Authors

  • Shahzoda Kaliknazarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.35469

Keywords:

speech pronunciation speech therapist dactylogy speech development.

Abstract

The article provides information on ways to overcome the problems faced by elementary school students in their speech.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1394

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING NUTQIDAGI MUAMMOLARNI

BARTARAF ETISH USULLARI

Kaliknazarova Shahzoda Begisbay qizi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining

Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12736537

Annotatsiya.

Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilari nutqida duch keladigan

muammolarni bartaraf etish usullari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

nutq, talaffuz, logoped, daktiologiya, nutq o'stirish

.

METHODS OF SOLVING THE SPEECH PROBLEMS OF PRIMARY SCHOOL

CHILDREN

Abstract. The article provides information on ways to overcome the problems faced by

elementary school students in their speech.

Key words: speech, pronunciation, speech therapist, dactylogy, speech development.

МЕТОДЫ РЕШЕНИЯ РЕЧЕВЫХ ПРОБЛЕМ ДЕТЕЙ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ

Аннотация. В статье представлена информация о методах решения проблем, с

которыми сталкиваются ученики младших классов в своей речи.

Ключевые слова: речь, произношение, логопед, дактилогия, речевое развитие.


Ba‘zi bolalar tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilibgina qolmay, ularni bir-biridan farqlay

hamvolmaydilar. Nutqdagi bunday kamchiliklar darslarni o‘zlashtirishda bolalar uchun
sezilarli qiyinchiliklarni tug‘diradi. Bunday hollarda logoped mashg‘ulotlar yordamiga
muxtoj bo‘ladilar.

Ma‘lumki, boshlang‘ich sinf oquvchilarining nutqlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish

o‘quvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi kamchiliklarni aniqlashda
bolaning nutqini tekshirib ko‘rish, nutq buzulish sabablarini o‘rganish lozim. Buning uchun har
bir bola nutqini tekshirish varaqasi to‘ldirilib, qaysi tovushlar to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri talaffuz
qilayotgani belgilab boriladi.

Nutq ostirish-ongli o‘qishni, so‘zlash va yozishga o‘rgatishni, til haqida o‘quvchilarning

yoshi va tushunchasiga mos bo‘lgan bilim berishni, ularning lug‘at boyligini oshirishni,
boshqalarning nutqiga e‘tibor va qiziqishni o‘stirish, kitob o‘qishga muhabbat uyg‘otishni ko‘zda
tutadi.

Og‘zaki nutiqqa o‘rgatishning ilk davrida daktiologiya (qo‘l alifbosi) dan foydalaniladi. Bu

narsa bolalarning tovushlarni talaffuz qilib, o‘zlashtirib borganlari sari faqat yordamchi vosita
bo‘lib xizmat qiladi.

Boshlang'ich sinf, ona tili darslarida olib boriladigan barcha mashg‘ulotlarning

yetakchi o‘rni nutq o‘stirish bo‘lib, u savod o‘rgatish, chiroyli yozish ko‘nikmalarini
shakillantirish va fikrlash doirasini kengaytirish vazifalarini o‘z ichiga oladi. Bu darslarda
ko‘proq amaliy maqsadlarni ko‘zlash, til boyliklaridan nutqda foydalanish malakalarini
shakillantirish, ijodiy fikrlash, o‘quvchilarning til sezgirligini tarbiyalash lozim.

Ularning og‘zaki nutqini muntazam o‘stirib borish bog‘anishli nutq, matn tuzishlarda

amaliy yordam beradi. Ma‘lumki, bu vazifalarni amalga oshirish yo‘llari xilma-xildir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1395

Savod o‘rgatish darslarida amaliy mashg‘ulatlarga keng o‘rin berish va malakalarni

singdirishda qiziqarli va jonli narsalardan, texnika vositalaridan, turli o‘yin va o‘yin turidagi
mashqlardan foydalanish samarali natijalar beradi. Darslikka doir hikoyalar, ertaklar, she‘r va
maqollardagi notanish so‘zlar o‘qib yoki eshittirb tushuntiriladi. Masalan, «Kim sezgir», «Bu
nima», «Nomini ayt» o‘yinlari.

Mashqning bu turlari o‘quvchilarga yangi harf o‘rgatilgandan keyin uni qay darajada

o‘zlashtirilganliklarini sinash va mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi.

O‘qituvchi doskaga o‘rnatilgan harflarni ma‘lum bir tartibda teradi va uni o‘qigach,

o’quvchilarga ham navbat bilan o‘qitadi. So‘ngra bolalarga sezdirmay ayrum harflar almashtirib
qo‘yiladi. Bunda o‘quvchilarning sezgirligi, topgirligi baholanib, rag‘batlantiriladi.

Mehnat ta‘limi darslarida ham o‘quvchilarning nutqini o‘stirishga katta e‘tibor berilib,

o‘rgatuvchi xarakterdagi o‘yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi.

Masalan: «Mehmon kutamiz», «sabzavotlar va me‘valar do‘koni», «Shar shaklidan kim

ko‘p narsa yasaydi?».

O‘yinlar orqali milliy qadriyatlarimizdan, o‘zbekona foydalanib, qadr-qimmat,

mehiroqibat, odob-axloq, ota-ona va kattalarni hurmat qilish kabi xislatlarni bola qalbiga
singdirish mumkin.

Bu xildagi dars-o‘yin turdagi mashg‘ulotlar bolalarni mehnatsevarlikka tayyorlaydi,

ularning mustaqil, ijodiy faoliyatini, lug‘at boyligini oshirib, nutqini rivojlantirishga yordam
beradi va darslarning uzviy bog‘liqligini mustahkamlaydi.

Shunday qilib, har bir darsda, u qaysi predmet bo‘lishidan qat‘iy – nazar, birinchi

galdagi vazifamiz o‘quvchilarning ongli, ravon, to‘g‘ri va ifodali o‘qishiga erishishimiz, nutqini
o‘stirishga harakat qilmog‘imiz lozim.

Bu tadbirlar o‘quvchilarning yil davomoda olgan bilimlarini namoyish qilishga, tahlil

etishga va mustahkamlashga, og‘zaki nutqini o‘stirishga, eslash qobiliyatini rivojlantirishga
yordam beradi.

Nutq o’stirish mashg’ulotlarida, ayniqsa, bolalarning badiiy asarlarni o’qib, hikoya

qilib berishlariga katta ahamiyat beriladi. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berishga
o’rgatish va ularni sahnalashtirish, she'rni yod oldirish o‘qituvchiga katta mahorat va
mas'uliyat yuklaydi.

Muallif tomonidan badiiy asar mazmuni qanchalik yorqin ifodalangan bo’lsa, unda ishtirok

etuvchilarning nutqlari (gaplari) bolalarga ifodali, mazmunli yetkazilsa, u bolalarni
hayajonlantiradi, his-tuyg’ularining rivojlanishiga, asar qahramonlari bilan bo’ladigan
voqealarning uzoq esda saqlanishiga, lug’atining boyishiga hamda nutqining grammatik jihatdan
to’g’ri shakllanib borishiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.

Bolalar hech qanday qiyinchiliksiz o‘qituvchining asar yuzasidan bergan savollariga javob

bera oladilar, ayrim so’zlarni, jumlalarni takrorlaydilar, qahramonlarning ijobiy va salbiy
tomonlarini xarakterlab beradilar, o‘qituvchiga taqlid qilib, ularning ovozini o’xshatishga harakat
qiladilar.

Yuqori saviyada yozilgan badiiy asarlar bolalarning nutq normalarini (me'yorlarini)

muvaffaqiyatli o’zlashtirishlariga hamda tilning emotsional tomonlarini his etish qobiliyati
rivojlanishiga, og’zaki nutqning intonatsion ifodaliligi shakllanishiga ta'sir etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1396

Mashg’ulot rejasi o‘qituvchiga butun bir mashg’ulotni hamda uning har bir qismi

tuzilishini aniq belgilashga, bir ish turidan ikkinchisiga o’tish vaqtini aniq belgilashga,
bolalarning emotsional reaksiyalariga, nutqiy holatlariga e'tibor berishga, mashg’ulot
vaqtida yuzaga kelgan holatlarni va vaziyatlarni hal qilishga yordam beradi.

REFERENCES

1.

Karimov I.A. «Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», T., 1998-yil.

2.

Sh.Rahmatullayev, A.Xojiyev. O'zbek tilining imlo lug'ati, 1995-yil

3.

G'afforova T. G'ulomova X. 1-sinfda o'qish dasrlari (O'qituvchi kitobi.) Toshkent. Sharq.
2003 -yil.

4.

Shojalilov A. va boshqalar.«O'qish kitobi»,«O'qituvchi», 2004-yil.

5.

Umarova M. «O'qish kitobi» 3- sinf uchun. T., «O'qituvchi» 2003- yil.

References

Karimov I.A. «Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», T., 1998-yil.

Sh.Rahmatullayev, A.Xojiyev. O'zbek tilining imlo lug'ati, 1995-yil

G'afforova T. G'ulomova X. 1-sinfda o'qish dasrlari (O'qituvchi kitobi.) Toshkent. Sharq. 2003 -yil.

Shojalilov A. va boshqalar.«O'qish kitobi»,«O'qituvchi», 2004-yil.

Umarova M. «O'qish kitobi» 3- sinf uchun. T., «O'qituvchi» 2003- yil.