1149
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
ERTAKLARNING JANRIY BELGILARI VA MOTIVLAR TIZIMI
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna
Buxoro davlat pedagogika instituti, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD).
Azimova Nilufar Dilshod qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti, O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15242615
Annotatsiya.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi ajdodlarimiz badiiy salohiyatining asrlar
mobaynidagi taraqqiyoti davomida shakllangan qudratli ma’naviyat xazinasidir. Zukko
ajdodlarimizning voqelikka bo‘lgan mifologik qarashlari tafakkur taraqqiyoti davomida badiiy
estetik hodisaga aylanib, voqelikni so‘z vositasida poetik ifodalash natijasida xilma – xil
janrlardan tashkil topgan folklor an’analari shakllangan. Ushbu maqolada ertaklarning janriy
belgilari va motivlar tizimi xususida mushohada yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
ertak, qahramon, ezgulik, insonparvarlik, vatanparvarlik, syujet, obraz,
mutolaa, mubolag‘a, motiv, janriy belgilar.
ЖАНРОВАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА И МОТИВНАЯ СИСТЕМА ВОЛШЕБНЫХ
СКАЗОК
Аннотация.
Узбекский фольклор – мощное духовное сокровище, формировавшееся
в ходе развития художественного потенциала наших предков на протяжении веков. В
ходе развития мышления мифологические воззрения наших предков Зукко превратились в
художественно-эстетическое явление, а в результате поэтического выражения
действительности посредством слова сформировались фольклорные традиции,
состоящие из различных жанров. В данной статье рассматриваются жанровые
особенности сказки и система мотивов.
Ключевые слова:
сказка, герой, добро, человечность, патриотизм, сюжет, образ,
прочтение, преувеличение, мотив, жанровые символы.
GENRE CHARACTERISTICS AND MOTIVE SYSTEM OF FAIRY TALES
Abstract.
Uzbek folklore is a powerful spiritual treasure formed during the development
of the artistic potential of our ancestors over the centuries. During the development of thought,
the mythological views of our ancestors Zucco turned into an artistic aesthetic phenomenon, and
as a result of the poetic expression of reality through words, folklore traditions consisting of
various genres were formed. In this article, the genre features of fairy tales and the system of
motifs are observed.
Key words:
fairy tale, hero, goodness, humanity, patriotism, plot, image, reading,
exaggeration, motive, genre symbols.
1150
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Kirish.
Qadimiy epik an’analarni o‘zida mujassam etgan ertaklar xalqimizning mifologik
tasavvurlari, e’tiqodiy qarashlari, turmush tarzi va ma’naviyatini o‘zida mujassamlashtirganligini
uchun yosh avlodga kuchli badiiy estetik ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
O‘zbek folklorshunosligida ertak janrini o‘rganish borasida muayyan yutuqlarga
erishilgan bo‘lishiga qaramay hozirgi ma’naviy – ma’rifiy ehtiyoj folklorshunoslardan ertaklarni
yanada chuqurroq va keng qamrovda o‘rganishni taqozo etmoqda. Shu ma’noda biz mazkur
bitiruv malakaviy ishimizda o‘zbek ertaklaridagi shart – sinov motivlarini tadqiq qilishga
urindik. Bu esa ishimizning dolzarbligini belgilaydi. Har bir yaratilgan asar muayyan shakl,
muayyan mazmun va g‘oyaning ifodasi sifatida ma’naviy mulkka aylanish, madaniy merosdan
munosib o‘rin olish uchun harakatlanadi. Xalq og‘zaki ijodi millat ma’naviy xazinasining asosiy
va muhim tarkibiy qismidir.
Zamonaviy ilm-fanda biror muammoni hal qilish uchun bir necha fanlar doirasida ish
ko‘rish talab darajasiga yetdi. Bunday vaziyatda yozma va og‘zaki adabiyot, mifologik va
ilohiyotga doir ilmlarning tutashishi ham tabiiy. Ertaklar syujetini yuzaga keltirgan yoki ertak
syujetining bir halqasiga aylangan motivlar, xususan, shart-sinov motivi genezisi, mazkur motiv
ko‘rinishlari klassifikatsiyasini yaratishda ham shu yo‘nalishda ish ko‘rilishi zarur.
Asosiy qism.
Ertak sujeti murakkab, turli xil an’anaviy motivlar tizimidan tashkil topgan.
Uning asosida qabilaviy e’tiqod, magiya, tabu bilan bog‘liq urf-odatlar; animizm, totemizm,
fetishizm kabi e’tiqodiy qarashlar feodal jamoa, matriarxat, feodal-patriarxal munosabat, qonun-
qoidalarga aloqador voqea va hodisalar yotadi. Qizig‘i shundaki, ertak asosini tashkil etgan real
tarixiy haqiqat fantastika, xayoliy va hayotiy uydirmalarga ko‘milib, unga singib, noaniqlikni
kasb etgan. Ertak bu jihati bilan naql, latifa, loflarga tenglashadi. Real hodisa og‘zaki nasrning
afsona, rivoyat, demonik hikoyalarida nisbatan aniq ko‘rinadi va sezilib turadi.
Sehrli ertaklarning bahodirlik tipida pahlavon, qahramonning zo‘r kuch-qudrati hal
qiluvchi rol o‘ynaydi. Sujet voqealarida faol harakat qilgan qahramon ezgulik ramzi sifatida
ideallashtirilgan. U elatni himoya qiluvchi uning jangovar timsoli, har bir harakati, g‘ayrioddiy
kuchi bo‘rttirilgan.
Bahodirlik ertaklari («Pahlavon Rustam», «Qahramon», «Qiron og‘a») ning mifologik
e’tiqod, qadimiy marosimlarni o‘zida jamlab, ming yillar davomida saqlab kelgan namunalari
ziddiyatli jamiyatning dastlabki bosqichlarida yuzaga kelgan.
Fantastika voqealarni boshqaradi, muvaffaqiyatli yakuniga olib keladi, ayni paytda sujet
yo‘nalishida dinamik harakatni ta’minlab, obrazlar tizimini belgilaydi. Shuning uchun ham
syujetni xayoliy uydirmalar asosiga qurilgani sehrli ertak voqealari, hayotiy uydirmalar asos
bo‘lganini maishiy ertak hodisalari tashkil etadi. Har ikki xil syujet g‘oyaviy-estetik funksiyani
ado etuvchi xossalari bilan o‘zaro farqlanadilar. Biroh ularni hayot haqiqatidan uzilgan hodisa
1151
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
deb bo‘lmaydi. Aksincha, har ikki sujet ibtidoiy dunyoqarash, urf-odat, turli xil marosim bilan
bog‘liq holda keladi. Bu uyg‘unlik badiiy obrazlarda aks ettirilganligi bilan ajralib turadi.
Binobarin, har ikki xil tipdagi uydirma obrazlar mazkur tip ertaklarning o‘ziga xos belgilovchi
vositalaridandir.
Uydirmaning genetik asoslari, funksional jihatlarini belgilash ertak sujeti, uning o‘ziga
xos tasvir vositalarini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun, eng avvalo, uning spetsifikasi,
tarixi hamda tashkil topgan manbalarni yoritish, poetik transformatsiyasi jarayonida yuz bergan
o‘zgarishlarni belgilash zarur.
Uydirma reallik chegarasida yoki uning tashqarisida bo‘lishi mumkin. Boshqacha
aytganda, uydirmani haqiqatga yaqin formasi voqea va hodisalarni hayotga mos, tabiiy holda,
real ifodalaydi. Uydirmaning haqiqatdan uzoq formasi esa hodisalarni haqiqatga zid, g‘ayritabiiy
ko‘lamda tasvirlaydi va fantastikani yuzaga keltiradi. Tilsim esa fantastika turlaridan biri.
