Authors

  • Maxbuba Sharipova
  • Shaxina Saidova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.42083

Keywords:

personal spirituality social vices moral and educational views literary critical thinking column articles conversations.

Abstract

This article discusses the skill of creating characters in the stories of the great writer Abdullah Kahhor, important issues related to the life of the writer, the protection of motherhood and childhood, the importance of the native language in the development of the nation, moral qualities necessary for humanity, invisible things in everyday life that cause social crisis, at the moment special attention was paid to factors and educational, literary and critical views.

background image



30-Sentabr, 2024-Yil

156

ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA XARAKTER YARTISH MAHORATI

Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna

Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti,

Umumta’lim fanlar kafedrasi dotsenti,

filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Saidova Shaxina Habibovna

Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13835050

Аnnоtаtsiyа.

Mаzkur mаqоlаdа zаbаrdаst yоzuvсhi Аbdullа Qаhhоr hikoyalarida xarakter

yaratish mahorati, аdibning jаmiyаt hаyоtigа оid muhim mаsаlаlаr, оnаlik vа bоlаlikni himоyа

qilish, millаt tаrаqqiyоtidа оnа tilining аhаmiyаti, insоniyаt uсhun zаrur bоʻlgаn аxlоqiy sifаtlаr,

mаishiy hаyоtdаgi kоʻz ilgʻаmаydigаn, аyni dаmdа jаmiyаt inqirоzigа sаbаb bоʻlаdigаn оmillаr

vа tаʼlim-tаrbiyа, аdаbiy-tаnqidiy qаrаshlаrigа аlоhidа eʼtibоr qаrаtildi.

Kаlit sо‘zlаr:

shаxs mаʼnаviyаti, ijtimоiy illаtlаr, аxlоqiy-tаʼlimiy qаrаshlаr, аdаbiy-

tаnqidiy fikrlаsh, рublitsistik mаqоlаlаr, suhbаtlаr.

THE SKILL OF CHARACTER DEVELOPMENT IN ABDULLA QAHHOR'S STORIES

Abstract. This article discusses the skill of creating characters in the stories of the great

writer Abdullah Kahhor, important issues related to the life of the writer, the protection of

motherhood and childhood, the importance of the native language in the development of the

nation, moral qualities necessary for humanity, invisible things in everyday life that cause social

crisis, at the moment special attention was paid to factors and educational, literary and critical

views.

Key words: personal spirituality, social vices, moral and educational views, literary

critical thinking, column articles, conversations.

НАВЫК РАЗВИТИЯ ХАРАКТЕРОВ В ИСТОРИЯХ АБДУЛЛЫ КАХХОРА

Аннотация.

В данной статье рассматриваются мастерство создания

персонажей в рассказах великого писателя Абдуллы Каххора, важные вопросы, связанные

с жизнью писателя, защитой материнства и детства, значение родного языка в развитии

нации, нравственные качества, необходимые человечеству, невидимые вещи в

повседневной жизни, вызывающие социальный кризис, в настоящий момент особое

внимание уделялось факторам и воспитательным, литературным и критическим

взглядам.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

157

Ключевые слова: духовность личности, социальные пороки, нравственно-

воспитательные взгляды, литературно-критическое мышление, рубрикаторские статьи,

беседы.

Abdulla Qahhor ijodining dastlabki bosqichlaridanoq yangi sohalarda o‘z imkoniyatlarini

sinab ko‘ra boshladi. Bu izlanishlar birdaniga kutilgan samara beravermagan bo‘lsada, 30-yillarda

ko‘p yo‘nalishlarda erishilgan natijalar ana shu izlanishlarning qilib ko‘rilgan tajribalarning

natijasi sifatida yuzaga chiqdi. Adabiy hayotga katta bir to‘lqin sifatida kirib kelgan bunday

iste’dod sohiblari safida G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Oybek, Uyg‘un, K.Yashin, Mirtemir va

yana talay ijodkorlar bor edi. Abdulla Qahhor mana shu avlodning davomchisidir. “ Qahhor

tug‘ma hikoyanavis edi,-deb yozadi unga zamondosh bo‘lgan rus adibasi Bat, -garchi u romanlar

ham yozdi, lekin baribir kichik janrga muhabbati ularda ham sezilib turadi”.1 Abdulla Qahhor

butun umri bo‘yi hajviy asarlar yaratish ustida ishladi.

