ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
931
INSON HUQUQLARI TIZIMIDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY TARBIYANING
ROLI
Behzod Raxmanov Baxshilloyevich
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12527544
Annotatsiya.
Ushbu tezisda inson manfaatlari, inson huquqlari va majburiyatlarini
insonlar onggiga singdirish va insonlarda huquqiy tarbiyani oshirish borasidagi qarashlar
bayonoti keltirilgan.
Kalit so`zlar:
huquqiy ong, huquqiy tarbiya, inson huquqlari, inson majburiyatlari.
THE ROLE OF LEGAL AWARENESS AND LEGAL EDUCATION IN THE HUMAN
RIGHTS SYSTEM
Abstract.
This thesis presents a statement of views on human interests, human rights and
obligations, and on improving legal education in people.
Key words:
legal awareness, legal education, human rights, human obligations.
РОЛЬ ПРАВОВОГО ПРОСВЕДЕНИЯ И ПРАВОВОГО ОБРАЗОВАНИЯ В
СИСТЕМЕ ПРАВ ЧЕЛОВЕКА
Аннотация.
Данная дипломная работа содержит изложение взглядов на
формирование в сознании людей интересов, прав и обязанностей человека и повышение
правового образования людей.
Ключевые слова:
правосознание, юридическое образование, права человека,
обязанности человека.
Inson huquqlari sohasidagi ta’lim har bir fuqaroning inson huquqlariga nisbatan hurmatini
rag‘batlantirish va unga har tomonlama rioya etilishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etib,
zo‘ravonlik va nizolarning oldini olishda katta ahamiyatga ega.
Inson huquqlari sohasidagi ta’lim aholining, ayniqsa, yoshlarning inson huquqlari
sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirishga, ularda inson huquqlari va erkinliklariga hurmat
hissining shakllanishiga, davlat xizmatchilarining inson huquqlari va gender tenglik sohasidagi
bilim va ko‘nikmalarining oshishiga xizmat qiladi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevralda
“O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash
to‘g‘risida” PQ-46-son Qarori qabul qilingan edi.
Ushbu Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim
dasturi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” qabul qilindi.
Shuningdek, ushbu Qarordan 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab professional va oliy ta’lim
tizimida «Inson huquqlari», «Ayollar huquqlari», «Bola huquqlari» bo‘yicha tegishlicha o‘quv va
maxsus kurslar joriy etish;
1
1
Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik
qoidasi bo‘lishi kerak.// Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iy davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.Tom 1.- T.:
O‘zbekiston, 2017.-233-295 b.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
932
- har yili «Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovatsiyalar» milliy tanlovi
o‘tkazib borish;
- inson huquqlari sohasida ta’lim olish bo‘yicha elektron platformani yaratish;
- tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va
jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha qisqa
muddatli o‘quv kurslari tashkil etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar axborot-kutubxona markazlarida Inson
huquqlari sohasidagi adabiyotlar yo‘nalishini tashkil etish va boshqa ko‘plab chora-tadbirlar
nazarda tutilgan edi.
Ta’kidlash joizki bunga qadar ham mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta’lim
bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, 2019-yilda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi huzurida davlat organlari va
fuqarolik jamiyati institutlari xodimlari uchun Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish
sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilingan, sud va huquqni
muhofaza qiluvchi organlar rahbar xodimlarining inson huquqlari sohasidagi malakasini oshirish
bo‘yicha “Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyat” maxsus o‘quv moduli ishlab chiqilgan va
mazkur modul asosida jami 400 nafardan ortiq rahbar xodimlar o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan huquqiy
hujjatdir. Yaratilayotgan boshqa qonunlar konstitutsiyaviy me’yorlarga asoslanadi, me’yoriy
hujjatlar ham shu asosda ishlab chiqiladi. Bosh qomusimizda jamiyat va davlat, davlat hokimiyati
va boshqaruv organlari tuzilishi hamda faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning vakolatlari,
fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlar belgilab
berilganligi bilan ham yanada ahamiyatlidir. Mamlakatimizda istiqomat qiluvchi turli din vakillari,
jumladan, yurtimiz musulmonlari Asosiy Qomusimizda belgilab qo‘yilgan huquq va
erkinliklardan keng foydalanmoqdalar. Xususan, ushbu hujjatning yangi qabul qilingan tahririda
vijdon hamda e’tiqod erkinligi alohida kafolatlab qo‘yilgan.
Konstitutsiyamizning 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir
inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy
qarashlarni majburiy singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, deyilgan. Yurtimizda bugungi kunda 130 dan
ortiq millat va elat vakillari Bosh Qomusimiz belgilab bergan teng huquqlilik va keng
imkoniyatlardan foydalanib, totuvlik va hamjihatlikda yashamoqdalar. Ular ertangi kunga komil
ishonch bilan mehnat qilib, yagona Vatan ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Unda nafaqat
xalqchil tamoyillarga, balki ming yillar davomida rivojlanib kelgan milliy ma’naviyatimiz
asoslariga ham tayanadi. Zero, har bir millat o‘zining ruhiy-e’tiqodiy ildizlaridan uzilsa, inqirozga
uchrashi tabiiydir. Allohga behisob shukrlar bo‘lsinki, sizu biz go‘zal va hur diyorda tinchlik
bulog‘idan qonib umr guzaronlik qilib kelmoqdamiz.
2
Davlat va jamiyat hayotining asosiy tamoyillarini belgilab beruvchi, inson huquq va
erkinliklarining huquqiy kafolati vazifasini oʻtovchi Konstitutsiya – nafaqat davlatchilikning
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi Farmoni. PF-4947-son.2017 yil 7 fevral. Manba: lex.uz.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
933
muhim ramzi, balki har bir xalqning milliy gʻururi va oʻz-oʻzini hurmat qilishining huquqiy timsoli
hamdir.
Har bir inson nafaqat o‘z huquqlarini balki majburiyatlarini ham bilishi, belgilangan barcha
qonunlarga rioya qilishi va vatan uchun yurt uchun o‘z jonini ham ayamasligi lozimdir. Bunday
insonlarni tarbiyalash uchun esa albatta, huquqiy tarbiya berilishi muhimdir.
Xulosa shuki, har bir mamlakat erkin va farovon jamiyat qurishga intilar ekan, bu yo‘ldagi
ulug‘vor maqsad va vazifalarini, avvalo, o‘z Konstitutsiyasida mustahkamlaydi. Zotan, unda
mamlakatimizning o‘z oldiga qo‘ygan ulkan maqsad va vazifalari, xalqaro miqyosda qabul
qilingan inson huquqlari va huquq ustuvorligi hamda demokratiya tamoyillari o‘z ifodasini topgan
bo’ladi.
Xulosa o‘rnida, yurtimizda yashab, faoliyat ko‘rsatayotgan har bir ongli inson O‘zbekiston
Respublikasining Asosiy Qonuni – Konstitutsiyamizning barcha moddalarini mukammal bilishi
va hayotga to‘g‘ri tatbiq qilmog‘i, shuningdek, o‘ziga yuklatilgan burchlarini sezib, to‘laqonli
ravishda bajarishi lozim bo‘ladi. Ushbu ishlarni amalga oshirgan kishilar ham davrimiz, ham
bebaho milliy qadriyatlarimiz me’yorlariga amal qilgan bo‘ladi.
Davlatda kostitutsiyaning joriy etilganligi va unga barchaning birdek amal qilishi bu
davlatning farovonligi va tinchligini ta`minlaydi. Buning uchun esa har bir shaxs huquqiy
tarbiyalangan bo’lishi va huquqiy ong va bilimlarga ega bo`lishi lozimdir.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi Farmoni. PF-4947-
son.2017 yil 7 fevral. Manba: lex.uz.
2.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. T.: O‘zbekiston, 2016. -53 b.[ Mirziyoyev Sh.M. Together we will build a free and
prosperous, democratic state of Uzbekistan]. T .: O’zbekiston, 2016. -53 p.
3.
Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar
faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.// Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iy davom
ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.Tom 1.- T.: O‘zbekiston, 2017.-233-295 b.
[Mirziyoyev Sh. Critical analysis, strict discipline and personal responsibility should be
the daily rule of every leader.// We will continue our path of national development and take
it to a new level]. Volume 1.- T .: Uzbekistan, 2017.-233-295 p.
4.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. T.:
O‘zbekiston, 2017 -484 b. [4.Mirziyoyev Sh.M. We will build our great future with our
brave and noble people]. T.: Uzbekistan, 2017 -484 p.5.
5.
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va
xalq farovonligining garovi. T.: 2017. [Mirziyoyev Sh.M. The rule of law and the
protection of human interests are the key to the development of the country and the well-
being of the people]. T .: 2017.
