LEGAL AWARENESS AND LEGAL CULTURE IN THE NEW UZBEKISTAN SOCIETY DEVELOPMENT TENDENCIES

HAC
Google Scholar
f
1025-1029
0
0
To share
Raxmanov, B. (2024). LEGAL AWARENESS AND LEGAL CULTURE IN THE NEW UZBEKISTAN SOCIETY DEVELOPMENT TENDENCIES. Modern Science and Research, 3(2), 1025–1029. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30560
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is devoted to the problems of developing legal consciousness and legal culture in the new Uzbek society. The article examines the current state of legal consciousness in society and suggests ways to solve the noted problem. It is envisaged that all state bodies, institutions of civil society and officials in the country should carry out more extensive legal promotion activities for the purpose of developing legal awareness and legal culture of citizens. The issues of increasing the role of mass media in the implementation of legal propaganda are expressed.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1025

YANGI O’ZBEKISTON JAMIYATIDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY

MADANIYATNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Behzod Raxmanov Baxshilloyevich

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi

E-pochta:

mishkas47uchixa@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10903568

Annotatsiya.

Ushbu maqolada yangi O’zbekiston jamiyatida huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni rivojlantirishdagi muammolarga bag’ishlangan. Maqolada jamiyatdagi huquqiy
ongning bugungi holati o’rganilib, qayd etilgan muammoni hal etish yo’llari taklif etilgan.
Mamlakatda barcha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda mansabdor shaxslar
tomonidan fuqarolarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish maqsadida
olib boriladigan huquqiy targ’ibot faoliyatini yanada kengroq olib borish zarurligi nazarda
tutilgan. Huquqiy targ’ibotni amalga oshirishda

ommaviy

axborot

vositalari

rolini

oshirish masalalari ifodalangan.

Kalit

so’zlar

: Yangi O’zbekiston – yangi jamiyat, fuqarolik jamiyati, jamoatchilik

nazorati, samarali tashabbus, jamoatchilik institutlari, “Ommaviy axborot vositalari, adolat
tuyg‘usi, madaniyat, ma’naviyat, mafkura, yangicha dunyoqarash, huquqiy psixologiya, huquqiy
tarbiya, yuksak huquqiy ong, ijtimoiy fikr.

LEGAL AWARENESS AND LEGAL CULTURE IN THE NEW UZBEKISTAN

SOCIETY DEVELOPMENT TENDENCIES

Abstract.

This article is devoted to the problems of developing legal consciousness and

legal culture in the new Uzbek society. The article examines the current state of legal consciousness
in society and suggests ways to solve the noted problem. It is envisaged that all state bodies,
institutions of civil society and officials in the country should carry out more extensive legal
promotion activities for the purpose of developing legal awareness and legal culture of citizens.
The issues of increasing the role of mass media in the implementation of legal propaganda are
expressed.

Keywords:

New Uzbekistan - new society, civil society, public control, effective initiative,

public institutions, mass media, sense of justice, culture, spirituality, ideology, new outlook, legal
psychology, legal education, high legal consciousness, social thought.

ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ ПРАВОВОГО СОЗНАНИЯ И ПРАВОВОЙ

КУЛЬТУРЫ В НОВОМ УЗБЕКИСТАНСКОМ ОБЩЕСТВЕ

Аннотация.

Данная статья посвящена проблемам развития правосознания и

правовой культуры в новом узбекском обществе. В статье рассматривается современное
состояние правосознания в обществе и предлагаются пути решения отмеченной
проблемы. Предусматривается, что все государственные органы, институты
гражданского общества и должностные лица страны должны проводить более широкую
правопропагандистскую деятельность с целью развития правосознания и правовой
культуры граждан. Высказаны вопросы повышения роли средств массовой информации в
осуществлении легальной пропаганды.

Ключевые слова:

Новый Узбекистан – новое общество, гражданское общество,

общественный контроль, эффективная инициатива, государственные институты,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1026

средства массовой информации, правосознание, культура, духовность, идеология, новое
мировоззрение, юридическая психология, юридическое образование, высокое правосознание,
общественная мысль.


Hozirgi kunda, chinakkam huquqiy demokratik davlat qurish hamda fuqarolik jamiyatini

shakllantirishda,

eng

ustuvor vazifa sifatida jamiyatimizda huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash eng muhim siyosiy masala bo‘lib
qolmoqda. Huquqiy davlatning eng muhim belgisi, shuningdek, uning shakllanishining
ko‘rsatkichi jamiyatning, fuqarolarning, huquqiy madaniyati darajasiga bog‘liq bo‘lib, ijtimoiy-
huquqiy faoliyatni nazarda tutuvchi demokratik institutlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Ayni
paytda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirishning

samarali tizimini

yaratish nihoyatda muhim. Yangi O‘zbekiston jamiyatida ham bu borada qator muammolar
mavjud bo‘lib, mazkur huquqiy muammolarni quyidagicha ifodalashimiz mumkin:

- jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning pastligi;
- huquqiy tartibsizlik holatlarining ortib borishi;
- huquqiy nigilizm va infantilizm;

- hayotning barcha jabhalarida hukm surayotgan huquqiy madaniyatning etishmasligi,

odamlarning kundalik munosabatlari sohasidan (fuqarolar davlatning huquqiy tizimi, amaldagi
qonun hujjatlari to‘g‘risida zarur bilimga ega bo‘lmasa,o‘z huquq va majburiyatlarini amalga
oshira olmasa, o‘z manfaatlarini himoya qila olmasa);

- ommaviy axborot vositalari faoliyati yetarli darajada emasligi, xususan surishtiruv

jurnalistikasi rivojlanmaganligi;

- aholini, xususan, yosh avlodni huquqiy tarbiyalash va tarbiyalash tizimining izchil

emasligi;

- ommaviy axborot vositalari faoliyatining samaradorligi yetishmasligi.
Bu kabi muammolar yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosatning maqsad va

vazifalarini chuqur anglab yetish hamda uni real hayotda to‘g‘ri tadbiq etish yo‘lida asosiy
to‘siq yaratadi. Darhaqiqat, bu kabi muammolar nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro
miqyosda kuzatish mumkin. Misol tariqasida “Zamonaviy rus jamiyatida huquqiy ong inqirozi
mavjudligi, shuningdek, Rossiya 21-asrga samarasiz huquqiy tizim, rivojlanmagan huquqiy
madaniyat va yuqori darajadagi jinoyatlar bilan kirib kelmoqda” degan fikr taniqli rus mutafakkiri
va

huquqshunosi P.I.Novgorodtsev tomonidan keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra olingan so‘rov

ma’lumotlarini tahlil qilinib, ushbu tahlil markazi quyidagi xulosalarga

kelgan. Hozirgi vaqtda

ruslarning katta qismi konstitutsiya Rossiya Federatsiyasining asosiy qonuni sifatidagi roliga
ahamiyat bermasligi, va afsuski,

so‘ralgan har o‘ninchi fuqaro Rossiya Federatsiyasi

Konstitutsiyasining mazmunini yaxshi tushunishini aytdi. Fuqarolarning atigi beshdan bir qismi
konstitutsiya mamlakat ehtiyojlariga toʻliq javob beradi, deb hisoblaydi va qariyb yarmi
Asosiy qonun mamlakatdagi ishlar holatiga mos keladimi yoki yoʻqligi haqida hatto tasavvurga
ham ega emas

1

. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini, shujumladan

davlat organlari, ommaviy axborot vositalari

va jamoat birlashmalarini huquqiy ta’lim va

1

Yuriy Levada tahliliy markazi (Levada markazi) fuqarolarning “Konstitutsiya haqida ruslar” savoli (06/05/2015).


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1027

tarbiyalashning izchil, o‘zaro bog‘liq tizimini yaratish uchun mamlakatda huquqiy madaniyatni
rivojlantirish bo‘yicha federalda sturni ishlab chiqish, uning tarkibida huquqiy ta’lim bo‘yicha aniq
kengash

tuzish (tarkibiga

huquqni

muhofaza

qiluvchi organlar vakillari, madaniyat

arboblari, kino, televideniye, ilmiy va ta’lim huquqiy muassasalar vakillari va boshqalar kirishi
lozim), shu bilan birga mazkur organ aholining huquqiy ma’rifat darajasini o‘rganishi,
huquqiy

bilimlarni

tarqatish bo‘yicha

ishlarning

shakl

va

usullarini umumlashtirishi

zarur. huquqiy ta’limni tashkil etish, huquqiy materiallar va ularni taqdim etish shakllarini
tahlil

qilish, targ‘ibot ishlarining eng dolzarb yo‘nalishlarini belgilash, tavsiyalar va

yo‘riqnomalar ishlab chiqishi belgilab o‘tilgan.

Biz esa yangi O‘zbekiston va yangi jamiyatimizda olib borilayotgan islohotlar samarali

bo‘lishi uchun bu kabi muammolarni yuzaga kelishini oldini olishga qaratilgan qat’iy chora-
tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va uni samarali amalga

oshirmog‘imiz lozim. Mazkur

faoliyatni amalga oshirishda nafaqat davlat boshqaruv organlari va yuqori turuvchi tashkilotlar
balki barcha davlat idoralari hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan faol, tashabbuskor
hamda oqilona faoliyat olib borilishi nazarda tutiladi. Bugungi kungacha aholini huquqiy ongi
va huquqiy

madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirib

kelinayotganligi hamda bu islohotlar anchagina samarali natija

berayotganligini

ham

ko‘rishimiz mumkin. Bu borada, davlatimiz rahbarining 2019-yilgi PF-5618-sonli “Jamiyatda
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi
Farmoni

2

mazkur sohaga qaratilgan alohida e’tibor bo‘ldi. Unga ko‘ra, quyidagilar asosiy vazifa

etib belgilangan edi:

- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini jamiyatda huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni yuksaltirish sohasidagi muvofiqlashtiruvchi organ etib belgilash;

-

davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotdan keng ko‘lamda foydalanishini

ta’minlash, ularning ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot
vositalari bilan samarali hamkorlik qilish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan faoliyatni tshkil etish;

-

ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta’minlashdagi rolini oshirish,

huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullaridan foydalanib, veb-texnologiyalarni qo‘llashni
kengaytirish;

- jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini samarali

amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash belgilanib, konsepsiyada “Jamiyatda
qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish – demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!,
“Shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlsh”, “Yuksak
huquqiy madaniyat –mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan g‘oyalar singdirish hamda “Shaxs – oila
–mahalla – ta’lim muassasasi – tashkilot – jamiyat” prinsipini tizimli va uzviy tashkil etish nazarda
tutildi. Islohotning mantiqiy davomi sifatida 2020-yil “Ta’lim to‘g‘risida”gi O’RQ-637-sonli
Qonun hamda 2020-yil PF-5987-sonli “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan

2

Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618-son Farmoni. Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1028

takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha

chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon

3

natijasida

ta’limning barcha shakllari joriy etilib, keng yuridik jamoatchilik ishtirokida yuridik kadrlar
tayyorlash sifatini oshirish, shuningdek, huquqiy targ‘ibotni samarali amalga oshirish va oliy ta’lim
amalga oshirish boshlandi.

Biz qurmoqchi bo’lgan yangi O’zbekiston jamiyatida huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni oshirishda davlat organlari, ayniqsa huquqni

muhofaza qiluvchi idoralar, sud,

prokuratura, ichki ishlar idoralari, adliya organlarigina emas, balki barcha fuqarolik jamiyati
institutlari, mansabdor shaxslar

hamda keng jamoatchilik ishtirokida yangicha chora-tadbirlar

amalga oshirilib, ularni ommaviy axborot vositalari yordamida keng targ’ib qilish lozim. Amalda
esa fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari faoliyati hamkorligi va samarali
faoliyati borasida qator muammolar borligini kuzatishimiz mumkin, ammo huquqiy targ’ibot
borasidagi amalga oshirilayotgan ayrim tashabbuskor yetarlicha samara bermoqda.

Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, fuqarolarga (ayniqsa, aholining kam ta’minlangan

qatlamlariga) ijtimoiy masalalar va fuqarolik qonunchiligi bo’yicha yuridik yordam ko’rsatish
bo’yicha ommaviy yuridik maslahatlar tarmog’ini tashkil etish galdagi vazifamizdir. O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi TDYU (Toshkent Davlat Yuridik Universiteti) hamda
yuridik texnikumlar tarkibida aholiga huquqiy yordam ko’rsatadigan “Yuridik klinika” bo’limlari
faoliyati tashkil etilgan bo’lib, ular faoliyatini yanada takomillashtirish hamda bu jarayon haqida
ommaviy axborot vositalarida kengroq yoritish maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Misol uchun Adliya vazirligi yangi jamiyatimizda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni

rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ sifatida mazkur vazirlik matbuot xizmatining
televideniya orqali doimiy huquqiy axborot beradigan kanalini tashkil etish to’g’ri bo’lardi.

Shuningdek, yurtimizda surishtiruv jurnalistikasini yanada rivojlantirish hamda taqdim

etilayotgan huquqy axborotni juda yuqori sifatda (yangi rivojlanish g’oyalarimiz yordamida)
tayyorlash albatta o’z natijasini beradi. Vaholanki, ommaviy axborot vositalarini chinakkamiga
“to’rtinchi hokimiyat” sifatidagi roli juda muhimdir. Ommaviy axborot vositalarining eng
keng tarqalgan turlari orqali mamlakatimizda olib borilyotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa
sohalarida olib borilayotgan islohotlar yanada kengroq yoritib borish har qachongidan ham muhim
hisoblanadi.

Zero bu – davr talabi. Mamlakatimizda nafaqat davlat boshqaruvi organlari, balki fuqarolik

jamiyati institutlari (nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari, assotsiatsiyalar,
uyushmalar, markazlar, milliy-madaniy markazlar, klublar, jamg‘armalar) ham huquqiy ong va
huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni samarali olib borsa bu
faoliyat rivojiga erishish mumkin. “2021-2025-yillarda Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6181-son
Farmoni asosida nodavlat notijorat tashkilotlariga hamda fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-
quvvatlash jamoat fondlariga 2021-yilda 16 milliard so‘m, 2025-yilda 70 milliard so‘m mablag‘
ajratish nazarda tutilgan. Ammo hozirgi kungacha real ijtimoiy hayotda fuqarolik jamiyati
institutlari faoliyatda rajasi juda pastligicha qolmoqda.

3

Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “Ozbekiston Respublikasida yuridik ta’lim

va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5987-son Farmoni.
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021 y., 07/21/61/1195-son; 04.07.2023 y., 06/23/107/0441-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1029

Vaholanki, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, Nodavlat

notijorat tashkilotlari jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa
demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish,
nomoddiy ehtiyojlarni qondirish hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi. Biz “…
boshqa ijtimoiy foydali maqsad” deganda albatta huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
rivojlantirish masalasini nazarda tutishimiz mumkin.

Mazkur institutlarning professional aoliyat olib borishiga erishish qurmoqchi bo‘lgan yangi

jamiyatimizning asosiy kuchiga aylanadi. Ya’ni huquqiy targ‘ibotning puxta o‘ylangan va samarali
tizimigina jamiyatning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qodir bo‘ladi, fuqarolarning huquqiy
ongini yuksaltirishga yordam beradi.

REFERENCES

1

O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat
birlashmalari to‘g‘risida”gi 223-XII-son Qonuni.

2

O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari
to‘g‘risida”gi 763-I-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,07.02.2024-y.,
03/24/905/0106-son.

3

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-
son Qonuni.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2024-y., 03/24/901/0082-son.

4

O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 15-yanvardagi “Ommaviy axborot vositalari
to‘g‘risida”gi O‘RQ-78-son Qonuni.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-

y., 03/24/905/0106-son.

5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong
va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-
5618-son

Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y.,

06/23/107/0441-son.

6

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “Ozbekiston
Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5987-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 04.07.2023 y., 06/23/107/0441-son.

7

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2021-yil

4-martdagi

“2021 – 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF-6181-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 8.03.2022-
y., 06/22/89/0227-son.

8

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2022-yil

28-yanvardagi

“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y.,
06/24/221/0003-son.

Internet saytlari

9

www.lex.uz

10

www.norma.uz

11

www.huquqiyportal.uz

References

O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi 223-XII-son Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi 763-I-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son.

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2024-y., 03/24/901/0082-son.

O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 15-yanvardagi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘RQ-78-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “Ozbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5987-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023 y., 06/23/107/0441-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi

“2021 – 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6181-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 8.03.2022-y., 06/22/89/0227-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi

“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 06/24/221/0003-son.

Internet saytlari

www.lex.uz

www.norma.uz

www.huquqiyportal.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов