30-Sentabr, 2024-Yil
299
ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERG HAYOTI VA IJODI
Anarkulova Zubayda Fayzullo qizi
Teacher of 3
rd
English faculty at the
Uzbekistan State World Languages University (UzSWLU)
Uzbekistan, Tashkent
Zarifova Nargiza Ibrohim Qizi
А second-year student of 3
rd
English faculty at the
Uzbekistan State World Languages University (UzSWLU)
Uzbekistan, Tashkent
https://doi.org/10.5281/zenodo.13879808
Annotatsiya.
Maqolada Aleksandr Arkadevich Faynbergning oila a`zolari, hayot yo`llari,
she`riy to`plamlari, tarjimalari va mualliflik asarlari haqida ma`lumot beriladi. Shuningdek,
ijodkorning o`zbek adabiyotiga qo`shgan hissasi, adabiyotda tutgan o`rni va mukofotlari haqida
so`z boradi.
Kalit so`zlar:
Aleksandr Faynberg, Toshkent topografiya texnikumi, jurnalistika, geolog,
she`riy to`plamlar, tarjimalar, filmlar, mukofotlar.
ЖИЗНЬ И ТВОРЧЕСТВО АЛЕКСАНДРА АРКАДЬЕВИЧА ФАЙНБЕРГА
Аннотация.
В статье представлены сведения о членах семьи Александра
Аркадьевича Фейнберга, жизненных путях, поэтических сборниках, переводах и авторских
произведениях. Также будет обсуждаться вклад автора в узбекскую литературу, его
место в литературе и его награды.
Ключевые слова:
Александр Фейнберг, Ташкентский технический топографический
университет, журналистика, геолог, поэтические сборники, переводы, фильмы, премии.
LIFE AND WORK OF ALEXANDER ARKADEVICH FEINBERG
Abstract.
The article provides information about Alexander Arkadevich Feinberg's family
members, life paths, poetry collections, translations and author's works. Also, the author's
contribution to Uzbek literature, his place in literature and awards will be discussed.
Key words
: Alexander Feinberg, Tashkent Technical University of Topography,
journalism, geologist, poetry collections, translations, films, awards.
Rus shoiri, O`zbekiston Respublikasi xalq shoiri, tarjimon, bir qator filmlarning ssenariy
muallifi
Aleksandr Arkadevich Faynberg
1939-yil 2-noyabrda Toshkent shahrida tug`ilgan.
Ota-onasi 1937-yili ya`ni shoir tug`ilishidan ikki yil oldin Novosibirskdan Toshkent shahriga
30-Sentabr, 2024-Yil
300
ko`chib kelishadi. Asli Gatchinalik (Rossiya Federatsiyasi Lelingrad viloyatidagi shahar) bo`lgan
Arkadey Lvovich Faynberg
shoirning otasi hisoblanib,
texnologiya institutni tamomlagan va
spirt zavodida bosh muhandis boʻlib ishlagan. 1904-yilda tug`ilgan lekin qachon vafot etganligi
noma`lum bo`lgan onasi
Anastasiya Aleksandrovna
Moskvada tugʻilgan va xuddi o`sha spirt
zavodida mashinist boʻlib ishlagan
Faynbergning bolaligi sobiq Jukovskiy ko`chasida o`tadi. U yetti yilik maktabni tugatgach,
Toshkent topografiya texnikumiga o`qishga kiradi. Texnikumni tamomlagach, Tojikistonda
harbiy xizmatni o`tagan. 1965-yilga kelib, yozuvchi Toshkent Universiteti (hozirgi Toshkent
Davlat Milliy Universiteti) sirtqi filologiya fakultetining jurnalistika bo`limini tamomlaydi.
So`ngra, uning adabiyotga bo`lgan qiziqishi uni universitet talabalar gazetasida ish olib borishga
undaydi.
Faynberg Toshkent topografiya texnikumida o`qib yurgan paytlari, u geolog sifatida butun
mamlakat bo`ylab sayr qilib yurdi va mamlakat tabiatiga muhabbati oshdi. Aynan shu davrda
uning ``Velosiped yo`lakchasi`` nomli birinchi kitobi nashrdan chiqdi va shu orqali shoir o`zbek
adabiyotining ilg`or namoyondalaridan biriga aylandi.
Universitetni tamomlagach, Aleksandr Faynberg birin-ketin o`ndan ziyod she`riy
to`plamlar yaratishni boshladi -
„Soniya“ (1969), „Sheʼrlar“ (1977), „Olis koʻpriklar“ (1978),
„Ijobat“ (1982), „Qisqa toʻlqin“ (1983), „Yoyma toʻr“ (1984), „Erkin sonetlar“ (1990) va
boshqalar. ``Etyud``(1967) nomli birinchi she`riy to`plami chop etilgandan so`ng, taniqli ijodkor
O`zbekiston Yoshlar Uyushmasida ish boshlaydi. Shoir ijodiga chuqur nazar soladigan bo`lsak,
butun dunyo bo`ylab uning asarlarini tezda tarqalganligini payqash qiyin emas. Sheʼrlari „Smena“,
„Yoshlik“, „Yangi dunyo“, „Sharq yulduzi“, „Yangi Volga“ jurnallarida hamda xorijiy
mamlakatla, jumladan
davriy nashrlarida nashr etilgan.
Faynbergning she’rlarida juda ko‘p yorqin hazil mujassam. Misol tariqasida, "Rubayat
torlari" she’rida u o‘zbek choyxonasini o‘zgarmas palov tasviri bilan shunday mohirona zavq bilan
tasvirlaganki, uni tabassumsiz o‘qib bo‘lmaydi
. Faynberg O‘zbekistonda yashagani va shu yerda
ijod qilgani sababli, bu yurtning havosi, osmoni, tuprog‘i, eli, bir so‘z bilan aytganda, butun
borlig‘i shoirga she’r qadar, qalb qadar aziz. Bu shoir satrlarining, asarlarining haroratida bor bo‘yi
bilan ko‘rinadi, bo‘ylari nafasimizga uriladi.
