MANIFESTATIONS OF TURKESTAN MODERNISM

HAC
Google Scholar
To share
Anarkulova, Z., & Erkinova, S. (2023). MANIFESTATIONS OF TURKESTAN MODERNISM. Modern Science and Research, 2(10), 123–126. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24524
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the aspects of the activities of Jadidists such as Mahmudhoja Behbudi, Fitrat, Abdulla Avloni Mun's predecessor Abdurashidkhanov are mentioned in this article. Their martial arts schools, textbooks, newspapers and magazines, and dramaturgy are covered. Information is given about the scientists who studied the Eid and the activities of the enlighteners. It is also highlighted that he promoted the people to enlightenment.


background image



123

TURKISTON JADIDCHILIK NAMOYONDALARI

Anarkulova Zubayda Fayzullo qizi

O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 3-fakulteti o’qituvchisi.

Erkinova Sevinch Dilshod qizi

O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 3-fakulteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10019645

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o’tgan asrlarda Turkistonda jadidchilik harakatlarining

yorqin namoyondalari: Mahmudxo’ja Behbudiy, Fitrat, Abdulla Avloniy Mun avvarqori

Abdurashidxonov kabi jadidlarning faoliyati jabhalari tilga olingan. Ularning jadidchilik

maktablari, darslik, gazeta va jurnallari hamda dramaturgiyasi yoritib berilgan.

Ma’rifatchilarning hayiti va faoliyatini o’rgangan olimlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Shuningdek, xalqni ma’rifatga targ’ib etgani yoritilgan.

Kalit so’zlar:

Turkiston, Mahmudxo’ja, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat, “yangi usul”,

maorif, gazeta, jurnal, kutubxona, mustaqillik, hujjatli qissa, Munavvarqori Abdurashidxonov.

MANIFESTATIONS OF TURKESTAN MODERNISM

Abstract.

In this article, the aspects of the activities of Jadidists such as Mahmudhoja

Behbudi, Fitrat, Abdulla Avloni Mun's predecessor Abdurashidkhanov are mentioned in this

article. Their martial arts schools, textbooks, newspapers and magazines, and dramaturgy are

covered. Information is given about the scientists who studied the Eid and the activities of the

enlighteners. It is also highlighted that he promoted the people to enlightenment.

Key words:

Turkestan, Mahmudhoja, Behbudi, Abdulla Avloni, Fitrat, "new method",

education, newspaper, magazine, library, independence, documentary story, Munavvarqori

Abdurashidkhanov.

ПРОЯВЛЕНИЯ ТУРКЕСТАНСКОГО МОДЕРНИЗМА

Аннотация.

В данной статье затронуты аспекты деятельности таких

джадидистов, как Махмудходжа Бехбуди, Фитрат, предшественник Абдуллы Авлони

Мана Абдурашидханов. Освещаются их школы боевых искусств, учебники, газеты и

журналы, а также их драматургия. Приводятся сведения об ученых, изучавших Курбан-

байрам, и деятельности просветителей. Также подчеркивается, что он способствовал

просвещению народа.

Ключевые слова:

Туркестан, Махмудходжа, Бехбуди, Абдулла Авлони, Фитрат,

«новый метод», образование, газета, журнал, библиотека, независимость,

документальный рассказ, Мунавваркори Абдурашидханов.


background image



124

Jadidchilik yoki jaddizm (arabcha: jaded-yangi) –19-asr oxiri, 20-asr boshida Turkiston,

Kavkaz, Grim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy

harakatdir. Jadidchilik 19-asrning 90-yillarida O’rta Osiyoda tarqaldi.

Mahmudxo’ja Behbudiy jadidchilik harakatining yirik namoyondasi, o’lka jadidlarining

yetakchisi. U pedagogika, noshirlik, siyosat, tijorat bilan shug’urlangan. U Istanbul, Ufa, Qrim,

Qozon kabi shahar va mamlakatlarni ko'rdi va bildi. “Yangi usul” ni turkistonliklar orasida

birinchilardan bo’lib qo’lladi. Behbudiy Turkiston xalqlari turmushidagi qoloqlik, abgor ijtimoiy

ahvol, “jaholat uyiga“ aylangan maktab va madrasa borasidagi qarashlarni tamomila o’zgartirib

yubordi. U jadidchilik harakatining tamal toshi bo’lgan maktab islohotiga qattiq kirishdi. U usuli

jadid maktablari tarmog’ini kengaytirish, ular uchun o’quv dasturi va darsliklar yaratish,

o’quvchilarni o’quv qiroli tilan ta’minlash, kutubxonalar, nashriyotlar tashkil qilish bilan

shug’ullandi.

1905-yilda Behbudiy tomonidan tashkil etilgan maktab Samarqand shahri yaqinidagi

Kaptarxona qishlog’i yaqinida edi. Behbudiyning bu maktabdagi faoliyati haqida o’sha vaqtlarda

Samarqand shahrida Morozov tomonidan nashr etilayotgan Samarqand gazetasida Almatov degan

muallif tomonidan xabar berilgan.

Behbudiy bir qancha darsliklar yaratdi. “Usuli savtiya“ metodida faoliyat ko’rsata

boshlagan maktablar uchun alifbo darsliklarini yaratishga birinchi darajali masala sifatida qaradi.

U ushbu usul zaminida Turkiston o’lkasida birinchi bo’lib alifbo darsligini yaratdi va uni “Risolayi

asbobi savod” deb nomladi, asar tojik tilida. Ushbu alifbo jadid maktablari uchun asosiy darslik

sifatida bir necha bor nashr qilinda va ko’proq Buxoro, Samarqand maktablarida 1920-yillarga

qo’llandi.

Behbudiy boshida shogirdlariga oddiy o’quv-yozuvni o’rgatgan bo’lsa, keyin “Haftiyak”

ni o’rgatishga kirishadi. Ushbu “Haftiyak”ni o’qitish davomida Behbudiyda yangi fikr paydo

bo’ladi. Endi u o’z o’quv dasturiga sistema suratda arab tili o’qitishni kiritadi. Shogirdlar soni 40

ta atrofida bo’lib, 7 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan o’gil bola edi.

1913-yil 20-avgustdan “Oyna” jurnalini chiqara boshladi. Haftalik, suratli bu jurnal,

asosan, o’zbekcha bo’lib, she’r, turli yo’nalishdagi maqola, tahliliy materiallardan tashqari

e’lonlar ham berib brogan. “Oyna“ jurnalida millat va uning haq-huquqiga, tarixiga, til va

adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan.

Behbudiyning ma’rifat yo’lidagi xizmatlaridan yana biri uning xalq orasida ziyo tarqatmoq

uchun tashkil etilgan kutubxonasi edi. Behbudiyning tashabbusi bilan ish boshlagan kutubxona

kundan kunga rivoj topib bordi. Kutubxona “Behbudiya” nomi bilan yuritila boshladi. Chunki


background image



125

uning moddiy xarajatlari asosan Behbudiy zimmasida bo’lgan. Keyinchalik ushbu kutubxona

Vadud Mahmudiyning “Muallim Abdulqodir Shakuriy” nomli hujjatli qissada tilga olingan.

Mustaqillikyillarida, Prizedentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo’llagan

Murojatnomasida ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o’rganishimiz kerakligi haqida

alohida ta’kidlab o’tadi. 2020-yil xalqimiz tarixining murakkab damlarida ma’rifat mash’alini

baland ko’tarib chiqqan ulug’ alloma va jamiyat arbobi Behbudiyning 145-yilligi keng

nishonlanganligi ushbu ma’rifatparvar insonning ibratli hayoti va ijodiga bag’ishlangan vedio

filmning yaratilishi manaviyatimizning darg’alaridan biri haqida xalqimiz yangi ma’lumotlarga

ega bo’lishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Abdurauf Fitrat Buxoro jadidlarining tashkilotchilaridan biri sifatida xalqni ma’rifat va

madaniyatdan bahramand qilish uchun astoydil kirishdi. Buxoroning turli tumanlarida

o’qituvchilik qilib, jadidchilik g’oyalarini keng targ’ib qildi.

Fitrat 1917-yilgi Fevral voqealaridan so’ng Buxorodagi ahvol murakkablashgach

Samarqandga ko’chib borib 1917-yil apreldan 1918-yil martgacha chiqib turgan “Hurriyat”

gazetasiga muharrirlik qiladi. U 1917-yil oktabr oyini “Yurt qayg’usi: deb nomladi. 1915-yildan

“Yosh Buxooroliklar” harakatining so’l qanotida boshchilik qildi. Abdulvohid Burhonov

boshchiligidagi jadidlarning bir qismi eski tarzda faqat madaniyat va ma’rifat yo’lini tutgan bo’lsa

, ularning boshqa bo’lagi Fitrat, Fayzullo Xo’jayev kabi chet mamlakatlarida o’qib kelgan yoshlar

omma o’rtasida madaniyat va ma’rifat tarqatish bilan birga amirga qarshi kurashni ham yoqlab

chiqdilar. Bir qator darsliklar tuzdi, “Chig’atoy gurungi” nomli ijtimoiy-adabiy tashkilot tuzib,

unda unda faol ishtirok etdi. “Chig’atoy gurungi” “panturkizm” g’oyalarni emas, balki o’zbek tili,

adabiyoti, tarixi, va san’ati masalalariga ko’proq e’tiborbergan. Tashkilotning asosiy

maqsadlaridan biri arab imlosini isloh qilib, o’zbek tilining tovush xususiyatlariga mos keladigan

yangi yozuv tizimini yaratish edi. Tashkilotning bu maqsadi ayni o’sha yillarda emas, bir necha

yil o’tgach 1921-yilgi Til va imlo qurultoyida amalga oshirildi.

Fitrat Buxoro ilmiy jamiyatini tuzdi, mahaliy aholi va ulamolar hamkorligida turli

qo’lyozmalarni to’plashga kirishdi. Jamiyatning “Anjumani tarix” sho’basi tomonidan yozilgan

“Buxoro arki tarixi” asarini chop ettirdi. U Buxoro xalq jumhueiyatining Maorif noziri sifatida

faoliyat ko’rsata boshladi. Buxoroda yangi usul naktablarini joriy qilish bilan birga musiqa va

qishloq xo’jaligi o’quv yurtlarini tashkil qilishga erishdi.

Buxoro Xalq Soveti Respublikasi tashkil topishi bilan Fitrat Buxoroga taklif qilinadi va

maorif noziri sifatida ish boshlaydi. Buxoro Xalq Respublikasida ta’lim vaziri va iqtisodiy

rivojlanish kengashining rahbari sifatida faoliyat yuritadi.


background image



126

Fitrat ilg’or demokratik g’oya va fikrlari uchun ko’pchilik jadidlar qatorida shakkoklik va

isyonkorlikda ayblanadi. Chor ma’murlari esa uni mustamlachilikka qarshi turganlikda aybladilar,

kommunistik mafkura humron bo’lgan sho’rolar davrida esa, millatchilikda, panturkizm g’oyasi

tarafdori, “XALQ DUSHMANI” degan tuhmatlar bilan aybladilar. 1996-yilda Abdurauf

Fitratning 110 yilligi keng nishonlandi, “O’zbekiston pochtasi“ tomonidan Fitratga bag’ishlangan

pochta markalari chiqarildi

Abdulla Avloniy – Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining yirik vakili. Avloniy

ijodida millatni uyg’otishga va milliy ozodlikka chaqiruvchi she’rlar, teatr sohasidagi faoliyat

hamda dramatic asarlar, yangi avlod tarbiyasiga bag’ishlangan pedagogick asarlar, milliy

matbuotni oyoqqa turg’izishdagi sa’y-harakatlari yoxud shu matbuot sshifalarida bosilgan

publisistik maqolalar- bularning barchasi bizga Abdulla Avloniy shaxsiyatini millat tarqqiyoti

yo’lida fidoyilarcha xizmat qilgan ulkan mutafakkir sifatida namoyon etadi.

U 20-asr boshlarida jadidchilik harakatiga qo’shildi. Toshkentdagi jadidlarning f aol

ishtirokchilaridan biri sifatida faol tanildi. Avloniy birinchi bo’lib kimyo, geografiya, fizika va

astronomiya fanlarini maktabda o’qitish taklifini berdi. Ilg’or g’oyalarni maktab orqali xalqqa

tarqatishga harakat qildi. Toshkent shahrining Mirobod mahallasida bolalar uchun yangi usul

maktabni ochib ona tili va adabiyodan dars berishni boshladi. Avloniy yangi maktablar uchun

qo’llanma va o’qish kitoblar yozib nashr qildirgan.

Avloniy dars berish jarayonida ochilayotgan yangi usuldagi maktablar uchun har jihatdan

qulay bo’lgan darslikar yaratish zaruriyatini his qiladi. Negaki, yangi maktablarning afzalligini

shunchaki targ’ib qilish, o’z o’quvchilari misolida ko’rsatish hali kifoya emas edi. Yangi o’quv

tizimining yoyilishi uchun uning prinsiplaridan kelib chiqib yozilgan darsliklar ham kerak edi.

1909-yilda “Jamiyati xayriya” ochdi va mahaliy xalq bolalarining o’qib bilim olish uchun

pul yig’ib maktablarga tarqatdi.

1917-yilda Fevral voqealaridan keyin “Yashasin xalq jumhuriyati“ shiori ostida “Turon”

gazetasini nashr qildi. Gazeta o’z mslak-maqsadini “Musulmonlar orasida ko’p yillardan beri

davom etayotgan zo’rlik, bid’at, va odatlarni bitirmak, kelajakka bo’ladurg’on jumhuriy idoraga

xalqni tayyorlamoq“ deb e’lon qildi. Gazetasida siyosiy va ijtimoiy voqealar yoritilgan. Avloniy

maktablar uchun xalqni savodxon qilish, o’zbek xotin-qizlarni o’qitish, o’qituvchilar va ziyoli

kadrlarni tayyorlash bilan shug’ullandi.

Avloniy yangi maktablar uchun qo’llanma va o’qish kitoblari yozib nashr qildirgan.

“Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” Avloniy 1934-yil 25-avgustda vafot etdi.


background image



127

Mustaqillik yillarida Avloniy hayoti va ijodini o’rganish, asarlarini qayta nashr qilish

ishlari jadallashdi. Adiblar xiyobonida adibga yodgorlik o’rnatildi. Kino san’ati ijodkorlari

“Avloniy” badiiy filmini suratga olib, xalqimizga namoyon qilishdi. Avloniy yodgorlik uy-muzeyi

tashkil etilgan.

Xulosa qilib aytganda, Turkistonda vujudga kelgan jadidchilikning asosiy bosh maqsadi

jamiyat taraqqiyoti uchun lozim bo’lgan barcha sohalarda innovatsion g’oyalarni joriy qilish

bo’lgan. U davrda jadidlar xalqning yashash tarzini o’zgartirishni, ularning ma’naviyat ongini

rivojlantirishn asosiy asosiy maqsadlaridan biriga aylantirgan. Jadidlar mavhum xalqni ozodlik

sari kurashga chorlagan.

REFERENCES

1.

S. Ayniy Eski maktab –Toshkent: G’afur G’ulom. 1988-yil

2.

9-sinf O’zbekiston tarixi

3.

Tog’ayev va boshqalar. Jadidchilik va uning mohiyatini o’rganish. “Xalq ta’limi”, 1993

4.

Sirojiddin Ahmad. Munavvarqori. Esse. “Sharq yulduzi” jurnali, 1992, 5-son.

References

S. Ayniy Eski maktab –Toshkent: G’afur G’ulom. 1988-yil

9-sinf O’zbekiston tarixi

Tog’ayev va boshqalar. Jadidchilik va uning mohiyatini o’rganish. “Xalq ta’limi”, 1993

Sirojiddin Ahmad. Munavvarqori. Esse. “Sharq yulduzi” jurnali, 1992, 5-son.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов