Authors

  • Behruz Tursunov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58744

Keywords:

Jazodan ozod qiluvchi normalar jinoyat kodeksi reabilitatsiya amnitsiya afv ijtimoiy xizmatlar qayta tiklanish.

Abstract

Ushbu maqolada jazodan ozod qiluvchi normalar, ularning huquqiy tizimdagi o‘rni va ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Jazodan ozod qiluvchi normalar jinoyat kodeksi va sud amaliyotida belgilangan qoidalar bo‘lib, shaxslarni jazodan ozod qilish yoki jazoni yengillashtirish imkonini beradi. Maqolada ushbu normalarning turlari, ularning qo‘llanilishi, xalqaro tajriba va statistikalar ham ko‘rib chiqiladi.

background image

1163

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

JAZODAN OZOD QILUVCHI NORMALAR

Tursunov Behruz Normurod o‘g‘li

Termiz Davlat Unversiteti “Yuridik” fakulteti “Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi”

kafedrasi o‘qituvchisi.

Telefon: +998 (97)-191-66-00.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14558768

Annotatsiya.

Ushbu maqolada jazodan ozod qiluvchi normalar, ularning huquqiy

tizimdagi o‘rni va ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Jazodan ozod qiluvchi normalar jinoyat kodeksi va

sud amaliyotida belgilangan qoidalar bo‘lib, shaxslarni jazodan ozod qilish yoki jazoni

yengillashtirish imkonini beradi. Maqolada ushbu normalarning turlari, ularning qo‘llanilishi,

xalqaro tajriba va statistikalar ham ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar.

Jazodan ozod qiluvchi normalar,jinoyat kodeksi, reabilitatsiya, amnitsiya,

afv, ijtimoiy xizmatlar, qayta tiklanish.

EXEMPTION NORMS

Abstract.

This article examines the norms of exemption from punishment, their role and

significance in the legal system. Exemption norms are rules established in the Criminal Code and

judicial practice that allow individuals to be exempted from punishment or to mitigate punishment.

The article also examines the types of these norms, their application, international

experience and statistics.

Keywords.

Exemption norms, Criminal Code, rehabilitation, amnesty, pardon, social

services, rehabilitation.

НОРМЫ ОСВОБОЖДЕНИЯ ОТ НАКАЗАНИЯ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются нормы, освобождающие от

наказания, их роль и значение в правовой системе. Нормы, освобождающие от наказания,

– это определенные в уголовном кодексе и судебной практике правила, позволяющие

освободить лицо от наказания или смягчить наказание. Также в статье

рассматриваются виды этих норм, их применение, международный опыт и статистика.

Ключевые слова:

нормы освобождения от наказания, уголовный кодекс,

реабилитация, амнистия, амнистия, социальные услуги, реабилитация.

Inson jinoyat sodir etar ekan uning sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishiga nisbatan, jazo

tayinlanishi muqarrar. Agar sodir etgan aybli ijtimoiy xavfli qilmishga nisbatan jazo tayinlanmasa

har bir shaxs o‘z bilganicha boshqa fuqarolarni huquq va erkinliklarini paymol qiladi va undan

foydalanadi, taraqqiyot inqirozga yuz tutadi. Jamoat tartibini bir me’yorda ushlab turish uchun

davlat jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo va huquqiy ta’sir choralarini belgilagan.


background image

1164

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Shuningdek davlat jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ularni axloqan tuzalish yo‘liga

kirishi, yangi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishini oldini olish, jamiyatdagi jinoyatlarni

kamaytirishni ko‘zda tutgan holda ularga nisbatan jazo tayinlaydi.

Jazodan ozod qilish jinoyat sodir etilganligi uchun sudlangan shaxsga qununchilikda

belgilangan asoslar va shartlar mavjud bo‘lganda jazodan ozod qilish yoki jazoni yegillashtirish

ifodalanadigan normalar yig’indisi hisoblanadi.

Shuningdek jazodan ozod qilish jinoyat huquqi yoki boshqa tegishli qonunchilikka

muvofiq, shaxsga tayinlangan jazoni to‘liq yoki qisman qo‘lllanilishi yoki uni yengilroq ta’sir

chorasiga almashtirilishida ifodalaniladi. Umuman olganda, jazodan ozod qiluvchi normalar

bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning fikrlari mavjud. BMT jazodan ozod qilish normalarini inson

huquqlariga hurmat bilan musosabatda bo‘lib amalga oshirishni talab qiladi. Shaxsni jazodan ozod

qilishning asosi qatag’on yoki adolatsiz hukm emas, balki insonparvarlik tamoyillariga asoslangan

bo‘lishi kerak. Xalqaro jinoyat sudi (International Criminal Court- ICC) bunday jinoyatlar uchun

jazodan ozod qilish adolat tamoyillariga zid va jabrlanuvchilarning huqularini buzadi deb

hisoblaydi. Tranparency International jazodan ozod qilish davlat organlari tomonidan korrupsiya

vositasi sifatida ishlatilmasligini talab qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 13-bobi 69-67 moddalari jazodan ozod

qilish tartibotlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu moddalarda jazodan ozod qilishning usullari shartlari

va asoslari belgilangan. Bu normalarni qo‘llash vakolatli davlat organi va eng asosiysi sud

tomonidan shaxs o‘z aybiga amalda pushaymon bo‘lganligi, qilmishining oqibatlarini bartaraf

etganligi, jinoyat ochilishiga faol yordam berganligi kabi ijtimoiy foydali sabablarga binoan

amalga oshriladi.

Qonunchilikka muvofiq jazodan ozod qilish turlari belgilab quyilgan. Jazodan ozod qilish

kabi javobgarlikdan ozod qilish ham qonunchilikda nazarda tutilgan. Bu ikkala norma bir biriga

o‘xshash bo‘lsada, aslida ularning farqli jihatlari mavjud, javobgarlikdan ozod qilish dastlabki

tergov va surishtiruv jarayonlarida qo‘llaniladi, jazodan ozod qilish sudda ya’ni hukm qonuniy

kuchga kirgandan so‘ng qo‘llaniladi.

Jinoyat kodeksiga binoan jazodan ozod qilishning quyidagi turlari belgilab quyilgan:

-

jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish;

-

shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati bilan jazodan ozod qilish;

-

aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan jazodan ozod

qilish;

-

shartli hukm qilish;

-

jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish;

-

jazoni yengilrog’i bilan almashtirish;


background image

1165

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

-

kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish munosabati bilan jazodan ozod qilish;

-

amnitsiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish.

Yuqorida ko‘rsatilgan asoslarga binoan jazodan ozod qilish normalari qo‘llaniladi.

Mamlakatimizda afv etish amaliyoti Prezident farmonlari orqali amalga oshiriladi. 2016-

2021 yillar davomida 17ta Prezident farmoni qabul qilinib, ular asosida jami 6 685 nafar shaxs afv

etilgan. Yillar kesimida afv etilgan shaxslar quyidagilarni ko‘rsatgan:

-2016-yil 10 nafar;

-2017-yil 2 700 nafar;

-2018-yil 623 nafar;

-2019-yil 776 nafar;

-2020-yil 616 nafar;

-2021-yil 455 nafar.

Afv etilganlarning 2 647 nafari jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan bo‘lib,

shulardan:

- 1 227 nafar asosiy jazodan to‘liq ozod qilingan;

- 990 nafar muddatidan ilgari shartli ozod etilgan;

- 430 nafarining o‘talmagan jazosi axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirigan.

Shuningdek, 2 515 nafar shaxsning o‘talmagan jazosi qisqartirilgan:

- 490 nafarining jazosi teng yarimiga;

- 1420 nafarining jazosi uchdan biriga;

- 605 nafarining jazosi to‘rtdan biriga qisqartirilgan.

Ushbu raqamlar O‘zbekistonda afv etish amaliyotining keng ko‘lamda qo‘llanilayotganini

ko‘rsatadi. Ayniqsa, 2017-yida rekord darajada 2700 nafar shaxs afv etilgan.

Afv etish jarayonida shaxslaring qilmishiga pushaymonligi, tuzalish yo‘liga o‘tganligi va

jamiyatga qayta interegatsiya qilish imkoniyatlari e’tiborga olinadi. Bu esa mamlakatda

insonparvarlik tamoyillariga asosalangan jazoni ijro etish siyosati olib borilayotganini anglatadi.

Shuningdek, jazodan ozod qilish xalqaro tajribada ham o‘z aksini topgan. Xalqaro tajribada

jazodan ozod qilish davlatlarning siyosati va jinoiy huquqiy amaliyotida muhim tamoyillardan biri

bo‘lib, jazolashning maqsadi va oqibatlarini hisobga olgan holda, jinoyatchiga nisbatan muqobil

choralarni qo‘llashni nazarda tutadi. Bu yondashuv ko‘pincha jazolash emas, balki qayta tarbiyalsh

va ijtimoiy integratsiyani ta’minlashga qaratilgan. AQSHda ko‘proq jazodan shartli ozod qilish

tizimi qo‘llaniladi. Federal va shtat darajasidagi maxsus komissiyalar shaxsning xulq-atvorini

baholab, jazoni qisqartirish haqida qaror qabul qiladi. Yevropa davlatlarida restorativ adolat va

muqobil choralarga e’tibor qaratiladi. Masalan, Niderlandiya va Norvegiyada jinoyatchilarni

reabilitatsiya qilish dasturlari keng qo‘llaniladi.


background image

1166

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Yaponiyada jinoyatchilarni jazodan ozod qilishni faqat chuqur tavba qilgan holatlarda

qo‘llaydi. Bu yerda ijtimoiy reabilitatsiya jarayonlari alohida e’tiborga loyiq. Skandinaviya

mamlakatlarida jinoyatchini jamiyatga qayta integratsiya qilishga qaratilgan progressive choralar

qo‘llaniladi. Qamoqxonalar o‘rniga ta’lim va mehnat dasturlari keng tarqalgan. Rossiya

qonunchiligida jazodan ozod qilish normalari bizning mamlakatimizga o‘xshash holda begilangan.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra jinoiy jazodan ozod qilishning bir necha asosiy turlari

mavjud.

Bu jarayon Jinoayat kodeksi va boshqa tegishli hujjatlarida belgilangan. Quyidagi asosiy

holatlar keltiriladi:

-jinoiy javobgarlikdan ozod qilish bu jarayonda agar jinoyat tarkibi aniqlanmasa yoki

aybdorning xatti-harakati jinoyat sifatida baholanmasa,shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi

mumkin. Dalillarning yetishmasligi sababli sud yoki tergov organlari shaxsni javobgarlikdan ozod

qilishi mumkin

-jazodan ozod qilish bunda amnitsiya akti Rossiya Davlat Dumasi tomonidan qabul

qilinadi. Bu orqali ayrim shaxslar jazodan ozod qilinadi yoki jazolar yengillshtiriladi. Afv etish

Prezident tomonidan amalga oshiriladi va individual shaxsga nisbatan qo‘llaniladi.

-jazoni o‘tashdan ozod qilish, sog’liqning og’ir yomonlashuvi ya’ni shaxsning sog’lig’i

jazoni o‘tashni davom ettirishga imkon bermasa, muddat o‘tishi jinoyat sodir etilgan vaqtdan ko‘p

vaqt o‘tgan bo‘lsa shaxs jazodan ozod qilinishi mumkin.

-muddatidan oldin shartli ozod qilish mahbus jazoni qisman o‘taganidan so‘ng yaxshi xulq-

atvori, qilmishiga pushaymonligi va tuzalish belgilariga qarab sud qarori bilan jazodan oldin ozod

qilinishi mumkin.

-jinoiy javobgarligini tugatish bunda kichik ahamiyatga ega jinoyatlar ya’ni jinoyat kichik

darajada zarar keltirgan yoki qasddan bo‘lmagan hollarda javobgarlik bekor qilinishi

mumkin.Tomonlarning yarashuvi jabrlanuvchi va aybdor o‘rtasida kelishuvga erishilgan bo‘lsa.

Rossiya Jinoyat kodesining tegishli moddalarida ushbu qoidalar tafsilotlari bayon

etilgan.Masalan, Jinoyat kodeksi 84-moddasi- Amnitsiya, 85-modda-Afv etish, 79-moddasi -

Muddatidan oldin shartli ozod qilish. Umuman olganda, Rossiya qonunchiligidagi normalar

bizning adolatli huquiy tizimimizga o‘xshash bu mamlakatda ham inson huquq va erkinliklari

inobatga olinadi. Jinoyat sodir etgan shaxslarga qo‘llaniladigan jazo va huquqiy ta’sir choralarini

adolatli bo‘lishini kafolatlaydi.

Xalqaro tajribada jazodan ozod qilish amaliyoti jamiyat manfaatlarini himoya qilish bilan

birga insonparavrlik tamoyillarini ham qo‘llab -quvvatlaydi. Shu bilan birga, bu jarayon

suiste’molliklar va adolatli huquqiy tartibni buzmasligi uchun qa’tiy nazorat ostida amalga

oshirilishi kerak.


background image

1167

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Xulosa qilib aytganda, Ushbu jarayonlar, odatda, jamiyatning xavfsizligini ta’minlash va

mahbuslarning reabilitatsiyasiga xizmat qiladi. Har bir mamlakat o‘z huquqiy va madaniy

xususiyatlariga ko‘ra turli uslublardan foydalanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi

xalqaro huquq tamoyillariga asoslangan va ularning adolatli, insonparvar, ijtimoiy reabilitatsiya

jarayonlarini qo‘llab-quvvatlovchi huquqiy qoidalar sifatida xizmat qiladi. Bu moddalarda

belgilangan tartiblar, mahkumlarning huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy moslashuvni ta’minlash

va jinoyatchilarning qayta jinoyat sodir etish ehtimolini kamaytirishga qaratilgan. Shunday qilib,

O‘zbekiston Jinoyat kodeksi xavfsizligi va adolatni ta’minlashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. – T.: «Yuridik adabiotlar publish», 2023 y.

2.

Huquqiy tizim va jinoyat sodir etgan shaxslar - Abdullayev.A (2020) O‘zbekiston huquqiy

jurnali.

3.

Jinoyat va jazolar: nazariya va amaliyot - Qodirov S (2019) Toshkent O‘zbekiston milliy

universiteti nashriyoti

4.

https://constitution.uz

5.

https://kun.uz

6.

https://x.com/intlcrimcourt

7.

https://uz.usembassy

8.

https://www.xushnudbek.uz

References

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. – T.: «Yuridik adabiotlar publish», 2023 y.

Huquqiy tizim va jinoyat sodir etgan shaxslar - Abdullayev.A (2020) O‘zbekiston huquqiy jurnali.

Jinoyat va jazolar: nazariya va amaliyot - Qodirov S (2019) Toshkent O‘zbekiston milliy universiteti nashriyoti