UZBEK CLASSICAL LITERATURE AND JADIDISM MOVEMENTS

HAC
Google Scholar
To share
Anarkulova, Z. ., & Jumayeva, M. (2023). UZBEK CLASSICAL LITERATURE AND JADIDISM MOVEMENTS. Modern Science and Research, 2(10), 885–887. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24804
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article will reflect the views of Uzbek classical literature, which has been polished for centuries, and several of its bright figures, as well as our ancestors, who have contributed to raising the minds of the people, on the issues of jadidism.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

885

O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI VA JADIDCHILIK HARAKATLARI

Anarkulova Zubayda Fayzullo qizi

O`zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti o`qituvchisi

Jumayeva Muxlisa Nuriddin qizi

O`zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10051677

Annotatsiya.

Mazkur maqolada asrlar mobaynida sayqallanib kelingan o`zbek mumtoz

adabiyoti va uning bir qancha yorqin namoyandalari, hamda xalqning ongini yuksaltirishda o`z
hissalarini qo`shgan ajdodlarimizning jadidchilik masalalariga yo`g`rilgan fikrlari aks ettiriladi.

Kalit so`zlar:

badiiy adabiyot, o`zbek mumtoz adabiyoti hamda uning namoyandalari,

taraqqiyot yo`li, dastlabki jadidchilik harakatlari va ularning yakunlanishi.

UZBEK CLASSICAL LITERATURE AND JADIDISM MOVEMENTS

Abstract.

This article will reflect the views of Uzbek classical literature, which has been

polished for centuries, and several of its bright figures, as well as our ancestors, who have
contributed to raising the minds of the people, on the issues of jadidism.

Keywords:

fiction, Uzbek classical literature and its exponents, the path of development,

the actions of the early jadidism and their completion.

УЗБЕКСКАЯ КЛАССИЧЕСКАЯ ЛИТЕРАТУРА И ДЖАДИДИСТСКИЕ

ДВИЖЕНИЯ

Аннотация.

В этой статье отражены взгляды на джадидизм узбекской

классической литературы и ее ярких представителей, а также наших предков, внесших
свой вклад в повышение сознания народа.

Ключевые слова:

художественная литература, узбекская классическая

литература и ее представители, путь развития, ранние джадидистские движения и их
завершение.


Badiiy adabiyotning asosiy quroli so`z bo`lganligi bois o`zbek mumtoz adabiyoti bevosita

til tarixi bilan uzviy aloqadorlikda ish ko`radi. Muayyan davrda yaratilgan badiiy asar o`sha davr
til xususiyatlarini o`zida mujassamlashtirish bilan bir qatorda xalqning falsafiy mushohadasi,
dunyoqarashi, urf-odatlarini ham o`zida badiiy so`zlar bilan ifoda etadi.

Bu jihatdan o`zbek mumtoz adabiyoti ilohiyot, tasavvuf, tarix, falsafa singari fanlar bilan

yaqin aloqada ish ko`rib rivojlana boradi. O`zbekiston mustaqilligi e`lon qilingach XIX asrning
ikkinchi yarmi va XX asr boshlari adabiyotini ,,Milliy uyg`onish davri o`zbek adabiyoti’’ tarzida
atash tamoyilga kirdi. Shunday qilib, o`zbek mumtoz adabiyotini quyidagi asosiy taraqqiyot
bosqichlariga bo`lib o`rganishimiz mumkin:

1.

Eng qadimgi adabiy yodgorliklar

2.

X-XII asrlar adabiyoti

3.

XIII asr va XIV asr boshlaridagi adabiyot

4.

XIV asr o`rtalaridan XVII asrgacha bo`lgan adabiyot

5.

XVII asrdan XIX asr o`rtalarigacha bo`lgan adabiyot
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar qadim zamonlardan Markaziy Osiyoda yashagan

xalqlarning mushtarak adabiy yodgorligi sanaladi. Shuningdek, X-XII asrlarda vujudga kelgan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

886

turkiy tildagi adabiyot ham faqat o`zbek xalqigagina taalluqli bo`lmay, balki Markaziy Osiyo va
Sharqiy Turkistonda yashovchi turkiy xalqlarning ham mushtarak ma`naviy boyligidir. O`zbek
xalqi boy badiiy va mumtoz yodgorliklarga ega.

O`tmishda yaratilgan mo`tabar mumtoz adabiyotimiz namunalarini chuqur o`rganish va

bilish har bir o`quvchining, shu yurtda yashayotgan kishilarning ulug` burchidir. O`zbek adabiyoti
turli xil janrlarni o`z ichiga oladi. Lirika va epos o`tmish mumtoz adabiyotimizning asosiy
poydevoridir. G`azal, muxammas, musaddas, noma, ruboiy, doston va boshqa keng tarqalgan
adabiy janrlardir. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi xilma-xil adabiy tur va janrlarning shakllanish
va rivojlanish ildizlari hamdir.

Mumtoz adabiyot- milliy va jahon badiiy madaniyati xazinasini tashkil etgan, ko`pchilik

tomonidan tan olingan mashhur asarlar silsilasi hisoblanadi. Mumtoz adabiyot haqida so`z borar
ekan bizning zaminimizdan yetishib chiqqan allomalarimizni ta`kidlab o`tmaslikning imkoni yo`q.
Bu ajdodlarimizning orasidan eng birinchi navbatda Alisher Navoiy bobomizni eslamasak
bo`lmaydi. Mutafakkir bobomiz Sharofiddin Ali Yazdiy nazarlariga tushgan, mavlono Lutfiy yosh
shoirning iste`dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e`tiborini qozongan, Sayyid Hasan
Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta`lim olgan. Shuning o`zi ham Alisher Navoiy
bobomiz adabiyotga qanchalik qiziqishlarini yorqin darajada isbotlab turibdi. Alisher Navoiy
o`zbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutaffakiri va davlat arbobi.

G`arbda chig`atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi. ,,Nizomi millati va din’’ (din

va millatning nizomi) unvoni bilan ulug`lanadi. Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha
asarlarining ruhiga singigan bo`lsada, maxsus ,,Lison ut-tayr’’ dostoni(1499)da, ,,Nasoyim ul-
muhabbat’’(1495-96)da, ,,Tarixi anbiyo va hukamo’’(1485-88), ,,Arbain’’, ,,Munojot’’ singari
asarlarida aks etgan. Albatta Navoiy haqida yozishga kelganda soatlab gapirishimiz mumkin, lekin
adabiyotimizda yorqin iz qoldirganlardan yana biri deb Ahmad Yassaviyni ta`kidlashimiz kerak.
Ahmad Yassaviy ham mumtoz va tasavvufiy adabiyotimizning mashhur namoyandalaridan biri.
Islom dini aqidalari va o`z asoslagan g`oyalarini she`riy tarzda bayon etish asosida keng omma
orasiga kirib boradi. Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy asoslari to`g`ridan-to`g`ri
,,Qur`on’’ g`oyalari va payg`ambar Muhammad Alayhissalom hadislari negizida shakllanadi. Bu
ismlarni uzoq davom ettirib yozishimiz mumkin lekin ularning barini ta`riflashga tilimiz ojizlik
qiladi xolos. O`zbek mumtoz adabiyotimiz haqida hozirgacha bir necha ilmiy tadqiqotlar olib
borilmoqda.

Biz yoshlar esa ularni o`qib o`rganishdan hech qachon hafsalamiz pir bo`lmaydi. Bundan

keyingi e`tiborni jadidchilik masalalariga bag`ishlashni o`z oldimga maqsad qilib qo`ydim.
Jadidchilik haqida so`z borganda beixtiyor hammaning hayoliga Sovet davri manzaralari
gavdalanishi tabiiy hol. Jadidchilik XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim,
Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, ma`rifiy harakatdir. Jadidchilik
dastlab Qrimda vujudga kelib, XIX asrning 90-yillaridan O`rta Osiyoga tarqaldi. Jadidchilik
avvaliga madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan. Bu oqim vakillari taraqqiyot
uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish va xalqni ongini
shu orqali yuksaltirish, dunyoviy ilmlarni o`rganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar
va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

