ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
110
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI YER-SUV MUNOSABATLARI TARIXI
Bibirajab Yuldosheva
Buxoro davlat universiteti dotsenti
Umidjon Baqoyev
Buxoro davlat universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11482516
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Buxoro Xalq Sovet Respublikasining yer-suv
munosabatlari tarixi bayon etilgan. Maqola turli manbalar hamda ilmiy adabiyotlar o‘rganish va
tahlil qilish orqali tadqiq etilgan. BXSR hukumati davrida yer-suv munosabatlari boshqa ko‘plab
sohalar singari ham sovet, ham milliy andoza asosida tartibga solingan. Katta yer egalarining
yerlari musodora qilinib, davlat mulkining roli oshirilgan. Maqolada, shuningdek, yangi yer-suv
tizimining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni va o‘zgarishlarning oqibatlari haqida ham
to‘xtalib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
respublika, Ziroat nozirligi, yer-suv, dekret, vaqf yerlari.
HISTORY OF LAND-WATER RELATIONS OF THE PEOPLE'S SOVIET
REPUBLIC OF BUKHARA
Abstract.
This article describes the history of land-water relations of the Bukhara People's
Soviet Republic. The article was researched by studying and analyzing various sources and
scientific literature. During the government of the USSR, land-water relations, like many other
areas, were regulated on the basis of both the Soviet and the national model. Lands of large
landowners were confiscated, and the role of state property was increased. The article also
discusses the role of the new land-water system in the country’s economy and the consequences of
the changes.
Key words:
Republic, Agricultural inspectorate, land and water, decree, foundation waqf.
ИСТОРИЯ ЗЕМЕЛЬНО-ВОДНЫХ ОТНОШЕНИЙ БУХАРСКОЙ
НАРОДНОЙ СОВЕТСКОЙ РЕСПУБЛИКИ
Аннотация.
В статье описана история земельно-водных отношений Бухарской
Народной Советской Республики. Статья написана путем изучения и анализа различных
источников и научной литературы. Во времена правления СССР земельно-водные
отношения, как и многие другие сферы, регулировались как на основе советской, так и
национальной модели. Земли крупных землевладельцев были конфискованы, возросла роль
государственной собственности. В статье также рассматривается роль новой земельно-
водной системы в экономике страны и последствия изменений.
Ключевые слова:
республика, Сельскохозяйственная инспекция, земля-вода,
постановление, земли основания.
Kirish.
O‘zbek davlatchilik tarixida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi katta o’rin tutadi.
Buxoro amirligi 1920-yil qizil armiya tomonidan qulatilganidan so‘ng, 8-oktyabrda Buxoro Xalq
Sovet Respublikasi tashkil etilgan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hukumati tomonidan ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohada chuquqr va inqilobiy islohotlar o‘tkazilgan. Jumladan, yer-
suv munosabatlarini tartibga soluvchi qator farmon va qarorlar qabul qilingan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
111
1920-yil 6-8-oktabr kunlarida Buxoro amirining yozgi saroyi Sitorai Mohi Xossada
chaqirilgan Butun Buxoro xalq vakillarining birinchi qurultoyida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi
tuzilganligi tantanali ravishda eʼlon qilingan. Bu davlat tuzumi jihatidan xalq demokratik
hokimiyati edi. Uning zimmasiga qisqa muddat ichida oʻrta asrchilik anʼanalari meros qolgan amir
Buxorosini demokratik davlatga aylantirishdek tarixiy vazifani bajarish tushgan. Qurultoy davlat
hokimiyatining qonun chiqaruvchi oliy organi boʻlgan Buxoro inqilobiy qoʻmitasi (Markaziy
Revkom), Buxoro Xalq Nozirlar Shoʻrosi — dastlabki hukumat tarkibini uzil-kesil tasdiqladi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review).
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi
yer-suv munosabatlari tarixining turli jihatlarini “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalaridan
o
ʻ
rganish mumkin. Shuningdek,
Q. Rajabov (1999), I.Alimov (2009), K.Rahmonov (2012)
kabi
olimlar
maxsus tadqiqotlar olib borgan.
- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).
Mazkur maqolani yozishda
tarixiylik, tizimlilik, xolislik, qiyosiy tahlil va statislik usullardan foydalanilib, Buxoro Xalq Sovet
Respublikasi yer-suv munosabatlari tarixi tahlil qilingan.