Suzayapman, muhabbat, olis
Gulxanlardan o‘rlaydi tutun.
Sendan bo‘sa oladi yulduz,
Bu qirg‘oqdan ketaman bugun.
30-Sentabr, 2024-Yil
301
Faynberg she`riy ijodida o`tmish bilan hozirgi kun, G`arb va Sharq madaniyati, qadriyatlari
va an`analarini uyg`unlashtirib, o`ziga xos badiiy olamni vujudga keltiradi. Bolaligi Ikkinchi
jahon urushining og`ir yillarida kechgan Faynbergning lirik qahramoni tarixiy-ijtimoiy notinchlik
paytida insoniylik tushunchasini yo`qotmagan, o`zgaga mehr-shafqat va madad qo`lini uzatishga
tayyor, mamlakatda sodir boʻlayotgan xavotirli voqea va hodisalardan iztirob chekuvchi insondir.
Badiiy tarjima Aleksandr Faynbergning asosiy qismini tashkil qilgan. Oʻzbek sheʼriyatini
mukammal bilgan shoir Alisher Navoiy gʻazallarini 10 jildda nashr etishga katta hissa qo`shdi.
Bundan tashqari, ajoyib tarjimon Faynberg rusiyzabon o‘quvchilarga taniqli o‘zbek shoirlarining
ko‘plab asarlarini ochib bera oldi. Moskvada Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" dostoni,
Toshkentda esa "Oqqushlar galasi" to‘plami shuningdek, Abdulla Aripov, Xosiyat Rustamova,
Sirojiddin Said va Omon Matchon she’rlarining tarjimalari nashr etilgan. Shunisi e’tiborga loyiqki,
shoirning she’rlari ham o‘zbek tiliga tarjima qilingan va "Chig`ir" to‘plamida nashr
etilgan.Bundan tashqari, Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” va Abdulla Oripovning she`riy
to`plamlarini rus tiliga tarjima qilgan.
Ijodkor ssenariynavislik bo`yicha ham sermahsul ijod qilgan. Misol tariqasida,
“O`zbekfilm” kinostudiyasida Faynberg ssenariysi asosida suratga olingan “Mening akam”,
“Jazirama oftob tagida”, ”Qandahorda toblanganlar”,va “Tojikfilm” kinostudiyasida esa
“Jinoyatchi va oqlovchilar” va boshqalarni ko`rsatishimiz mumkin.
Faynbergning ssenariysi asosida 1999-yilda “Osmondagi stadion” filmi suratga olingan.
Ushbu film “Paxtakor “ futbol jamoasining avtohalokatda halok bo`lganiga 20 yil bo`lgani
munosabati bilan kino tasmalarga muhrlangan. Shuningdek, 1997- yilda suratga olingan “Issiq
quyosh ostidagi uy” filmining ham ssenariy muallifi hisoblanadi.
Qalbi o`zbek bo`lgan,rusiyzabon shoir 2009-yil 14-oktabrda Toshkent shahrida bu yorug`
dunyodan ko`z yumgan va Toshkentdagi Botkin qabristonining boʻlimiga dafn etilgan.
Faynbergni so‘nggi safariga kuzatishga yuzlab toshkentliklar – uning yaqinlari va do‘stlari,
yozuvchilar, teatr va kino rejissyorlari, jurnalistlar, rassomlar, musiqachilar, shoirning o‘zini sevib,
ijodini qadrlaganlar keldi.
Aleksandr Faynberg 2008-yilda Pushkin medali, 2004-yilda O`zbekiston xalq shoiri
hamda 1999-yilda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi unvonlari bilan
taqdirlangan.
Xulosa qilib aytganda, oʻzbek yozuvchilari azaldan butun dunyoning qalbidan joy olib
kelgan va ularning orasida jahonda oʻz oʻrniga ega shoirlari juda ham koʻp. Shular qatorida
Aleksandr Faynbergni ham bunga ancha hissasi qoʻshilgan. Oʻzining ijodi va tarjimalari bilan
30-Sentabr, 2024-Yil
302
oʻzbek, rus va koʻplab xalqlarning mehrini qozonishga ulgurgan. Ijodida barqarorlik uncha
kuzatilmagan boʻlsada, yozib ketgan asarlari shoirning chuqur maʼnaviyatga ega ekanligidan
darak beradi. Faynberg oʻz tarjimalari bilan oʻzbek millatining adabiyoti oʻziga tortuvchi
ohangrabosi bilan ajralib turishini butun dunyoga isbotlab qoʻydi. Bizning shoirlarimiz qilgan
ishini yillar davomida yozishsa ham, tugatib boʻlmaydigan darajada adabiyotning choʻqqisiga
chiqarib qoʻydi desak ham boʻladi. Bu bizning shoirlarimiz yetuk maʼnaviyatga ega ekanligidan
dalolat beradi.
REFERENCES
1.
Малыхина Г. Поэтический прииск Александра Файнберга. - Т., 2014.
2.
Файнберг А. Ишк; дегани бир карашда туюлар осон... Шеърлар//Алексндр Файнберг.
- Т.: Ижод нашр, 2021.
3.
https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/jahon-she-riyati/rus-she-riyati/aleksandr-
faynberg-1939-2009
4.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg
5.
https://arboblar.uz/uz/people/fajnberg-aleksandr-arkadevich
6.
https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/jahon-she-riyati/rus-sheriyati/aleksandr-
faynberg-1939-2009