Taniqli yozuvchi va adabiyotshunos Vera Smirnova shunday yozadi: “Katta o‘zbek prozasi

haqida o‘ylaydigan bo‘lsangiz avvalo romannavislardan A.Qodiriy, Oybeklar ko‘z oldingizga

keladi, hikoyanavislar ichida esa birinchi o‘rinda albatta Abdulla Qahhorga tegishlidir”.2 Hajviy

asarlar yaratishga qiziqish Abdulla Qahhorning ilk ijodidayoq ko‘zga tashlangan edi. Abdulla

Qahhorga dastlabki yozuvchilik shuhratini keltirgan asar “Boshsiz odam” hikoyasidir. “Boshsiz

odam” da o‘zim holis turib, o‘sha vaqtdagi hayot lavhalaridan birini ko‘rsatishga va bunda birinchi

marta odam xarakteriga qo‘l urishga harakat qilgan edim”3.

Abdulla Qahhorning ushbu hikoyasidan tashqari “Mayiz yemagan xotin”, “Adabiyot

muaalimi”, “San’atkor”, “O‘jar”, “Jonfig‘on”, “Qizlar” va boshqa hikoyalaridagi tasvirlarda

insonlardagi turli illatlar g‘oyat sezgirlik bilan kuzatilgan, iste’dodli yozuvchining o‘tkir nigohi

orqali mahorat bilan ifoda etilgan. Hozirgi kunga qadar ham o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q.

Hajviy hikoyalarining qahramonlari ham uning boshqa hikoyalari kabi oddiy odamlardir.

Agar biz hayotda shunday odamlarga duch kelsak, ulardagi bunday kamchiliklarni

dabdurustdan payqamasligimiz mumkin, lekin yozuvchining o‘tkir nigohi bizga tanish bo‘lgan bu

odamlar yana bir bor ko‘z tashlashga e’tibor berishga undaydi. Shundagina ulardagi kamchiliklarni

qusurlarni payqagandek bo‘lamiz. Abdulla Qahhor hajviy xarakter yaratishda portret tasviridan

ham samarali foydalangan. Yozuvchi bu tasvir vositasiga tez-tez murojaat qiladi. Chunki badiiy

asarda bu tasvir vositasining bajaradigan vazifasi beqiyosdir. Portret yaratish orqali yozuvchi

qahramonning faqat tashqi ko‘rinishigina chizib qolmasdan, balki uning individual-psixologik

qiyofasini ham yaratib beradi. Yozuvchi qahramonning portreti orqali uning ruhiyatiga ham


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

158

kirishga harakat qiladi. Portret elementlaridan bo‘lgan ko‘z, yuz, kulgi, ko‘z yoshi, umumiy tashqi

ko‘rinishi va boshqalar yozuvchi uchun qahramon ruhiy dunyosini ochuvchi kalit bo‘lib xizmat

qiladi. Abdulla Qahhorning “Qizlar” hikoyasida ham yozuvchining diqqat markazida hajviy

xarakter hisoblangan Nurmatjon obrazi turadi. Yozuvchu bu noshud va notavon shaxs obrazini

yaratishda uning portreti bilan bog‘liq belgilariga alohida e’tibor beradi. Masalan, “Labining ikki

burchi hamisha oqarib turadi deyishadi”. Afsuski qo‘li ikkita-da , bo‘lmasa shu turishi eng chiroyli

nasha chilimiga o‘xshaydi” kabilar .

A.Qahhor “Qizlar” hikoyasida, voqealarni yarim hazil-yarim chin formada beradiki, bu

asar ruhiga tamomila mosdir. Yozuvchi personajning ajoyib xarakterini, dunyoqarashini xarakterli

detallarda ochib tashlaydi. U qahramonini kalaka qiladi va uni yana nimalar bilandir oqlamoqchi

bo‘ladi. Nurmatjon o‘tgan asrdan qolgan odam. Dunyo o‘zgarib, yangi zamonlar barqaror bo‘libdi-

yu, u bexabarligicha qola beribdi. Lekin uni bu dunyo ishlaridan butunlay bexabar deb bo‘lmaydi.

Masalan, u xotinlarning ishlashini tan oladi. U «Oladigan xotinning ko‘zdan panaroq biron

ishxonadami, xotin-xalaj ko‘proq mahkamadami ishlab besh-o‘n tanga pul topadigan bo‘lishi ham

ma’qul, husn — chinni tovoq, qazisi bilan bo‘lsa yana yaxshi bo‘ladi» degan xulosaga kelgan.

