Noyabr, 2024-Yil
547
SAHNALASHTIRISH FAOLIYATI VOSITASIDA BOLALARNING IJTIMOIY
MOSLASHUVINI YO’LGA QO’YISH
Madina O‘ktamovna Shukurova
Osiyo Xalqaro Universiteti,
Pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi.
Hoshimova Madina Sherali qizi
Osiyo Xalqaro Universiteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14214369
Annotatsiya.
Sahnalashtirish faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’yish orqali maktabgacha ta’lim
tashkilotida bolalarning ijtimoiy moslashuviga erishishni yo’lga qo’yish.
Kalit so’zlar:
Teatr, sahnalashtirish, nutq, tarbiyachi, maktabgacha ta’lim tashkiloti,
qo’g’irchoq teatri, rejissorlik, aktyorlik, mahorat, psixika.
Teatr bola uchun katta ahamiyatga ega, bolalar u bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutadi.
Teatr hamma (yoki deyarli hamma) narsaga qodir. U mo’jiza yaratadi: quvontiradi,
o’rgatadi, maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, ularning xulqini
korrektsiyalaydi, emotsional namoyon bo’lishiga ko’maklashadi, bolalarning nutqi, notiqlik
qobiliyatlarini rivojlantiradi, o’ziga ishonchini oshiradi, omma oldida chiqish ko’nikmalarini
egallashida yordam beradi. Teatr san’ati bola shaxsining har tomonlama rivojlanishiga
ko’maklashadi. Teatr san’ati bilan kun sayin muloqot qilib borar ekan, bolalar bir-biriga nisbatan
toqatli, kelishuvchan, og’irbosiq bo’lib, o’zini tartibga solib oladi. Teatr maktabgacha yoshdagi
bolalarning his-tuyg’ulari va kayfiyati (ruhiyati) ga kuchli emotsional ta’sir o’tkazadi, ularning
fikrlash doirasini kengaytirib, nutqini boyitadi, axloqiy-ma’naviy tasavvurini shakllantiradi, aqliy
tasavvurlarini rivojlantiradi, intellektual qobiliyatlarini oshiradi.
Teatr bolani ma’naviy tarbiyalaydi. Teatr – sehrli olam, unda bola o’ynab, quvonadi,
o’ynab atrof olamni o’rganadi, ya’ni uning emotsional olami boyiydi. Bolada ijodga e’tibor,
qiziqish, intilishning namoyon bo’lishi uning ta`surotlarini yangilaydigan emotsional undovlarni
talab qiladi. Bu borada teatrlashtirish faoliyatining juda katta ijobiy ahamiyatini alohida ta’kidlash
mumkin. Pedagogik jihatdan to’g’ri tashkil qilingan bu kabi faoliyat bola hayotiga yangi qimmatli
mazmun olib kiradi, quvonch hissini uyg’otadi, barcha kuch va qobiliyatlari, jumladan nutqiy
rivojlanish qobiliyatlarini faoliyatga safarbar qilishga undaydi. Hamma bolalar spektakllarni
yaxshi ko’radi. Ularga nafaqat tomosha qilish, balki artist bo’lish yoqadi. Teatr san’ati bolalarga
yaqin va tushunarli, chunki uning asosida o’yin yotadi.
Noyabr, 2024-Yil
548
Teatrda o’ynash va bolalar o’yini aynan bir xil shartlilikdan kelib chiqadi va o’zida
voqelikni har bir inson ko’ra oladigan va ifodalay oladigan darajada fokuslaydi. Bolalarda o’yinga
bo’lgan ehtiyoj, shubhasiz, katta va u juda erta namoyon bo’ladi. Ikkiuch yoshidayoq kichkintoylar
sakrayotgan quyoncha va ona tovuqqa ergashayotgan jo’jachalarni tasvirlaydi. Ular jon-dili bilan
kuchukcha, mushukcha, uloqchalar qiyofasiga kiradi. Ular imitatsiyalash va taqlidiy harakatlarni
bajaradi, bu harakatlar hamisha rejali, ammo favqulodda boy va shu sababli o’zida katta
emotsional quvvatni jamlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida teatrlashtirilgan faoliyatning asosiy vazifalari:
1. Teatrlashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faolligi uchun sharoit yaratish.
2. Bolalarni teatr madaniyatiga oshno qilish.
3. Pedagogik jarayonda teatrlashtirilgan va boshqa faoliyat turlari o’zaro aloqadorligi
uchun sharoit yaratish.
4. Bolalar va kattalarning hamkorlikdagi teatrlashtirilgan faoliyati (bolalar, ota- onalar,
xodimlar ishtirokida birgalikda spektakllar qo’yish; katta guruh bolalarining kichik
tarbiyalanuvchilar oldida chiqishlarini tashkil qilish va h.k.)
Teatrlashtirilgan o’yinlar bolalarni hamma vaqt o’ziga jalb qiladi. Maktabgacha yoshdagi
bolalar o’yinga jon-dili bilan kirishadi: qo’g’irchoqlarning savollariga javob beradi, ularning
iltimoslarini bajaradi, maslahatlar beradi, u yoki bu obrazga “kiradi”. Kichkintoylar personajlar
bilan birga kuladi, ular bilan birga qayg’uradi, ularni xavf-xatardan ogoh qilishga intiladi, sevgan
qahramonining muvaffaqiyatsizligidan birga ko’z yoshi to’kadi, hamma vaqt unga yordamga
tayyor turadi. Teatrlashtirilgan o’yinlarda qatnashib, bolalar atrof olam: obrazlar, ranglar
(bo’yoqlar), tovushlar bilan tanishadi. Teatrlashtirilgan o’yinlarning bola shaxsiga katta va har
tomonlama ta’siri undan kuchli pedagogik vosita sifatida, ortiqcha majburlashsiz, foydalanish
imkonini beradi, chunki kichkintoy o’yin vaqtida o’zini erkin his qiladi.
Teatr-o’yin faoliyati shakllari xilma-xil: qo’g’irchoq teatri o’zining barcha turlari bilan.
Teatr-o’yin faoliyati bolalarni badiiy tarbiyalash, estetik rivojlantirishga ko’maklashadi,
ularni yangi taassurotlar bilan boyitadi, avval egallagan bilimlarini mustahkamlaydi, faollashtiradi,
tashabbuskorligi, nutqi, badiiy didini rivojlantiradi. Faoliyat tasavvur uchun boy oziqa beradi.
Bolalar atrof olamdan boy taassurot oladi va uni jonli o’yin harakatlari va obrazlarda
gavdalantirishga intiladi. Dramatizatsiya bolalar ijodining keng tarqalgan turi bo’lib, xilma-xil
ko’rinishda: insho, improvizatsiyalangan kichik sahnalar ko’rinishida ham, tayyor adabiy
materialni instsenirovkalash ko’rinishida ham namoyon bo’ladi. Bolalarni adabiy syujetlarning
emotsional ichki boyligi, personajlarning muayyan harakatlari o’ziga tortadi.
Noyabr, 2024-Yil
549
Teatr-o’yin faoliyati turlari xilma-xil va har biri o’zicha qiziqarli. Bolalar maqtanchoq
xo’rozchani yoki boshqa jonivorlarni o’ynash va o’zini artis sifatida his qilishga qiziqadi. Teatr
faoliyati – bola nutqini rivojlantirish uchun bitmas-tuganmas xazina. She’riy asarlarni
“o’ynash”dan ish boshlab, sahnalarga o’tiladi, ishning yuqori cho’qqisi drama (sahna)lashtirish
hisoblanadi, bunda bolalar qahramonning xarakterini ochib bergani holda savodli gapirishi lozim.
So’zni sahna harakatlari bilan birlashtirish murakkab, ayniqsa uyatchan bolalar uchun juda
murakkab ish sanaladi. Tarbiyachi uchun bevosita ta’limiy faoliyatni amalga oshirish, nutqni
rivojlantirish muhim, sahnalar kichik spektakllarga o’xshashi kerak. Bunda tarbiyachi bosh rolni
o’ynaydi, bolalar esa artist bo’lishga o’rganadi. Bu jarayonda qo’g’irchoqlar, ayiqchalar va h.k.
jonlanadi. Bolalar o’ynaydi, niqoblar kiyadi, turli jonivorlarga aylanadi, o’rmonda bo’ladi, bizni
stol-stullar emas, balki ertaklar mamlakati o’rab turadi. Tomoshaga tayyorgarlik jarayonida ham
bolalarning o’zi qatnashadi. Bunda tomoshaning mazmuni, bayram muhitini tashkil qilish
masalalari muhokama qilinadi, rollar taqsimlanadi. Bolalar ishtirokchi (artist) bo’lganida ularning
faol nutqi namoyon bo’ladi va mashq qildiriladi. Hamma vaqt va hamma sharoitda yaxshi gapirish
uchun nafaqat gapirishni bilish, balki omma oldida, notanish tinglovchilardan uyalmasdan gapira
olishga odatlanish talab qilinadi. Boy ichki dunyo egalari, nutqni mukammal egallagan, ammo shu
qadar uyatchan, o’ziga ishonmaydigan, omma oldida nutq so’zlashga odatlanmagan kishilar
uchraydiki, ikki-uchta notanish kishining borligi ularning lom-mim deyolmay qolishiga sabab
bo’ladi. Bunga qarshi kurashish, bolalarda o’zi va o’z kuchiga ishonchni rivojlantirish zarur.
Omma oldida nutq so’zlash odatini insonda kichik yoshdan notanish auditoriya oldida nutq
so’zlashga o’rgatish yo’li bilan shakllantirish mumkin. Buni teatrlashtirilgan faoliyatda ajoyib
tarzda amalga oshirish mumkin. Bola M.T.M.dayoq umum (ko’pchilikning) ishida
qatnashayotganini anglab yetishi, ularning xatti-harakati hammada qiziqish uyg’otayotgani,
bundan boshqalar manfaatdor ekani, ular hammani qiziqtirishi mumkin va kerak bo’lgan
harakatlarni amalga oshirayotganini tushunib yetishi juda muhim. Kichik sahnalarni o’ynab,
boshqa qiyofalarga kirib, bolalar nutqini sayqallashtiradi, ularda o’ziga ishonch, topqirlik
rivojlanadi, ijod uchun imkoniyatlar ochiladi. Zamonaviy olamda, ezgu hislar va hamdardlik,
hamkechinmalikka kam o’rin qolayotgan bir davrda, aynan teatrlashtirilgan faoliyat maktabgacha
ta’lim yoshidagi bola tarbiyasi uchun juda zarur, zero u bolada ezgu hislar uyg’otadi va yorug’liq
urug’larini shakllantiradi, pedagoglarga bolaning emotsional sohasiga murojaat qilish, “hislarni
tarbiyalash” bilan shug’ullanish imkonini beradi. Aynan teatrlashtirilgan faoliyat, san’atning
amaliy turi sifatida, ham tarbiya, ham ta’lim uchun katta imkoniyatlarga ega va shaxsni tarbiyalash
imkonini yaratadi.
Noyabr, 2024-Yil
550
Aynan u bolani to’laqonli qiziqtirishi, uni yanada jur’atli, faol qila olishi mumkin.
Teatrlashtirilgan faoliyat bolaning barcha qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bola aqlan,
jismonan va, eng muhimi, emotsional rivojlanadi. Pedagog uchun teatrlashtirilgan faoliyat zarur
va u bilan imkon qadar erta, ikkinchi kichik guruhdan boshlab shug’ullanish kerak, shunda
tayyorlov guruhiga kelib o’zimiz kutgan natijaga erishamiz. Teatrlashtirilgan faoliyat bilan
shug’ullanish bolalarga nafaqat ertaklar vositasida atrof olamni o’rganish va bilish, balki u bilan
uyg’unlikda yashash, turli faoliyat shakllaridan zavq olish imkonini beradi. Shu nuqtayi nazardan
teatrlashtirilgan faoliyatni amalga oshirish uchun makonni tashkil qilish katta ahamiyatga ega.
Teatrlashtirish bo’yicha faoliyatda rivojlantiruvchi predmet-makon muhitini tashkil qilish
va bezashda quyidagi printsiplarga tayaniladi:
-
komplekslash va egiluvchan zonalashtirish
printsipi, bolaga qiziqtirgan faoliyat bilan
bir-biriga xalaqit bermagan holda shug’ullanish imkonini beradi;
-
faollik
printsipi, bolaning bilish faoliyatini, faolligini rag’batlaydi;
-
erkinlik va mustaqillik
printsipi, bolaga muhitga o’z munosabatini mustaqil belgilash:
idrok qilish, taqlid qilish, yaratish; o’zi istaganini mustaqil tanlash imkonini beradi;
-
hayotiy haqiqat illyuziyasi
printsipi, bolalarni yaratilgan aldovga berilish va haqiqiy
predmetlar bilan ishlayotganiga ishonch hosil qilish uchun ruhiy va faktik imkoniyat yaratadigan
sharoitga qo’yishdan iborat.
REFERENCES
1.
D.Q.Asqarova Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish.Metodik qo’llanma.
N.: 2018y.
2.
Tafakkur.T.:2020y.
3.
Sodiqova Sh.A.Maktabgacha pedagogika.T.:Tafakkur bo’stoni 2013y.
4.
N.Qayumova .Maktabgacha pedagogika.T.:TDPU 2013y.
