8
TASAVVUF ILMINING PAYDO BO‘LISHI
Kurbanova Gullola Bakhramovna
GulDPI Pedagogika kafedrasi (PhD) katta o‘qituvchi
Abdushukurova Mahliyo Ikrom qizi
GulDPI 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11445977
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tasavvuf ilmining paydo boʻlishi va uning kelib chiqishi
tarixi, kimlar hissa qoʻshganligi haqida soʻz boradi. VIII asr oʻrtalaridagi tasavvuf ilmi aks etgan.
Kalit soʻzlar:
maʼrifat, tasavvuf, tariqat, shariat, haqiqat, hikmat.
THE EMERGENCE OF MYSTICAL SCIENCE
Abstract
. This artickle talks about the history of the emergence of Sufism and its origin,
who contributed. The science of Sufism in the middle of the VIII th century is reflected.
Keywords:
enlightenment, Sufism, seçti, sharia, truth, honesty, wisdom.
ВОЗНИКНОВЕНИЕ МИСТИЧЕСКОЙ НАУКИ
Аннотация.
В донной статье говорится о возникновении суфизма и истори его
возникновения, вынесший вклад в науку суфизм в середине VIII века.
Ключева сдова:
просветление, суфизм, секта, шариат, правда, честность,
мудрость.
Tasavvuf oʻrta asrlarda musulmon sharqida keng tarqalgan bu ta' limot dastlab VIII asrning
oʻrtalarida Iroqda paydo boʻlgan. Tasavvuf ta' limoti asosida inson faoliyati va uning kamoloti
yotadi. Movorounnahrning turli oʻlkalarida tasavvufning turli tariqatlari paydo boʻlgan.
Turkistonda XII asrda Yassaviya,XII asrning oʻrtalarida Xorazmda Kubroviya, XIV asrda
Buxoroda Naqshbandiya va boshqa tariqatlar vujudga kelgan. Va shu bilan bir qatorda tasavvuf,
tariqat soʻzlarining manosiga ham toʻxtalib oʻtamiz. Tasavvuf sunfiylik musulmonlarni halollikka,
poklikka tenglikka chorlovchi har kimning oʻzining halol mehnati bilan yashashga, boshqalarning
kuchidan foydalanmaslikka davat etuvchi taʼlimot.
Tariqat esa, tasavvuf qoidalariga amal qilib yashash,ya'ni komil inson darajasiga erishishni
koʻrsatuvchi yoʻl.
Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega bir ta' limit boʻlib, islom olamida VIII asrda paydo
boʻlgan. Tasavvuf bu soʻfiylik boʻlib bir nechta tariqatlarga boʻlingan. Dastlab u zohidlik
koʻrinishida kurtak yozadi. Gap shundaki Muhammad s.a.v.vafotlaridan keyin musulmonlar
olamida boʻlinish yuz beradi.Ayniqsa xalifa Usmon zamonida boylikka ruju, qimmatbaho tafakkur
9
bilan qarindosh urugʻlar, yaqin doʻst birodarlarini siylash rasm, ya' ni urf odatga, odatiy holga
aylanib qoldi. Tasavvuf soʻfiylik islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yoʻllovchi
ta' limot. Tasavvuf soʻzining oʻzagi, mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirganlar.
Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb eʼtirof etilgan.Muqaddima asarida tasavvuf
" suvf" jun, poʻstin degan manolarni anglatadi Zero odamlar tarkidunyo qilgan Zohidlar jundan
toʻqilgan poʻstin kiyishni odat qilganlar bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi ahli insonlardan
farqli hayot tarzini oʻzlarida namoyon etgan deydi. Tasavvuf ilmining paydo boʻlishi bu asosan
insonlarning diniy bilimlarini ham oʻstirib borganlar Tasavvuf va sufiy IX asrning boshlarida
yashagan Abu Hoshim sufiydan boshlab joriy etilgan. Unda oldingi davrlarda bu atama oʻrnida
"zuhd" "zohidlik" "tarkidunyochilik" taqvodorlik kabi soʻzlar ishlatilgan .Mening fikrimcha
tasavvuf taʼlimoti shunday taʼlimotki,insonlarni yaxshilikka ,ezgu ishlarga undovchi
taʼlimotdir.Sababi bu tasavvuf insonlarni bir biriga yaqinlashtira oladigan kuch hisoblanadi. Men
uchun bir narsa qiziqki qachon inson komillik darajasiga yeta oladi?
Tasavvuf taʼlimotida juda koʻp narsalar qoralanadi yani birinchi oʻrinda nafs balosi boʻlib
insonlarga nafsni yeng,oʻzingdan hech qachon nafsingni ustun qoʻyma deydilar.Nafs bu menimcha
shaytoniy hirs boʻlib insonlarni yomonlik sari yetaklaydi.
Nasr yoʻliga kirgan kishi rasvo boʻlur
Yoʻldan ozib toyib, tuzib gumrox boʻlur
Yotsa, tursa shayton bilan hamroh boʻlur.
Nafs shunday bir baloki, agar u sizdan ustun chiqib qolsa, sizni xonavayron qilishi turgan
gap. Nafs turli xil koʻrinishlarda boʻlishi mumkin. Masalan mol mulkining nafsi, zinoning nafsi,
yetuklik va ichkilikning nafslari. Tasavvufda esa nafsga aslo oʻrin yoʻq. Tasavvuf ilmiga hissa
qoʻshganlar. Ahmad Yassaviy, Bohouddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro kabi bir necha
allomalarimiz katta hissa qoʻshgan. Alloma, yetuk tasavvufchi shaxs Ahmad Yassaviy haqida
gapiradigan boʻlsak u birgina " Hikmatlar" asari bilan mashhur. Chunki bu " Hikmatlar" asari
insonlarni odob axloq, maʼnaviyat kabi tushunchalar turadi. Yassaviyning koʻp asarlari nafsni
yengish boʻlib insonlarni nafsga yengilib qolmaslikka oʻrgatadi.
Nafs amrida har nechaki topilgaysan,
Koʻp garchi butunlik tilasang singaysan,
Kam ista- yu necha elga yoʻli yolingʻaysan,
Nafsingga xilq aylakim tinigʻahsen.
10
Ustoz Maqsud Shayxzoda ham Yassaviy haqida shunday fikr bildiradi: "shubxasizki, Xoʻja
Ahmad Yassaviyning yozib qoldirgan " Hikmat" kitobi keyinchalik til jihatidan va maʼno
tomonidan qanchalik oʻzgarishlarga duchor boʻlmasin, uning asl vazni avvalgi holicha qolgan.
Chunki uning Hikmat asari hozirgi sherlar yoziladigan barmoq vaznida yozilgan. Chunki
birovlar ilgarigi vaznni shuncha ildizidan oʻzgartirib, qaytadan ishlashlari amri mahol boʻlgan edi
deydilar. Aslini olganda Ahmad Yassaviy hayoti haqida maʼlumot juda kam. U Yassi yaqinidagi
Sayram qishlogʻida tugʻilgan. Uning otasi Ibrohim Turkistonning taniqli shayxlaridan boʻlgan.
Onasi Qorasoch momo nomi bilan mashhur. Ahmadning yoshligi ancha qiyin kechadi.
Otasi erta vafot etadi. Ahmad Yassaviy yirik mutassavvif olim Arslonning qoʻlida
tarbiyalangan, soʻng Buxoroga borib, Yusuf Hamadoniy qoʻlida tahsil oladi. Ahmad Yassaviy
tasavvuf ilmini shunchalik chuqur egallaganki, xalq orasida" Madinada Muhammad Turkistonda
Xoja Ahmad" degan naql paydo boʻlgan.
Tasavvufda shoir dohil boʻlgan tariqat esa Naqshbandiya atalishidan ham maʼlumki, bu
tariqat bevosita Bohouddin Naqshband kim? Muhammad Bohouddin an- Naqshband al- Buxoriy
hazratlari shariatning aqliy, ilmiy, maʼrifiy, hissiy taraqqiyotiga qanday hissa qoʻshganlar?
Qanday qilib Bahouddin Naqshband "balagardon" degan rutbaga musharraf boʻlganlar?
Naqshbandiya qanday tariqat? Uning Yassaviyadan qanday farqi bor? Shu va shunga oʻxshash
savollarga javob topmay turib Bahouddin Naqshbandning milliy marifiy taraqqiyotimizda tutgan
oʻrnini tayin etish hatto Naqshbandning asarlarining mohiyatiga yetish ham mushkul ishdir. XV
asrgacha boʻlgan boy merosimizga Shams ul millatimiz Alisher Navoiyning nazari bilan qarashga
oʻrganib qolganmiz. Naqshbandiyning hayot faoliyatlari u kishi qiyomoga yetkazgan tariqat
haqida keyingi bir ikki yilda chop etilgan maqola- yu kitoblarda juda koʻp gapiriladi.
Mening fikrimcha tasavvuf taʼlimoti asosida insonlarni bir biriga yaqinlashtirish, mehr
muruvvat koʻrsatish, insoniylikni saqlab qolish demakdir. Tasavvuf taʼlimotining asoschilari bu
dunyoning noz neʼmatlaridan voz kechib oʻzlarini komillik sari yetaklagan insonlardir.
REFERENCES
1.
10-sinf adabiyoti
2.
Sultonmurod Olim "Naqshband va Navoiy"
3.
Sadulla Siyoyevning "Ahmad Yassaviy"
4.
"Ahmad Yassaviy hikmatlari"
