METHODS AND METHODS OF INCREASING CHILDREN'S SPEECH IN A PRESCHOOL ORGANIZATION

HAC
Google Scholar
To share
Shukurova, M. (2023). METHODS AND METHODS OF INCREASING CHILDREN’S SPEECH IN A PRESCHOOL ORGANIZATION. Modern Science and Research, 2(10), 477–480. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24488
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article contains feedback and feedback on the implementation of speech culture training, the implementation of various methods and methods in practice, which is carried out in the preschool educational organization.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

477

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR NUTQINI

O‘STIRISHNING METOD VA USULLARI

Shukurova Madina O‘ktam qizi

Osiyo Xalqaro Universiteti

Pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10003447

Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida olib boriladigan nutq

o’stirishga oid mashg’ulotlarning olib borilishi, turli xil metodlar va usullarning amaliyotga
tatbiq etilishiga qaratilgan fikr va mulohazalar mavjud.

Kalit so‘zlar

: Nutq, til, tovush, ovoz apparati, mashg’ulot, ko’nikma, malaka, metod, usul,

texnologiya.

МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ РЕЧИ ДЕТЕЙ В

ДОШКОЛЬНОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ

Аннотация.

Данная статья содержит отзывы и отзывы о проведении занятий по

развитию речи, проводимых в дошкольной образовательной организации, направленных на
практическое применение различных методов и приемов.

Ключевые слова

: речь, язык, звук, звуковой аппарат, обучение, умение, умение,

метод, метод, технология.

METHODS AND METHODS OF INCREASING CHILDREN'S SPEECH IN A

PRESCHOOL ORGANIZATION

Abstract.

This article contains feedback and feedback on the implementation of speech

culture training, the implementation of various methods and methods in practice, which is carried
out in the preschool educational organization.

Keywords:

speech, language, sound, sound apparatus, training, skills, qualifications,

method, method, technology.


Kirish

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik

tadqiqotlami tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: - nutqni rivojlantirish -
bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy o‘rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani
o‘zlashtirishining murakkab, ko‘p omilli jarayonidir; - nutqni rivojlantirish - bu malakali
pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas; - bola nutqini
rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli yosh bosqichlaridagi
qonuniyatlari, mexanizmlari, о‘ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning о‘ziga
xosliklarini ko‘ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta’sir
ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini tanlashi lozim.

Respublikamizda maktabgacha ta’lim allaqachon davlat siyosati daraja.iga ko‘tarilgan.

Shu bois ta’lim tizimining ilk bo‘g‘iniga doir har qanday muammo davlat miqyosida hal
qilinmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim tizimi tarbiyachilari bugungi kunda bolrlarni maktabga
tayyorlashning bazaviy dasturi hamda tajriba-sinov jarayonida yuqori baholangan o‘quv-metodik
materiallarga ega.

Mazkur dasturda bolalarni jismoniy rivojlantirish, nutq va tafakkurini shakllantirish,

tevarak-atrof bilan tanishtirish kabi turli'masalalar qamrab olingan. Maktabgacha yoshdagi bolalar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

478

nutqini rivojlantirish metodikasini fan sifatida shakllantirishga Ye.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina,
O.I.Solovev, A.N.Govzdev va boshqalar katta hissa qo‘shganlar. Yelizavetta Ivanovna Tixeyeva
(1866-1944) talantli pedagog va yirik jamoat arbobi edi. Ye.I.Tixeyeva namunali insonni
tarbiyalashga yordam berish va ilk yoshdan boshlab to keksalikka qadar insonni har tomonlama
rivojlantirishni ta’minlaydigan pedagogik nazariyani yaratish ustida ishlagan.

Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi,

unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlydi. Maktabgacha
ta’limning maqsad va vazifalarini ruyobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari,
xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.

Bola tomonidan nutqni o‘zlashtirishga asosli yondashuv bilan kelishgan holda biz shunga

e’tiborimizni qaratdikki, qo‘llanma mualliflari tez-tez «yordam berish», «mashq qildirish» va
boshqa iboralami qo‘llaydilar-u, biroq qay tarzda yordam berish, mashq qildirish mumkinligiga
kam e’ibor qaratadilar.

