Noyabr, 2024-Yil
530
TARBIYACHI NUTQI UCHUN ZARUR BO’LGAN PEDAGOGIK TALABLARNING
AHAMIYATI
Madina O‘ktamovna Shukurova
Osiyo Xalqaro Universiteti,
Pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi.
Artikova Nilufar Axmatovna
Osiyo Xalqaro Universiteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14214312
Annotatsiya.
Tarbiyachi nutqiga qo’yiladigan pedagogik talablarga rioya qilish orqali
maktabgacha ta’lim tashkilotida mashg’ulotlarni tashkil etish.
Kalit so’zlar:
ilg'or tajribali, tabiatga qiziqish, haqiqatgo ‘ylik, madaniyatli munosabat,
madaniy axloq, texnikaviy vositalar, murakkab oborotlar, ritmika, monoton nutq, pauza, ritm,
tembr, ohang, sh-zva, mahalliy so ‘zlashuv, diksiya, ibora, nutqning shoshqaloqligi.
Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinla da, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi
mehnat faoliyatida va ular biim bo‘ladigan muomalada ta’sir ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqa-
bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini b;lishi, pedagogik nazokatini
namoyon qilishi, bolalaming xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z
vaqtida yordam ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon
tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g‘oyaviy e’tiqodliligi, o‘z
kasbini sevishi va bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqati bilan o‘qituvchi - tarbiyachi boshqa kasb
egalaridan ajralib turadi. Pedagog - tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri shuki,
u o‘z predmetini, uning metodikasini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Predmeti va uning
nazariyasini chuqur bilishi, bolalarni bilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi.
Bu pedagog - tarbiyachining obro‘sini oshiradi. Bolalarni sevish, ularning hayoti bilan
qiziqish, har bir shaxsni hurmat qilish tarbiyachi kasbiga xos bo‘lgan muhim fazilatlardan,
talablaridan hisoblanadi. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga
sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi pedagog bo‘la
oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, tarbiyachilik kasbiga loqayd odam
haqiqiy pedagog - tarbichi bo‘la olmaydi. Bolalarni sevish - pedagogning murakkab mehnatini
jozibali va yengil qiladi. 0‘qituvchi tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada
tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi.
Noyabr, 2024-Yil
531
Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg‘otadi, o‘qituvchiga bolalarga
chinakam ma’naviy murabbiy bo‘lishga imkon beradi. Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati
pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog‘liqdir. Pedagogik qobiliyatlar - pedagogik
mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyatlar tarkibiga: pedagogik kuzatuvchanlik,
pedagogik tasawur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi.
Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyat jarayonida, shuningdek, uni bu faoliyatga
tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat - yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishni
yuksak darajada va doimiy ravishda takomiliashtirib borish san’atidir. 2. Tarbiyachi nutqiga
qo‘yilgan pedagogik talablar.
Tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalaming
mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o‘z tengdoshlari
va kattalar bilan madaniyatli munosabatda bo‘lish, yaxshilik, haqiqatgo‘ylik, adolat, jasurlik,
kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o‘simlik va
hayvonlarga g‘amxo‘rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalaming mehnati natijalarini asrab-
avaylash kabi axloqiy sifatlami tarbiyalaydi. Xalq san’ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy
san’atni bilish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan
ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalami ma’lum bir izchillik bilan
egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish ishida yaxshi natijalarga crishadi.
Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi boiish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rishi, quyidagi
shartlarga amal qilishi kerak: 1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli,
kerakli bilimlami egallab, kerakli adabiyotlami tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay
oladigan, ilg‘or tajribali pedagoglaming tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tatbiq eta oladigan kishi
bo‘lishi kerak. 2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ulaming xulqi, xatti-harakati sabablarini
to‘g‘ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir etuvchi vositalami topa olishi kerak. 3. Yosh avlodni kerakli
bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy,
ixcham bo‘lishi lozim. Ta’lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak.
Bolalar bilim, malaka, ko‘nikmalami yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun faollashtiruvchi
savollardan foydalanishi kerak. 4. Tarbiyachi о ‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda
faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olish, ulaming diqqatini jalb qilib, faolligini o‘stirish,
wlalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi kerak. 5. Har bir faoliyat uchun kerakli
materiallami oldindan tayyorlab qo‘yishi kerak. 6. Kun tartibini to‘g‘i tashkil eta bilishi, bolalar
jamoasiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish. 7. Bolalaming ruhiy va
jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy
Noyabr, 2024-Yil
532
ishlarida e’tiborga olishi lozim. 8. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar,
uchrashuvlar o‘tkazib, axborot almashib turishi kerak. 9. Pedagog bolalarga nisbatan xayrixohlik
munosabatda bo‘lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bo‘Isa, tinchlantira olishi
kerak. 10. Kun tartibida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash
yo‘llarini topa olishi kerak. Eng muhimi, tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ulaming
mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to‘g‘ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat
yuritishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar. 3. Tarbiyachi o‘z
nutqini takomillashtirish ustida ishlashning zarurligi. 0 ‘qituvchi - tarbiyachi bolalarimizga
zamonaviy bilim berish uchun, awalo, murabbiyning o‘zi chuqur bilimga ega bo‘lishi kerak.
