Authors

  • Dilfuza Toshboyeva
  • Mohlaroyim Qo’ziyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.54031

Keywords:

Yangi O‘zbekiston ijtimoiy ish ijtimoiy himoya aholi ijtimoiy guruhlar yordam ijtimoiy hodim ijtimoiy xizmat imkoniyatlar aholi guruhlari faoliyat.

Abstract

Ushbu maqolada mamlakatimizda bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan ijtimoiy ish, ijtimoiy xizmatlar, ijtimoiy hodim vazifalari va ushbu davrda ijtimoiy sohaning rivojlanishi va amaliy ahamiyati haqida so’z boradi.

background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

138

YANGI O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY SOHANING RIVOJLANISHI

.

Toshboyeva Dilfuza Rashid qizi

Qo’ziyeva Mohlaroyim Ibrohimjon qizi

Samarqand Davlat Universitetining Kattaqo’rg’on filiali,

4-bosqich ijtimoiy ish yo’nalishi talabalari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14420204

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mamlakatimizda bugungi kunda jadal rivojlanib

borayotgan ijtimoiy ish, ijtimoiy xizmatlar, ijtimoiy hodim vazifalari va ushbu davrda ijtimoiy

sohaning rivojlanishi va amaliy ahamiyati haqida so’z boradi.

Kalit so‘zlar:

Yangi O‘zbekiston, ijtimoiy ish, ijtimoiy himoya, aholi, ijtimoiy guruhlar,

yordam, ijtimoiy hodim, ijtimoiy xizmat, imkoniyatlar, aholi guruhlari, faoliyat.

KIRISH

Ijtimoiy ish bu odamlar va ijtimoiy guruhlarni qo'llab-quvvatlash, himoya qilish, tuzatish

va ijtimoiy reabilitatsiya qilish orqali shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengishda yordam

berishga qaratilgan professional faoliyat. U yolg'iz nafaqaxo'rlar va nogironlarga yordamni ham,

shuningdek, qiynalgan bolali oilalar, uysizlar, giyohvandlar, aroqxo'rlar varuhiy kasallarga

yordamni ham o'z ichiga oladi. Yurtimizda ijtimoiy ish, ijtimoiy soha va aholining ijtimoiy

holatiga juda katta e'tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev: "Kun

tartibiga qo'yilgan masala, ya'ni, ijtimoiy-ma'naviy sohani yanada rivojlantirish, oilalarimiz,

mahallalarimizda, butun jamiyatimizda sog'lom muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi, tinch-

osuda hayotimizni, muqaddas dinimiz pokligini asrash vazifasi bugungi kunda qanday ulkan

ahamiyat kasb etayotgani haqida o'ylaymanki, ortiqcha gapirishning hojati yo'q-deya ta'kidlaydi.

Itimoiy ish – bu jamiyat uchun muhim kasb bo‘lib, ijtimoiy ta’minot doirasida faoliyat

yuritadi va ushbu tizim ijtimoiy xizmatlar ko'rsatadi. Ijtimoiy ishning qonuniyatlarini ochib

berishda ikki yondashuvga asoslanganlik amaliyoti mavjud. Qonun (ijtimoiy qonuniyat) ijtimoiy

hodisa, jarayonlarning tashkil etuvchilari va barcha taraflarining muhim, barqaror, takrorlanuvchi

aloqalarini, insonlarning hayotiy faoliyati namoyon bo‘lishining barcha shakllaridagi yaxlitligini

namoyon etadi.

ASOSIY QISM

Ijtimoiy ish kasb sifatida XIX asrda AQSHda yuzaga kelgan bo’lsada, faoliyat sifatida

ancha ilgari insonlar to’da bo’lib yashagan vaqtlaridan boshlab xayriya, hashar, exson va turli

tadbirlar ko’rinishida yuzaga kelgan.


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

139

Aynan rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy ish ancha oldin shakllangan va faoliyati

samaradorligi amalda ko’ringan. Bizning mamlakatimizda ijtimoiy soha yosh kasblardan biri

hisoblanadi.Aynan

prezidentimiz

SH.Mirziyoyevning

2017-2021-yillarga

mo’ljallangan

‘‘Harakatlar strategiyasi’’ning to’rtinchi maqsadi aynan ijtimoiy sohani rivojlantirishga oid. Shu

maqsadda ijtimoiy sohani rivojlantirish, mutaxassislarini tayyorlash orqali aholi farovonligini

yaxshilash va xalqda davlat siyosatidan rozilik hissini oshirish uchun ijtimoiy ish kasb sifatida

taqdim etildi.

Professional faoliyat sifatida ijtimoiy ish quyidagi sohalarni qamrab oladi:

- shaxsiy va oilaviy darajadagi ijtimoiy terapiya;

- turli tasnifdagi guruhlar (yosh bo'yicha, jins, qiziqishlar) bilan ishlash;

- yashash joyidagi ijtimoiy ish.