Nutq o‘stirish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilmagan mashqlar bolalaming bog‘lanishli

nutqini o‘stirishga ijobiy ta’sir ko‘rsata olmasligi mumkindir. Maktabgacha yoshdagi bolalar
nutqini rivojlantirish va ularga ona tilini o‘rgatish sohasidagi psixologo-pedagogik tadqiqotlami
tahlil qilish quyidagi xulof:alarga kelish imkonini beradi:

Nutqni rivojlantirish - bu bolaning individual rivojlanishida markaziy o‘rinni egallovchi

ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishiga oid o‘ta murakkab va ko‘p omilli jarayondir.

Bu stixiyali jarayon emas, balki pedagogik rahbarlikni taklif qiluvchi ijodiy jarayondir.

Bolaning nutqiy rivojlanish jarayonini boshqaruvchi pedagog ushbu jarayoi? qonuniyatlari,
mexanizmlari va uning turli yosh bosqichlaridagi xususiyatlarini bilishi, nutqiy rivojlanishning
individual xususiyatlarini ko‘ra bilishi va bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda
uning nutqiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini tanlashi shart. «Bola nutqini
rivojlantirish» hodisasining o‘zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi
bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari
zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi.

Yetti yoshli bolalar nutqida old ko‘makchilar ko‘pincha nafaqat o‘z ma’nosida, balki chet

ma’noda ham qo‘llaniladi. Shunisi diqqatga sazovorki, old ko‘makchilar dastlab kenglik ma’nosi
ko‘rsatkichi sifatida to‘rt-besh yoshli bolalar nutqida paydo bo‘ladi (uydan, devordan uzoqlashdi);
so‘ngra besh-olti yoshli bolalar ushbu old ko'makchini obyektiv ma’no ko‘rsatkichi sifatida ham
qo‘llaydilar (onamning sovg‘asi, dadamning xati) va faqat, keyinroq, yetti-sakkiz yoshlarga kelib,
bola sabab ma’nosini ifodalash uchun «dan» old ko‘makchisidan foydalanishi mumkin
(qo‘rqanidan qichqirib yubordi, og‘riqning zo‘ridan yig‘lab yubordi).

Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi: bola oddiy gaplami, bir

xil a’zoli gaplarni to‘g‘ri tuzadi, bunda u biriktiruvcbi, zidlovchi, ajratuvchi bog‘lovchilami
qoilaydi; u o‘z nutqida qo‘shma gaplardan, ko‘pincha esa turli xil sintaktik munosabatlami
ifodalovchi ergashgan qo'shma gaplardan foydalanadi: qo‘shimcha gaplar - «Kamol nima
ko'rganligimizni so‘radi»; maqsadli gaplar - «Biz oziq-ovqat xarid qilish uchun do‘konga
ketayapmiz»; shartli gaplar - «Agar yomg‘ir yog‘masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshqa.

O‘z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon monologik nutq shaklidan

foydalanishi lozim. Aynan bir fikmi turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga
tayyorlash guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga doir ishlaming


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

479

asosiy turi bo‘lishi mumkin. Masalan, bolalar o‘yin-kulgi qilayotgan syujetli suratni tahlil qilishda
qator gaplami tuzish mumkin: «Bolalar quvonchdan sakrab yuborishdi», «Xursand bo‘lib, bolalar
osmonga sakradilar»; «Bolalar sakrab yuborishdi, chunki ular xursand edilar». Aynan bir mavzuda
turlicha gaplar tuzishga doir bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalar bitta fikmi turlicha
ifodalash imkonini beradi.

Mashg‘ulotlarda tarbiyachi ataylab bolalarga bir-birining o‘mini bosishi mumkin bo‘lgan

gaplar tuzishni o‘rgatadi. Aynan bir mavzuga oid gaplar variantlarini yaratish uchun didaktik
o‘yinlar, syujetli rasmlar, badiiy matnlardan foydalanish mumkin. Bitta fikrni ifodalash uchun
turlicha gaplar tuzishga oid ishlar yetti yoshli bolalarda grammatik to‘g‘ri nutq ko‘nikmalarini
shakllantirishda asosiy o‘rinni egallashi lozim.

Mashg‘ulot uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan fe’llarni olish va ulardan hozirgi zamondagi

haqiqiy sifatdoshlami hosil qilish darkor. Bolalarga hech qanday atamalar ma’lum qilinmasligi
kerak, bunda ulaming ayrim sifatdoshlami esda saqlab qolishlari va zarur bo‘lganda ulami o‘z
nutqiga qo‘sha olishlari juda muhimdir. Bolalarning sifatdoshlarni qo‘llashlariga oid ishlar tabiatni
kuzatish chog‘ida, rasm chizish mashg‘ulotlarida, badiiy adabiyotni о‘qish jarayonida o‘tkazilishi
mumkin. Bunda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

1. Predmetni, uning belgilarini ko‘rsatish va nomini aytishni ulaming mohiyatini ochib

beradigan izohlar bilan birgalikda amalga oshirish lozim. Masalan, tushayotgan barg so‘z
birikmasida - bu tushayotgan bargdir. Bolalarga tanishtiriladigan sifatdoshlami yaxshisi, oldin
alohida-alohida, keyin jo ‘r bo‘lib aytgan ma’qul.

2. Muayyan so‘zning hosil bo‘lishini tushuntirib berish: «chizayotgan» so‘zi chizmoq

so‘zidan, «raqsga tushayotgan» so‘zi raqsga tushmoq so‘zidan hosil bo‘lganligini aytish lozim.

3. Sifatdoshga savollar qo‘yish: «Dala qanday, sarg‘ayaptimi?» - «Sarg‘ayapti».
Agarda o‘qilayotgan asar matnida sifatdosh uchrasa, bolalaming uni hikoya qilib berishida

mazkur sifatdoshni u taalluqli bo‘lgan otlar bilan birgalikda qoilashlariga, tarbiyachi savol
berganida esa ushbu lifatdosh hosil bo‘lgan fe’l nomini ayta olishlariga e’tibor berish juda
muhimdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarga mustaqil hikoya (o‘yinlar, narsalar bo‘yicha)
yoki syujetli suratlar turkumi asosida hikoyalar tuzishni o‘rgatish maqsadida nutqni
rivojlantirishga doir maxsus ishlami o‘tkazishda tarbiyachi bolalaming o‘zlariga ma’lum bo'lgan
barcha grammatik shakllami qo‘llashlariga erishishi lozim: Otlaming kelishik shakli va sifatlar,
sifatlar to‘liq va qisqa shaklda, sifatlami taqqoslash darajalari (yuqori, baland, eng baland);
fe’llarning tuslanadigan shakllari; eng keng tarqalgan ravishlar (o‘ngga, chapga, oldinga, orqaga,
bu yerda, anavi yerda, yuqorida, pastda, yaxshi, tez), hozirgi zamon haqiqiy sifatdoshlari; old
ko‘makchilar vabog‘lovchilar.

Bolalar nutqining sintaktik qatorini rivojlantirar ekan, tarbiyachi bolalaming oddiy

gaplami, bir xil a’zoli, oborotli gaplami, qo‘shma gaplami to‘g‘ri tuzishlariga e’tibomi qaratishi
lozim.

Xulosa

Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda umumlashtirilgan, uni

bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi.
Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi. Nutqni egallab olishning eng
muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi. Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har
tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

480

muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigan, ma’nosini
tushunadigan, eslab qoladigan hamda qo‘llaydigan so‘zlami asta-sekin tevarak-atrof bilan
tanishish jarayonida ota-onalari, tengdoshlari axborotlari orqali, shuningdek, o‘zining uncha ko‘p
bo‘lmagan so‘z zaxirasiga tayanib bilib oladi. «Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o‘zini va
uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida
ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari zarur.


REFERENCES

1. D.R. Babayeva “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi”
2. M.Y. Ayupova “Logopediya”
3. F.R. Qodirova “Maktabgacha pedagogika”

References

D.R. Babayeva “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi”

M.Y. Ayupova “Logopediya”

F.R. Qodirova “Maktabgacha pedagogika”

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов