ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
49
UDK: 635.31.
TUPROQDAGI OZUQA MIQDORIGA VA O’SIMLIKLARGA ORGANIK
O’G’ITLARNING SAMARASI
Musurmonova Mukambar Pazitdinovna
Toshkent davlat agrar universiteti asssistenti.
musurmonova1979mukambar@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14038469
Annotatsiya. Tuproq unumdorligini belgilovchi asosiy modda gumus hisoblanadi. Organik
o’g’itlar bugungi kunda tuproqqa kompleks ta’sir ko’rsatib ekinlar, jumladan g’o’zaning o’sishi,
rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin ularni samaradoligini oshirish uchun
organik o’g’itlar jumladan yarim chirigan qoramol go’ngi har bir tuproq –iqlim sharoitida va
qishoq xo’jalik ekinida alohida har tomonlama o’rganilishi kerak. Bunda asosiy rolni tuproq
unumdorligining holati o’ynaydi. Gumus miqdori va sifati qancha yuqori bo’lsa unumdorlik ham
baland bo’ladi. Lekin, ko’pchilik olimlarning fikriga ko’ra, oxirgi 10-20 yil ichida tuproqda
gumus miqdori sezilarli kamayib bomoqda.
Kalit so‘zlar: Organik o’g’itlarning tuproqdagi oziq miqdori miqdori va o’simliklar
o’sishiga samarasi.
EFFECT OF ORGANIC FERTILIZERS ON SOIL NUTRITION AND PLANTS
Abstract. Today, organic fertilizers have a complex effect on the soil and have a positive
effect on the growth, development and productivity of crops, including cotton. However, in order
to increase their efficiency, organic fertilizers, including half-rotted cattle manure, should be
thoroughly studied in each soil-climate condition and agricultural crop. The main role in this is
played by the state of soil fertility. The main substance determining soil fertility is humus. The
higher the quantity and quality of humus, the higher the productivity. However, according to most
scientists, the amount of humus in the soil has been significantly decreasing in the last 10-20 years.
Keywords: Effect of organic fertilizers on soil nutrient content and plant growth.
ВЛИЯНИЕ ОРГАНИЧЕСКИХ УДОБРЕНИЙ НА ПИТАНИЕ ПОЧВЫ И
РАСТЕНИЙ
Аннотация. Сегодня органические удобрения комплексно воздействуют на почву и
положительно влияют на рост, развитие и продуктивность сельскохозяйственных
культур, в том числе хлопка. Однако для повышения их эффективности органические
удобрения, в том числе полуперепревший навоз крупного рогатого скота, должны быть
тщательно
изучены
в
каждом
почвенно-климатическом
состоянии
и
сельскохозяйственной культуре. Главную роль в этом играет состояние плодородия почвы.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
50
Основным веществом, определяющим плодородие почвы, является гумус. Чем выше
количество и качество гумуса, тем выше урожайность. Однако, по мнению большинства
ученых, количество гумуса в почве за последние 10-20 лет значительно уменьшилось.
Ключевые слова: Влияние органических удобрений на содержание питательных
веществ в почве и рост растений.
Kirish.
Organik o’g’itlar tuproq unumdorligiga va ekinlar hosildorligiga beqiyos katta
ahamiyatga ega. Organik o’g’itlarning tuproqning biologik aktivligini oshiradi. Go’ngni
kompostlaganda nafaqat begona o’t urug’lari yo’qoladi. Turli xil kasalliklarni kamayishiga va
hosildorlikni oshishiga xizmat qiladi.
O‘g‘itlar ildizmevalilar va butgullilar oilasiga mansub o‘simliklar ekiladigan maydonlarga
beriladi, ammo oriq yerlarga chirigan go‘ng yoki kompost bir tekis yaxshilab sepib chiqiladi.
Maʼlumki, hamma xo‘jaliklarda ham qishloq xo‘jalik hayvonlari boqilavermaydi, go‘ngni
sotib olish esa ancha qimmatga tushadi.