Tahlil va natijalar (Analysis and results).
Tarixchi olim Kamol Rahmonov yozishicha,
agrar munosabatlarni tartibga solish, dehqonlarga yerlarni bo‘lib berish masalasida hukumat
tomonidan 1920-yilning kuzida va 1921-yil davomida bir qator qonun, qaror, farmon, buyruqlar
chiqarilgan [2.53]. Yer to‘g‘risidagi dekret (qonun) loyihasi dastlab Buxoro Kompartiyasi MK
majlisida 1920-yil 20-sentyabrda, so‘ngra BXSR Inqilobiy qo‘mitasi (Markaziy revkom) majlisida
1920-yil 24-sentyabr muhokama qilingan. Mazkur qonun agrar sohadagi dastlabki hujjat bo‘lib,
unda BXSR iqtisodiy siyosatining tashkiliy asoslari ko‘rsatib o‘tilgan [3.153].
1921-yil 22-fevralda BKP Markaziy Komitetining kengaytirilgan majlisida boshqa
masalalar qatori Yer masalasida muhokama qilingan. Mazkur masala yuzasidan Butunbuxoro
Markaziy Revkomi raisi Abdulqodir Muhitdinov so‘zga chiqib, yer sotish va sotib olish huquqini
saqlab qilishni va yerga xususiy mulkchilik huquqini saqlab qolishni taklif qilgan. Majlisdagi so‘l
komunistlar Abdulqodir Muhitdinov taklifiga qarshi chiqadilar va barcha yerlarni natsionalizatsiya
qilishni talab qiladilar [1.127]. Biroq Markaziy Komitet a’zolarining qo’llab-quvvatlashi natijasida
Abdulqodir Muhitdinov taklifi qabul qilingan. Mazkur qarordan norozi bo’lgan so‘l komunistlar
majlisni tark etishgan. Ammo Komunistik Internatsional (Komintern)ning Buxorodagi vakili
Sanjar Isfandiyorov, Fayzi Xodi, RSFSRning BXSR hukumati huzirdagi muxtor vakili Karim
Hakimov taklifi so‘l komunistlar syezdga qaytib kelgan. Xullas, so‘l komunistlarning bosimi bilan
yer to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qilingan [4.144].
1921-yil 2-fevralda BXSR Markaziy Inqilobiy Komiteti tomonidan “Yer tog‘risida”
dekret (qonun) qabul qilingan. Mazkur qonuning 1 va 2-moddalarida quyidagicha yozilgan:
“1. Buxoro Respublikasi hududidagi barcha yerlar, suvlar, o‘rmonlar va tabiiyboyliklar
kimning foydalanishida bo‘lishidan qat’iy nazar, yagona xalq mulki hisoblanadi.
2. Barcha vaqf va sobiq amir yerlari, amaldorlarga va shu kabilarga tegishli yerlar
mehnatkashlarga bo‘lib berilishi lozim. Yerlar mehnat normasi doirasida chorikorlar, mardokorlar,
yersiz va kam yerli dehqonlarga taqsimlab beriladi. Bo‘sh qolgan yerlarda esa sovet xo‘jaliklari,
qishloq xo’jalik artellari, shirkatlari tashkil qilingan[4.144]”.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
112
Mazkur hujjatdan ko‘rish mumkinki, barcha yerlar, jumladan vaqf yerlari ham xalq mulki,
ya’ni davlat mulki deb e’lon qilingan. Vaqf sobiq amir yerlari, amaldor va boylar yerlari,
mehnatkashlarga bo‘lib beriladi deb yozilgan.
BXSR Ziroat nazoratining yer sho‘basi tomonidan Buxoro atroflaridagi amir
amaldorlariga tegishli bo‘lgan 4000 tanob yer musodara qilinib, 50-60 tanobdan yersiz
dehqonlarga bo‘lib berilganligi, Buxoro tumanlarida 1000 tanob yer ro‘yxatga olinib, ishchi
hayvonlar va asboblari bilan yersiz, kam yerli dehqonlarga taqsimlanganligi, 1921-yil yozida
ziroat nazoratiga 96 million so‘m mablag‘ ajratilganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar manbalarda
raqamlar bilan qayd qilingan[2.53].
