Authors

  • Izzatbek Valiboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48485

Abstract

Yoshlar mamlakatning tayanchi, kelajakdagi poydevori hisoblanadi. Ayni damda, rivojlanayotgan texnologiyalar davrida yashayotgan ekanmiz, har qanday jabhada rivojlanishimiz uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlar ham ortib borayotgani sir emas, mazkur imkoniyatlardan samarali foydalana bilish, komil insonning belgisidir. Shu bilan birga, imkoniyatlarga olib boradigan yo‘llar mashaqqatli bo‘ladigan bo‘lsa, natija ham a’lo darajada bo‘lishi haqida ko‘p marotaba eshitganmiz. Shuningdek, rivojlangan texnologiyalar imkoniyatlaridan besamar foydalanish, salbiy nuqtayi nazardan olib qaraganda ayanchli voqea sodir bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

background image


Dekabr, 2024-Yil

20

VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN BEZORILIK

JINOYATLARINI TADQIQ ETISHNING IJTIMOIY ZARURATI

Valiboyev Izzatbek To‘xtasin o‘g‘li

Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura talabasi.

email:

izzatbekvaliboyev22@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14280058

Kirish.

Yoshlar mamlakatning tayanchi, kelajakdagi poydevori hisoblanadi. Ayni damda,

rivojlanayotgan texnologiyalar davrida yashayotgan ekanmiz, har qanday jabhada rivojlanishimiz

uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlar ham ortib borayotgani sir emas, mazkur imkoniyatlardan

samarali foydalana bilish, komil insonning belgisidir. Shu bilan birga, imkoniyatlarga olib

boradigan yo‘llar mashaqqatli bo‘ladigan bo‘lsa, natija ham a’lo darajada bo‘lishi haqida ko‘p

marotaba eshitganmiz. Shuningdek, rivojlangan texnologiyalar imkoniyatlaridan besamar

foydalanish, salbiy nuqtayi nazardan olib qaraganda ayanchli voqea sodir bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Jahon miqyosida jinoyatlar sonining ortib borishi ham insoniyatga nafi tegadigan

imkoniyatlardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar orqali paydo

bo‘ladi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish BMT doirasida dolzarb bo‘lgan mavzulardan biri

hisoblanadi. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan BMT bosh

assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqidan tushunishimiz mumkinki, mamlakatimizda olib

borilayotgan islohotlar asosan yosh avlodni sog‘lom muhitda kamol toptirish, ularni turli xil yod

g‘oyalardan asrash va rivojlanishlari uchun barcha zamonaviy imkoniyatlardan foydalanishni

tashkil etishdan iborat ekanligidan dalolat beradi. Ushbu anjumanda, yurtboshimiz tomonidan

yoshlar siyosatiga oid quyidagi fikr-mulohaza va takliflar ilgari surilgan ya’ni “Aholisining deyarli

yarmi yosh avlod vakillari bo‘lgan Markaziy Osiyo uchun yoshlar va ularning salohiyatini

ro‘yobga

1

chiqarish masalasi ayniqsa dolzarb ahamiyatga ega. Ayni paytda biz Birlashgan

Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan samarali hamkorlik o‘rnatish, boshqa

mintaqalarning ilg‘or tajriba va yutuqlarini o‘rganishdan manfaatdormiz. Shu munosabat bilan

Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida Markaziy Osiyo yoshlarini rivojlantirishga

ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etishni taklif etaman. Uning doirasida “Markaziy

Osiyo yoshlarining kun tartibi – 2030” dasturini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir”

1

1

© 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

www.president.uz


background image


Dekabr, 2024-Yil

21

Ta’kidlash joizki, Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning miqdori

so‘ngi vaqtlarda ortib borayotgani kishini taajjubga solmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra,

O‘zbekistonda 2023-yilda 3600 nafar voyaga yetmagan shaxslar jinoyat sodir etgan. Mazkur

ko‘rsatkich, oldingi besh yil davomidagi sodir etilgan jinoyatlar ko‘rsatkichidan 4.4 barobarga

oshganini ko‘rsatmoqda. Yil davomida voyaga yetmaganlar tomonidan tovlamachilik 70%,

bezorilik 60%, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 40%, nomusga tegish va odam o‘ldirishga

urinish jinoyatlari 20% ko‘paygani aniqlangan. Jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar eng ko‘p

700 nafari Farg‘ona viloyatiga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarda, Toshkent shahri – 545,

Namangan viloyati – 451, va Toshkent viloyati – 345 kishi. Eng past ko‘rsatkichlar Jizzax – 54,

Navoiy – 62, va Xorazm – 66 nafar voyaga yetmagan shaxs qayd etilgan.