Kompost tayyorlashda kletchatkaga boy bo‘lgan somon, hazon, qirqilgan eski gazeta
qog‘ozlari kabilarni qo‘shishni ham unutmang. Kompostning qotib qolishiga yo‘l qo‘ymang
hamda uni yomg‘ir suvlari tushishidan asrang. Yerni chopishdan oldin panshaxa vositasida
tuproqqa dag‘al organik o‘g‘itlarni sepib chiqing. Organik o‘g‘itlarni har yili berish, hech
bo‘lmaganda maydonning bir qismiga berish zarur. Bu esa tuproqda ozuqaviy moddalar
miqdorining ko‘payishi, tuproq nam sig‘imining ortishi hamda tuproq strukturasining yaxshilanib
borishiga imkon beradi.
Shu bois xo‘jalik sharoitida o‘simlik qoldiqlari va oshxona chiqindilaridan kompost
tayyorlashni o‘rganib olish maqsadga muvofiq.
Yaxshi chirigan go’ng va kompostlarni ko’zgi shudgor ostiga qo’llashdan tashqari bahorda
chizillash oldidan berish ham muhim ahamiyatga ega. Bu tuproq mikrobiologik faolligini
yaxshilaydi, tuproq naligi va yumshoqligini ham oshiradi, qaqaloqni salbiy ta’sirini pasaytiradi
hamda chigitni tez unib chiqishini va nihollar yaxshi jadal rivojlanishiga yordam beradi. Organik
o’g’itlar me’yori 20 t/ga dan 40 t/ga miqdorgacha oshirilganda ularning azot miqdoriga ijobiy
ta’siri yanada ortdi. Yarim chirigan qoramol go’ngiga nisbatan turli xil chiqindilardan
tayyorlangan tayyorlangan kompostlar ammoniy va nitrat shaklidagi azotga kuchliroq ta’sir
ko’rsatdi. Bu kompost tarkibida nisbatan azot miqdorining yuqoriligi famda fosfogips mavjudligi
bilan tushuntiriladi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
51
Chunki fosfogips magniy karbonatli shurlangan o’tloq tuproqlarning tuproq singdirish
kompleksini kalsiy kationi bilan boyitib ularning meliorativ holatini yaxshilaydi bu esa o’z
navbatida tuproqning tabiiy agrokimyoviy xossalarini sezilarli yaxshilaydi. O’zbekiston
Respublikasi har xil tuproq tiplarida o’tkazilgan tadqiqodlarni mineral va organik o’g’itlarni
muntazam qo’llash gumus miqdorini oshiradi. Defisetsiz gumus balansiga erishish uchun har bir
gektar yerga 18 t go’ng qo’llash kerak (D.S.Sattorov, A.E.Ergashov, 1989).
Har yili organik o’g’itlar qo’llanilgan tuproqlarda harakatchan shakldagi og’ir metallar
miqdorining kamayishi ularni adsorbsiyalanishi va singdirilgan holatda ushlanib turilishi bilan
bog’liq. Bundan tashqari organik o’g’itlarni qo’llash tuproqdagi gumus miqdorini oshiradi.
Organik o’g’itlar mustaqil ravishda ham og’ir metallarni singdirilgan holatda ushlab
turishi va ularning harakatchanligini kamaytirishi mumkin. Organik o’g’itlarni gektariga 30 t/ga
dozada solish va xuddi shu dozada go’ngni NPK bilan birga qo’llash og’ir metallar miqdorini
keskin kamaytiradi. (I.N.Bobobekov, 2017).
ORGANIK O’G’ITLAR O’SIMLIGIGA ASOSIY POYASI BALANDLIGI VA
BARG SONIGA TA’SIRI
T/r
Variantlar
G’o’zao’simligida asosiy poyasining
balandligi, sm
Barg soni, dona
15.05
1.06
1.07
1.08
1.09
15.05
1.06
1.07
1
O’g’itsiz
(nazorat)
3,4
11,9
37,8
50,04
67,6
1,5
3,9
9,9
2
30 t/ga tovuq
gungi
8,5
19,8
44,9
78,6
92,5
2,1
7,2
17,5
3
30 t/ga go’ng
7,1
13,2
41,7
70,5
81,5
2,1
4,4
13,5
G’o’za o’simligining o’sishi bilan birga bitta o’simlikdagi barglar soni ham muhim
ko’rsatkich hisoblanadi. Chunki fotosintez jarayoni, ya’ni organik va quruq modda hosil bo’lishi
barglar soni va yuzasiga bog’liq bo’ladi. Organik o’g’itlar qo’llanilmaganda g’o’za tabiiy oziq
moddalar bilan oziqlanib o’sganda barglar soni ancha kam bo’lishi aniqlandi. Shunday bulsada
iyul oyida barglar soni sekin shakllandi. O’g’it berilmagan nazorat variantida bitta o’simlikdagi
barg soni dinamikasi sekin o’zgardi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
52
Tovuq gungi g’o’za o’simligida barglar soni dastlabki rivojlanish fazalarida jadal
ko’paygan bo’lsada, lekin yarim chirigan qoramol go’ngi qo’llanilgan variantlarda keyingi
rivojlanish fazalarida mineral o’g’itlarga nisbatan barg soni biroz kuchliroq ortdi. Organik
o’g’itlar jumladan 30 t/ga me’yorda yarim chirigan go’ng qo’llanilganda bitta g’o’za o’simligidagi
barg soni sezilarli ortdi. Demak, organik o’g’itlar qo’llanilganda tuproqda oziq moddalar
miqdorini ortishi g’o’za o’simligida barg hosil bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Tadqiqot uslubiyati.
Organik o’g’itlarning sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlar
agrokimyoviy xossalariga hamda g’o’zaning o’sishi, rivojlanishi, hosildorligi va mahsulot
sifatiga ta’sirini o’rganishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish kerak
bo’ladi.
-
Organik o’g’itlarning sug’oriladigan tipik-bo’z tuproqlar agrofizik xossa siga ta’sirini
aniqlash.
-
Organik o’g’itlarning tuproq kimyoviy va agrokimyoviy xossalariga ta’sirini o’rganish.
-
Organik o’g’itlarning g’o’zaning oziqlanishi, o’sishi, rivojlanishi, hosildorligi va hosil
sifatiga ta’sirini o’rganish.
-
O’g’itlardagi oziq moddalarning o’zlashtirilish darajasi va ularni tuproqdan olib chiqib
ketilishini tadqiqot qilish.
- Organik o’g’itoarni qo’llashning paxta yetishtirishdagi iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
Tadqiqot natijalar.
Shunday qilib, tuproqqa organik o’g’itlarni qo’llash tuproqdagi
nitratli va ammoniyli azot (miqdorini butun g’o’za o’suv davrida ishonarli oshiradi. Umuman
olganda, tajriba dalasi tuprog’ida ammoniy shakldagi azot miqdoriga nisbatan nitrat shakldagi azot
miqdori sezilarli yuqori bo’lishi aniqlandi. Bu esa tuproqda ammonifikasiyaga nisbatan
nitrifikasiya jarayoni kuchli borishini ko’rsatadi. Chunki tuproqda ammoniyning miqdori juda
katta konsentrasiyaga yetsa, u tirik organizmlar, jumladan miroorganizmlar uchun xavfli
hisoblanadi.
Organik o’g’itlarni qo’llash natijasida tuproqda mineral azot miqdori ham ammoniy, ham
nitrat hisobiga sezilarli ravishda ortdi. Erta bahorda va o’suv davri boshlarida tuproqdagi mineral
azot miqdoriga organik o’g’itlar, azotli o’g’itlar qo’llanilishi bilan o’suv davri oxirida yana
organik o’g’itlar kuchli ta’sir ko’rsatdi. Mineral o’g’itlarning ta’siri qisqa vaqt davom etgan bo’lsa,
organik o’g’itlar mineral azot miqdoriga uzoq muddatli ta’sirga ega bo’ldi. Bu holat ham
ammoniyli azot, ham nitratli azot hisobiga birday amalga oshdi.
Demak, organik o’g’itlarni jumladan yarim chirigan qoramol go’ngi hamda tovuq go’ngini
qo’llash tuproqdagi mineral azot miqdorini sezilarli oshiradi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
53
Umuman olganda, tovuq go’ngi va yarim chirigan qoramol go’ngi tuproqning azot
rejimiga sezilarli ijobiy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni uni kuchaytiradi. Bunda qoramol go’ngiga nisbatan
tovuq go’ngi kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Tuproqdagi yana muhim oziq moddalardan biri harakatchan fosfor hisoblanadi.
Tuproqning fosfor rejimi tuproqning unumdorligini belgilashda ham muhim rol uo’naydi.
Tuproqda fosfatlarning harakatchan holga o’tishi juda sekin kechadi. Fosfatlar tuproqda
azotga nisbatan kam harakatchan bo’ladi. Organik o’g’itlar qo’llanilgandan keyin tuproq oziq
rejimining muqobillashishi, g’o’za oziqlanishini kuchayishi natijasida g’o’zaning o’sishi va
rivojlanishi jadallashdi. Demak go’ng qo’llash natijasida tuproq unumdorligi, jumladan
harakatchan oziq moddalar miqdori ortishi g’o’za o’sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
O’g’it berilmagan nazorat variantida ko’saklar soni dinamikasi sekin o’zgardi. Ushbu
variantda g’o’zaning o’sish jadalligi, ko’saklarni hosil bo’lishi ham kuchsiz namoyon bo’ldi.
Organik o’g’itlarni qo’llash natijasida g’o’zaning o’sishi sezilarli darajada kuchaydi. Bu
ayniqsa tovuq go’ngi tarkibida azotning ko’pligi bilan tushuntiriladi. Tovuq go’ngini yarim
chirigan qoramol go’ngiga nisbatan g’o’zada ko’sak hosil bo’lishiga ta’siri kuchli bo’ldi.
Masalan, o’g’itsiz nazoratda bitta o’simlikdagi ko’saklar soni 1-avgust sanasida 6,5 ta, 1-
sentyabr sanada 11,4 ta bo’lgan bo’lsa, 30 t/ga tovuq go’ngi qo’llanilgan variantda yuqoridagiga
mos ravishda 10,1; 17,2 ta, 30 t/ga yarim chirigan qoramol go’ngi qo’llanilgan variantda
tegishlicha 7,8; 14,0 ta bulishi kuzatildi
Xulosalar.
Organik o’g’it sifatida qo’llanilgan tovuq go’ngi va yarim chirigan qoramol go’ngi
tuproqdagi harakatchan oziq moddalar miqdorini-ammoniy shaklidagi azot, nitrat shaklidagi azot,
mineral azot, harakatchan fosfor va almashuvchan kalliy miqdorini butun o’suv davri davomida
nazoratga nisbatan barqaror oshirib boradi. Bu holat har ikala organik o’g’it qo’llanilganida ham
kuzatiladi.
Organik o’g’itlarni 30 t/ga me’yorida qo’llash g’o’zaning o’sishi rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi. Bunda nazoratga nisbatan g’o’za o’simligining bo’yi, barg soni, simpodial shoxlar soni,
shona soni, gul soni va ko’saklar sonini sezilarli oshiradi.
REFERENCES
1.
Satarov D.S. Paxta tolasi hosilining nav-tuproq-o’g’it sistemasiga bog’liqligi // J.
O’zbekiston qishloq xo’jaligi. 1980, №
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
54
2.
Sattarov D.S., Xoliqulov Sh., Toshmatov N.E. – Ftor v otxodax, ispolzuyemыx v selskom
xozyaystve v kachestve udobreniy. // Tezisы dokl. soveщ. «Zagryazneniye pochv i puti yego
predotvraщyeniya». Tashkent., 1992. s.51.
3.
Tashko’ziyev M.M., Sherbekov A.N. Rezultatы issledovaniy, naprovlenыye na razrabotku
agrotexnologiy obogaщyeniya pochvы organicheskim veshestvom. // Yer resurslaridan
samarali foydalanish muammolari. Ilmiy amaliy konferensiya materiallari. 2007 y., 11-12
sentyabr. Toshkent, 2007. 66-70 b.