Bolalaming nutq madaniyati pedagogning (va boshqa kattalarning) nutq madaniyatiga
bevosita bogiiq bo‘ladi. Doimo kichkintoylaming diqqat-e’tibori markazida turadigan va ular bilan
muloqot qiladigan tarbiyachining nutqi bolalar ona tili, nutq madaniyati namunalarini oladigan
asosiy manba hisoblanadi, shuning uchun u nafaqat to‘g‘ri so‘zlashi, ona tilining barcha
tovushlarini aniq va tushunarli qilib talafiiiz etishi, balki u muayyan balandlikdagi ovozda bosiqlik
bilan so‘zlashi, uning nutqi intonatsion jihatdan ifodali, grammatik jihatdan to‘g‘ri
rasmiylashtirilgan, ravon, tushunish uchun oson bo‘lishi hamda so‘z bilan belgilash to‘g‘ri va aniq
amalga oshirilishi lozim.
Tarbiyachining ifodalilik vositalaridan foydalangan holda o‘qigan hikoyasi boklarda
qiziqish uyg‘otadi, ularda qayg‘urish, so‘z kuchini his qilish, uring mazmunini anchagacha yodda
saqlab qolish imkonini beradi; sgarda aynan shu hikoya tez va quruq ohangda his-hayajonlarsiz
o‘qib berilsa, u faqatgina badiiy asarga nisbatan zerikish va befarqlikni shakllantiradi. Pedagog
o‘z nutqiga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lishi va unda kamchiliklar borligini sezsa, ulami
darhol bartaraf etishga intilmog‘i lozim. Biroq o‘z nutqining kamchiligini aniqlash har doim ham
oson kechmaydi, chunki muloqot jarayonida so‘zlovchining diqqat-e’tibori eng avvalo nutqning
shakliga emas (qay tarzda aytish), balki uning mazmuniga (nimani aytish) qaratilgan bo‘ladi.
Bundan tashqari, o‘z nutqiga nisbatan beparvolik bilan munosabatda bo‘lish natijasida
ayrim kamchiliklar tilga qattiq o‘mashib qolishi va keyinchalik so‘zlovchi uni sezmay qolishi
mumkin. Masalan, nutqning shoshqaloqligi, tushunarsizligi, bir ohangdaligi (monotonligi),
ovozning kuchliligi, ayrim tovushlar, so‘zlami noaniq talaffuz qilish kabi nuqsonlar sezilmasdan
qoladi. 0‘z nutqining nomukammalliklari haqida bilish uchun pedagog o‘z o‘rtoqlarining
mulohazalariga quloq tutishi darkor. Ochiq darslarni videokassetaga yozib olish va uni keyin
muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. Shunda tarbiyachi nutqini tovush, leksik vositalardan
foydalanish, grammatik jihatdan rasmiylashtirish nuqtayi nazaridan tahlil qilish mumkin bo‘ladi.
Noyabr, 2024-Yil
533
Ayni paytda shuni hisobga olish lozimki nutqni yozib olish chog‘ida tarbiyachining o‘zini-
o‘zini nazorat qilishi evaziga nutq sifati yaxshilanadi. Shuning uchun nutqda aniqlangan
kamchiliklarga tarbiyachining o‘zi va uning o‘rtoqlari diqqat-e’tibor bilan yondashishlari zarur.
Nutqda aniqlangan kamchilik(nomukammalliklar)lari (yomon diksiya, leksik-grammatik
rasmiylashtirishdagi xatoliklar va h.k.) tarbiyachi maxsus daftarga qayd etadi, so‘ngra reja ishlab
chiqadi va kamchiliklami bartaraf etishga doir ishlami tashkil qiladi. O’z tarbiyalanuvchilarida ana
shunday kamchiliklar paydo bo‘lishining oldini olish uchun pedagog o‘z nutqiga nisbatan qanday
talablami qo‘yishi zarur? Bolalar aniq va tushunarli so‘zlaydigan, iboralar, so‘zlar va har bir
tovushni alohida-alohida aniq talaffuz etayotgan, ya’ni yaxshi diksiyaga ega bo‘lgan pedagog
yordamida ona tilidagi tovushlami muvaffaqiyatli ravishda o‘zlashtiradilar.
Ko‘pincha pedagoglaming talaffuzi biroz noaniq va tushunargiz bo‘ladi, ular tovushlar va
so‘zlami og‘izni yetarli darajada ochmasdan talaffuz qiladilar, ayrim tovushlar yutib yuboriladi,
undoshlar tushunarsiz talaffuz etiladi. Pedagog talaffuzning adabiy me’yorlariga rioya qilishi, o‘z
nutqida turli shevalar, mahalliy so‘zlashuvlar ta’sirini bartaraf etishi, so‘zlarda urg‘uni to‘g‘ri
qo‘yishi lozim. Nutqda hissiyotlar, fikrlaming eng nozik qirralarini ham ifodalash mumkin. Bunga
nafaqat tegishli so‘zlar yordamida, balki ifodalilikning intonatsion vositalari, ovoz kuchi, sur’ati,
mantiqiy urg‘usi, pauza, ritm, tembr, ohangdan to‘g‘ri foydalanish tufayli erishiladi.
Ushbu vositalardan foydalanilganda tarbiyachi tomonidan bolalarga o‘qib berilgan
she’rlar, ertaklar, hikoyalar ulaming mazmunini yaxshi tushunish, ona tilining qudrati va
go‘zalligini his qilish imkonini beradi.
REFERENCES
1.
D.R. Babaeva “Nutq o‘stirish metodikasi” T.: Fan va texnalogiyalar 2016yil. O‘quv
qo‘llanma
2.
D.R. Babaeva “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi” T.: “Barkamol avlod fayz” 2018y.
Darslik.
3.
”Ilk qadam” davlat dasturi (takomillashtirilgan), -T.: 2022 y.
