Authors

  • Xojiakbar Muxamadiyev
  • Shahzoda Norpo‘latova
  • Rohatoy Umarova
  • Sitora Esonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33011

Abstract

The social dimension of the connection between men and women is discussed in this article in relation to all aspects of society's life and activities, including politics, the economics, the law, ideology and culture, science, and education. Discussed in detail.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

831

GENDER TENGLIGI, XOTIN-QIZLAR VA ERKAKLARGA TENG HUQUQ VA

IMKONIYATLAR

Muxamadiyev Xojiakbar Aslitdinovich

Norpo‘latova Shahzoda Alisher qizi

Umarova Rohatoy Xurshid qizi

Esonova Sitora Berdiboy qizi

ORCID:0000-0003-2571-72

https://doi.org/10.5281/zenodo.11236881

Annotatsiya.

Ushbu maqolada xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning

jamiyat hayoti va faoliyatiining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq,
mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati
haqida yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Gender, teng huquqlilik, ijtimoiy adolat, siyosat, ta’lim, ilm-fan, boshqaruv,

madaniyat, tazyiq, zo‘ravonlik.

EQUAL RIGHTS AND OPPORTUNITIES FOR MEN AND WOMEN, AS WELL AS

GENDER EQUALITY

Abstract.

The social dimension of the connection between men and women is discussed in

this article in relation to all aspects of society's life and activities, including politics, the
economics, the law, ideology and culture, science, and education. Discussed in detail.

Key words:

politics, education, science, management, gender, equality, social justice,

culture, oppression, and violence.

ГЕНДЕРНОЕ РАВЕНСТВО, РАВНЫЕ ПРАВА И ВОЗМОЖНОСТИ ДЛЯ ЖЕНЩИН

И МУЖЧИН

Аннотация.

В данной статье социальный аспект взаимоотношений мужчины и

женщины проявляется во всех сферах жизни и деятельности общества, включая
политику, экономику, право, идеологию и культуру, образование и науку. покрыто о.

Ключевые слова:

Гендер, равенство, социальная справедливость, политика,

образование, наука, менеджмент, культура, угнетение, насилие.


Keyingi yillarda O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi

tub islohotlardan pirovard maqsad, eng avvalo, inson huquq va manfaatlarini to‘liq ro‘yobga
chiqarishdan iboratdir.

Konstitutsiyaning 19-moddasi fuqarolarning jinsidan qat’iy nazar qonun oldida tengligini

o‘rnatgan bo‘lsa, Konstitutsiyaning 58-moddasi: «Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar», -
deb, umuman ularning barcha sohada, munosabatda tengligini kafolatlaydi.

Gender – xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va

faoliyatiining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat,
ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati.

Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligini amalda ta’minlash maqsadida ko‘plab

huquqiy hujjatlar qabul qilingan va tadbirlar belgilangan.

Bular, bir tomondan, ayollarga bilim olish, kasb egallash, mehnat qilish, mehnatiga haq

to‘lashda, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishlari uchun erkaklar bilan teng


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

832

imkoniyatlar yaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ayollarning oiladagi o‘rni, jismoniy
imkoniyatlari hisobga olinib, ularning mehnat qilishi, sog‘lig‘ini saqlashi uchun qulay sharoitlar
va imtiyozlar belgilanishida ko‘rinadi.

Ikki narsa, bir tomondan, teng imkoniyatlar, ikkinchi tomondan, ayollarga qo‘shimcha

sharoit va imtiyozlar yaratilishi bilan ayollarning teng huquqliligi ta’minlanmoqda.

Ayollarga bilim olish, mehnat qilish, siyosiy hayotda ishtirok etish huquqi, imkoniyati

berilib, bu huquqlarning amalga oshishi uchun qo‘shimcha imtiyozlar berilmasa, bunday teng
huquqlilik ayollarga foyda keltirishdan ko‘ra, ularni qiynab qo‘yadi. Sababi, ayollarning oiladagi
vazifasi juda katta va jismoniy qobiliyati ham erkaklarniki singari emas. Agar ayollar oila ishlariga
yetarlicha vaqt ajrata olmasa, ularning eng muhim vazifasi - bola tarbiyasi zarar ko‘radi. Bu
jamiyat uchun ham zararlidir. Shuning uchun imtiyozlar ayollarning oiladagi o‘rniga har
tomonlama qulaylik yaratishni ko‘zlaydi.

Ayollarning oiladagi yumushlarini yengillashtirishga qaratilgan tadbirlar natijasida turli

tarmoqlarda mehnat qiluvchi ayollarning salmog‘i ortib bormoqda. Ayniqsa, ijtimoiy sohada,
ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarida ular yetakchi hisoblanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil iyun oyida Oliy Majlis Senatidagi nutqidan

iqtibos keltirishni o‘rinli deb bilaman: «Meni kishilarimizning ongida paydo bo‘lgan stereotip ko‘p
o‘ylantiradi. Odatda biz ayolni avvalambor ona, oila qo‘rg‘onining qo‘riqchisi sifatida hurmat
qilamiz. Bu, shubhasiz, to‘g‘ri. Ammo bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki
mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi
ham bo‘lishi kerak», - deb ta’kidladi.

Davlatimiz ayollarning davlatni boshqarish ishlarida ko‘proq ishtirokini ta’minlash,

rahbarlik lavozimlariga jalb qilish uchun ham tegishli imtiyozlar yaratmoqda. Saylov
qonunchiligiga o‘zgartirish kiritilib, siyosiy partiyalardan ko‘rsatilayotgan nomzodlarning kamida
30 foizi ayollardan iborat bo‘lishining belgilanishi munosabati bilan vakillik organlari tarkibining
ma’lum qismini ayol deputatlar tashkil etdi. Oliy Majlis Senat raisi, Bosh prokuror o‘rinbosari
ayol kishi ekanligi, qo‘mitalarning raislari orasida, hukumat tarkibida ayollarning mavjudligi
ayollar bilan erkaklar teng huquqliligining kafolati natijasidir.

Birgina 2019-yilda «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar

kafolatlari to‘g‘risida»gi hamda «Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari qabul qilindi. «Xotin-qizlar va erkaklar
uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunda davlatimizda gender
tenglik qonuniylik, demokratizm, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, jins bo‘yicha
kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi, ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida olib borilishi belgilandi.

«Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun bilan davlat

siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan
himoya qilish sohasidagi gender siyosati yuritiladi. Davlat dasturlari hamda strategiyalari ishlab
chiqiladi va amalga oshiriladi. Jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiqlar va zo‘ravonlikka
nisbatan murosasizlik muhiti yaratiladi. Xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy
manfaatlari tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilinishi ta’minlanadi. Jamiyatda huquqiy ong va
huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlashga e’tibor qaratiladi. Xotin-
qizlarga nisbatan tazyiqlar va zo‘ravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo‘yish


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

833

uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlar yaratiladi. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiqlar va
zo‘ravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabab hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralari
ko‘riladi.

Huquq va erkinliklar qonunlarda mustahkamlab qo‘yilib, ularning amalga oshishi,

ta’minlanishi uchun qo‘shimcha choralar ko‘rilmasa, kafolatlar tizimi bo‘lmasa, unda huquq va
erkinliklar qog‘ozda qolib ketaveradi. Davlatimiz fuqarolarning huquq va erkinliklarini
Konstitutsiya va qonunlarda belgilash bilan ularning amalga oshishini ta’minlovchi kuchli
kafolatlar tizimini ham yaratgan va uni takomillashtirish bo‘yicha muntazam ish olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi Maxsus qismi VII bobining «Fuqarolarning

konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar» deb nomlanishi, ko‘plab harakatlar
uchun jinoiy javobgarlikning belgilanishi ham huquq va erkinliklar davlatning alohida e’tiborida
ekanligini ko‘rsatadi va kafolatlarni kuchaytiradi.

Jamiyat va davlat hayotida

xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligini, shuningdek,

xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy
faolligini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biriga
aylandi.

Shu bois, yangilangan Konstitutsiyamizning

58-moddasi

da “Davlat xotin-qizlar va

erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining
boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlaydi”, degan norma mustahkamlandi.

2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasiga

ko‘ra,

gender tenglik

bu

siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, taʼlim, ilm-fan, sport va boshqa

sohalarda xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini taʼminlashdir.

Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda gender tenglikni taʼminlanishi xotin-qizlarnging

siyosiy faolligini oshirish, qonunlar va turli qarorlar qabul qilinishida ishtirokini yanada
kengaytirish imkoniyatini beradi. Masalan, hozirda boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 33
foizni, Oliy Majlisda esa 32 foizni tashkil etadi.

Bundan tashqari, gender tenglik taʼlim olish, mehnat qilish, tadbirkorlik, ijod qilish,

madaniyat sohalarida ham taʼminlanishi xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshiradi.

Ayni vaqtda ham xotin-qizlarning ulushi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida

82

foizni, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, madaniyat va sanʼat sohalarida 72

foizni, sanoatda 38

foizni,

tadbirkorlikda 35 foizni, oliy taʼlimda 46

foizni tashkil etishi ham sohalar rivojidagi egallagan

munosib o‘rnidan dalolatdir.

Har qanday xalqning yetuklik darajasini, avvalo, ayollarning ilmiy-madaniy kamoloti

belgilab beradi.

Shu bois, ularning taʼlim olishlari, ilm-fan bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit

yaratish davlatning alohida vazifasiga aylandi. Natijada, birgina 2022-yilda oliy o‘quv yurtlariga
qabul qilingan talabalarning 49,9 foizini xotin-qizlar tashkil etdi.

Mazkur normaning kiritilishi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy

va siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat hokimiyatidagi lavozimlariga kengroq jalb etish
imkoniyatini yaratadi. Xalq farovonligi, jamiyat tinchligi hamda iqtisodiy barqarorlikda erkak va
ayolning teng huquqliligi muhim o‘rin tutishini eʼtiborga olsak gender tenglikni taʼminlash
vazifasini davlat zimmasiga yuklatilishi barqaror rivojlanishning zarur talabidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

834

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, xalq farovonligi, tinchligi hamda iqtisodiy

barqarorlikda erkak va ayolning teng huquqliligi muhim o‘rin tutishini eʼtiborga olsak gender
tenglikni taʼminlash vazifasini davlat zimmasiga yuklatilishi barqaror rivojlanishning zarur
talabidir. Shu kabi normalar Germaniya, Irlandiya, Italiya kabi davlatlar konstitutsiyalarida ham
mavjud.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023. 39-42-b.

2.

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi
Qonun 2019-yil 2-sentabr.

3.

Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq: darslik. – To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi
nashr. Toshkent: Yuridik adabiyotlar Publish, 2022. − 144-146-bet.

4.

Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. -Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi.
Harbiy-texnik instituti, 2019. 272-285-betlar.

5.

Jiyanmuratova Gulnoz. Sotsiologiya tarixi. – T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020. – 466 b. /
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:W7OEmFMy1HYC

6.

Маматов Х.Т. Конституциявий ҳуқуқ: дарслик. – Тошкент: Yurist-media markazi,
2018. 233-235 бетлар.

7.

Конституционное право. Учебник//Авторский коллектив. – Ташкент: Ташкентский
государственный юридический университет, 2018 г. С. 186-214.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023. 39-42-b.

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi Qonun 2019-yil 2-sentabr.

Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq: darslik. – To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr. Toshkent: Yuridik adabiyotlar Publish, 2022. − 144-146-bet.

Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. -Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi. Harbiy-texnik instituti, 2019. 272-285-betlar.

Jiyanmuratova Gulnoz. Sotsiologiya tarixi. – T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020. – 466 b. / https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAAAAJ&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:W7OEmFMy1HYC

Маматов Х.Т. Конституциявий ҳуқуқ: дарслик. – Тошкент: Yurist-media markazi, 2018. 233-235 бетлар.

Конституционное право. Учебник//Авторский коллектив. – Ташкент: Ташкентский государственный юридический университет, 2018 г. С. 186-214.