ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
181
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA BOLALAR ADABIYOTI ORQALI TIL
(LINGVISTIK) KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-
NAZARIY ASOSLARI.
I.Ixlasov
o’qituvchi. Q.R. “Pedagogik mahorat markazi”.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13830187
Annotatsiya. Bu maqolada o’quvchilarda og’zaki va yozma nutq ko’nikmasini, ijodiy
fikrlash malakasini, kitobxonlik va nutq madaniyatini rivojlantirish haqida so’z etilgan.
Tayanch so’zlar: lingvistik kompetensiya, grammatikaga oid bilimlar, fonetika,
leksikalogiya, morfologiya.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASICS FOR THE FORMATION OF
LANGUAGE (LINGUISTIC) COMPETENCE OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS
THROUGH CHILDREN'S LITERATURE.
Abstract. This article is about the development of students' oral and written
communication skills, creative thinking skills, reading and speaking culture.
Key words: language competence, knowledge of grammar, phonetics, lexicology,
morphology.
НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ЯЗЫКОВОЙ
(ЛИНГВИСТИЧЕСКОЙ) КОМПЕТЕНЦИИ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ
КЛАССОВ ПОСРЕДСТВОМ ДЕТСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ.
Аннотация. В данной статье говорится о развитии у учащихся навыков устного
и письменного общения, навыков творческого мышления, культуры чтения и разговорной
речи.
Ключевые слова: языковая компетентность, знание грамматики, фонетики,
лексикологии, морфологии.
Zamonamizning muhim shartlaridan biri bo’lgan fan rivoji va ishlab chiqarishdagi ulkan
o’zgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar ta’lim sohasi oldiga yangi vazifalarni qo’ymoqda.
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2017-yil
7-fevraldagi
“O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli
Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini
nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish
hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” PQ-3271-sonli qarori,
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
182
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o’rta va o’rta
maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” 187-sonli
qarori, “Ta’lim to’g’risida”gi 2020-yil 23-sentabrdagi O’RQ-673-sonli qonunining qabul qilinishi
va boshqa tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur
maqola muayyan darajada xizmat qiladi. Umumta’lim maktablarida ham ta’lim sifati va
samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda va bu xalq ta’limi sohasida
tubdan o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’lmoqda.
Yurtboshimiz Sh. Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga Murojaatnomasida ta’lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida, avvalo, o’quv dasturlari,
o’qituvchi va domlalar uchun metodik qo’llanmalar ilg’or xalqaro mezonlarga moslashtirilishi
lozimligi alohida ta’kidlanganligi fikrimiz isbotidir. “Shu bilan birga bolalarning tahliliy va kreativ
fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ularga sermazmun va tushunarli kitoblar yaratish
zarurari, bu borada kelgusi o’quv yilidan boshlang’ich sinflarda davlat ta’lim standarti o’rniga
ilg’or tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan “Milliy o’quv dasturi” joriy etiladi”
[1], - deya ta’kidlagani soha mutasaddilari oldiga ulkan vazifalar qo’yadi.
Respublikamiz umumta’lim maktablarida ona tilini o’qitishda o’quvchilarning nutqini
o’stirish, lug’at ustida ishlash, ta’lim oluvchilarning ijodiy fikrlashlariga zamin yaratish va
darslarni integrativ yondashuvlar asosida tashkil etish borasidagi muammolar bir qator olimlarimiz
tomonidan tadqiq etilgan. Jumladan, Sh. Yusupov [9], G. Axmedova [2], O. Oxunjonova [6], M.
Haydarov [4], B. To’xliyev [7] larning tadqiqot ishlari taqsinga loyiqdir.
Respublikamiz umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilarida adabiy
tushunchalarini shakllantirish masalalari Q. Abdullayeva, S. Matchonov, B. Makulova, T.
G’afforova, G. A. Mamatova; yuqori sinf adabiyot darslarida o’quvchilarning adabiy-nazariy
tushunchalarini shakllantirish masalalari A. Zunnunova, Q. Yo’ldoshev, M. Mirqosimova, U. M.
Marasulova, R. X. Niyozmetova, Q. P. Husanboyevalarning ilmiy ishlarida tahlil etilgan;
boshlang’ich sinf o’quvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish masalalari K.
Qosimova, Sh. Yo’ldosheva, X. G’ulomova, A. Nisanbayevalar tomonidan tadqiq qilingan.
Mustaqil davlatlar hamdo’stligi davlatlari olimlari ham o’zlarining davlat tillarini o’qitish
yuzasidan minglar ilmiy tadqiqotlar o’tkazganlar. Ularda ta’limning turli bosqichlarida lingvistik
kompetensiyalarni shakllantirish va takomillashtirish, shu bilan birga nutqiy kompetensiyalarni
rivojlantirish yuzasidan ilmiy-metodik ishlar amalga oshirilgan. Bunday tadqiqotchilar sirasiga М.