887

Jadidchilik harakati namoyandalari ko`pincha o`zlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik

jadidlar deb atashgan. O`sha davrning ilg`or taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar
mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolyatganligini his etib, jamiyatni isloh
qilish zaruriyatini tushunib yetgan edilar. Millat istiqbolini o`ylovchi taraqqiyparvar kuchlar
xalqning deyarli barcha tabaqalari - hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida
mavjud edi. Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy,
bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va o`z vatanlarini
mustaqil ko`rishni orzu qilganlar va shu yo`lda kurashganlar. Jadidchilik haqida so`z borar ekan
bu yo`lda fido bo`lgan yurtdoshlarimizni eslab o`tishimiz darkor.

Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltiruvchilar tepasida Mahmudxo`ja

Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Majid Qori Qodiriy, Fayzulla
Xo`jayev, Hamza, Cho`lpon turardi. Turkiston mintaqasidagi jadidchilik harakati tarqalish joyi va
yo`nalishiga ko`ra uchga bo`linadi: Turkiston, Buxoro va Xiva jadidchiligi. Jadidchilik
harakatining so`nggi yillari faol siyosiy kurashlar bilan ajralib turmaydi. Bu davrda Sovet rejimi
turli siyosiy ishlar (,,O`n sakkizlar guruhi’’), (,,Inog`omovchilik’’), (,,Qosimovchilik’’) tuzib,
milliy ziyolilarni ommaviy ravishda qatag`on qilishga kirishadi. 1929-yil noyabrda Munavvarqori
boshchiligidagi 38 kishining qamoqqa olinishi (keyinchalik ularning soni 87 kishiga yetgan) bilan
jadidchilik harakatiga kuchli zarba beriladi.

Bu harakat hamda firqa a`zolari o`z faoliyati va dasturiga ko`ra, sho`ro adabiyotlarida

aytilganidek, ,,bir hovuch boylar manfaatiga xizmat qiluvchi liberal burjuaziya vakillari’’ emas,
balki Turkistonning barcha xalqlari taqdirini o`ylab ish ko`rgan demokratik jarayonning
namoyandalari edi. Turkistonda sovet hokimiyati o`rnatilgach, jadidlarning bir qismi faol siyosiy
hayotdan chetlashib, faqat badiiy ijod bilan shug`ullangan. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi
uchun kurashida asosan quyidagi yo`nalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablar tarmog`ini
kengaytirish, qobiliyatli yoshlarni chet elga o`qishga yuborish, turli ma`rifiy jamiyatlar va teatr
truppalarini tuzish, gazeta va jurnallar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish
bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish edi.

Keyinchalik jadidchilik harakatlarining barcha taniqli namoyandalari (Sadriddin Ayniydan

tashqari) 30-yillarda sovet mustabid rejimi tomonidan amalga oshirilgan qirg`in natijasida halok
bo`ladi. Jadidchilik harakatiga sovet davrida ,,millatchilik’’, ,,panturkizm’’, ,,panislanizm’’
tamg`alari bosib qoralanadi va jadid adabiyotini o`qish ta`qiqlanadi. Sovet davri milliy
mustaqillikka erishmoqchi bo`lgan yurt posbonlarini shu tariqa yo`q qildi, zero, ular ya`ni bizning
jadidlarimiz yashashlari kerak bo`lgan, yurtni ma`rifatga chaqiradigan kuch va qudrat edilar. Mana
shu kuch juda yosh bo`lishlariga qaramay qo`rquvni qarshi olganliklarida va oxirgi nafasda ham
o`limga tik qaraganliklarida namoyon bo`ladi.

REFERENCES

1.

O`zME. Birinchi jild. Toshkent,2000-yil

2.

Ayniy. ,,Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar’’ Moskva,1926

3.

Risqulov Toshkent, Revolyusiya i korennoye naseleniye, Toshkent,1926

References

O`zME. Birinchi jild. Toshkent,2000-yil

Ayniy. ,,Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar’’ Moskva,1926

Risqulov Toshkent, Revolyusiya i korennoye naseleniye, Toshkent,1926

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов