ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
404
O’ZBEKISTONDA LEGAL TECH SOHASIDA XALQARO RAQAMLI HUQUQ
TEXNOLOGIYALARI STARTUP-FORUMINI TASHKIL ETISH
Tursunov Behruz
Toshkent davlat yuridik universiteti,
Jinoiy-odil sudlov fakulteti 1-kurs A-potok 3-guruh talabasi.
Islombek Abdihakimov
Ilmiy rahbar,
Toshkent davlat yuridik universiteti kiber huquq kafedrasi o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14170588
Annotatsiya. Ushbu maqolada Legal Techning asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekiston
Respublikasida xalqaro raqamli huquq texnologiyalari startup-forumini tashkil etish, o‘tkazish,
ushbu forumdan ko’zlangan asosiy maqsadlar, xalqaro miqyosdagi tajribalarni o‘zlashtirish
shuningdek, raqamli huquq texnologiyalarini davlat organlari, muassasalari, tashkilotlari
faoliyatiga keng taqdim etish orqali ish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi, xizmat
sifatini yaxshilashi va xarajatlarni kamaytirishi haqida so‘z boradi. Maqola xalqaro miqyosdagi
raqamli
huquq
texnologiyalarini
O‘zbekistonga keng miqyosda olib kirish va
modernizalatsiyalash to‘g‘risida ham ma’lumot beradi.
Kalit so‘zlar: LegalTech, modernizatsiyalash, huquqiy mexanizm, raqamlashtirish, sun'iy
intellekt, raqamli hujjatlar, qonunchilik bazasi, raqamli imzo tizimlari.
ORGANIZING THE INTERNATIONAL DIGITAL LEGAL TECHNOLOGY STARTUP
FORUM IN THE FIELD OF LEGAL TECH IN UZBEKISTAN
Abstract. In this article, the main directions of Legal Tech, the organization and holding
of the international startup forum of digital legal technologies in the Republic of Uzbekistan, the
main goals of this forum, the assimilation of experiences at the international level, as well as the
use of digital legal technologies by state bodies and institutions , it is said that it can significantly
increase work efficiency, improve service quality, and reduce costs by providing a wide range of
services to the activities of organizations. The article also provides information on the large-
scale introduction and modernization of international digital legal technologies to Uzbekistan.
Key words: LegalTech, modernization, legal mechanism, digitization, artificial
intelligence, digital documents, legal framework, digital signature systems.
ОРГАНИЗАЦИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО СТАРТАП-ФОРУМА ПО ЦИФРОВЫМ
ПРАВОВЫМ ТЕХНОЛОГИЯМ В ОБЛАСТИ ЮРИДИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В
УЗБЕКИСТАНЕ
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
405
Аннотация. В данной статье рассмотрены основные направления Legal Tech,
организация и проведение международного стартап-форума цифровых юридических
технологий в Республике Узбекистан, основные цели данного форума, а также усвоение
опыта на международном уровне. В качестве использования государственными органами
цифровых правовых технологий говорится, что они позволяют существенно повысить
эффективность работы, улучшить качество обслуживания и снизить затраты за счет
предоставления широкого спектра услуг деятельности учреждений и организаций. В
статье также представлена информация о масштабном внедрении и модернизации
международных цифровых правовых технологий в Узбекистане.
Ключевые слова: LegalTech, модернизация, правовой механизм, цифровизация,
искусственный интеллект, цифровые документы, правовая база, системы электронной
подписи.
KIRISH
Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi barcha sohalarga, shu jumladan huquqiy
xizmat ko‘rsatish sohalariga ham katta ta’sir ko’rsatmoqda. ”LEGAL TECH” atamasi ostida
birlashtirilgan yuridik innovatsiyalar raqamli huquq texnologiyalarini rivojlantirishi mumkin.
Shu o’rinda “LEGAL TECH” o‘zi nima va uning huquqiy faoliyatdagi o‘rni qanday degan
savol tug‘iladi. Legal tech-huquqiy texnologiyalar, huquqiy xizmatlar va jarayonlarni smaraliroq
va qulayroq qilish uchun innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni anglatadi. Bu soha, raqamli
yechimlar, dasturiy ta’minot va avtomotlashtirish orqali huquqiy xizmatlarni taklif qilish va ularni
boshqarishni osonlashtiradi. Legal Tech tushunchasi huquqiy faoliyatda axborot texnologiyalari
va dasturiy ta’minotdan foydalanishni o‘z ichiga oladi
1
.