So‘l komunistlarning barcha yerlari, jumladan, vaqf va boylarning yerlarini
natsionalizatsiya qilish, bu yerlarni kam yerli va yersiz dehqonlarga bo‘lib berish to‘g‘risidagi
g‘oyani amalga oshirish uchun Buxoro Xalq Sovet Respublikasida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy
shart-sharoitlar yetilmagan[4.144]
BKPning so‘l komunistlari 1921-yil boshlarida RKP(b) Markaziy Komitetiga axborot
yozib, unda BXSRda agrar masalani hal qilish borasidagi asosiy kelishmovchiliklar, ixtiloflar
to‘g‘risida bayon qilgan. Mazkur ish ko‘rib chiqilib, Turkiston byurosi a’zosi Y.E.Rudzutakka
xulosa yozib berish uchun yuborilgan. Rudzutak mazkur ish yuzasida shunday xulosa yozgan edi:
“Buxoro so‘l komunistlari ruhida yer va boshqa islohotlarni o‘tkazish uchun Buxoroda ijtimoiy
tabaqa (yoki hatto xayrihohlar, tarafdorlar) yo‘q. Yerni natsionalizatsiya yoki sotsiolizatsiya
qilishni e’lon qilish 99 foizi dehqonlarning noroziligini keltirib chiqardi. Katta yer egalari (boylar)
xo‘jaliklarini tugatishni yuqoridan amalga oshirish mumkin emas. Turkiston tajribasi shuni
ko‘rsatdiki, boylarning yerlari berilgan kambag‘allar sovet organlaridan yashirinib, oldingi
xo‘jayinlariga shariat (diniy qonunlar) bo’yicha belgilangan foiz mahsulotini bergan. Islohotni
o‘tkazish uchun qishloqni tabaqalantirish bo‘yicha katta tashviqot va tashkiliy ishlar qilish
zarur[4.145]”.
BXSRda qishloq xo‘jalik rivojini sun’iy sug‘orishsiz tasavvur qilish qiyin. Hukumat bu
masalada yuritgan siyosat va tadbirlar ham gazetalarda bayon qilingan. Ma’lumki, BXSR
hududidagi ekin ekiladigan yerlar asosan Zarafshon daryosi suvi bilan sug‘orilgan. Gazeta
materiallarida o‘lkani suv bilan ta’minlash muammosi bir necha bor Turkiston ASSR va BXSR
o‘rtasida muhokama qilinganligi, masalani ijobiy hal qilish uchun ikkala respublika hukumati
a’zolaridan iborat “3 kishilik”, “5 kishilik” komissiya hay’atlari tuzilganligi haqida ma’lumotga
ega bo‘linadi[2.54]. Manbalarda 1921-yil shartnomasida Samarqandga qarashli 72.885 desyatina
yer Zarafshondan sug‘orilmaydi, keyin tekshirish natijasida anglashilgankim, ul yerlar Zarafshon
suvi bilan sug‘orilayotgan ekan”, - deb yoziladi. Nihoyat, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on
shaharlarida ikki respublika o‘rtasida olib borilgan muzokaralardan so‘ng, Narpaydaryo ustidan
nazorat BXSR qo‘liga o‘tgan[2.54].
Kamol Rahmonov yozishicha, BXSR hukumati mavjud bo‘lgan yillarda ham Rossiya
imperiyasi mustamlakachiligi davridagi Zarafshon daryosi suvining 3/1 qismini Buxoroga
berilishi bilan bog‘liq shartnoma o‘z kuchida qolgan. Bu esa BXSR hududini suv bilan ta’minlash
hamda yangi yerlarni o‘zlashtirib, dehqonchilik mahsulotlari miqdorini oshirish imkoniyatini
chegaralagan. Shuning uchun 1923-1924-yillardagi gazeta maqolalarida Amudaryo suvini BXSR
yerlariga yo‘naltirish, suv inshootlari barpo etish bilan bog‘liq ma’lumotlar ko‘p bayon qilingan .