Chunki hamma jihatdan mukammal bo‘lgan Nurmatjonning «bitta kamchiligi bor, u ham

bo‘lsa shuki, sal kamxarjroq». Otasidek eshonlik qilmasdan aysh-ishratga zo‘r bergan bu

shaxsning bo‘yni o‘n besh yildan beri ishga yor byormaydi. Mana shu ishyoqmaslik uni bo‘lajak

xotin ishlasa ham mayli, pul topar-ku degan qarorga olib keladi. Uning bu qarori xotinlikka rozi

bo‘lar deb umid qilgan va shunday bo‘lishiga hech shubhalanmagan Adolatxonning Toshkentga

kimyogar bo‘lish uchun o‘qishga ketganini eshitgach, ayniqsa mustahkamlanadi.

CHunki u «kimyogarlik nima ekanini yaxshi biladi — kimyogar istasa g‘ishtni, toshni tilla

qiladi. Adolat kimyogar bo‘lsa, ayni muddao — ishxona yoki mahkamada ishlamasdan, uyda

o‘tirib tilla qila beradi». Yozuvchi hikoyani “Qizlar” deb nomlasa-da, o‘quvchi qizlarni ko‘rmaydi.

O‘quvchi ular bilan Nurmatjon orqali tanishadi. Toshxo‘ja eshonga bir vaqtlar nazr

qilingan opa-singil — Karomat va Adolat, eshon dom-daraksiz ketgandan so‘ng, uning o‘g‘li

Nurmatjonga qolishi kerak. Bunga Nurmatjon sira shubha qilmaydi. Bundan Karomat va Adolat

xabarsiz, xabari bo‘lganda ham bu ular uchun bir kulgili voqea. Lekin Nurmatjon shu umid bilan

yashaydi, qizlarni onasi olib kelib berishini kutadi. Karomat bo‘yi etib turmush qurib ketadi.

Bundan xabar topgan Nurmatjon xafa bo‘ladi. U Karomatga uylanishga harakat qilib

ko‘radi, lekin Karomatni unga berishmaydi. Shunda achchiq qilib ikkinchi marta og‘iz ochmaydi,

“...shunday qilgani ham yaxshi bo‘lgan ekan, qiz hozir allaqaysi zavodning boshlig‘i, zavodda

ishlaydigan mingdan ortiq erkak, shular qatori eri ham, o‘shaning og‘ziga qaraydi”. Yozuvchi


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

159

shunday tushunchali odam bilan qizlarni uchrashtirib gapirtirib o‘tirmaydi, balki Nurmatjonni bir

vaqtlar qizlarini nazir qilgan kampir bilan uchrashtiradi. Kampir Nurmatjonni tanigach, “Bu

nimasi, sovxozga chiqsang bo‘lmaydimi?”— deydi. Kampir Nurmatjonning kimligini bila turib,

shunday savol beradi. Bu bilan yoshi bir yerga borib qolgan, o‘tmishda qandaydir e’tiqod bilan

qizlarini nazr qilgan omi bir xotin yangi hayotga moslashgani, “ishlamagan — tishlamas” degan

yangi hayot talabini tushunganini ko‘rsatib turibdi. Yana bu savol Nurmatjonning fikrlari puch

ekanligiga bir signal hamdir. Kampir Nurmatjonning: “—E, Adolatxon sovxozdamilar?” degan

savoliga bergan javobi bilan nazr degan narsa uning esidan butunlay chiqib ketganini ko‘rsatadi;

u Nurmatjonga zamon o‘zgarganini tushuntirmoqchi bo‘ladi: “Nazr bo‘lsa otangga nazr edi-da.

Bundan tashqari hozirgi qizlarning izmu ixtiyori o‘zida, ko‘nglini olish kerak”. Birinchi

savoliga Nurmatjon bosiqlik bilan: “Qiblagohimizga nazr bo‘lsa, u kishining mendan bo‘lak

merosxo‘ri yo‘q”,— deb javob beradi. Lekin unga kampirning qizlar “ko‘nglini olish kerak”

degani yoqmaydi, jahli chiqadi, bir oz qizishadi va “men nega Adolatxonning ko‘nglini

olaman”,— deydi. “Shu ishning shunday bo‘lishi avval sizning, qolaversa qizingizning oxiratiga

kerak!”. Kampir kulgisini yashira olmaydi va jahli chiqib ketdi shekilli, Nurmatjonni kalaka qila

boshlaydi: “— Endi qanday qilay, Nurmatjon,— dedi kulgi yoshini artib,— bo‘lar ish bo‘lgan.