O‘zbekiston Respublikasida raqamli huquq texnologiyalari sohasida startup- forumlarining
tashkil etilishi mamlakatda innovatsionn iqtisodiyotning rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim
qadamdir. Bugungi kunda dunyoda raqamli transformatsiya jarayoni tez sur’atlar bilan davom
etmoqda. Huquqiy texnologiyalar sohasidagi yangiliklar, ayniqsa, zamonaviy biznes va
qonunchilik tizimida katta o‘zgarisharga olib kelmoqda.
Maqolaning dolzarbligi shundaki, raqamlashtirish jarayonlari tezlashayotgan hozirgi
davrda raqamli huquq texnologiyalarini keng jalb qilish zaruratga aylanib borayotganligi va bu
esa, o‘z navbatida har qanday soha, ayniqsa davlatning tashkilotlariga va ularning a’zolariga bir
1
Suskind.Tomorrow’s lawyers,2019.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
406
qancha imkoniyatlar va qiyinchiliklar tug‘dirayotgani ko‘rsatilgan. Shu sababli raqamli huquq
texnologiyalarini qanday foyda keltirishi va uni samarali joriy etish yo‘llari haqida chuqur ilmiy
tadqiqotlar o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotning asosiy maqsadi raqamli huquq texnologiyalarini O’zbekistongga yanada
rivojlangan tarzda olib kirish va ularning samaradorligini oshirishda rolini aniqlashdan iborat.
Maqsadga erishishda quyidagi vazifalar belgilandi, jumladan:
1.
O‘zbekistonda xalqaro raqamli huquq texnologiyalari startup-forumini tashkil etishning
foydali va zararli tomonlari;
2.
Startup-up forumini tashkil etishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar;
3.
Raqamli huquq texnologiyalarining asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilish;
4.
Raqamli huquq texnologiyalarining O‘zbekiston Respublikasida samaradorligini
baholash
5.
LEGAL TECH sohasida raqamli huquq texnologiyalarini amalga keng tadbiq etish uchun
tavsiyalar ishlab chiqish.
USULLAR
Ushbu tadqiqot raqamli huquq texnologiyalarining foydalarini kompleks o‘rganish
maqsadida miqdoriy va sifatiy usullarni qo‘llagan holda olib borildi. Quyidagi tadqiqot usularidan
foydalanildi:
Adabiyotlar tahlili:
Raqamli huquq texnologiyalari sohasida Legal techning ahamiyati va
o‘rni haqida ilmiy maqolalar, kitoblar va boshqa manbalardan nazariy asoslar o‘rganildi. JSTOR,
Google Scholar va HeinOnline kabi ma’lumotlar bazalaridan foydlanildi. Tahlil jarayonida “the
index of digital legal technologies in the field of legal tech”,” о стартап-форумах, проводимых в
Узбекистане” kabi kalit so‘zlar orqali qidiruv amalga oshirildi va 1980-yildan boshlab to
hozirgacha bo’lgan davr mobaynidan chop etilgan manbaalar ustuvorlik bilan tanlab olindi.
Kontent-tahlil:
O‘zbekiston Respublikasida advokatlik firmalarida, sud, notarius, ichki
ishlar organlari, prokuratura va shu kabi o‘z faoliyatida raqamli huquq texnologiyalaridan
foydalanishi mumkin bo‘lgan davlat va nodavlat tashkilotlar faoiliyati onlayn va offline tarzda
o’rganildi va Legal Tech vositalaridan foydalanish darajasi ko’rib chiqildi.
Chuqurlashtirilgan intervyu:
Legal tech sohasida 3 nafar ekspert va o‘qituvchi bilan
onlayn tarzda intervyular o’tkazildi. Intervyular “Telegram”platformasi orqali amalga oshirildi va
har bir intervyu o’rtacha 40-50 daqiqa davom etdi.
Intervyular jarayonida raqamli huquq texnologiyalarining davlat tashkilotlar va umuman
jamiyat hayotidagi o‘rni, afzalliklari, kamchiliklari va uni joriy etishdagi qiyinchiliklar bo‘yicha
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
407
fikrlar almashildi.
Hodisani o’rganish (case study):
Legal Tech sohasida raqamli huquq texnologiyalarini
keng joriy etgan 1 ta notarius, 1 ta prokuratura va 2 ta advokatlik firmasining faoliyati va undan
olingan tajribasi o’rganildi. Ushbu tashkilotlar qog‘ozbozlikdan raqamli texnologiyalarga
muvaffaqiyatli o‘tgandan keyin erishilgan natijalar haqida ochiq manbaalardan va web-saytlardan
ma’lumotlar olindi.
Qiyosiy tahlil:
Raqamli huquq texnologiyalarini o‘z faoliyatida keng joriy etgan va etmagan
tashkilotlar o‘rtasida ularning erishgan natija ko‘rsatkichlari taqqoslandi. Bunda tashkilotlarning
moliyaviy hisobotlari, mijozlar soni va ularning qoniqish darajasi kabi ma’lumotlar tahlil qilindi.
Qo’shimcha tarzda, hozirda raqamli huquq texnologiyalarini keng joriy etgan
tashkilotlarning hozirgi va o‘tmishdagi faoliyati keng tahlil qilindi.
Tadqiqot jarayonida etika normalari va ma’lumotlarni himoya qilish tamoyillariga qat’iy
rioya qilindi. Shu sababdan, barcha ishtirokchilardan ularning shaxsiy ma’lumotlarini yozmasdan
fikrlarini bildirish huquqi ta’minlandi.
So‘rovnoma:
Legal Tech sohasida raqamli huquq texnologiyalarini joriy etishga ehtiyoji
bor va keng joriy etgan tashkilot a’zolaridan, Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti
talabalaridan,davlat tashkilotlaridan va jamoat vakillaridan O‘zbekiston Respublikasida Legal
Tech sohasida raqamli huquq texnologiyalari startup- forumini tashkil etish yuzasidan turli xil
fikrlar,uni tashkil etishdagi moliyaviy va ijtimoiy qiyinchiliklar,xalqaro startup-forumida
qatnashishi va taklif etilishi mumkin bo‘lgan davlatlar haqida keng so‘rovnoma o’tkazildi.
So‘rovnoma natijalari SPSS statistik dasturi yordamida tahlil qilindi.
NATIJALAR
Tadqiqot natijasida raqamli huquq texnologiyalarining jamiyatimiz hayotida, ayniqsa
davlat organlari va tashkilotlaridagi o‘rni va foydasi bo‘yicha quyidagi asosiy ma’lumotlar olindi:
Legal tech sohasida raqamli huquq texnologiyalaridan foydalanish darajasi
.
So‘rovnoma natijalariga ko’ra, tadqiqotda ishtirok etgan advokatlik firmalarining a’zolari, notarius
va davlat tashkilotlari a’zolarining 85%i u yoki bu darajada raqamli huquq texnologiyalaridan
foydalanishmoqda. Bunda:
-
69% raqamli huquq texnologiyalaridan doimiy ravishda foydalanadi
-
17% ba’zi hollarda foydalanadi
-
10% umuman foydalanmaydi.
Raqamli huquq texnologiyalaridan foydalanish darajasi davlat tashkilotlariga nisbatan
xususiy advokatlik,notariuslarda kengroq jalb etilgan (68% va 81% mos ravishda).
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
408
Shuningdek, korporativ huquq sohasida faoliyat yurituvchi advokatlar sud ishlarida
ixtisoslashgan hamkasblariga nisbatan raqamli huquq texnologiyalaridan ko‘proq foydalanadi
(84% va 71% mos ravishda)
2
.
Raqamli
huquq
texnologiyalarining
O‘zbekiston Respublikasidagi asosiy
qo’llaniladigan yo’nalishlari:
Elektron hujjat almashinuvi:
E-hujjat tizimlari, masalan, “Yagona electron hukumat”
platformasi orqali hujjatlarni raqamli shaklda yuborish va olish imkoniyati (foydalanish darajasi
60%).
Raqamli imzo:
raqamli imzo tizimlari, hujjatlarni elektron shaklda tasdiqlash uchun
ishlatiladi. Bu, hujjatlarning yaroqliligini va xavfsizligini ta'minlaydi (ulushi 50% dan oshgan).
Davlat xizmatlari portali
: my.gov.uz. - fuqarolar va tadbirkorlar uchun turli davlat
xizmatlarini onlayn tarzda olish imkonini beruvchi portal (ishlatilishi 80% dan yuqori).
Elektron murojaat
: fuqarolar va tashkilotlar o‘z murojaatlarini onlayn tarzda yuborishi
uchun tizimlar ( foydalanilishi 40%).
Raqamli arxivlash
: hujjatlarni raqamli formatda saqlash va arxivlash tizimlari, bu esa
hujjatlarni tezkor va oson topish imkonini beradi (davlat va xususiy sektorda raqamli arxivlash
tizimlarida (foydalanish 50% dan yuqori)
.
E-Notarius
: raqamli notarius xizmatlari, hujjatlarni raqamli formatda tayyorlash va
tasdiqlash (xususiy notariuslar tomonidan foydalanish darajasi 20-30% atrofida ).
Qonuniy axborot portallari
: qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa huquqiy
axborotlarni raqamli formatda taqdim etuvchi portallar ( foydalanish darajasi 40% atrofida )
.
Legal Tech sohasida raqamli huquq texnologiyalarining jamiyatimizdagi eng muhim
va asosiy foydalari.
So‘rovnoma va intevyular natijasida raqamli huquq texnologiyalarining
davlat tashkilotlaridagi quyidagi asosiy foydalari aniqlandi:
Xavfsizlik va ishonchlilik
: Raqamli imzo va elektron hujjat almashinuvi orqali
hujjatlarning yaroqliligini va xavfsizligini ta'minlaydi. Raqamli imzo orqali hujjatlarni tasdiqlash
40-60% xavfsizligini ta'minlaydi.
Samaradorlikni oshirish
: Hujjatlarni tezkor tayyorlash va tasdiqlash, bu esa vaqtni
tejashga yordam beradi.
Raqamli texnologiyalarni qo‘llagan tashkilotlar samaradorligi 30-50% ga oshgan.
Onlayn xizmatlar
: Fuqarolar va tashkilotlar uchun onlayn maslahatlar va xizmatlar taqdim
2
2023-yil 1-yanvar holatiga ko’ra. Manbaa ru.wikipedia.org.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
409
etiladi, bu esa masofadan turib huquqiy yordam olish imkonini yaratadi.Davlat xizmatlari portalida
onlayn xizmatlar orqali murojaat qilgan fuqarolar ulushi 80% dan oshgan.
Shaffoflik
: Murojaatlarni ko‘rib chiqish va ijro jarayonlarini raqamli tizimlar orqali kuzatish
imkoniyati, davlat xizmatlarining shaffofligini oshiradi. Raqamli tizimlar orqali murojaatlarni
kuzatish imkoniyati 50-70% shaffoflikni oshiradi.
Resurslarni tejash
: An'anaviy usullarga nisbatan raqamli texnologiyalar yordamida
xarajatlar va resurslar (masalan, qog‘oz) sarfini kamaytiradi. Raqamli texnologiyalar yordamida
xarajatlarni 20-40% ga kamaytirish mumkin. Respondentlarning 40% Legal Tech vositalarini joriy
etish natijasida xarajatlar kamayganini ta’kidladi.
Bunda:
36% ma’muriy xarajatlar qisqarganini
55% qog‘oz hujjatlar bilan ishlashga ketadigan xarajatlar kamayganini
19% xodimlar sonini optimallashtirish imkoniyati yuzaga kelganini bildirdi.
Tahlil va ma'lumotlar
:
-
Raqamli texnologiyalar orqali huquqiy ma'lumotlarni tahlil qilish va statistikalar yaratish
imkoniyati, bu esa qaror qabul qilishda yordam beradi. Raqamli ma'lumotlardan foydalanish orqali
tahlil va qaror qabul qilish samaradorligi 30% ga oshadi.
Yangi xizmatlar va imkoniyatlar
:
-
Yangi raqamli platformalar va dasturlar orqali huquqiy xizmatlar ko‘rsatishda
innovatsion yondashuvlar joriy etiladi. Ularning taqdimoti 78% ga oshishi kutilmoqda.
Ishtirokchilarning 78% raqamli huquq texnologiyalari tufayli mijozlarga ko‘rsatilayotgan
xizmat sifati yaxshilanganini qayd etdi.
Jumladan:
-
62% huquqiy tahlil sifati oshganini
-
57% mijozlarga tezkor javob berish imkoniyati kuchayganini
-
51% murakkab huquqiy masalalarni hal etish qobiliyati ortganini ma’lum qildi.
Kadrlar
tayyorlash
: Raqamli texnologiyalar bilan ishlash uchun mutaxassislar tayyorlash va huquqiy ta'lim
sifatini oshirish imkoniyatlari o‘z ichiga olgan huquqiy ta'limda ishtirok etayotgan talabalarning
ulushi 40% ga yetgan.
O‘zbekiston Respublikasida legal tech sohasida xalqaro raqamli huquq
texnologiyalari startup-forumini tashkil etishda bir qator qiyinchiliklar mavjud.
Ushbu qiyinchiliklarni ilmiy va rasmiy usulda quyidagicha tahlil qilish mumkin
A)
Infratuzilma yetarli emas
. Raqamli huquq texnologiyalarini qo‘llab- quvvatlovchi
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
410
infratuzilma hali to‘liq rivojlanmagan. Yangi texnologiyalar uchun zarur bo‘lgan internet tezligi
va xavfsizlik darajasi ba'zi hududlarda muammoli bo‘lishi mumkin.
B)
Yuridik doiradagi tartib-qoidalar
. Legal tech sohasidagi startup-larni rivojlantirish
uchun zarur bo‘lgan yuridik va normativ-huquqiy bazaning yetarli emasligi.
Raqamli xizmatlar va platformalar uchun aniq tartib-qoidalar yo‘qligi muammo
tug‘diradi.Bugungi kunda,qonun chiqaruvchi hokimiyat yoki ma’sul vakillar tomonidan yetarlicha
normativ yoki huquqiy hujjatlar ishlab chiqilmagan.
C)
Moliya
va
investitsiya
manbalari.
Raqamli
texnologiyalar
sohasidagi
investitsiyalarni jalb qilishda qiyinchiliklar mavjud. Startup-lar uchun moliyaviy resurslar va
qo‘llab-quvvatlash tizimlarining yetishmasligi. Respublika miqyosida xalqaro startup-forumlari
uchun yetarli darajada iqtisodiy manbaalar ajratilmasligi ehtimoli yuqori.
D)
Malakali kadrlarga ehtiyoj.
Legal tech sohasida malakali mutaxassislarga talab
oshib bormoqda, lekin ularni tayyorlash va jalb qilish masalalari haligacha muammo bo‘lib
qolmoqda.
E)
Xalqaro hamkorlik.
Xalqaro darajada o‘zaro hamkorlik va tajriba almashishning
yetarli darajada rivojlanmaganligi, bu esa global tendentsiyalarni kuzatishni va tadqiqotlarni
amalga oshirishni qiyinlashtiradi
3
. Xalqaro darajada o‘zaro hamkorlik va tajriba almashishning
yetarli darajada rivojlanmaganligi, bu esa global tendentsiyalarni kuzatishni va tadqiqotlarni
amalga oshirishni qiyinlashtiradi.
F)
Maqsadli auditoriya va bozorni tushunish.
Raqamli huquq texnologiyalari uchun
maqsadli auditoriyani aniqlash va ularning ehtiyojlarini o‘rganish masalalari. Mahalliy bozorning
o‘ziga xosligi va talablarini to‘g‘ri baholash qiyin.
G)
Innovatsion muhit yaratish.
Innovatsion ekotizimlarni shakllantirishda to‘siqlar
mavjud. Raqamli texnologiyalarni qo‘llashda tajribani oshirish va tajriba almashish uchun
samarali platformalar yetishmaydi.Bu borada, respublikadagi
4
Legal tech sohasidagi mutaxasislar
tomonidan yetarlicha innovatsion muhit va platformalar ishlab chiqilmagan.
Ijtimoiy qabul qilish.
Raqamli huquq texnologiyalarining jamoatchilik tomonidan qabul
qilinishi ham muammo bo‘lishi mumkin.
Odamlar o‘zlarining huquqlarini raqamli platformalarda himoya qilishga tayyor emasliklari
ehtimoli.
3
researchgate.net.-scientific knowledge center
4
cyberleninka.ru.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
411
Globalizatsiya tez va shiddat bilan kirib kelyotgan bir paytda, odamlar asta-sekin bunday
virtual muhitga moslashishmoqda, lekin odamlarda, ayniqsa yoshi kata odamlarda hali ham raqmli
texnologiyalar sohasida dilemma mavjud. Respondentlarning 45%i Legal Tech vositalaridan
foydalanish jarayonida ma’lumotlar xavfsizligi bilan bog‘liq xavotirlar mavjudligini bildirdi.
MUHOKAMA
O‘zbekistonda xalqaro raqamli huquq texnologiyalari startup-forumini tashkil etish,
mamlakatimizda huquqiy tizimning samaradorligini oshirish va raqamli transformatsiyani
tezlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Raqamli huquq texnologiyalari davlat tashkilotlariga
samaradorlikni oshirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash imkoniyatini taqdim etadi. Onlayn
platformalar orqali fuqarolar o‘z murojaatlarini qulay va tezkor tarzda yuborishlari, davlat
organlariga esa murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirish imkonini
beradi. Shu bilan birga, davlat xizmatlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash orqali fuqarolar
ishonchini oshirishga yordam beradi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joziki, raqamli huquq
texnologiyalari jamiyatning har bir qismiga, jumladan, fuqarolarga, tadbirkorlarga va huquqiy
xizmatlardan foydalanuvchilarga xizmat qiladi. Ushbu texnologiyalar orqali yuridik xizmatlarga
kirishni osonlashtirish, huquqiy bilimlarni oshirish va huquqiy yordam olish imkoniyatlarini
kengaytiradi. Bu esa, jamiyatning huquqiy ongini oshirishga va fuqarolarni huquqiy jihatdan
himoya qilishga hissa qo‘shadi.Ushbu yangi tajribaning yana bir dolzarbligi shundaki, xususiy
advokatlik firmalari va notariuslar raqamli texnologiyalar yordamida mijozlarga yanada sifatli va
samarali xizmatlar taklif qilishlari mumkin. Elektron hujjat almashinuvi, raqamli imzo va onlayn
maslahatlar kabi xizmatlar, advokatlar uchun vaqt va xarajatlarni tejash imkonini beradi. Bu esa,
firmalarning raqobatbardoshligini oshiradi va mijozlar bilan munosabatlarni kuchaytiradi.
Startup-forumi mamlakatimizga raqamli texnologiyalar sohasida bir necha yangiliklar va
imkoniyatlar taqdim etishi, mamlakat aholisi va organlarida,tashkilot va muassasalarda raqamli
huquq texnologiyalar soxasida rivojlanishni talab etuvchi bir qancha ehtiyojlar mavjudligi
aniqlandi. Shu bilan birga moliyaviy to‘siqlar, texnik bilimlar yetishmasligi va ma’lumotlar
xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar Legal tech’ni keng joriy etishga to‘sqinlik qilayotgani ham
ko’rindi.
Startup-forumi xalqaro forum sifatida, O‘zbekistonning legal tech sohasidagi
mutaxassislari va xorijiy ekspertlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish imkoniyatini taqdim etadi.
Bu, mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni joriy etishda muhim ahamiyatga ega, chunki
xorijiy tajribalarni o‘rganish, mahalliy mutaxassislarning malakasini oshiradi.
Forum davomida huquqiy sohadagi raqamli texnologiyalar haqida keng jamoatchilikni
xabardor qilish maqsadga muvofiqdir.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
412
Bu, fuqarolar va tashkilotlar o‘rtasida raqamli huquq texnologiyalarining afzalliklari haqida
tushunchani oshiradi, bu esa ularni qabul qilish va foydalanishga tayyor qiladi. Tadbir kadrlar
tayyorlash uchun muhim platforma bo‘lishi katta ehtimol bilan kutiladi. Mutaxassislar uchun
treninglar, master-klasslar va seminarlar o‘tkazish, yuridik sohadagi raqamli texnologiyalar
bo‘yicha yangi ko‘nikmalarni o‘rganishga imkon beradi.
Bu esa, kelgusida raqamli huquq xizmatlarining sifatini oshirishga yordam beradi. Legal
tech sohasidagi o‘sish iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shadi. Raqamli xizmatlar orqali yangi ish
o‘rinlari yaratilishi va iqtisodiy faoliyatni diversifikatsiya qilish imkoniyati mavjud.
Raqobatbardosh muhit, yuridik xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi, bu esa oxir-
oqibatda iste'molchilar uchun foyda keltiradi. Forum doirasida o‘zaro fikr almashish va yangi
g‘oyalarni ishlab chiqish imkoniyati, kelajakdagi yuridik xizmatlar sifatini oshirishga xizmat
qiladi. Shu bilan birga, global tajribalarni o‘rganish, O‘zbekistonning yuridik tizimini
takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
Xalqaro startup-forumini o’tkazish bo’yicha tadqiqot davomida aniqlangan Legal
tech’ning asosiy yo‘nalishlari va vositalari (hujjatlarni avtomatlashtirish, huquqiy ma’lumotlar
bazalari, vaqtni hisobga olish tizimlari va boshqalar) Katz
5
(2013) tomonidan taklif etilgan tasnifga
mos keladi. Biroq, sun’iy intellekt va blockchain texnologiyalarining nisbatan past darajada
qo‘llanilayotgani (41% va 23% mos ravishda) bu sohada hali katta imkoniyatlar mavjudligini
ko‘rsatadi.