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
113
Gazetaning 1924-yil 2-aprel 70-sonida “Buxoroda ziyod suv yo‘q” nomli maqola berilib, unda suv
xo‘jaligi sohasiga malakali mutaxassislarni jalb qilish, chig‘ir o‘rniga mashinalar yordamida
Amudaryo suvini yuqoriga ko‘tarib berish, Amudaryodan ariq va kanallar chiqarish ishini
jonlantirish masalalari ustida fikr yuritilgan[4.55].
BXSR hukumati davrida qizil armiyaga qarshi kurash tufayli irrigatsiya inshootlari ishdan
chiqdi yoki buzib tashlandi. Ariq va kanallarni loyqa va chim bosib, yaroqsiz holga kelib qoldi.
Hosildor yerlar tashlandiq joylarga aylandi. Shuning uchun respublikada qishloq xo‘jaligining
muhim tarmog‘i bo‘lgan paxtachilik sohasi ham inqirozli holatga tushgan edi. Bu holat davriy
matbuotda chop etilgan. 1921-yilda paxta maydonlari amir davriga nisbatan 30 000 tanobga
kamayganligi, 1893-yildan 1917-yilga qadar Buxoroda paxta ekiladigan yerlar maydoni 300 000
tanobgacha bo‘lib, undan olinadigan daromad 25 mln. oltin so‘mni tashkil etganligi ma’lumotini
“Buxoro axbori”ning sahifalarida o‘qish mumkin[2.55].
Gazeta materiallari oʼrganilganida, paxta hosilining keskin kamayganligi omillari sifatida
nafaqat sunʼiy sug‘orish inshootlari qarovsiz va yaroqsiz bo‘lib qolganligi, balki Buxoro
dehqonlari foydalangan mehnat qurollarining oddiy kurak va ketmondan iboratligi, yetishtirilgan
hosil o‘z vaqtida sotilmaganligi, paxta urug‘i va boshqa harajatlar uchun dehqonlarga yordam puli
o‘z vaqtida berilmayotganligi kabilardan kelib chiqqanligi qayd qilinadi . Tovar-pul
munosabatlarining inqirozi tufayli paxta mahsulotini barter usulida sotish dehqonlarni xonavayron
qildi. Chunki sanoat mahsulotlari qimmat va taqchil bo‘lgan.
Arxiv hujjatlaridan birida ma'lumot berilishicha, 1923-yil yozida O‘rta Osiyo qishloq
xo‘jalik bankining Buxoro bo‘limi ochilgan. U Buxoroda paxtachilikni rivojlantirish uchun kredit
shirkatlari tashkil etishga qaror qildi. 1923-yil bunday shirkatlardan 7 tasi tuzilgan[2.56].
1924-yil 1-iyulga kelib BXSRda qishloq xo‘jaligi kredit shirkatlarining soni 64 taga yetgan
bo‘lib, ularga 9688 kishi a’zo bo‘lgan[2.56].
Paxta ekuvchi dehqonlarga imtiyozlar berish, paxtaning yangi amerika navini ko‘proq
yetishtirish, paxta banklari ochish, dehqonlarni kooperativ tashkilotlar atrofida birlashtirish, paxta
shirkatlarini tuzish va kengaytirish masalalarining 1924-yil “Ozod Buxoro” sahifalarida keng
miqyosda berilishi BXSRning iqtisodiy jihatdan xom ashyo yetkazib beruvchi mamlakatga aylanib
borayotganligini anglatadi.
Manbalarga ko‘ra, BXSR hukumat qancha tirishmasin izdan chiqqan paxtachilik sohasini
o‘zi tuzgan istiqbolli rejalar va loyihalar asosida tiklay olmagan. Mamlakatda paxta hosili Birinchi
jahon urushidan oldingi darajaga ko‘tarila olmaydi. 1923-yil kuziga kelib ekin ekiladigan
yerlarning 80 foiziga urug‘ qadalgan va hosildorlik darajasi ham past bo‘lgan[2.58].
“Buxoro axbori” gazetalarning ma’lumotlariga ko‘ra, BXSR xo‘jaligida paxtachilik
sohasidan keyin g‘allachilik tarmog‘i muhim o‘rin tutganligi anglashiladi . Biroq respublika
aholisini o‘zi yetishtirgan g‘alla bilan ta’minlay olmagan. Bu haqida shunday yozilgan: “Buxoro
hukumati tomonidan turli joylardan oling‘on bug‘doy (200.000 pud) Buxorog‘a kelmakda. 44
vagon Peterskiydan, 21 vagon Orenburg va Orskdan Buxorog‘a uzatilib, hozirda 6 vagon yetib
kelg‘on”; “Volga-naqliyot” shirkati vositasi bilan Krasnovodskka 2 paroxod bug‘doy kelg‘on.
Shundan 680.180 pudi Buxorog‘a yuborilg‘on”, “Savdo-sanoat nazoratining tashabbusi bilan
yaqin kunlarda Turkiston Jumhuriyatidan Buxorog‘a 100.000 pud har turli un kelishi kutiladur” .
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
114
Demak, ma'lumotlardan aniq bo‘ladiki, paxta xom ashyosi evaziga chetdan (asosan
RSFSR) bug‘doy keltirilishi boshlangan[2.58].
Qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri chorvachilik bo‘lib, uning qorako‘lchilik
tarmog‘i haqida “Buxoro axbori” gazetasida ko‘plab maqolalar uchraydi. Chorvachilikning holati
ham respublika yillarida amirlik davri darajasiga ko‘tarilmaganligi maqola va xabarlardan ayon
bo‘ladi. Masalan, “1890-yilda butun mamlakatda turli nasl qo‘y hamda echkilar 800.000 adad
bo‘lsa, 1916 yilda 2,5 mln.ga qadar oshg‘ondur. Bugun (1923-yil) qo‘y va echkilar soni 500.000
dan ortiq emasdur, ya’ni 1916-yilga nisbatan 5 barobar kamayib ketg‘on” ,- deb yoziladi “Buxoro
axbori”da. “Ozod Buxoro”ning 7-sonidagi “Buxoroda qorako‘lchilik ishi” maqolasidan esa: “XX
asrning boshlaridan 1913-yilg‘a qadar amirlikda har yili 1.500.000-2.000.000 donagacha qorako‘l
teri yetishtirilg‘on. 1920-yilg‘a kelib, bu raqam 200.000 donag‘a tushib qolg‘on. Faqatgina 1922-
yilda bu sohada biroz jonlanish bo‘lib, 800.000 dona qorako‘l terilar yetishtirilg‘on” , - tarzidagi
ma’lumotlar keltirilgan.
Shuningdek, manbalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ularning narxi muntazam oshib
turganligi haqida ma’lumotlar orqali aholining turmush darajasi pasayganligini, narx-navolar esa
muntazam oshib ketganligi keng to‘xtab o‘tilgan.
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 3 yil davomida asosiy qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarining narxi muttasil o‘sib borgan, pulning qadrsizlanishi jarayoni kuchaygan.
Qishloq xo‘jaligining ipakchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, polizchilik kabi sohalari
ham ko‘zlangan natijalarni bermaganligi gazetalardagi ma’lumotlarda ochib berilgan.
BXSR iqtisodiyotida muhim o‘rin tutgan vaqf mulklariga munosabat masalasi ham
gazetalardagi maqola va xabarlarda berib borilgan. Bu masala yangicha tarixiy sharoitda alohida
loyihaga talab va ehtiyojni vujudga keltirgan. Mazkur loyiha Abdurauf Fitrat tomonidan 1922-
yilning iyun oyida ishlab chiqilgan bo‘lib, u 19 moddadan iborat. Fitratning “Vaqf ishlari haqidagi
loyiha”si “Buxoro axbori” gazetasida to‘laligicha bosilgan. Loyiha vaqf mulklarini hukumat
solig‘idan ozod etib, ulardan faqatgina ushr solig‘i olishni saqlash, vaqf idorasini 5 ta sho‘baga
bo‘lish (diniya, ilmiya, moliya, ijara, xo‘jalik), asosiy vaqf daromadlarini 6 qismga taqsimlash
(maschid va maschid ishlari, maktab va kutubxona, mahkama, oshxona, avlodiy, Makka va
Madina vaqflari), mutavallilar faoliyatini nazorat qilish, vaqf mudiriyati xazinasini vujudga
keltirish kabilarni o‘zida mujassamlashtirgan[2.61].