Endi har nima ham bo‘lsa, otangni tush ko‘rsang, chaqimchilik qilib yurmagin”. Oxiri

kampir “....Adolatga xat yozay, eridan chiqsin bo‘lmasa...” deb qutulmoqchi bo‘ladi. Bu gap ham

hazil ekanini tushunmagan Nurmatjon “— xola qachon xabar olay?”—deb qoladi.

Agar yozuvchi bu asarda Nurmatjonni gapirtirmasa edi, o‘quvchi Nurmatjonning

shunchalik tubanligini mubolag‘aga yo‘nishi mumkin edi. Yozuvchi Nurmatjonni qizlar bilan

emas, balki ularning onasi bilan uchrashtirar ekan, kampir bilan Nurmatjonni o‘zaro qiyoslash

orqali uning psixologiyasini ochib beradi. Uning nechog‘li kulgili, ayanchli ekani o‘tmishda

otasiga sig‘ingan, lekin zamon o‘zgarishi bilan yangicha fikrlashga o‘rgangan ayol oldida ayniqsa

yorqin ko‘zga tashlanadi.

Abdulla Qahhor zamon bilan hamnafas yozuvchi edi. Uning yutuqlari ham, kamchiliklari

ham o‘z davri bilan uyg‘unlashgan. Biz o‘rgangan hikoyalar ehtimol ijodkorning eng sara

hikoyalari emasdir. Ammo ularda “qahhorona” nutq, xarakterlar, xulosa ufurib turadi.

Uning zamonaviy mavzuda yozilgan hikoyalarida ham yuksak iste’dodni namoyon

qilishga muvaffaq bo‘lgan. Hikoyalarida qo‘yilgan muammoni ochib bera oladigan takrorlanmas

xarakterlar topa olish qobilyatiga egadir.

Аbdullа Qаhhоrning аxlоqiy-tаʼlimiy qаrаshlаri оstidа jаmiyаtimizning turli mаvzulаri,

muаmmоlаri оʻz аksini tорgаn. Uning «Hаq sоʻzning kuсhi» аsаrigа bir qаnсhа mаqоlаlаri


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

160

jаmlаngаn bоʻlib ulаr iсhidа biz mаvzu qilib tаnlаgаnimiz mаsаlаlаrgа оid qаrаshlаr аlоhidа оʻrin

egаllаydi. «Раxtаkоrning hаr bir yutugʻi qimirlаgаn jоnni quvоntirаdi» mаqоlаsidа jаmiyаtning

оgʻriqli nuqtаlаri qаlаmgа оlingаn ulаrdаn biri оʻz dаvri uсhun dоlzаrb bоʻlgаn раxtа terish

mаshinаlаrining оmmаviy раxtа dаlаlаrigа jаlb qilinmаsligi, bоrlаri hаm раxtа sifаtigа zаrаr

yetkаzаtgаni, nаtijаdа hоsilni yigʻib оlishdа аyоllаr vа bоlаlаr mehnаtidаn fоydаlаnilаyоtgаni

hаqidаgi mаʼlumоtlаrning 1960-yildа jаrаnglаgаni Аbdullа Qаhhоrning jаsоrаti edi. Shu оʻrindа

аyоl kishining bоʻynidаgi fаlоn ming kilоgrаmm yukni «mengа оrt» deb yelkаsini tutib turgаn

mаshinаning hаmmаning kоʻzigа yаxshi kоʻrinmаsligi uning sifаtsizligini belgilаsа, аyоl

kishining раxtаdаn hаm bоshqа tаshvishlаrining kоʻрligi uning раxtа mehnаtining tаgidа ezilib

ketаyоtgаnligi turli misоllаr bilаn izоhlаnаdi. Bunda yоzuvсhi qоʻrqоqlik, qоlоqlik, lаnjlik vа lаnj

оdаmlаr xarakterini izohlab, ularning jаmiyаt tаrаqqiyоtigа yetkаzаyоtgаn zаrаrlаri xususidа hаm

tоʻxtаlib оʻtаdi.

Xulosa qilib aytganda, «O‘zbek Chexovi» nomini olgan Abdulla Qahhor o‘zbek

adabiyotiga ajoyib hikoyasi va ushbu janrning tengsiz ustasi bo‘lib kirgan. Uning hikoyalarida

o‘zbek xalqining eng yaxshi jihatlari — sog‘lom aqli, hajviylikka yo‘g‘rilgan hayotiy donoligi

namoyon bo‘ladi.

REFERENCES

1.

Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI

O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH”

DOSTONI MISOLIDA).

Scientific progress

, (7).

2.

Sharipova,

M.

B.

(2021).

Xursand

Nuriddinovna

Mirzayeva

XALQIMIZ

MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI.

Scientific progress

, (7).

3.

MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046

Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU.

Maktabgacha ta’lim

.

4.

Baxshilloyevna, S. M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ

O‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI.

PEDAGOGS jurnali

,

1

(1), 168-

168.

5.

Baxshulloyevna, S. M. (2022). «ALPOMISH» DOSTONI-VATANPARVARLIK

FAZILATLARIDAN SABOQ BERUVCHI MAʼNAVIY DURDONA.

Scientific

Impulse

,

1

(4), 1426-1430.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

161

6.

Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. Б. К. (2020). РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ

СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ.

Проблемы

педагогики

, (6 (51)), 58-60.

7.

Sharipova, M. (2020). O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning

ahamiyati.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

8.

Sharipova, M. B. (2023). A Comparison of The Imagery of Ceremonies and Customs In

Versions of the Epic “Alpomish”.

Central Asian Journal of Literature, Philosophy and

Culture

,

4

(9), 125-127.

9.

Шарипова, М. Б. НАЦИОНАЛЬНЫЕ ТРАДИЦИИ НА ПРИМЕРЕ ЭПОСА

«АЛПОМИШ».

ББК 74.48 Р 76

, 253.

10.

Baxshilloyevna, S. M., & Mirzoyevna, I. M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM

TIZIMIDA

ETNIK

MADANIY

TA’LIM

VA

UNING

TARIXIY

ILDIZLARI.

PEDAGOGS jurnali

,

1

(1), 163-163.

11.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ O

‘STIRISHNING

ILMIY-NAZARIY

AHAMIYATI.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

35

(35).

12.

Шарипова, М. (2023). МАКТАБГАЧА ЙОШДАГИ БОЛАЛАРДА ИФОДАЛИ

НУТКНИНГ

ИЖТИМОЙ-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ

ФУНКЦИЯЛАРИ.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.uz)

,

32

(32).

13.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH TO’YI URF-ODATLARI

TASVIRI VA TALQINI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

30

(30).

14.

Sharipova, M. (2023). АYOLLАRNING OILА VА JАMIYATDАGI MАVQEYINI

YUKSАLTIRISH HАMDА MА’NАVIY-RUHIY DUNIYOSINI BOYITISHDА

QАHRАMONLIK EPOSINING OʼRNI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

30

(30).

15.

Baxshilloyevna, S. M. (2022). BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA

TARBIYACHI

NUTQI

NAMUNA-O’RNAK

VOSITASI SIFATIDA.

Scientific

Impulse

,

1

(4), 1288-1292.

16.

Sharipova, M. B., & Muslimova, L. M. Q. (2021). XALQ DOSTONLARINI

O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH”

DOSTONI MISOLIDA).

Scientific progress

,

2

(7), 1130-1134.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

162

17.

Sharipova, M. B., & Ravshanova, G. F. Q. (2021). QAHRAMONLIK

DOSTONLARINING O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR.

Scientific

progress

,

2

(7), 1139-1144.

18.

Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY

BARKAMOL ASAR.

Scientific progress

,

2

(7), 1145-1148.

19.

Sharipova, M. B., & Nozirova, M. J. Q. (2021). O’ZBEK XALQ DOSTONLARINI

O’QITISHDA KOMPYUTER IMKONIYATLARI.

Scientific progress

,

2

(7), 1102-1108.

20.

Sharipova, M. B., & Salimova, K. R. Q. (2021). “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR

O’LDI” MAROSIMI TASVIRI.

Scientific progress

,

2

(7), 1109-1113.

21.

Sharipova, M. B., & Farmonova, G. S. Q. (2021). NIKOHDAN SO’NG ADO

ETILADIGAN

URF-ODATLAR

TASVIRI

(“ALPOMISH”

DOSTONI

MISOLIDA).

Scientific progress

,

2

(7), 1125-1129.

22.

Sharipova, M. B. (2021). XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY

IFODASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA).

Scientific progress

,

2

(7), 1120-1124.

23.

Sharipova, M. B., & Mirzayeva, X. N. (2021). XALQIMIZ MADANIYATINING

HAYOTBAXSH SARCHASHMASI.

Scientific progress

,

2

(7), 1135-1138.

24.

Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi ("

Alpomish" dostoni misolida).

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

25.

Sharipova, M. (2020). Вестник магистратуры.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

1

(1).

26.

Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В

ЭПОСЕ «АЛПОМИШ».

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

27.

Шарипова,

М.

Б.,

&

Хусаинова,

З.

Х.

ВЕСТНИК

НАУКИ

И

ОБРАЗОВАНИЯ.

ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ Учредители: Олимп

, 106-

108.

References

Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, (7).

Sharipova, M. B. (2021). Xursand Nuriddinovna Mirzayeva XALQIMIZ MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI. Scientific progress, (7).

MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU. Maktabgacha ta’lim.

Baxshilloyevna, S. M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ O‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 168-168.

Baxshulloyevna, S. M. (2022). «ALPOMISH» DOSTONI-VATANPARVARLIK FAZILATLARIDAN SABOQ BERUVCHI MAʼNAVIY DURDONA. Scientific Impulse, 1(4), 1426-1430.

Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. Б. К. (2020). РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ. Проблемы педагогики, (6 (51)), 58-60.

Sharipova, M. (2020). O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Sharipova, M. B. (2023). A Comparison of The Imagery of Ceremonies and Customs In Versions of the Epic “Alpomish”. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 4(9), 125-127.

Шарипова, М. Б. НАЦИОНАЛЬНЫЕ ТРАДИЦИИ НА ПРИМЕРЕ ЭПОСА «АЛПОМИШ». ББК 74.48 Р 76, 253.

Baxshilloyevna, S. M., & Mirzoyevna, I. M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK MADANIY TA’LIM VA UNING TARIXIY ILDIZLARI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 163-163.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ O ‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 35(35).

Шарипова, М. (2023). МАКТАБГАЧА ЙОШДАГИ БОЛАЛАРДА ИФОДАЛИ НУТКНИНГ ИЖТИМОЙ-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ФУНКЦИЯЛАРИ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.uz) , 32 (32).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH TO’YI URF-ODATLARI TASVIRI VA TALQINI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 30(30).

Sharipova, M. (2023). АYOLLАRNING OILА VА JАMIYATDАGI MАVQEYINI YUKSАLTIRISH HАMDА MА’NАVIY-RUHIY DUNIYOSINI BOYITISHDА QАHRАMONLIK EPOSINING OʼRNI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 30(30).

Baxshilloyevna, S. M. (2022). BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA TARBIYACHI NUTQI NAMUNA-O’RNAK VOSITASI SIFATIDA. Scientific Impulse, 1(4), 1288-1292.

Sharipova, M. B., & Muslimova, L. M. Q. (2021). XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1130-1134.

Sharipova, M. B., & Ravshanova, G. F. Q. (2021). QAHRAMONLIK DOSTONLARINING O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR. Scientific progress, 2(7), 1139-1144.

Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY BARKAMOL ASAR. Scientific progress, 2(7), 1145-1148.

Sharipova, M. B., & Nozirova, M. J. Q. (2021). O’ZBEK XALQ DOSTONLARINI O’QITISHDA KOMPYUTER IMKONIYATLARI. Scientific progress, 2(7), 1102-1108.

Sharipova, M. B., & Salimova, K. R. Q. (2021). “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR O’LDI” MAROSIMI TASVIRI. Scientific progress, 2(7), 1109-1113.

Sharipova, M. B., & Farmonova, G. S. Q. (2021). NIKOHDAN SO’NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1125-1129.

Sharipova, M. B. (2021). XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY IFODASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1120-1124.

Sharipova, M. B., & Mirzayeva, X. N. (2021). XALQIMIZ MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI. Scientific progress, 2(7), 1135-1138.

Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Sharipova, M. (2020). Вестник магистратуры. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ». ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Шарипова, М. Б., & Хусаинова, З. Х. ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ. ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ Учредители: Олимп, 106-108.