Tilsim arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, haqiqatdan uzoq hodisani anglatadi, nutqda u
xayoliy uydirma ataladi. Tilsim o‘zbek folklori, xususan, sehrli ertaklar joni va qonidir. Ilmiy
tushunchaga ko‘ra, sehr-jodu notabiiy kuchining g‘ayrioddiy hosilasini ifodalaydi. Uning epik
namunasi narsa va hodisalarning yo‘qdan bor, bordan yo‘q bo‘lishida (olmaning parizodga,
parizodning olmaga aylanishi, sirli suv, obihayot magiyasi bilan o‘likni tiriltirish, oynada uzoqni,
yorni ko‘rish, bir dumalab kaptar bo‘lish, bir gaz qilichning qirq gaz cho‘zilishi kabilar)
namoyon bo‘ladi. Tilsim ma’no e’tibori bilan fantastikadan qisman farq qiladi. Ular ertaklarning
asosiy belgilari, an’anaga aylangan barqaror motivlarini tashkil etadi.
Fantastika umumiylikni, tilsim xususiylikni anglatadi. Demak, tilsim hayotiylikdan holi,
sehr-jodu kuchi bilan g‘oyibdan paydo bo‘ladigan g‘ayri muqarrariy mo‘jizani anglatadi. Shuni
e’tiborga olganda, tilsim fantastika ma’nosini aniq, mufassil ifodalay oladi. Binobarin, uydirma
real narsa, hodisani aks ettirish darajasiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi, a) xayoliy uydirmalar; b)
hayotiy uydirmalar.
Fantastika atama sifatida qadimdan mavjud. Uning shakli va funksiyasi haqida birinchi
bo‘lib, o‘rta asr Sharqining mashhur olimi Abu Rayhon Beruniy fikr yuritgan va uni badiiy
vosita sifatida ta’riflagan. Uning fikricha, fantastika «bir narsani o‘z haqiqatiga xilof ravishda
ko‘rsatish» demakdir. Keyinchalik fantastika folklorshunos olimlar nazdida har xil ta’riflandi.
Ularda fantastika ko‘proq mafkura nuqtai nazaridan tahlil qilingan bo‘lib, bir o‘rinda «haqiqatga
zid, xayolda tashkil topgan tasavvur va obrazlar» deb talqin etilsa, boshqa bir ilmiy asarda esa
uning tashkil topib, shakllangan o‘rni aniqlanadi, ayni paytda zamon va makon e’tibori bilan bir
butun holda to‘liq, mukammal ta’riflanadi. U «Ilk bor o‘zlashtirilgan real hayot faktlari zaminida
tug‘ilgan xayoliy tushunchalar, obrazlar olami» .
Fantastika hayotni badiiy tasvirlashning o‘ziga xos uslubi . Darhaqiqat, fantastika hikoya
1152
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
qilishning ibtidoiy uslubi. Fantastika o‘ziga xos genezisi, qiziqarli rivojlanish tarixiga ega.
Ma’lumki, narsa va hodisalarning g‘ayritabiiy ko‘ringan xususiyatlari ibtidoiy inson
ongida sirli kuch bilan bog‘langan. Binobarin, fantastika tabiatning ibtidoiy inson ko‘ziga
g‘ayrioddiy ko‘ringan kuchlariga e’tiqod, afsun ta’siriga ishonch sintezidan kelib chiqqan.
Tilsimning ba’zi detallari shomonlar faoliyatida yuz bergan duolar bilan ham bog‘lanadi.
Afsungarlik hodisasi sehrgarlikka nisbatan qadimiydir. Afsungarlik yoki jodugarlik «noto‘g‘ri,
yolg‘on, ko‘zga ko‘rinmaydigan aloqa, ta’sirlarning tabiatda mavjudligiga ishontirish, ayrim
hollarda ko‘zga ko‘rinmaydigan ta’sir ko‘rsatish mumkinligi va aksincha, odamlarning tabiatga,
shuningdek, bir odamning boshqa bir odamga ta’sir ko‘rsata olish mumkinligini turli yo‘llar
bilan ko‘rsatishga uringan voqelikdir» .