Ijtimoiy ishning funksiyalari:

- obyekt haqida ma’lumot yig'ish, yosh va jins xarakteristikalarini aniqlash,

-mijozning sog‘lig‘i, yashash sharoiti, moddiy ahvoli, yashash uchun zarur bo‘lgan

ne’matlar bilan o‘zini ta’minlay olish darajasini, ruhiy holatining, xarakterining o‘ziga xos

xususiyatlarini aniqlash;

- tashxis qo‘yish; olingan ma’lumotlardan foydalanilgan holda «ijtimoiy» tashxis qo'yish,

alohida inson yoki guruhning xususiyatlari va mikromuhit ta’siri darajasini aniqlash;

- prognostik; bashorat - jamiyatdagi barcha sotsial institutlarning ijtimoiy ish obyektlariga

ta'sirini bashorat qilish va ushbu obyektlarning ijtimoiy xulq-atvori modellarini ishlab chiqish;

- tashkiliy; ishlab chiqarish korxonalari va muassasalarda, jumladan, yashash joylarida

ijtimoiy ishni tashkil qilishga yordam berish, aholiga turli yordam va ijtimoiy xizmatlami amalga

oshirishga jamoatchilikni yo‘naltirish;

- jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ish o‘rtasidagi o‘zaro

bog‘liqlik;

- ijtimoiy ishning mazmuni, shakl va usullari turli guruh, birliklar, individlar hayotiy

faoliyatining aniq shart-sharoitlari bilan belgilandi;

- ijtimoiy muammolarni, mijozlarning shaxsiy ehtiyoj va manfaatlari orqali hal etish;

- ijtimoiy ishning samaradorligi va natijaviyligi mutaxassislarning malakasi, ma’naviy

xususiyatlari, jamiyat va davlatning ijtimoiy tizimi imkoniyatlariga bog‘liqligi.

Bu yerda ijtimoiy ishning subyekti va obyektlari o‘rtasidagi o‘zaro harakat, aloqalari

tufayli vujudga keluvchi barqaror, takrorlanuvchi aniq ijtimoiy hodisa, jarayon va

munosabatlaming rivojlanishiga ta’sirining xarakteri va yo‘nalishini belgilaydigan qonuniyatlarga


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

140

umumiy ta’rif berildi. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi “ijtimoiy ish

to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Ushbu qonunning maqsadi — ijtimoiy

xizmatlar keng e’tirof etilgan holda ijtimoiy ishni tashkil etish va bajarish sohasidagi

munosabatlarni

tartibga

solish,

ijtimoiy

xizmat

olishga

muhtoj,

ehtiyojmand

toifadagi shaxslarning huquqlarini kafolatlash, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolishning oldini

olish va yengib o‘tish, boshqa fuqarolar kabi jamiyat hayotida ishtirok etishlarini ta’minlashdan

iborat. 2005 yildan buyon O‘zbekistonda ijtimoiy ishning rivojlanishi qo‘llab-quvvatlanmoqda,

bunda alohida e’tibor bolalarni himoya qilish va oila farovonligini mustahkamlashga qaratiladi.

Ushbu yo'nalishdagi ishimizning natijasida 2022 yil boshida ijtimoiy ish to'g'risidagi qonun

loyihasini ishlab chiqildi. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning minimal standarti sifatida keys

menejmentni (alohida olingan ishni olib borishni) joriy etildi hamda ijtimoiy himoya va bolalarni

himoya qilish sohasida 1000 dan ortiq mutaxassislarning malakasini oshirishga hissa qo‘shildi.

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy ijtimoiy himoya

agentligi mahalliy hamjamiyatlardagi ijtimoiy soha xodimlari, shuningdek, tuman va viloyatlar

miqyosida ijtimoiy himoya xodimlarining malakasini oshirishda ko‘mak bermoqda. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligining tashkil etilishi bilan

ijtimoiy ish sohasiga yanada ko’proq e’tibor qaratila boshladi. Ushbu tashkilot oldiga qiyin hayotiy

sharoitda qolgan to‘qqiz million kishiga professional xizmat ko‘rsatish vazifasi qo’yilgan bo’lib,

bular jumlasiga nogironligi bo’lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, oiladagi

zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollar, bolalar kiradi. Hozirda O’zbekistonda 4600 nafar ijtimoiy

ishchi faoliyat yuritadi. 2024 yilda esa jamiyatdagi odamlarga xizmat ko‘rsatish va ularning

hayotiga ijobiy o‘zgarishlar kiritish uchun yanada ko‘p ijtimoiy ishchilar mazkur soha vakillari

qatoriga qo‘shildi.

Bugungi kunda ijtimoiy davlat deb atalayotgan yurtimizda ijtimoiy xizmat va moddiy

yordamning juda ko‘plab turlari mavjud. Bolalar uyiga qabul qilish; Bolalar uyi

tarbiyalanuvchilarini oziq-ovqatlar va kiyim-kechak bilan ta’minlash; Mahallalarda xotin-qizlarni

kasbga o‘rgatish; Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish; Xorijda vaqtincha

mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarini va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash

bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar (migrant); Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar

berish; Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash

markazlari; O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi; Ijtimoiy

himoyaga muhtoj aholi murojaatlarini tezkor ko‘rib chiquvchi “ishonch telefoni”ning mavjudligi

kabi amaliy ishlar bunga yaqqol misoldir.