Legal Tech sohasida raqamli huquq texnologiyalarini joriy etishdagi qiyinchiliklar bo‘yicha
olingan ma’lumotlar Bues va Matthaei (2017) ning Yevropa advokatlari orasida o‘tkazgan tadqiqoti
natijalari bilan ko‘p jihatdan o‘xshash. Moliyaviy to‘siqlar, texnik bilimlar yetishmasligi va
ma’lumotlar xavfsizligi bilan bog‘liq xavotirlar har ikkala tadqiqotda ham asosiy muammolar
sifatida aniqlangan.
Ushbu tadqiqotning ilmiy ahamiyati shundaki, u forum doirasida o‘zaro fikr almashish,
ilmiy izlanishlar va innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish imkoniyatini yaratadi. Bu, legal tech
sohasidagi yangi yondashuvlar va metodologiyalarni o‘rganishga xizmat qiladi. Qo’shimcha
sifatida raqamli huquq texnologiyalarining ta’sirini kompleks o‘rganish orqali mavjud nazariy
bilimlarni amaliy ma’lumotlar bilan boyitdi. Shuningdek, Legal Tech vositalarini samarali joriy
etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati esa raqamli texnologiyalar yordamida yuridik xizmatlar
samaradorligini oshirish, fuqarolar va tashkilotlarga qulay va tezkor xizmatlar taqdim etish
5
Katz (2013),Hermetia Guttermittel Gbr.Baruth,Germany
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
413
imkoniyatini yaratadi va Legal Tech imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish yo‘llarini
ko‘rsatib berganida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqilgan tavsiyalar advokaturalar faoliyatini
modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Tadqiqotning cheklovlari sifatida tanlangan namunaning nisbatan kichikligi va geografik
chegaralanganligini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, Legal Tech sohasining tez sur’atlarda
rivojlanishi tufayli olingan natijalar vaqt o‘tishi bilan o‘z dolzarbligini yo‘qotishi mumkin.
Kelajakdagi tadqiqotlar uchun quyidagi yo‘nalishlarni taklif etish mumkin:
Legal Tech’ning alohida huquq sohalariga (masalan, intellektual mulk huquqi, inson
huquqlari va boshqalar) ta’sirini chuqurroq o‘rganish;
Legal Tech vositalarini joriy etishning uzoq muddatli natijalarini baholash uchun
longitudinal tadqiqotlar o‘tkazish;
Turli mamlakatlar va huquqiy tizimlar o‘rtasida Legal tech’ni qo‘llash bo‘yicha qiyosiy
tahlillar o‘tkazish;
Sun’iy intellekt va blockchain kabi ilg‘or texnologiyalarning advokatura sohasiga ta’sirini
batafsil o‘rganish;
XULOSA
O‘zbekistonda xalqaro raqamli huquq texnologiyalari startup-forumini tashkil etish,
mamlakatimizda huquqiy tizimni yangilash va raqamli transformatsiyani tezlashtirish uchun
muhim platforma hisoblanadi. O‘zbekiston hukumati 2020 yilda “Raqamli O‘zbekiston-2030”
strategiyasini e'lon qildi. Ushbu strategiya raqamli xizmatlarni joriy etish va ularning sifatini
oshirishni maqsad qilgan. Startup-forumi bu strategiya doirasida amaliyot va nazariyani
birlashtirish imkonini beradi. 2022 yilda O‘zbekistonning ilmiy-tadqiqot muassasalarida legal tech
sohasida 15 dan ortiq tadqiqotamalga oshirildi, ulardan 7 tasi xalqaro konferensiyalarda taqdim
etildi. Forum, ilmiy izlanishlar natijalarini amaliyotga joriy etishga yordam beradi.
Tadqiqotdan olingan natijalarga ko‘ra, innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish, xalqaro
hamkorlikni kuchaytirish, malakali kadrlarni tayyorlash va jamiyatda huquqiy ongni oshirish
imkoniyatlarini taqdim etadi.Forum nafaqat yurtimizda raqamli texnologiyalarni joriy etish
jarayonini tezlashtiradi, balki iqtisodiy rivojlanish va huquqiy xizmatlar sifatini oshirishga ham
hissa qo‘shadi. Shuning uchun, ushbu tadbirni tashkil etish uchun zarur shartlar va resurslarni
tayyorlash, O‘zbekistonning huquqiy tizimini modernizatsiya qilish va xalqaro standartlarga
moslashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, O‘zbekistonning legal tech sohasida xalqaro startup-forumi, raqamli
xizmatlar va huquqiy tizimni yangilashda yangi imkoniyatlarni ochadigan platforma sifatida
qaraladi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
414
Bu, O‘zbekistonni raqamli huquq texnologiyalarida yetakchi davlatlardan biriga
aylantirishga yordam beradi.
№
Muammo
Tavsiya va takliflar (Nazariy)
Tavsiya va takliflar (Amaliy)
1. Moliyaviy to‘siqlar Xalqaro startup- forumiga va raqamli
texnologiyalarga sarmoya kiritishning
foydali taraflari haqida tushuntirish
Startup-forumini tashkil etish
uchun davlat hokimiyati bilan
kelishilgan holda,moliyaviy
manbaalarga aga
bo‘lishing ma’lum miqdori va
muddatini kelshishi,bosqichma-
bosqich joriy etish rejasini ishlab
chiqish;
2.
Texnik bilim va
ko‘nikmalar
yetishmasligi
Maktablardan boshlab to oliy ta’lim
muassasalariga qadar yoshlarda Legal
Techni asosiy tushunchalarini
shakllantirish
Muntazam treninglar va
vebinarlar tashkil etish; ichki
"texnologiya elchilari"ni
tayinlash,shu orqli xalqaro
forumga tayyorgarlik boshlash
3. Malakali kadrlarga
ehtiyoj
Legal tech sohasida shu soxada
“professional” bo’lganlardan nazariy
darslar olishga ko‘maklashish va shu
orqali malakali kadrlarni oz muddat
ichda shakllantirish
Hozirda o‘z faoliyatida raqamli
huquq texnologiyalaridan
foydalanayotgan atshkilot,
korxona, muassa salar bilan
haftalik va oylik tashriflar tuzish
4 Ijtimoiy qabul qilish Aholiga keng ko’lamda xalqaro startup
forumi davlatga har jihatdan foyda
keltrishi haqida ilmiy tushuntirishlar
berish;raqamli huquq texnologiyalarini
“qog’ozbozlikdan ko’ra mutlaqo
xavfsiz va
samarali tizim ”ekanligi nazariy asoslar
bilan ko‘rsatish
Jamiyatda shu soha vakillari
tomonidan keng ko‘lamli
targ‘ibot va tashviqot ishlarini
amalga oshirish
REFERENCES
1.
Nate Latessa.(2014).A guide to e-discovery technology and collection
.
2.
Wilfried Bernhardt.(2017). Digitalisierung der Justiz – Herausforderungen und
Potenziale.International Review of Law and Economics, 38, 29-42.
3.
S.Sharma va Sony A.L.Reeta (2021)
eLegalls: Enriching a Legal Justice System in the
Emerging Legal Informatics and Legal Tech Era.Published online by Cambridge University
Press
4.
M.Mike (2011) Legal etch tips and the index of digital legal technologies in the field of legal
tech.Georgina Bar journal.
5.
Susskind, R. (2019). Online courts and the future of justice. Oxford University Press.
6.
Susskind, R., & Susskind, D. (2015). The future of the professions: How technology will
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
415
transform the work of human experts. Oxford University Press.
7.
Nelson Sharon.D and Simek John.W(2012). Tomorrow in legal tech (article)
8.
Ashley, K. D. (2017). Artificial intelligence and legal analytics: New tools for law practice in
the digital age. Cambridge University Press.
9.
Chervonyuk.V.I.(2021). ИННОВАЦИОННЫЕ ЮРИДИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ.
Doctor of yurispudence, the professor of the Moscow university of the Mia of Russia named
after.V.YA.Kikot.
10.
Ilmiy.uz(2023).Innovate & Launch: Startup Workshop
11.
Remus, D., & Levy, F. (2017). Can robots be lawyers: Computers, lawyers, and the practice
of law. Georgetown Journal of Legal Ethics, 30, 501-558.
12.
(2022).Why Globalization Is in Trouble,source:yale global online.
