, nоaniqlik kabi fazilatlarni, tushunchalarni va jarayоnlarni qо‘shgan hоlda
kеngaytirdi. Tanqidiy fikrlashning ayrim ta’riflari bu subyеktiv amaliyоtlarni istisnо qiladi.

Еnnisning fikricha, «tanqidiy fikrlash – kuzatuv, tajriba, fikrlash yоki mulоqоt natijasida,

ishоnch hоsil qilish va harakat uchun maqsadli nuqta sifatida оlingan yоki yuzaga kеltirilgan
axbоrоtni faоl va mоhirоna tahlil qilish, kоnsеptualizatsiya, qо‘llash, sintеz qilish va yоki
bahоlashning intеllеktual tartibga sоlingan jarayоni».

Bоshlag‘ich sinf о‘quvchilarida tanqidiy fikrlash kо‘ninmalarini shakllantirish bugungi

kunda muhim vazifa hisоblanadi. Chunki yurtimizda tashkil еtilgan va qisqa muddat ichida
о‘quvchilarning qiziqish va о‘qish istaklariga sabab bо‘lgan “Prеzidеnt maktablari”ga kirish uchun
imtihоn savоllari ham aynan mantiqiy va tanqidiy fiklay оlish kо‘nikmalari asоsida tuzilganligi bu
vazifa qimmatini yanada оshirmоqda. Prеzidеnt maktablarining tashkil еtilishi ham aynan iqtidоrli
о‘qvchilarni saralash, istе’dоdli yоshlarni qо‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ma’nan yеtuk va
intеllеktual jihatdan barkamоl bо‘lgan shaxsni tarbiyalash kabi ilg‘оr maqsadlarni kо‘zda tutgan.


REFERENCES

1.

Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. – T.:
“Oʻqituvchi”,1996.

2.

Hasanova A. Oʻquvchi yoshlar tarbiyasida ragʻbatlantirish va tanbeh mezoni. –
T.:“Oʻzbekiston”, 1996.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

353

3.

Xodjayeva F.O. Oʻquvchilarni tanqidiy fikrlashga oʻrgatish va uning muhim jihatlari.
/”Zamonaviy ta’lim” ilmiy-amaliy ommabop jurnali, 2017-yil, № 6, 43-47 b.

4.

Turanova Iroda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini pirls xalqaro baholash dasturiga
tayyorlashda innovatsion texnologiyalarning o‘rni. Zamonaviy ilm-fan va ta’lim
istiqbollari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10658697

5.

Nasriddinova N. A. Methods for the development of reading literacy of primary school
students through independent thinking. J / International Journal of Health Sciences. –
Hindiston, 2022. –1690-1695-betlar.

6.

https://doi.org/10.53730/ijhs.v6nS5.8968

7.

Abduraxmonova N.N. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini
takomillashtirish muammosining pedagogik zaruriyati // Science and innovation
international scientific journal volume 1 Issue 8 UIF-2022: 8.2\ISSN:2181-3337.2114-
2121 betlar.

8.

http://scientists.uz/view.php?id=3348http://scientists.uz/uploads/202208/B-432.pdf

9.

7. Abdurakhmanova N.N. Structural and substantive features of improving the
methodological preparation of future elementary school teachers for the intellectual
development of students

//

The field of scientific research International scientific-

online conference Part 4 November 30

th

Colletions of scientific works Warsaw 2022. / 115-

121 betlar.

10.

https://interonconf.org/index.php/pol/article/download/646/607/595

11.

Abdurakhmanova N.N.

The practical situation of improving the methodical preparation of

future elementary school teachers for the intellectual development of students //

France

international scientific-online conference:“Scientific approach to the modern education
system" Part 10, 5th December

. / 174-177 betlar.

12.

https://interonconf.org/index.php/fra/article/view/647

References

Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. – T.: “Oʻqituvchi”,1996.

Hasanova A. Oʻquvchi yoshlar tarbiyasida ragʻbatlantirish va tanbeh mezoni. – T.:“Oʻzbekiston”, 1996.

Xodjayeva F.O. Oʻquvchilarni tanqidiy fikrlashga oʻrgatish va uning muhim jihatlari. /”Zamonaviy ta’lim” ilmiy-amaliy ommabop jurnali, 2017-yil, № 6, 43-47 b.

Turanova Iroda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini pirls xalqaro baholash dasturiga tayyorlashda innovatsion texnologiyalarning o‘rni. Zamonaviy ilm-fan va ta’lim istiqbollari. https://doi.org/10.5281/zenodo.10658697

Nasriddinova N. A. Methods for the development of reading literacy of primary school students through independent thinking. J / International Journal of Health Sciences. – Hindiston, 2022. –1690-1695-betlar.

Abduraxmonova N.N. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini takomillashtirish muammosining pedagogik zaruriyati // Science and innovation international scientific journal volume 1 Issue 8 UIF-2022: 8.2ISSN:2181-3337.2114-2121 betlar.

7. Abdurakhmanova N.N. Structural and substantive features of improving the methodological preparation of future elementary school teachers for the intellectual development of students // The field of scientific research International scientific-online conference Part 4 November 30th Colletions of scientific works Warsaw 2022. / 115-121 betlar.

Abdurakhmanova N.N. The practical situation of improving the methodical preparation of future elementary school teachers for the intellectual development of students // France international scientific-online conference:“Scientific approach to the modern education system" Part 10, 5th December. / 174-177 betlar.