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

141

Xususan, davlatning nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishga joylashishi va ta’lim olishiga

ko‘maklashishi bo‘yicha konstitutsiyaviy majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida

mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali muvofiqlashtirish tizimi

joriy etilishi talab etilmoqda. Ijtimoiy sohani to’g’ri yo’lga qo’yish va adolatli resurslar

taqsimlash tizimini yaratish mamlakatimizda aholi farovonligini oshirish

- kambag’allikni yo’q qilish;

- aholining ehtiyojlarini qondirish;

- oilalar tinchligi farzandlar salomatligi;

- davlat taqsimlagan ichki tashqi resurslarni haqiqiy ehtiyojmand aholi toifalariga berish;

- davlatda korrupsiyani cheklash, aholi muammolarini manzilli hal etish orqali ijtimoiy ish

va ijtimoiy xodimlarga ishonchni orttirish, rivojlangan davlatlardagi singari ijtimoiy hodimni

aholiga haqiqiy yordamchi bo’lishini ta’minlash Yangi O‘zbekistonda adolat erkinlik shaffoflik

va rivojlanishga qo’yilgan yana bir qadam bo’ladi.

XULOSA:

So‘nggi yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy himoya

sohasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdorini oshirish

va qo‘shimcha resurslarni jalb qilish, ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish va

oilalarni og‘ir hayotiy holatlardan olib chiqishga qaratilgan qo‘shimcha mexanizmlarni joriy etish

yo‘nalishlarida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekistonda aholini ijtimoiy himoya, qilish iqtisodiy islohotlar dasturidagi uzluksiz

ustuvor yoʻnalishlardan biriga, yaʼni islohotlarning hamma bosqichlarida ustuvor hisoblanadigan

vazifalar qatoriga kiradi. Mamlakatda ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti barpo qilishda

davlat tomonidan kuchli ijtimoiy himoya siyosati olib borilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat

Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻlining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda yurtimizda ijtimoiy ish jadal rivojlanib, ijtimoiy hodimlarga bo‘lgan talab

ortib bormoqda. Bu borasida qonun, dasturlar ishlab chiqilmoqda. Bunda ijtimoiy xizmatlar keng

e’tirof etilgan holda ijtimoiy ishni tashkil etish va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga

solish, ijtimoiy xizmat olishga muhtoj, ehtiyojmand toifadagi shaxslarning huquqlarini

kafolatlash, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolishning oldini olish va yengib o‘tish,

boshqa fuqarolar kabi jamiyat hayotida ishtirok etishlarini ta’minlashdan iborat. Bu esa aholining

hayot sifatini oshirishga ayniqsa aholining kam ta‘minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlashga

xizmat qilmoqda.


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

142

REFERENCES

1.

Shavkat Mirziyoyev "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini

asrash davr talabi" mavzusidagi anjumanda so'zlagan nutqi 15.06.2017 Toshkent.

2.

Ijtimoiy sh va ijtimoiy ta’minotga kirish darslik.toshkent iqtisod-moliya (2018)

A.V.Vaxabov,SH.SH.Zaxidova, B.B Baxtiyorov, d.sh. Odinayev,J.N.Fayzullayev.

3.

O‘zbekiston respublikasi prezidentining farmoni, 01.06.2023 yildagi pf-82-son

4.

Ijtimoiy ish etikasi. Darslik-T: Fan va texnologiya-2015

5.

Xorijiy mamlakatlarda oila va bolalar ijtimoiy xizmati: Tajriba va amaliyot (g'arbiy yevropa

va aqsh misolida)ilmiy maqolasi. F. O.Kamilov sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori

(PhD) O'zMU, "Ijtimoiy ish" kafedrasi katta o'qituvchisi

References

Shavkat Mirziyoyev "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash davr talabi" mavzusidagi anjumanda so'zlagan nutqi 15.06.2017 Toshkent.

Ijtimoiy sh va ijtimoiy ta’minotga kirish darslik.toshkent iqtisod-moliya (2018) A.V.Vaxabov,SH.SH.Zaxidova, B.B Baxtiyorov, d.sh. Odinayev,J.N.Fayzullayev.

O‘zbekiston respublikasi prezidentining farmoni, 01.06.2023 yildagi pf-82-son

Ijtimoiy ish etikasi. Darslik-T: Fan va texnologiya-2015

Xorijiy mamlakatlarda oila va bolalar ijtimoiy xizmati: Tajriba va amaliyot (g'arbiy yevropa va aqsh misolida)ilmiy maqolasi. F. O.Kamilov sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) O'zMU, "Ijtimoiy ish" kafedrasi katta o'qituvchisi