Authors

  • Рушана Зарипова

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48320

Abstract

Ijodkor kishi hamisha zamonasining, zamondoshlarining dardi bilan yashaydi. Kishilardag qusur va kamchiliklarni badiiy ifodalar bilan, ta’sirchan va ibratli tarzda ko‘rsatib beradi. Jamila Ergasheva ham katta-kichik hikoyalarida davr manzarasi, kishilar ma’naviy dunyosini ochib berishga harakat qilgan. Mazkur maqolada ijodkorning “O‘lim” hikoyasi tahlil etilib, undagi muallif aytmoqchi bo‘lgan va ayta olgan fikrlar, iztiroblar haqida so‘z yuritiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

14

TIRIKLAR MUDROQDA, O‘LIKLAR UYG‘OQ…

Рушана Зарипова

Алишер Навоий номидаги Тошкент давлат ўзбек тили ва

адабиёти университети таянч докторанти.

E-pochta:

rushanazaripova73@gmail.com

ORCID ID: 0009-0002-8207-2819

https://doi.org/10.5281/zenodo.14277449

Annotatsiya.

Ijodkor kishi hamisha zamonasining, zamondoshlarining dardi bilan

yashaydi. Kishilardag qusur va kamchiliklarni badiiy ifodalar bilan, ta’sirchan va ibratli tarzda
ko‘rsatib beradi. Jamila Ergasheva ham katta-kichik hikoyalarida davr manzarasi, kishilar
ma’naviy dunyosini ochib berishga harakat qilgan. Mazkur maqolada ijodkorning “O‘lim”
hikoyasi tahlil etilib, undagi muallif aytmoqchi bo‘lgan va ayta olgan fikrlar, iztiroblar haqida
so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

obraz, xarakter, portret, mahdudlik, badiiy psixologizm.

THE LIVING ARE WISE, THE DEAD ARE AWAKE...

Abstract.

A creative person always lives with the concerns of their time and contemporaries.

They artistically express human flaws and shortcomings in an impressive and instructive manner.
Jamila Ergasheva, in her various short stories, also tried to reveal the spiritual world of people,
depicting the era's scenery. In this article, the analysis of the author's story "Death" is discussed,
including the thoughts and sufferings the author intended and managed to convey.

Keywords:

image, character, portrait, limitation, artistic psychologism.

ЖИВЫЕ ПРОСЫПАЮТСЯ, МЕРТВЫЕ ПРОСЫПАЮТСЯ...

Аннотация.

Творческий человек всегда живет болью своего времени и

современников. С помощью художественных средств он показывает человеческие
недостатки и изъяны выразительно и поучительно. Джамила Эргашева также старалась
в своих маленьких и больших рассказах раскрыть духовный мир людей, изображая картины
эпохи. В данной статье анализируется рассказ "Смерть" автора, обсуждаются идеи и
страдания, которые она хотела и сумела передать.

Ключевые слова:

образ, характер, портрет, ограниченность, художественный

психологизм.


Istiqlol davri milliy nasrimiz taraqqiyotining muhim tamoyillaridan biri mafkura

tazyiqidan qutulgan ijodiy jarayonda yuzaga kelgan erkinlashtirish natijasida mavzular doirasining
kengayganligi va xalqimiz turmush tarzini, ularning turfa xil ruhiy-psixologik kechinmalarini
adabiyotimizdagi mavjud milliy an'analar va jahon adabiyotidagi ilg‘or tajribalardan ta’sirlanib,
o‘ziga xos turli tasvir usullarida aks ettirayotganligidadir”

1

Hikoyanavislikdagi yangilanish va o‘zgarishlar jarayonini o‘rganish, ularning saviyasini

belgilash, kitobxonlarni yaratilayotgan badiiy, yuksak saviyaga ega mukammal asarlardan
xabardor qilish bugungi adabiyotshunoslikning dolzarb vazifasidir. Ana shunday hikoyalar
Jamila Ergasheva ijodida ham mavjud bo‘lib, ularni bugungi fan-texnika shiddat bilan

1

Тўраев Дамин. Янги ўзбек адабиёти. – Тошкент. Фан, 2008. – Б. 178


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

15

rivojlanayotgan davrda ham adabiyot maydonida mavjud ekanligini bildirish, asarning zamon
bilan bog‘liq jihatlarini o‘rganish, obrazlar olami bilan tanishish va badiiyatini o‘rganish ham
muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamila Ergashevaning “O‘lim” hikoyasida ayni jihatlarni yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Ushbu hikoyada dastlab yozuvchi maqssadini anglash qiyin kechadi. Hatto asar qahramonlarining
ismi ham oshkor etilmaydi. Buni, albatta, ijodkorning o‘ziga xos uslubi deyish mumkin.