Tabiatning dahshatli hodisalariga ta’sir etish, yomg‘ir yog‘dirish, kuchli shamolni
to‘xtatish, o‘t-olovni o‘chirish, momaqaldiroqni daf etish, kasalni tuzatish maqsadida shomonlar
duo o‘qigan. Tabiat oldida ojizlik notabiiy hodisalarga ishonchni yuzaga keltirdi.
Tilsim ertak atributi, janrning yorqin alomati, o‘ziga xos xususiyatini belgilovchi
komponentidir. Tilsim tugun yechimida sodir bo‘lib, situativ motivlarni tashkil etadi. Shu
ma’noda «Gul bilan Sunbul», «Bulbuligo‘yo», «Opa-uka», «Yoriltosh», «Oynai jahon», «Qilich
botir», «Kenja botir», «Gulnora», «Mehrigo‘yo» singari sehrli ertaklarda kelgan tugunlar shakl
va mazmun e’tibori bilan bir xil: ular qahramonning sehrli predmetlarga duch kelishi
munosabatida paydo bo‘ladi. Demak, ertak syujetini tashkil etgan turli xil motivlar tugun
zaminida yuzaga keladi. Tilsim sujet chizig‘ida asosiy detal bo‘lib, voqealar harakatini yuzaga
keltiradi, qahramon bilan bog‘liq hodisalarning g‘ayritabiiy chiqishi, tugunning g‘ayri
muqarrariy yechimini ta’minlaydi.
Tilsim uzuk, shamshir, oynai jahonnoma, qaynar xumcha, ur to‘qmok, ochil dasturxon,
chaqmoqtosh, sirli cho‘p, tutatqi, sirli olma singari sehrli buyumlar mo‘jizasida amal qiladi.
Yalmog‘iz, dev, ajdar, yovuz kuch, pari, semurg‘, uchar otlar esa qahramon atrofida yordamchi
kuch sifatida faoliyat ko‘rsatib, ezgulikni ato etadilar, nihoyat timsoliy obraz yaratadilar.
Hayotiy uydirmalar keyingi hodisa bo‘lib, real voqealar zamirida tashkil topgan.
Ma’lum bo‘ldiki, tilsim asosan obraz, turli xil personajlar qiyofasini konkretlashtiradi,
uning jasorati, mardi maydon, zabardast kuch-qudrat, jangovarlik, aql-idroki, tadbirkorligini
belgilaydi. Eng muhimi, u notabiiy narsa va hodisalar yaratib, qahramon qiyofasini
ideallashtiradi.
Ammo shuni ta’kidlash kerakki, janr tabiatini uydirmaning o‘zigina belgilamaydi. Folklor
janrlarini aniqlash, oydinlashtirishda asosan uch belgiga asoslanish lozim. Ular «janr poetikasi,
hayotiy-maishiy funksiyasi, ijro uslubi»dir .
Ertak mustaqil janr sifatida xayoliy va hayotiy uydirmalari, barqaror syujeti,
1153
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
kompozitsiyasi, doimiy takrorlanuvchi motiv va obrazlar tizimi, badiiy uslubi va nihoyat,
ijtimoiy-estetik funksiyasi bilan ajralib turadi.
Ertak voqelikni aks ettirishning mezonlariga ko‘ra alohidalik kasb etadi. Ertaklarning
yuzaga kelishida real voqelikni hissiy qabul qilish, uni badiiy aks ettirishida amal qiladi.
Ertak sujeti mustaqil, betakror shaklga ega. Syujet asosan murakkab, hajman katta yoki
sodda, ixcham, ba’zan ko‘p planli bo‘ladi. Ertak janrini aniqlash va belgilashda uning syujetidagi
xarakterli obraz, an’anaviy motivlar tizimi alohida o‘rin tutadi.
Yetakchi obrazning sirli kuchga ega bo‘lishi, yovuz kuch bilan jang qilishi, doimiy
g‘alabasi sehrli ertaklarning qahramonlik tipiga xos tabiatini belgilaydi. Ma’lumki, ibtidoiy va
feodal-patriarxal jamoa kishilari inson qobiliyatini ideallashtirgan. Darhaqiqat, ideallashtirish
badiiy obrazlarning ibtidosi bo‘lib, pahlavon, bahodir qahramonlarni yuzaga keltirgan. Mifologik
subekt madaniy qahramon - bahodir obrazining yuzaga kelishida asos bo‘lgan yadro.