R. Lvov [12], R.А. Budagov [10], Е. М. Katanova [11], V. А. Maslova [14], М. R. Mayenova [13]
larning ishlarini aytib o’tish joizdir. Bugungi kunda ta’lim sohasida kompetensiya, kompetentlilik
kabi tushunchalar muomalada juda keng foydalanilmoqda. Bu so’zning asl ma’no-mazmuni
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
183
nimalardan iborat? Kompetensiya (“competence”, “to compete” so’zidan kelib chiqib) so’zi o’zida
“musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq” ma’nolarini ifodalaydi. So’zma-so’z
tarjima qilganda “musobaqalashishga layoqatlilik” ma’nosida ifodalanadi. Atamaning mohiyati
shundan iboratki, “samaradorlik”, “moslashuvchanlik”, “yutuqlilik”, “muvaffaqiyatlilik,
“natijalilik”, “tushunuvchanlik”, “xususiyat”, “sifat”, “miqdor” kabi tushunchalar bilan
tasniflanadi [5].
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, lingvistik kompetensiya o’quvchilarda
tilning grammatikaga oid bilimlarini rivojlantirish va o’zbek tilining keng imkoniyatlaridan
unumli foydalangan holda o’quvchilar o’z fikrlarini to’g’ri, izchil, ravon va ma’noli, shu bilan
birga tinglovchiga tushunarli tarzda bayon etishini shakllantirishdan iborat.
Tilning grammatikaga oid bilimlari deyilganda esa biz tilshunoslik fanining bo’limlari:
fonetika - tovushlar, leksikalogiya - so’zlarning lug’aviy boyligi, so’zning tarkibi, so’z yasalishi,
morfologiya - so’z shaklari, sintaksis - so’z tuzilishi va qurilishi, yozuv va imlo, tinish belgilari,
nutq uslublariga oid tushunchalarni egallashi tushuniladi [4]. Mazkur kompetensiyani
rivojlantirish mazmuni o’quvchilarda fikr va mulohazalarini o’z ona tilida erkin, aniq, qisqa, ravon
va tushunarli tarzda bayon eta olishiga, o’z nutqida adabiy til normalariga rioya qilgan holda
so’zlash, imlo va uslubiy xatolarsiz fikr almashishga yordam beradi. Umumta’lim maktablarida
mazkur kompetensiyalarga ega o’quvchini tarbiyalash “Ona tili” fanining zimmasidadir.
Biroq amaldagi darsliklarimiz lingvistik bilimdon o’quvchini qay darajada
tarbiyalamoqda?!
Olima
G.
Yusupovaning
“Bo’lajak
pedagoglarning
lingvistik
kompetensiyalarini shakllantirishda aralash ta’limdan foydalanish metodikasi” nomli tadqiqoti
natijasida bo’lajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishda aralash
ta’limdan foydalanishning tanishuv, ijodiy qism, baholash bosqichlari, o’zbek tilini bilish
darajasini xalqaro mezonlar asosida baholash texnologiyalari aniqlashtirilganligini ko’rishimiz
mumkin [7]. Mazkur tadqiqotda ta’lim jarayonida o’quvchilarning o’zbek tilini bilish darajasini
xalqaro mezonlar asosida baholash texnologiyalari bo’yicha asoslab berilganligi ishning yutug’i
hisoblanadi. Ona tili darslarining asosiy maqsadi o’quvchilarda tilshunoslikka oid nazariy
bilimlarni boyitish emas, balki o’quvchilarda mazkur bilimlarni amaliyotda tadbiq eta olish,
qo’llash ko’nikmalarini shakllantirish deb belgilab olish bugungi kun ta’lim sohasi oldida turgan
asosiy muammo hisoblanadi.
Mazkur muammoning yechimi sifatida o’quvchilarda lingvistik bilimlarni badiiy adabiyot
vositasida shakllantirish esa nazariy bilimlarni kontekst ichida kelishi bilan bog’lagan holda
tushuntirish bilim oluvchilarning o’qib o’rganganlarini tushunarli va esda qolarli bo’lishini
taminlaydi. Bolalar adabiyoti orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarining lingvistik
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
184
kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini yaratish maqsadini amalga oshirish uchun bir qator
vazifalar ishlab chiqildi. Mazkur vazifalar quyidagilar etib belgilandi: - ona tili darslarida
o’quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish yuzasidan pedagogik va metodik
imkoniyatlarni tahlil qilish; - boshlang’ich sinf o’quvchilarining lingvistik kompetensiyalarini
shakllantirishning didaktik komponentlarini yaratish, mavjudlarini takomillashtirish; - ilg’or
pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdagi
didaktik jihatlarini belgilash; - boshlang’ich sinf o’quvchilarining lingvistik kompetensiyalarini
shakllantirishning ilmiy-metodik taminotini takomillashtirish; - “Ona tili va o’qish savodxonligi”
darsligini tahlil qilish va darslik mavzularini mustahkamlashga xizmat qiluvchi qo’shimcha
metodik adabiyotlar ishlab chiqish.