Asarda uzoq yillar (butun umr deyish ham mumkin) “davlat ishida ishlagan” inson hayoti

tasvirlanadi. Garchi “davlat ishi” deyilsa-da, aynan qanday ish ekanligi aytilmaydi. Muhimi bu
emas. Balki ijodkor o‘quvchisini chalg‘imasligi uchun asosiy maqsad sari shu yo‘sinda yetaklab
borar...

Asar davomida adib qismat, o‘lim haq ekanligi, inson taqdiriga yozilganidan ayro

tushmasligi, ajal kelganida barcha ishni tashlab boqiy dunyoga ketishni hayotiy misollarda,
samimiy ranglarda tasvirlab beradi.

Ushbu mo‘jazgina hikoyada inson qadr-qimmati, jamiyatdagi o‘zaro munosabatlar,

makon-va zamon ziddiyatlari hamda o‘tkan asrdagi mafkuraviy tazyiqlar “yashirin pardalarda”
aks ettiriladi. Hikoya quyidagicha boshlanadi:

Uning o‘lganligi haqidagi xabarni eshitib, unga qancha achingan bo‘lsam, o‘zimdan

shuncha xavotirlandim:

«Ha, o‘lim barhaq! Hali nihoyasiga yetmagan qancha ishlarim bor!»

2

Hamkasbining o‘limiga achingan muallif, o‘zidan chuqur xavotirga tushadi. Nega-ki,

hamkasbining o‘limi uni ham hayotning asl mohiyati haqida o‘ylashga majbur etyapti. Uning ham
qanchadan-qancha qiladigan ishlari yotibdi. Lekin, o‘lim kutib turmaydi. Sen yosh, sen keksa deb
qarab turmaydi. U so‘rab ham o‘tirmaydi. «Biz keldik, kiraversak maylimi, u yoq-bu yog‘ingni
tartibga solib olganmisan, yo‘qmi?» deb.

Butun umr ter to‘kib, mehnat qilsa-da, umri ijara uyda yashash bilan o‘tib ketdi. U davlat

ishida ishlasa-da, shaxsiy uy-joy qilishga imkoni yetmaganidek, mashina olishning ham iloji yo‘q!
Ammo, unda umid bor edi. Uzoq yillik mehnati evaziga ishxonadagi chiqitga chiqib, necha
yillardan beri ishlamay, to‘kilib yotgan mashinalardan birontasini arzon-garovga berar, deb
boshliqning oldiga kirdi. Yangi mashina so‘rasa ham bo‘lardi-ku. Lekin, bu yerda ijtimoiy
tengsizlik nafasi “ufurib turgandek”. Aslida ham shunday. Boshliqning miyig‘ida kulib, «Sizga
bermasak, kimga beramiz. Faqat shoshmay turing», deyishi unga jamiyatdagi eng past insonga
(aslida “past-baland” so‘zlarini insoniyatga nisbatan ishlatish to‘g‘ri bo‘larmikan?) qaragandek,
go‘yo hech kimdek munosabatni bildiradi. Hatto, dildan suhbat qurish uchun hamkasbi, ya'ni
muallifning yoniga kirganida ham unga yetarlicha e'tibor berilmadi. Ana shunda, tirikligida hech
kim qayrilib ham qaramaydigan, hatto odamlar orasida tirikligi ham sezilmagan bir insonning
vafot etganidan so‘ng, mayitini so‘nggi manzilga kuzatishdan oldin kostyum-shimda, sochlarini
kuzab, azaga keluvchi

“kattakonlar”

oldida

“uyaltiramslik”

uchun qilingan xatti-harakatlar

kulgini qistaydi. Yo‘q, aslida shu o‘rinda kulish emas, ho‘ngrab yig‘lagan afzalroq. Nega? Chunki
mafkuraviy tazyiqlar hatto shu o‘rinda ham suqilib kirgani g‘ashingizni keltiradi.

2

Ўзбек насри онлайн антологияси

//

Жамила Эргашева/

/ Ўлим (ҳикоя)

//

Ziyouz.uz

18.04.2012


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

16

Mutolaa jarayonida e'tibor bersangiz, mayyitni rasmiy libosda kiyintirib qo‘yish to

Bahriniso kelguniga qadar hech kimning xayolida yo‘q edi. U yaqin insonining azasida ham
“kattakonlar”ning chizgan chizig‘idan chiqmaslikka urindi. Bir qarashdan u ham shunga
majburdek tuyuladi. Lekin, muallif bunga biror bir ishora qilmaydi. Hikoyani o‘qish davomida
mana bu satrlar o‘quvchini biroz sergaklantiradi:

“...Anchadan so‘ng eshik ochilib, erkaklarning birovi Bahrinisoni imlab chaqirdi. Uning

rangi qumdek oqarib ketgan edi. G‘ivir-shivir qilib o‘tirgan bir uy xotin bitta quloqqa aylanib,
erkakning og‘ziga tikilishdi...”

3

Dastlab o‘quvchining xayolidan murdaning butun umr odamlardan yashirib kelgan biror

nuqsoni bormikan? Yoki ichkarida kutilmaganda g‘ayritabiiy biror voqea sodir bo‘ldimikan?
Balki... bu kabi o‘y-xayollar har bir kitobxonda bo‘lishi tabiiy. Ammo, asar davomida bunday
sarosimaning sababi aytilgan... yana o‘sha holat: kulishni ham yig‘lashni ham bilmaysiz.

E'tibor berilsa, murdani qanday ko‘yga solishning ahamiyati yo‘q. Muhimi

“kottakonlar”ga ma'qul bo‘lsa bo‘ldi. Shu o‘rinda o‘ylab qolasan kishi: o‘lik kim? Xuddi
uxlagandek, dunyo tashvishlarining barisiga qo‘l siltab omonatini topshirgan, uy o‘rtasida uzatib
qo‘yilganmi yoki uning atrofida rasmiyatchilik uchun har maqomga yo‘rg‘alaydigan,
“kottakon”larga yoqish uchun o‘zini va yaqinlarini har ko‘yga soladiganlarmi. Balki ushbu
davrdagi butun bir jamiyat tirik murdadir?

Jamiyatda ildiz otgan bu singari illatlarni o‘ziga xos yumor bilan ochib bergan ijodkor

Jamila Ergashevaning uslubiy mahoratini, uning yana bir qirrasini ushbu mo‘jazgina hikoyada
ko‘rish mumkin.

REFERENCES

1.

Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik. Adabiy asar. 1-jild. – Toshkent: Fan, 1978.

2.

Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik. Adabiy-tarixiy jarayon. 2-jild.– Toshkent: Fan, 1979.

3.

Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2000.

4.

Normatov U. Qahhorni anglash mashaqqati. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti,

2000.

5.

Жамила Эргашева// Ўлим (ҳикоя). Ziyouz.uz. Ўзбек насри онлайн антологияси.

6.

Эргашева Ж. “Шом шафағи жилвалари”. Т.: . “Ғафур Ғулом”. 2016-й


3

Ўзбек насри онлайн антологияси

//

Жамила Эргашева/

/ Ўлим (ҳикоя)

//

Ziyouz.uz

18.04.2012

References

Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik. Adabiy asar. 1-jild. – Toshkent: Fan, 1978.

Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik. Adabiy-tarixiy jarayon. 2-jild.– Toshkent: Fan, 1979.

Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2000.

Normatov U. Qahhorni anglash mashaqqati. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti, 2000.

Жамила Эргашева// Ўлим (ҳикоя). Ziyouz.uz. Ўзбек насри онлайн антологияси.

Эргашева Ж. “Шом шафағи жилвалари”. Т.: . “Ғафур Ғулом”. 2016-й