Yetakchi obrazning nisbatan faol harakati qahramonlik tipidagi ertaklarning o‘ziga xos
xususiyatini belgilaydi. Epik qahramon xalq ideali, beqiyos kuch-qudratning obrazli ifodasi,
tinchlik, mustaqillik, mardlik, pahlavonlik, to‘g‘rilik, mehribonlik, adolatparvarlikning ramziy
ifodasidir. Qahramon nafaqat kuch-qudrat, ayni paytda, yuksak axloq, pokiza qalb, mustahkam
iroda egasi, qo‘rqmas, jasur, mardi maydondir. Epik qahramon faoliyati munosabatida og‘irlik,
vazminlik bo‘rtib turadi, shoshqaloqlik, isyonkor ruh ko‘rinmaydi. Uning faol harakati yagona
maqsad, umumxalq manfaatini himoya qilishga yo‘naltirilgan. Ana shu belgilarning an’anaviy
motiv, epizodlarda namoyon bo‘lishi epik qahramon qiyofasini oydinlashtirib, uning ko‘lamni
oshiradi.
Qahramonlar qiyofasida mifologik subektga mos ikki belgi saqlanib qolgan. Bulardan
biri, qahramonning g‘ayrioddiy tug‘ilishi va xatti-harakatining ilohiylashtirilganida, faoliyatining
ideallashtirilganida namoyon bo‘ladi. Zotan, qahramon, pahlavonlar totem yoki ilohiy kult bilan
bog‘liq holda g‘aroyib tarzda tug‘iladi va o‘sadi. Belgining ikkinchisi esa mifologik subektlarda
bo‘lganidek pahlavonning elat, qabila, urug‘ manfaatini himoya qilishida ko‘rinadi. Uning poetik
transformatsiyasi esa an’anaviy motivlar bilan bog‘liq holda talqin etilgan. Keyinchalik
qahramon tarixiy taraqqiyot jarayonida hayotiy belgilar bilan boyigan, nihoyat, hayotiy tus ola
boshlagan.
Maishiy ertaklarda tasvirlangan qahramonlar real, hayotda mavjud kambag‘al kosib,
xizmatkor, boy, qozi, domlalarning prototiplari sifatida yuzaga kelgan. Demak, ertak
qahramonlarining tarixiy asoslari bir tomondan, mifologik obraz, ajdodlar kultiga borib taqalsa,
iikinchi tomondan real shaxslarga borib bog‘lanadi.
Ertak g‘aroyib hodisani madh etuvchi motivlari bilan farqlanadi. U yoki bu turdagi
ertaklarning o‘ziga xos xususiyatini belgilovchi an’anaviy motivlar asosan syujet yaratadi,
1154
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
qismlarining o‘zaro mantiqiy bog‘lanishini ta’minlaydi. Motivlarning hayotiy haqiqat bilan
bog‘liq holda yuzaga kelishi haqida A.N.Veselovskiy shunday yozadi: «Motivni oddiy
hikoyaning bir bo‘lagi, ibtidoiy kuzatishning turli xil savollarga obrazli javobi deb bilaman» .
Badiiy asarning «bir bo‘lagi» bo‘lgan motivlar u yoki bu uydirmadan holi bo‘lmasa hamki, har
bir motiv talqinida tarixiylik mavjud.
Motivlar xarakteri, o‘rni va funksiyasiga ko‘ra turlicha nomlanadi. Bular harakat, nutq,
situatsiya, bog‘lovchi hamda ta’riflovchi, tushuntiruvchi motivlardir .
Darhaqiqat, ertaklar sujetining tashkil topishi motivlarning muayyan tizimda
birlashishidan boshlanadi.
Demak, har bir sujet chizig‘ida mavjud an’anaviy motivlar tarixiy haqiqat zamirida
yuzaga kelgan bo‘lib, ularning fantastika ko‘lamida ifodalangan namunalari sehrli ertaklarni,
hayotiy uydirmalarda ifodalangani maishiy ertaklar tabiatini belgilaydi. Ertak sujetini tashkil
etgan har bir obraz, an’anaviy motivlar tizimi faqat orzu-umidlar ifodasigina bo‘lib qolmay,
balki xalq tarixida iz qoldirgan, muhim ahamiyat kasb etgan hayot lavhalari hamdir.
Ertak o‘ziga xos g‘oyaviy-tematik yo‘nalishi, ta’limiy-maishiy funksiyasi bilan ajralib
turadi. Mardlik, qahramonlik, adolat va insonparvarlik, elat himoyasi, chin sevgi-sadoqat,
vafodorlik, ideal orzular uchun kurash kabilar ertaklarning g‘oyaviy-tematik yo‘nalishini tashkil
etadi.
Ertaklarda hikoya uslubi tayyor qolipga aylangan formulalarga asoslanishi, uning
barqaror tayyor qolipga aylangan, kirish, boshlama, tugallama kabi an’anaviy formulalari o‘ziga
xos belgilaridir.
Kirish tayyor, qoliplangan an’anaviy formula sifatida namoyon bo‘ladi. U ko‘proq
boshlama oldidan keladi. Biroq,, u sujet chizig‘ida doimiy hodisa emas. «Ertagiyo ertagi,
echkilarning bo‘rtagi, qirg‘ovul qizil ekan, quyrug‘i uzun ekan, ko‘k muzga mingan ekan, muruti
singan ekan», «g‘oz karnaychi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, olaqarg‘a azonchi, qoraqarg‘a
qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to‘rg‘ay to‘qimchi ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul
ekan, ertagining eri bor, yetti kunlik yeri bor, yetti kunlik yerida dumi kalta bo‘ri bor» .
Kirish an’anaviy, ayni paytda ramziy ma’no kasb etgan obrazlarni ta’kidlash, ertakdagi
o‘rni va vazifasini eslatish bilan jonlantiradi. Uning asosiy funksiyasi tinglovchi e’tiborini
tortish, bir nuqtaga jalb etish, qiziqish uyg‘otish, uydirmalar olamiga olib kirib, ertak tinglashga
hozirlashdan iborat. Boshlama asosan syujetning initsial qismida yuz berib, u personajlar
majmui, mazmunidan darak beradi, ertaklarning o‘ziga xos tabiatini belgilaydi. «Bir bor ekan,
bir yo‘q ekan, Gulzor degan yurtda cholu kampir yashagan ekan». Boshlama uydirmalar asosiga
qurilgan bo‘lsa hamki, syujet voqealari bilan bog‘lanmaydi.
Boshlama personajlar tizimi haqida ma’lumot beradi. Syujet chizig‘ida sodir bo‘lishi
1155
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
lozim voqea va hodisalarning noaniq zamon va makonda yuz berishidan darak beradi, ayni
paytda u ertak voqealarining yolg‘on ekaniga shama qiladi. «Bor ekan, yo‘q ekan, och ekan, to‘q
ekan, o‘tgan zamonda tog‘ning yon bag‘rida bir makonu manzilda, bu gapim chin emas hazil-da,
bir podsho bor ekan» .
Boshlama ikki, bir-birini inkor etuvchi jumlalardan tashkil topib, ketma-ket keladi va
mavhum, noaniq, aslida yo‘q hodisa haqida hikoya ekanini belgilaydi.
Tugallama syujetining final qismida keladi. U sodda, ayni paytda, tantanali vaziyatni
hikoya qiladi, unda porloq hayot quvonchlari hukmron ekanini ta’kidlab, qahramonning qirq
kecha-kunduz to‘y berib, murod-maqsadiga yetganini izohlaydi. «Qirq kecha-kunduz to‘y berib,
ota-onasi bilan topishib, oshlarini oshab, yoshlarini yashab, murod-maqsadlariga yetdilar» .
Tugallama demokratik, ta’limiy-didaktik g‘oyalarni tashviq etadi, eng muhimi,
yovuzlikni qoralab, ezgulikni ulug‘laydi. Ijtimoiy-maishiy ma’no kasb etib, hikoya voqealarining
xulosasi yanglig‘ namoyon bo‘ladi.
Syujet murakkab, mavzu e’tibori bilan turlichadir. Ular jiddiy, mas’uliyatli, fantastik
ko‘lami, ijtimoiy-maishiy xarakteri, oddiy va hayotiy, bosiq talqini bilan ajralib turadi, asosan u
yoki bu obrazning suvrat, siyrati, o‘ziga xos ma’no tashishini belgilaydi, tilsim sirlarini
oydinlashtiradi.
Sujetning ekspozitsiya qismi xarakterlidir. U shakl va ma’nosiga ko‘ra turlicha bo‘lib,
xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilganligi bilan farqlanadi. Ekspozitsiya bo‘lishi
mumkin yoki bo‘lishi mumkin bo‘lmagan voqea va hodisalardan darak beradi.
Tugun sujetining ana shu qismida paydo bo‘ladi, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-maishiy
ma’no kasb etadi. U yashash uchun kurash, yovuzlik, zulm va zo‘rlikka qarshi chiqish, olib
qochilgan qizni qutqarish, adolatsizlik, kamsitishning tanqidi bilan bog‘liq tabiiy yoki notabiiy
voqealarni hikoya qilish bilan ajralib turadi:
«Bir yulbars kelib o‘kiribdi. Shunda hammayoq tuman bo‘lib ketibdi. Tuman
tarqagandan keyin qirq kanizak qarasa, podsho qizi yo‘q emish» . Ba’zan u ramziy ma’no kasb
etadi. «Tulki og‘zida go‘sht tishlab ketayotsa, oldidan bo‘ri chiqib qolibdi» . Ba’zan esa u
hayotiy tasvirlanadi. «Qozi qiz bilan suhbat qurmoqchi bo‘lganda eshik taqillabdi .
Konflikt ijtimoiy, oilaviy-maishiy ma’no kasb etgan qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida yuz
berib, uning yechimi dev, ajdarhoni yengib o‘tish, zulm va zo‘rlikni fosh etish kabi motivlar
zamirida kechadi. Uning yechimi yovuzlikka qarshi chiqish, meros uchun kurash, nohaqlik,
adolatsizlik, buzuqlik kabi salbiy xususiyatlarni inkor etib, to‘g‘rilik, mardlik va jasoratni
ulug‘laydi, fantastik voqea va hodisalarning tasodifan tashkil topishini ta’minlab, sirlilik va
noaniqlikni vujudga keltiradi.
Konflikt hayvon bilan hayvon to‘qnashuvidan kelib chiqsa, yoki voqea va hodisalar
1156
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
jiddiy, dev, ajdar, yalmog‘iz bilan jang tusini olganda, to‘qnashuv, jang epizodi mas’uliyatli
kechib, epik ko‘lamda yuz beradi. U ma’naviy tortishuv sifatida yuz berganda esa aqliy sinov
shaklida namoyon bo‘ladi.
Ko‘rinadiki, konflikt asosini tashkil etgan fantastika, sehr-jodu, hayotiy uydirmalar bosh
qahramon, qarshi qo‘yilgan raqib personaj tabiatini oydinlashtiradi, qolaversa, u bo‘lishi mumkin
bo‘lmagan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqea va hodisalarni tashkil etib, ertaklarga xos
xususiyatni oydinlashtiradi. An’anaviy, tayyor qolipga aylangan formulalar shakl, mazmuni,
bajarishi lozim bo‘lgan vazifalariga ko‘ra xilma-xildir. Bir xili epik syujet voqealarini o‘zaro
bog‘lash vazifasini ado etadi. «Endi so‘zni boshqa yurtdan eshitaylik». Ikkinchi xili harakat va
holatni anglatadi. «Kulsa gul, yig‘lasa dur to‘kilibdi». Uchinchi xili esa u yoki bu qahramon
qiyofasini tasvirlaydi. «Oy desa og‘zi bor, kun desa ko‘zi bor». To‘rtinchisi epik makon, o‘rin-
joyni belgilaydi. «Gullar ochilgan, bulbullar sayragan, suv o‘rniga sharbat oqqan bog‘lar».