Mazkur vazifalarning amaldagi holati boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun
o’quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun xizmat qilsa,
o’quvchilar uchun esa maktabda olgan bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada turli
qarorlar, prezident farmonlari ham mavjud bo’lib, ular orqali yoshlarga ko’plab imkoniyatlar
berish nazarda tutilgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 8-
oktabrdagi PF-5847-son Farmoni O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030- yilgacha
rivojlantirish Konsepsiyasining 4-bobi “Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar”
deb nomlangan hamda ushbu bobda quyidagi bo’limlar mavjud: Konsepsiya doirasida belgilangan
vazifalarni bajarish orqali O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirishda quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda:
-oliy ta’lim sohasida davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va
nodavlat oliy ta’lim muassasasalari, shu jumladan nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari
faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasining 50 foizdan yuqori bo’lishi
ta’minlanadi, sohada raqobat muhiti yaratiladi;
-xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg'or standartlari joriy etiladi, jumladan
o’quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo’naltirilgan ta’limdan amaliy ko’nikmalarni
shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o’tiladi;
-oliy ta’lim mazmuni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tariladi, ijtimoiy soha va
iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo’shadigan, mehnat bozorida
o’z o’rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi yo’lga qo’yiladi;
-oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligi ta’minlanadi;
-oliy ta’limning investitsiyaviy jozibadorligi oshiriladi, xorijiy ta’lim va ilm-fan
texnologiyalari jalb etiladi;
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
185
-talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan
kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbus asosida rivojlantiriladi;
-ta’limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o’zaro manfaatli
hamkorligi yo’lga qo’yiladi.
Umumiy o’rta ta’lim o’quvchilariga ona tili fanidan qo’yiladigan talablar.
(4-sinf)
Lingvistik kompetensiya
Sintaksis:
gaplardagi ega, kesimni farqlaydi;
matn bo’yicha savol tuzadi, berilgan savollarga javob yozadi;
mashq matnidagi so’z birikmalarini to’g’ri yozadi;
gapning maqsadiga ko’ra turlarini to’g’ri farqlaydi;
gaplarda va matnlarda tinish belgilari (nuqta, vergul, so’roq) ni to’g’ri qo’llaydi
Biz foydalanayotgan til turli birliklardan, vositalardan iborat. Ularning har biri tilda
oʻzining muhim vazifasini bajaradi. Tahlil qilinganda til birliklari ajratiladi, aniqlanadi va
izohlanadi. Til birligi bir-biridan vazifasi, ifoda materiali, tuzilishi va tizimdagi oʻrni bilan
farqlanadigan til hodisasidir: gap, soʻz birikmasi, soʻz, tovush, qoʻshimcha. Tilning asosiy ijtimoiy
vazifasi fikrni shakllantirish, uni ifodalash, odamlar orasida fikr almashuv vositasi boʻlib xizmat
qilishdan iborat. Tilning fikrni shakllantirish vazifasi soʻzlar, qoʻshimchalar va ularda
mujassamlashgan ma’nolar yordamida amalga oshsa, fikrni ifodalash, uni birovga yetkazish
vazifasi gap orqali namoyon bo’ladi. Soʻzlarning tildagi muayyan qonun-qoidalar asosida oʻzaro
birikuvidan soʻz birikmasi va gaplar hosil boʻladi. Soʻz birikmalari va gaplar oʻz qurilishi hamda
ifoda mazmuniga koʻra farqlanadi. Soʻz birikmalari va gaplarning qurilishi hamda ifoda
xususiyatlarini oʻrganuvchi til boʻlimi sintaksis deyiladi. Sintaksis yunoncha “syntaxis” soʻzidan
olingan boʻlib, yopishtirish, bogʻlash demakdir. Sintaksis soʻzlarning bir-biriga bogʻlanishi hamda
gap tuzilishi qonunqoidalarini oʻrgangani uchun unda:
1) soʻz birikmasi sintaksisi;
2) gap sintaksisi kabi boʻlimlar mavjud.
Gap ogʻzaki nutqda maʻlum bir ohang bilan aytiladi. Bu ohang yozuvda tinish belgilari
bilan ifoda etiladi. Tinish belgilari qoʻllanishi haqidagi qoidalar yigʻindisi punktuatsiya deyiladi.
Har qanday til oʻzining nutq tovushlari, soʻzlari (iboralari) va qoʻshimchalaridagi
imkoniyatlarini sintaksisda, yaʻni gap qurilishida namoyon qiladi. Sintaksis tilimiz
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
186
imkoniyatlarining koʻzgusidir.
Ta’limdan asosiy maqsad bolalarga bilim berishgina emas, balki bilim olish yo’llarini
o’rgatish, ularni ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish demakdir. Yangicha ijtimoiy,
iqtisodiy sharoitda ona tilini o’qitish mazmunini takomillashtirish, darslarni jahon andozalariga
mos ravishda tashkil qilish o’quvchi faolligini oshiradigan muhim omillardan hisoblanadi.
Nutqiy faoliyatda har bir til hodisasining o’z o’rni, o’z vazifasi bor. Yoshlar til
imkoniyatidan vaziyatga qarab foydalanish malakasiga ega bo’lishlari, o’z fikrini aniq ifodalashga,
zarur bo’lgan so’z va gap shakllari, ibora va tasviriy ifodalarni tanlay va qo’llay bilishlari davr
talabidir. Buning uchun ona tili o’qituvchisi o’z ixtisosligini puxta bilishi, ilg’or pedagogik
texnologiya hamda zamonaviy o’quv-texnik vositalaridan yaxshi xabardor bo’lishi lozim.
Shundagina ta’lim samarasi ham, o’qitish darajasi ham yuqori bo’ladi.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o’qitishning maqsadi – o’quvchilarda
og’zaki va yozma nutq ko’nikmasini, ijodiy fikrlash malakasini, kitobxonlik va nutq madaniyatini
rivojlantirishdan iborat. Ona tili fanini o’qitishning asosiy vazifasi: o’quvchi shaxsini fikrlashga,
o’zgalar fikrini anglashga, o’z fikrini og’zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga
qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o’quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni
(fonetika, leksikologiya, so’zning tarkibi, so’z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo,
tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish
hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda o’qigan, ko’rgan,
eshitganlarini nutqiy to’g’ri va ravon bayon eta olish ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan
lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
REFERENCES
1.
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyevning
Oliy
Majlisga
Murojaatnomasi. “O’zbekiston nashriyoti” Toshkent-2021.
2.
Axmedova G.M. O’zbek tili darslarida o’quvchilar nutqini yasama so’zlar bilan boyitishning
metodik asoslari: ped.fan.nom. diss. – Toshkent, 2007. 3. Haydarova M.E. va boshqalar.
Pedagogika fanidan izohli lug’at. – Toshkent.: Fan va texnologiya, 2009.
3.
M. A. Kenjayeva. 5-6-sinf o’quvchilarida lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish
metodikasi: ped.fan.dok (PhD). …diss. – Toshkent, 2021.
4.
Ona tili va adabiyot fanini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar o’quv
moduli. - Toshkent. 2017. -110-b.
5.
Oxunjonova O. Ta’lim bosqichlarida sinonimlar mavzusini o’qitish metodikasi:
ped.fan.nom. …diss. – Toshkent, 2009. – 140-b.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
187
6.
To’xliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. O’zbek tili o’qitish metodikasi. – Toshkent.
2010. – 314-b.
7.
Yusupova G. Bo’lajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishda aralash
ta’limdan foydalanish metodikasi: ped.fan.dok (PhD). diss. – Urganch. 2020.
8.
Yusupova Sh. Hozirgi o’zbek dabiy tili darslarida o’quvchilar tafakkurini o’stirishning
ilmiy-metodik asoslari (akademik litseylar misolida): ped.fan.dok. … diss. – Toshkent,
2005. – 279-b.
9.
Будагов Р.А. Язык – реальность – язык [Текст] – Москва: Наука, 2003.
10.
Катонова Е.М. Развитие языковой и речевой способности младших школьников. –
Москва, Пачатковая школа, 2004. – № 6. – С. 20.
11.
Львов М.Р. Методика развития речи младших школьников: пособие для учителей
начальных классов. – Москва: Просвещение, 1979. – 431 с.
12.
Мaйeнoвa М.Р. Лингвистические принципы адаптирования художественного текста.
Автореф.дис. канд. пед. наук. – Москва, 2005.–212 с. Маслова В.А.
Лингвокультурология [Текст]. – Москва: Изд. центр
13.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni
O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