1

Muhokama va natijalar.

Har bir jinoyat o‘zining ijtimoiy xavflilik darajasi, sodir etish

vaqti va uslubi hamda sharoiti bilan qolgan jinoyat turlaridan farq qiladi. Bezorilik jinoyati, asosan

jamoat joylarida sodir etilishi, voyaga yetmaganlarning ishtiroki mavjudligi va jinoyat turlarining

ayrim harakatlari (badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazib,bir guruh shaxslar tomonidan) aks etishi

bezorilikning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.

2

Shuningdek, bezorilik jinoyatining kelib chiqish tarixiga yuzlanadigan bo‘lsak, XIX asrda

Londonda kelib chiqishi Irlandiyaga mansub Patrik Xouligen yashagan. U mashhur o‘g‘ri hamda

bezori bo‘lgani uchun uning ismidan “xuligan” ya’ni bezori so‘zi kelib chiqqan degan qarashlar

mavjud.

1

Ingliz tilida bezorilik so‘zi “hooliganism” so‘zi bilan ifodalanib, o‘zini jamoat joyida

ochiqcha shovqinli va agressiv xulq-atvorda tutish ma’nosida qo‘llanadi.

1

Bundan kelib chiqadiki

bezorilik jinoyatining kelib chiqishi va keng tarqalishi asosan XIX asr oxiri hamda XX asr

boshlariga to‘g‘ri keladi. So‘ngi o‘n yillikda, dunyoda bezorilik jinoyatining tobora o‘sib

borayotgani, uning bir qancha turlari paydo bo‘layotgani va buning oqibatida ijtimoiy sog‘lom

muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani bizga ma’lumdir. Bezorilikni oldini olishga qaratilgan

tadqiqotlarga ko‘ra, mazkur jinoyatning sodir etilishi asosan sodir etuvchining sog‘lig‘idagi

muammolar tufayli ro‘y berayotgani aniqlangan. Bezorilik jinoyati ko‘pgina holatlarda maktab

o‘quvchilari orasida uchrayotgani ham mazkur jinoyatning bevosita salbiy xususiyatlari

mavjudligi haqida dalolat beradi. Bezorilik jinoyati – kuchli shaxs yoki guruh tomonidan zaif

bo‘lgan shaxsga jismoniy yoki psixologik bosim bilan zarar yetkazish va jabrlanuvchi hamda

ayblanuvchi o‘rtasida kuch nomutanosibligini keltirib chiqaradigan harakat sifatida ta’riflangan.

1

© 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

www.president.uz

2

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

info@stat.uz

https://www.stat.uz/uz/


background image


Dekabr, 2024-Yil

22

Bezorilikni sodir etishga bo‘lgan xohish o‘rta yoshlardagi shaxslarga qaraganda

o‘smirlarda yuqori ekanligi namoyon bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, bezorilik – salbiy xulq atvor sifatida takrorlanib sodir etiladigan, qasddan

jismoniy va emotsional tarzda jabrlanuvchiga zarar

3

yetkazadigan harakat hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq, bezorilik jamiyatda yurish-turish

qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki

o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog‘liq holda

sodir etiladigan ijtimoiy xavfli qilmish hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, dunyo bo‘yicha bezorilik jinoyati uch xil vaziyatda ya’ni

ijtimoiy hayot

muhitida,

maktab

muhitida va

internet

orqali sodir etilayotgani barchaga tanishdir. Mazkur yo‘llar

orqali bezorilikning sodir etilishi o‘z navbatida ta’lim–tarbiyaga yuqori darajada salbiy holatni

yuzaga keltiradi.

1

Bezorilik jinoyati o‘zida turli xil jinoyat ko‘rinishidagi shakllarni o‘z ichiga

oladi: a) jismoniy bezorilik, b) verbal bezorilik, c) munosabatga doir bezorilik va d) mol-mulkka

zarar yetkazish.

Jismoniy bezorilik –

zo‘ravonlik harakati bilan bezorilikni amalga oshirish; urish,

tepish, yuziga musht uloqtirish va tupurish.

Verbal bezorilik –

haqoratlash, shaxsning nomga

(taxallus) bo‘lgan huquqini buzish, yozma ravishda haqoratomuz so‘zlardan foydalanib shaxsga

tahdid qilish.

Munosabatga doir bezorilik

– shaxsning ruxsatisiz shaxsga doir ma’lumotlarni

tarqatish, ko‘ngilsiz suratlarini tarqatib yuborish bilan tahdid qilish, shaxs haqida salbiy mulohaza

qilish va bu bezorilik jinoyatining turi asosan yosh insonni nomunosib xulq-atvor bilan qolgan

insonlardan uzoqlashtirish hamda munosabat o‘rnatishiga qarshilik qilish.

Mol-mulkka zarar

yetkazish

– mazkur turdagi bezorilik jinoyati o‘zida o‘g‘rilik, mukka ziyon yetkazish, egasiz

ashyoni mulkdorga qaytarishdan bosh tortish va shaxsning ruxsatisiz shaxsiy elektron

ma’lumotlarni oshkor qilish.

1

4

Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarni bezorilik jinoyatini sodir etishga undayotgan

sabablar keng doiradagi risklarga borib taqalmoqda. Bular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

1

ISSN: 3030-377X Sardor Suvanov Toshkent Davlat Yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Toshkent viloyat

ma’muriy sudining sudyasi. “VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN BEZORILIK
JINOYATINING KRIMINOLOGIK JIHATLARI” ISSUE 14, Volume1 15 May, 2024

https://science-

shine.uz/index.php/ilmnuri/index

2

DOI: 10.1007/s00431-012-1782-9 Bullying and victimization among Turkish children and adolescents:examining

prevalence and associated health symptoms Received: 6 March 2012 /Accepted: 12 June 2012 /Published online: 27
June 2012 © Springer-Verlag 2012

https://link.springer.com/journal/431

1

http://lex.uz//docs/-

111453 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

2

Isik Top

1

Belgin Unal

2

. Peer bullying in adolescents and related factors (2024) Turkish Journal of Public Health, 22

(1),pp.23-34.

https://www.scopus.com/inward/record.uri?eid=2-s2.0

DOI:10.20518/tjph.127258

Document Type: Article Publication Stage: Final Source: Scopus


background image


Dekabr, 2024-Yil

23

psixiatrik muammolar ya’ni depressiya, xavotirlik, ijtimoiy zaiflik, ta’limdagi muvaffaqiyatsizlik,

darslarda passiv tarzda ishtirok etish va boshqa zo‘ravonlik ko‘rinishidagi xulq-atvorlar. Jismoniy

mushtlashish ostidagi bezorilik asosan chekish, alkogol mahsulotlariga ruju qo‘yish va boshqa

jinoyatlarda ishtiroki bilan asoslanadi. 2019-yilda AQSHda o‘tkazilgan yoshlar jinoyatchiligiga

sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash (the Youth Risk Behavior Survey) natijalariga muvofiq, 19.5

% maktab o‘quvchilari tomonidan bezorilik jinoyati sodir etilganligi aniqlangan.

1

O‘tgan yillik

bilan mazkur ko‘rsatkich o‘rtasida deyarli farq yo‘qligi o‘rganilgan. Qolaversa, ushbu tadqiqotga

ko‘ra, dunyo bo‘yicha eng ko‘p qaysi mamlakatning maktab o‘quvchilari bezorilik jinoyatini sodir

etganligi va tengdoshlari tomonidan bezorilikdan jabr ko‘rgan o‘quvchi yoshlarning holati aks

etgan statistik ma’lumotlar ko‘rsatilgan. Mazkur statistik ma’lumotlarga muvofiq, Litva davlatida

49%, Latviya 41%, Belgiya 40% va eng past ko‘rsatkich Italiya 8%, Islandiya 8% va Armaniston

6% bilan joy olgan.

1

Bundan ko‘rinib turibdiki, voyaga yetmagan shaxslar xususan maktab

o‘quvchilari tomonidan bezorilik jinoyati sodir etilganligi yuqori ko‘rsatkich bilan Litva davlatida

qayd etilgan.

Shu bilan birga, Turkiyaning Izmir shahrida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, maktab

o‘quvchilari tomonidan bezorilik jinoyatining sodir etilishi tez-tez takrorlanadigan harakatlardan

biri hisoblanib, ko‘pincha maktab haqida salbiy fikrga ega bo‘lgan yoshlar o‘rtasida yuzaga kelishi

ma’lum bo‘lgan.

1

Boshqa bir tadqiqot, buni inkor etadi ya’ni maktab o‘quvchilarining bezorilik

jinoyatini sodir etishga bo‘lgan moyillik darajasi maktab haqida salbiy tushunchaga ega bo‘lgan

5

yoshlar tomonidan emas balki nosog‘lom oila muhitida ulg‘aygan voyaga yetmaganlarda yuqori

ekanligini ko‘rsatadi.

1

Xulosa

. Yuqoridagilarga asoslanib umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak, voyaga

yetmaganlarni jinoyat sodir etishdan qaytarish, ularni mazmunli hamda foydali bo‘lgan turmush

tarzida hayot kechirishlarini ta’minlash, voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini

mustahkamlash, jinoyat sodir etilgandan keyin tarbiyaviy ruhdagi chora-tadbirlarni muntazam

ravishda amalga oshirish va ularni rivojlanishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish

davlatning asosiy vazifasi hisoblanadi. Mazkur turdagi vazifalar so‘ngi yillarda mamlakatimiz

tomonidan sezilarli darajada amalga oshirilib kelmoqda. Bezorilik jinoyati jamiyatda salbiy

ko‘rinishda namoyon bo‘lishi tabiiy holat hisoblanadi.

1

Isik Top

1

Belgin Unal

2

. Peer bullying in adolescents and related factors (2024) Turkish Journal of Public Health, 22

(1),pp.23-34.

https://www.scopus.com/inward/record.uri?eid=2-s2.0

DOI:10.20518/tjph.127258

Document Type: Article Publication Stage: Final Source: Scopus


background image


Dekabr, 2024-Yil

24

Ayniqsa, mazkur jinoyatni voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilishi naqadar ayanchli

holat sifatida baholanishi va uning turli xil shakllarini yuqoridagi tahlilimiz davomida muhokama

qilib o‘tdik.

REFERENCES

Normativ-huquqiy hujjatlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

Rasmiy elektron manbalar:

2.

© 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

3.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi info@stat.uz

Ilmiy maqolalar:

4.

ISSN: 3030-377X Sardor Suvanov Toshkent Davlat Yuridik universiteti mustaqil

izlanuvchisi Toshkent viloyat ma’muriy sudining sudyasi. “VOYAGA YETMAGANLAR

TOMONIDAN

SODIR

ETILADIGAN

BEZORILIK

JINOYATINING

KRIMINOLOGIK JIHATLARI” ISSUE 14, Volume1 15 May, 2024

Xorijiy ilmiy maqolalar :

5.

DOI: 10.1007/s00431-012-1782-9 Bullying and victimization among Turkish children and

adolescents:examining prevalence and associated health symptoms Received: 6 March

2012 /Accepted: 12 June 2012 /Published online: 27 June 2012 © Springer-Verlag 2012

6.

Isik Top

1

Belgin Unal

2

. Peer bullying in adolescents and related factors (2024) Turkish

Journal of Public Health, Document Type: Article Publication Stage: Final Source: Scopus.

Internet manzillari:

7.

http://lex.uz//docs/-

8.

www.president.uz

9.

https://www.stat.uz/uz/

10.

https://science-shine.uz/index.php/ilmnuri/index

11.

https://link.springer.com/journal/431

12.

https://www.scopus.com/inward/record.uri?eid=2-s2.0

References

Normativ-huquqiy hujjatlar:

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

Rasmiy elektron manbalar:

© 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi info@stat.uz

Ilmiy maqolalar:

ISSN: 3030-377X Sardor Suvanov Toshkent Davlat Yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Toshkent viloyat ma’muriy sudining sudyasi. “VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN BEZORILIK JINOYATINING KRIMINOLOGIK JIHATLARI” ISSUE 14, Volume1 15 May, 2024

Xorijiy ilmiy maqolalar :

DOI: 10.1007/s00431-012-1782-9 Bullying and victimization among Turkish children and adolescents:examining prevalence and associated health symptoms Received: 6 March 2012 /Accepted: 12 June 2012 /Published online: 27 June 2012 © Springer-Verlag 2012

Isik Top1 Belgin Unal2. Peer bullying in adolescents and related factors (2024) Turkish Journal of Public Health, Document Type: Article Publication Stage: Final Source: Scopus.

Internet manzillari:

www.president.uz