Beshinchisi epik zamon uzoq masofani anglatadi. «U yo‘l yuribdi, yo‘l yursa ham mo‘l yuribdi,
tog‘, sahroaro cho‘l yuribdi».Ertak sujeti sehrli raqamlar talqini bilan ham ajralib turadi. Uch,
yetti, qirq raqamlari asosan an’anaviy hodisalarni tavsiflaydi. «Uch olma, uch yo‘l, uch dev, uch
aka-uka, uch kechayu uch kunduz, qirq qaroqchi, yetti musofir va hokazolar. Uchliklar yoki
qo‘shaloqlashtirish, voqea va hodisalarning davomiyligini ta’minlab, ertaklarga xos bir xil
qolipdagi bosiq harakatni ta’minlaydi. Uchlik ertak kompozitsiyasini yuzaga keltiruvchi epik
vositalardan biri sanaladi. Mazkur belgilar ertaklarning ichki turlarida yanada aniqroq, o‘ziga xos
shakl va ma’no tashiydi.
Xulosa shuki, ertaklarning janriy va uslubiy xususiyatlari uning o‘ziga xos tabiatini
belgilaydi.
REFERENCES
1.
Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ
СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. –
2020. – №. 5 (56).
2.
Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В
ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 1 (46)
3.
Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом
воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. – 2019. – №. 10-5.
– С. 48-49.
4.
Sharipova M. B., Nizomova S. S. THE ARTISTIC IMAGE OF THE IMAGE OF"
WATER" IN THE POEM //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. – 2018. – №. 11. – С. 75.
1157
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
5.
Шарипова М. Б., Муродова Ш. Ш. ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ
ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ» //Научный журнал. – 2020. – №. 9. – С. 32-34.
6.
Шарипова М. Б. и др. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ
//Проблемы педагогики. – 2020. – №. 1. – С. 24-25.
7.
Baxshilloyevna M. S., Shuhratovna M. S. Description and interpretation of wedding
customs in the epic" Alpomish" //Middle European Scientific Bulletin. – 2021. – Т. 11.
8.
Sharipova M. " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi //ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1.
9.
Sharipova M. O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati
//ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1.
10.
Sharipova M. Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish"
dostoni misolida) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. –
№. 1.
11.
Sharipova M. O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir xazinasi //ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1.
12.
Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ
НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы
междунар. науч. – 2016. – С. 118.
13.
Шарипова М. Б., Истамова З. Особенности этического воспитания детей
дошкольного возраста //Вестник магистратуры. – 2020. – №. 1-5. – С. 39.
14.
Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Б. К. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ
СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы
педагогики. – 2020. – №. 6 (51).
15.
Latifova Maftuna Yashin qizi, & Qomilboyeva Nuquljon Ixtiyor qizi. (2024). ERKIN
O’XSHATISHLARNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА
И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
45
(5), 54–58
16.
Latifova
Maftuna
Yashin
qizi.
(2024).
O‘ZBEK
TILIDA
ERKIN
O‘XSHATISHLARNING AYRIM XUSUSIYATLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 45(4), 48–52. Retrieved from
https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/13834
17.
3. Latifova, M. (2024). O ‘ZBEK TILIDA QO ‘SHMA SO ‘ZLAR TADQIQI (RAVISH
SO ‘Z TURKUMIGA OID QO ‘SHMA SO ‘ZLAR MISOLIDA). Theoretical aspects in
the formation of pedagogical sciences, 3(1), 53-57.
18.
Latifova, M. (2024). FILOLOGIK TADQIQOTLARNING YANGI BOSQICHI:
ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA ISTIQBOLLAR: IQBOL MIRZONING
1158
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
“BONU” ROMANIDA ERKIN O ‘XSHATISHLARNING LINGVOKULTUROLOGIK
VA LINGVISTIK TAHLILI.
Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali
,
4
(4).