Gazeta ma’lumotlariga qaraganda, Buxoro, Qarshi, Chorjo‘y, Karmana viloyatlarida vaqf
idorasiga qarashli 276.737 tanob yerlar borligi, bundan boshqa vaqf idorasi qaramog‘ida 57 ta
saroy, 10 ta hammom, 23 ta tegirmon, 24 ta bozor joyi, birgina Buxoro shahrida 1769 do‘kon
hamda 262 ta hovli borligi, 1923 yil vaqf mulklaridan 4. 128. 871 tanga hamda 12. 212 botmon
bug‘doy olinganligi qayd etiladi[2.61].
Vaqf masalasini hal qilish uchun respublika tarixida birinchi marta 1923-yil oktyabr oyida
Butun Buxoro vaqf qurultoyi chaqiriladi. Qurultoy ishida hukumat rahbarlaridan Fayzulla
Xo‘jayev, Porso Xo‘ja, Abdulla Rahimboyevlar ishtirok qilganlar. Qurultoy kun tartibiga 6 ta
asosiy, 4 ta qo‘shimcha, jami 10 ta masala qo‘yildi. Qurultoy faoliyati, unda tinglangan ma'ruzalar,
qabul qilingan qarorlar “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalarida batafsil bayon qilingan.
Vaqf idorasi mudirining hisobotida Buxorodagi vaqflardek ko‘p daromadli vaqflar hech bir
mamlakatda bo‘lmaganligi qayd qilingan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
115
Vaqf yerlari va vaqfkor dehqonlar masalasi bilan bog‘liq maqolalarda yozilishicha,
yerlarning 70-80 foizi ekilmay qolganligi, ijaradorlarning yashirin soliq talab qilayotganligi,
hosilning bir qismini eski xo‘jayinlariga xufiyona yetkazilayotganligi kabi kamchiliklar ochib
tashlangan.
Abdurauf Fitrat ma’lumotlariga ko’ra, vaqf daromatlari hisobidan masjid va madrasalar,
tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash, maktab, ta’lim-tarbiya kurslari tashkil etish, dorilmuallimin,
muzey, kutubxona, kasalxona, yetimxona, xonaqohlar ochish, gazeta va jurnallar chop etishni
loyiha moddalarida batafsil bayon qilingan[4.150].
Xullas, 1923-yil BXSRda vaqf mulklaridan kelgan butun daromat 4 128 871 tanga hamda
12 212 botmon bug‘doy bo‘lib, uning taxminan 50 foizi masjidlarning imom va muazzinlariga,
vaqf idorasiga, qolgani esa maorif va madaniyat ishlari ta’minotiga sarflangan.
Xulosa (Conclusion).
Xulosa qilib aytganda, BXSR hukumati davrida asrlar davomida
hududda mavjud bo’lgan yer-suv munosabatlari o’zgarishlarga uchradi va bu o’zgarishlar hayotini
yer bilan bog’lagan xalqimizni iqtisodiy qiyinchiliklarga yetakladi. Buxoro Xalq Sovet
Respublikasining 1921-yil 2-fevralda so‘l kommunistlar ta’siri ostida qabul qilgan “Yer
to‘g‘risida”gi dekretining amaliyotga joriy qilinishi izchillik va iqtisodiy samaraga erishmadi.
REFERENCES
1.
Алимов И. Ўзбекистонда вақф мулкларининг тугатилиши (1917
–
1929).
–
Тошкент:
Фан, 2009. - 164 б.
2.
Раҳмонов. К. Бухоро Халқ Совет Ресбубликаси тарихи матбуот саҳифаларида (1920
–
1924-йиллар).
–
Тошкент. “Abu matbuot-konsalt”, 2012.
–
208 б.
3.
Ражабов Қ. Бухоро Халқ Республикаси: монархиядан демократия сари дастлабки
қадамлар (1920-1924-йиллар) Ўзбекистон тарихининг долзарб муаммоларига янги
чизгилар /Даврий тўплам. № 2.
–
Тошкент. Шарқ, 1999.
–
Б. 153.
4.
Ўзбекистон тарихи (1917
–1991-йиллар). Биринчи китоб. (1991–1939 йиллар). –
Тошкент. “O
‘zbekiston”, 2019.
–
559 б.
5.
Ражабов Қ, Иноятов C. Бухоро тарихи. – Тошкент: “Tafakkur”, 2016. – 468 б.
