Authors

  • Dilfuza Toshboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32837

Abstract

In this article, the place of the neighborhood in the social life of modern society, its role in solving social problems, its complex function, and the activities of the neighborhood in solving social problems in modern neighborhoods were analyzed.

background image


400

MAHALLA INSTITUTINING O'ZBEK XALQI IJTIMOIY HAYOTIDA TUTGAN

O'RNI.

Toshboyeva Dilfuza Rashid qizi

Samarqand Davlat Universiteti

Kattaqo'rg'on filiali Ijtimoiy ish yo'nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11215556

Annotatsiya.

Ushbu maqolada

mahallaning zamonaviy jamiyat ijtimoiy hayotidagi o‘rnini,

ijtimoiy muammolarni hal etishdagi rolini ochib berish, uning kompleks funksiyasini ko‘rsatish,

bugungi kunda zamonaviy mahallalardagi ijtimoiy muammolarni hal etishda mahalla faoliyatini

ochib berish tahlil qilindi.

Kalit so‘zlar:

mahalla, tarbiya, ijtimoiy muammolar, temir daftar, ayollar daftari,

zamonaviy jamiyat, yoshlar daftari, ijtimoiy nazorat, hokimyat, jamoatchilik, kompleks, qadriyat.

THE ROLE OF THE NEIGHBORHOOD INSTITUTION IN THE SOCIAL LIFE OF

THE UZBEK PEOPLE.

Abstract.

In this article, the place of the neighborhood in the social life of modern society,

its role in solving social problems, its complex function, and the activities of the neighborhood in

solving social problems in modern neighborhoods were analyzed.

Key words:

neighborhood, education, social problems, iron book, women's book, modern

society, youth book, social control, authority, community, complex, value.

РОЛЬ ИНСТИТУТА СОСЕДСТВА В ОБЩЕСТВЕННОЙ ЖИЗНИ УЗБЕКСКОГО

НАРОДА.

Аннотация.

В данной статье проанализировано место квартала в социальной

жизни современного общества, его роль в решении социальных проблем, его комплексная

функция, а также деятельность квартала по решению социальных проблем в современных

кварталах.

Ключевые слова:

соседство, образование, социальные проблемы, железная книга,

женская книга, современное общество, молодежная книга, социальный контроль, власть,

сообщество, комплекс, ценность.

Mahalla jamiyat hayotining barcha sohalarida ijtimoiy institut sifatida yanada

rivojlanib bormoqda. Qadimdan mahalla mahalliy hokimiyatning ajralmas bo’g’ini hisoblangan.

Mahalla tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. O‘lkamiz tarixi haqida ma’lumot beruvchi

eng qadimgi manba hisoblanmish “Avesto”da ham oilalarning ma’lum hududda uyushib


background image


401

yashaganligi haqida ma’lumotlar bor. IX asr tarixchisi Muhammad Narshaxiyning “Buxoro

tarixi” asarida Buxoroda ko‘plab mahallalar, guzarlar, mavjud bo‘lganligi haqida ma’lumotlar

bor. Yurtimizning turli joylaridagi mahallalar hududiy o‘ziga xosliklarga ega. Buxoro shahri

mahallalari vujudga kelishi va tarixiga bag‘ishlangan O.A.Suxarevaning asarlari an’anaviy o‘zbek

mahallalari tarixiga bag‘ishlanganligi bilan diqqatga sazovordir.Qadimdan o’zbek mahallalari

jamiyat ijtimoiy hayotining tayanchi bo‘lgan ,xususan, istiqlol yillarida o‘z-o‘zini boshqarish

organlari tizimini isloh qilish , ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasida tizimli

ishlar amalga oshirildi. Mahalla tizimini takomillashtirishning huquqiy asoslari yaratildi.

Mahalla — Oʻzbekistonda maʼmuriy-hududiy birlik; oʻzini oʻzi boshqarishning oʻzbek

xalqining anʼanalari va qadriyatlariga xos boʻlgan usuli. Mustaqillikning ilk yillaridanoq

davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahalla institutining huquqiy asoslarini yaratish, ularni zamon

talablariga mos holda takomillashtirib borish, jamiyatimiz siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy

hayotining ajralmas bir qismi sifatida ushbu noyob tuzilma maqomini mustahkamlashga katta

e’tibor qaratib kelinmoqda. Avvalo, milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor shaharcha, qishloq,

ovul va mahalla fuqarolar yig’inlari o‘zini o‘zi boshqarishning hududiy birliklari sifatida

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yildi, ularning maqomini belgilash,

vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qator qonun hujjatlari qabul qilindi.Birgina so‘nggi 3 yilda

yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolar

yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qonunlar hamda sohaga oid

16 ta nizom hayotga tatbiq etildi. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining

malakasini oshirish bo‘yicha O‘quv kurslari hamda “Mahalla” ma’rifiy teleradiokanali faoliyati

yo‘lga qo‘yildi.Natijada bugun mahalla aniq manzilli tizimda yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy

qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga, “Kuchli

davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining amaliy ifodasiga hamda keng xalq

ommasini davlat, hokimiyat idoralari bilan bog’lab turuvchi mustahkam ko’prikka aylanmoqda.

Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish

ishlari ham tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Ushbu tizimli yangilanishlar esa jamoatchilik

fikriga tayangan holda tashkil etilishi bugungi demokratik jamiyatimizda aholining ijtimoiy

faolligini oshirishga qaratilgan qadamlardan biri sanaladi.

O‘zbekistonda mahallalarga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.Mahalla-

taraqqiyot poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi kundagi zamonaviy mahallada hokim

yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy hodim,soliq inspektori kabi

lavozimlar joriy qilindi. Ular bevosita Prezidentning joylardagi vakili sifatida mahalla


background image


402

aholisining o‘ziga tegishli qatlamlari bilan faoliyat olib boradilar. Bevosita mahalla

hayotidagi ijtimoiy muammolarni yechishda joylarda jonbozlik ko‘rsatadilar. Yuqoridagi

lavozimlarning faoliyatini tartibga solish maqsadida huquqiy asos ham yaratildi. Jumladan,

“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni

qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Prezident

farmoni, ”Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi prezident Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-

quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni,

mahallalarda yoshlarini ilm-fanga va kasb-hunarga yo‘naltirishda, ishsizlarni ish bilan ta’minlash

va bandlikka ko‘maklashish masalalarida muhim ijtimoiy obyekt hisoblanadi. Aholi

muammolarini hal etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan

takomillashtirish, oila va xotin-qizlar masalalari –bugungi kundagi zamonaviy mahallalarning

muhim ijtimoiy muammolari hisoblanadi. Yuqoridagi masalalar bilan ishlashning samarali

tizimini yaratish maqsadida har bir mahallada “Temir daftar”, ”Ayollar daftari”, ”Yoshlar

daftari”shakllantirildi.“ Ushbu tizmini joriy etish orqali aholining ehtiyojmand toifalariga har

tomonlama ko‘mak berish va ularning turmush tarzini yaxshilash ko‘zda tutilgan bu tizimli ishlar

manzilli yo‘naltirilgan xizmatlar negizida tashkil etilgan.

Xulosa. Bugungi kunda mahalla faoliyatini samarali tashkil etish orqali aholi ijtimoiy

muammolarini mahalla kesimidayoq ijobiy hal etish ko‘zda tutilgan. Mahalla orqali ma’lum bir

cheklangan hudud aholisining muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga katta e’tibor berilishi,

mahalla faollari sonini ko‘payishi ularni yangi binolar bilan ta‘minlash va mahallaga keng

imkoniyatlar yaratish orqali muammolar mahalla kesimida ijobiy hal etilishi nazarda tutilgan.

Mahalladagi ijobiy ishlar aholi bilan muloqot ularning muammolarini hal etishi va uyma-

uy yurish orqali muammolarni o‘rganishi aholining tinch,farovon turmush tarzini yaxshilashga

qaratilganligi bois ayni damlarda mahalla imkoniyatlari va sharoitlari sezilarli kengaydi.

Yurtimizda ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali aholi qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish,

ijtimoiy ta’minot sohasini rivojlantirish orqali aholining turmush darajasini yaxshilash,

kambag’allikni qisqartirish orqali aholi bandligini ta’minlash daromadlarini oshirish kabi qator

ishlar amalga oshirilayotganligi aholining faravon turmush tarzini ta’minlashga qaratilgan

maqsadli ijtimoiy yordam va ijtimoiy himoya tizimi hisoblanadi.


background image


403

REFERENCES

1.

Prezident farmoni.2021-yil 3-dekabr 29-son

2.

Prezident farmoni.2022-yil 19-yanvar 92-son

3.

Prezident farmoni.2022-yil 1-mart 81-son.

4.

Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy.Buxoro tarixi.-Toshkent,19932.

5.

Сухарева

О.А

Квартальная

обшинaпозднефеодального

города

Бухары.-

Москва:Наука,1978.-С.223.

6.

Sadullayev U. (2023). THE ROLE OF WOMEN IN NEIGHBORHOOD

MANAGEMENT IN UZBEKISTAN.

7.

Modern Science and Research, Shokir o'gli, U. S. (2023). MILLIY QADRIYATLARIMIZ

ASROVCHISI. Journal of new century innovations,

8.

Bozorova, R. (2021, September). Methods and Means of Cultivating Kindness iIn the

Family of the Uzbek People. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM.

References

Prezident farmoni.2021-yil 3-dekabr 29-son

Prezident farmoni.2022-yil 19-yanvar 92-son

Prezident farmoni.2022-yil 1-mart 81-son.

Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy.Buxoro tarixi.-Toshkent,19932.

Сухарева О.А Квартальная обшинaпозднефеодального города Бухары.-Москва:Наука,1978.-С.223.

Sadullayev U. (2023). THE ROLE OF WOMEN IN NEIGHBORHOOD MANAGEMENT IN UZBEKISTAN.

Modern Science and Research, Shokir o'gli, U. S. (2023). MILLIY QADRIYATLARIMIZ ASROVCHISI. Journal of new century innovations,

Bozorova, R. (2021, September). Methods and Means of Cultivating Kindness iIn the Family of the Uzbek People. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM.