ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
171
TERRORIZM- INSONIYAT TINCHLIGI, FAROVONLIGI VA KELAJAGI
KUSHANDASIDIR
G‘ulomov Baxodir Jabborovich
Kogon tuman IIB TQX, TQKG katta tezkor vakili mayor.
Muzaffarov Abdullo Sayfiddin o‘g‘li
Kogon tuman IIB TQX, TQKG tezkor vakili katta leytenant.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13774667
Annotatsiya. «Ayni vaqtda dunyoning ba’zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat
aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, o‘z navbatida, terrorizm va ekstremizmning tarqalishiga
hamda ularning global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda. Bunday vaziyatda milliy
davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni
saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda»
1
. Yuqorida mamlakatimiz rahbari
ta’kidlaganlaridek butun dunyoda terrorizm xavfi mavjud bo‘lib, bu xatar bilan ayovsiz kurash
olib borishga va nafaqat o‘zimiz, balki butun millat va ota tuprog‘imizni asrashimiz lozimdir.
Kalit so`zlar: Terror tushunchasi, terrorizm tarixi, keng qamrovli terror, torrorizmning
tayanchi.
TERRORISM IS A THREAT TO HUMANITY'S PEACE, PROSPERITY
AND FUTURE
Abstract. "At the same time, the turbulent situation in some regions of the world leads to
the increase of population migration, which, in turn, leads to the spread of terrorism and
extremism and their becoming one of the global problems. In such a situation, the preservation of
our national statehood, independence, peaceful and peaceful life and security of our population is
becoming the highest priority for us." As the leader of our country stated above, there is a threat
of terrorism all over the world, and we must fight this threat fiercely and protect not only ourselves,
but the entire nation and our motherland.
Key words: Concept of terrorism, history of terrorism, comprehensive terror, basis of
terrorism.
ТЕРРОРИЗМ – УГРОЗА МИРУ, ПРОЦВЕТАНИЮ И БУДУЩЕМУ
ЧЕЛОВЕЧЕСТВА
Аннотация. «В то же время неспокойная ситуация в некоторых регионах мира
приводит к увеличению миграции населения, что, в свою очередь, приводит к
распространению терроризма и экстремизма и превращению их в одну из глобальных
проблем. В такой ситуации сохранение нашей национальной государственности,
независимости, мирной и спокойной жизни и безопасности нашего населения становится
для нас высшим приоритетом». Как заявил выше руководитель нашей страны, во всем
мире существует угроза терроризма, и мы должны яростно бороться с этой угрозой и
защитить не только себя, но и весь народ и нашу Родину.
Ключевые слова: Концепция терроризма, история терроризма, всеобъемлющий
террор, основы терроризма.
1
Mirziyoyev.Sh.M
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
172
KIRISH
Terrorizmning xalqaro miqyosda tobora tus olayotgani, uning tub ildizi qirqilishi o'rniga,
aksincha keng tarqalib borayotgani natijasida minglab begunoh insonlarning hayotiga zomin
bo'lmoqda.
Bugungi davr nafaqat taraqqiyotning, ilm-fanning jadal rivojlanishi bilan, balki jahonni
larzaga solayotgan turli xil global muammolar bilan ham kechmoqda. Ana shunday dunyoviy
muammolardan biri terrorizmdir.
Terrorizmning xalqaro miqyosda tobora tus olayotgani, uning tub ildizi qirqilishi o'rniga,
aksincha keng quloch yozayotgani natijasida minglab begunoh insonlarning hayotiga zomin
bo'lmoqda.
Bugungi kunda terrorizm balosidan aziyat chekmagan davlat deyarli qolmadi. Kishini
tashvishga soladigani esa ko'plab davlatlar birgalikda bir necha yillardan buyon mazkur illatga
qarshi ayovsiz kurash olib borayotgan bo'lsa-da, bu kurashning ijobiy natijasi ko'rinmayotganidir.
Xo‘sh butun insoniyatning yagona dushmani bo‘lgan terrorning tarixi qanday va qayerga
borib taqaladi.
“Terror” so‘zi – «dahshatli» degan ma’noni anglatib, ma’lum bir hududdagi tinch aholini
qo‘rqitish yo‘li bilan siyosiy va mafkuraviy maqsadlarga erishishga aytiladi. “Terrorizm” atamasi
ilk bor XVIII asr oxirida Fransiyada inqilobiy to‘ntarishlar davrida ishlatilgan. Terrorizmning avj
olishi XX asrga borib taqaladi.
XX asrning 20-yillarida tuzilgan Millatlar ligasi bu baloga qarshi kurash yo‘lidagi
hamkorlikning yaqqol namunasi bo‘ldi. Ammo ba’zi davlatlar ushbu xalqaro tashkilot huquqiy
hujjatlarini inkor qilishi oqibatida Ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi. Urush tugashi bilan
dunyoning yetakchi davlatlari boshchiligida sayyoramizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash
maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti terrorizmni global tinchlik va xavfsizlikka tahdid soluvchi
jirkanch va oqlab bo‘lmaydigan harakat sifatida doimo qoralab keladi. Shuning uchun tinchlikni
asrash va qadrlash yo‘lida izchil tashviqot olib bormoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, birgina 2017-yil davomida 26
mingdan ziyod begunoh inson yovuzlik qurboni bo‘lgan. Mazkur holatlarning oldini olish
maqsadida BMTga a’zo davlatlar tomonidan 21-avgust – «Xalqaro terrorizm qurbonlarini
xotirlash va qadrlash kuni» deb qabul qilindi hamda ushbu xalqaro sana dunyo bo‘ylab 5 yildan
buyon nishonlab kelinmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2017-yildagi 72/165-rezolyusiyasi bilan bu kun rasmiy
xalqaro sana sifatida e’lon qilingani bejiz emas. Butun dunyoda sodir etilayotgan ko‘plab
terraktlar, siyosiy va mafkuraviy kurashlar oqibatida millionlab begunoh insonlar qurbon
bo‘lmoqda. Ayniqsa, oxirgi 15 yilda terrorizm qurbonlari soni bir necha barobarga oshib ketdi.
Xalqaro ekspertlar terrorchilarning vahshiyliklari hech qanday asosga ega bo‘lmagan holda
inson huquqlari va xalqaro huquq tamoyillarini buzishini ta’kidlaydi.
So‘nggi yillarda terrorizmning diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bog‘liqlik
holatlari kuzatila boshlangan.
Shu sababli, Prezidentimizning 2021-yil 1-iyuldagi «2021 – 2026-yillarga mo‘ljallangan
ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
173
strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilingan. Respublikamiz konstitutsiyaviy
tuzumini himoya qilish, milliy xavfsizlik, shuningdek, fuqarolarning ushbu sohadagi huquqlari va
erkinliklarini ta’minlashga imkon beradigan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha
samarali va bir vaqtning o‘zida muvofiqlashtirilgan davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash
strategiyaning maqsadi sifatida belgilangan.
Yangi O‘zbekistonning 2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi va uni
2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da mamlakatimizni rivojlantirishning 7 ta
ustuvor yo‘nalishi doirasida qariyb 100 ta maqsadga erishish nazarda tutilmoqda. Davlatimiz
rahbarining joriy yil 22-yanvardagi «2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonining «Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda
umumbashariy muammolarga yondashish» deb nomlangan oltinchi bo‘limida ham kelgusida
terrorizmga qarshi murosasiz kurash olib borilishi qayd etilgan. Mamlakatimizning terrorizmga
qarshi kurashdagi qat’iy pozitsiyasini namoyon qiluvchi ushbu bo‘limda quyidagilar o‘z aksini
topgan:
- fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga imkon beradigan ekstremizm va
terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha samarali davlat siyosatini amalga oshirish;
- ekstremizm va terrorizmni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olishga qaratilgan
preventiv mexanizmlarni takomillashtirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yot g‘oyalar
ta’sirining oldini olish va ularning ta’siriga tushib qolganlar bilan tizimli ishlash orqali ularning
muammolarini bartaraf etish;
- aholi, ayniqsa, yosh avlodda terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi qat’iy va
barqaror immunitetni shakllantirish;
- ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning xalqaro-huquqiy asoslarini
takomillashtirish hamda xorijiy davlatlar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm va
terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini
kengaytirish;
- xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm, terrorizm va ularni
moliyalashtirishga qarshi kurash sohasida axborot hamda tajriba almashish;
- faoliyati ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro va mintaqaviy
tashkilotlarda faol ishtirok etish;
- Markaziy Osiyoda BMTning Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha
hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni birgalikdagi harakatlar rejasi doirasida muvofiqlashtirish;
- Markaziy Osiyoda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi
ishlar doirasida axborot almashinuvi va hamkorlikni rivojlantirishga yordam beruvchi xalqaro
tashabbuslarni amalga oshirishda O‘zbekistonning rolini kengaytirish; kabilar kiritilgan.
Bundan tashqari, «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish
to‘g‘risida»gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni
moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qarori ham qabul qilindi. Ushbu ikki hujjat
talabiga ko‘ra, terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan
yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning ro‘yxatiga kiritilgan tashkilot yoki jismoniy
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
174
shaxsning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulki bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish
choralari ko‘riladi.
O‘zbekiston tomonidan terrorizmdan aziyat chekkan, uning domiga tushgan va terror
harakatlari avj olib turgan hududlardan o‘z fuqarolarini olib kelish maqsadida 2019-2021- yillarda
«Mehr» insonparvarlik operatsiyasi 5 marta tashkil qilindi va 500 dan ortiq vatandoshlar Yaqin
Sharq va Afg‘oniston hududidan mamlakatimizga olib kelindi. Siyosiy va mafkuraviy maqsadlar
qurboni bo‘lgan ushbu shaxslarga davlat tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma’naviy
yordam ko‘rsatildi. Ular jamiyat ijtimoiy hayotiga qo‘shilib ketishlari uchun zarur sharoitlar
yaratilib, turar joy va ish bilan ta’minlandi.
Bu kabi tadbirlar mamlakatimizda juda ko‘p amalga oshirilgan bo‘lib, oxirgisi ham emas,
hali yer yuzi bu illatga qarshi asrlar davomida kurash olib boradi.
XULOSA
Tarixiy haqiqat shuni ko‘rsatib turibdiki, terrorizm – dunyo aholisining tinchligi va
farovonligiga rahna soluvchi qabih illatdir. Dunyo hamjamiyati ushbu yovuzlikka qarshi bir
yoqadan bosh chiqargan holda kurashsagina bu kurashlar kutilgan samarani beradi.
Shu ma’noda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti ta’sis etgan mazkur xalqaro sana muhim
ahamiyatga ega. Chunki ushbu kun terrorizmdan aziyat chekkan davlatlarga hamdardlik bildirish,
birdamlikni rivojlantirish, inson huquqlarini himoya qilish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish
bilan birga, terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashish yo‘lida xizmat qiladi.
REFERENCES
1.
http://insonhuquqlari.uz/oz/news/m1113
2.
3.
“Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari” O`zbekiston gumanitar jurnali
