Dekabr, 2024-Yil
25
VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN BEZORILIK
JINOYATLARINING YURIDIK TAHLILI
Valiboyev Izzatbek To‘xtasin o‘g‘li
Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14280065
Kirish.
Hozirgi globallashuv davrida insoniyatga foydali bo‘lgan imkoniyatlar tobora
kengayib bormoqda, bu o‘z navbatida mazkur imkoniyatlardan samarali foydalanishni anglatadi.
Inson qo‘l mehnatini asta-sekin texnologiyalar egallagani XX asrning eng katta
yutuqlaridan bir edi. XXI asrda inson aqliy faoliyatini ham texnologiyalar egallayotgani bizga
notanish emas, bundan murod shuki, sivilizatsiya yutuqlaridan bemaqsad, noto‘g‘ri yo‘lda
foydalanish kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ma’lumki, jinoyat avvalo
nosog‘lom muhitda yuzaga keladi, uning paydo bo‘lishiga qarshi har bir inson kurashmoqligi
darkor hisoblanadi. Jinoyatning ildizi nafaqat nosog‘lom oila muhitida yuzaga kelishi bilan birga
aksariyat hollarda sog‘lom oila muhitida ham nazoratni yo‘lga qo‘ymaslik orqali vujudga kelishi
mumkinligi bizga ma’lumdir.
Ma’lum bir jinoyatlarda voyaga yetmaganlarning ham ishtiroki borligi jinoyatning naqadar
ayanchli ekanligidan dalolat beradi. So‘ngi yillarda voyaga yetmagan shaxslar tomonidan jinoyat
sodir etilishi ortib bormoqda. Bunga asosiy sabab sifatida yoshlarni foydali mashg‘ulotlarga jalb
etmaslik, ularning bo‘sh vaqtlari ko‘proqligi va har qanday jinoyatga jazo muqarrarligi haqida
huquqiy bilimlarga ega emasliklari sabab bo‘lishi mumkin. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev raisligida 2024-yil 28-iyun kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar sarhisobi, yangi
vazifa va takliflar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida yoshlar haqida quyidagi
jumlani aytib o‘tdilar. “Yoshlarimiz hayotda
1
munosib o‘rnini topishi uchun bundan keyin ham
bor kuch va imkoniyatlarni to‘liq ishga solamiz. Sizlar mamlakatimizning ishonchi va tayanchi,
kelajagimiz bunyodkorlarisiz”.
1
Shuningdek, xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti (The World health statistics report)
tomonidan taqdim etilgan statistikaga muvofiq, butun dunyo bo‘yicha 12-18 yoshdagi voyaga
yetmaganlarning o‘rtacha 20 foizi bezorilik jinoyatlarini sodir etganligi hamda buning natijasida
fuqarolar hamda jamiyat manfaatlariga yuqori miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.
1
© 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
Dekabr, 2024-Yil
26
Yurtimizda ham voyaga yetmagan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etish holatlari oldingi
yillarga nisbatan oshganini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, respublikamizda 2023-yilda 3600 nafar
voyaga yetmagan shaxslar jinoyat sodir etganligi ma’lum qilingan. Yil davomida voyaga
yetmaganlar tomonidan tovlamachilik 70%, bezorilik 60%, qasddan badanga og‘ir shikast
yetkazish 40%, nomusga tegish va odam o‘ldirishga urinish jinoyatlari 20% ko‘paygani qayd
etilgan.
1
Voyaga yetmaganlar tomonidan bezorilik jinoyati sodir etilishi ushbu jinoyatga nisbatan
tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi.
Muhokama va natijalar
. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq, bezorilik
jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil
shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar
yetkazish bilan bog‘liq holda sodir etiladigan ijtimoiy xavfli qilmish hisoblanadi. Bezorilik – uzoq
va qisqa muddatda sodir etiladigan jismoniy hamda sotsio-emotsional oqibatlarni keltirib
chiqaradigan
2
harakat hisoblanadi. Bir qancha tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bezorilik
jinoyati asosan yuqori darajadagi aqliy, ruhiy, tibbiy va hissiy muammolari mavjud bo‘lgan
yoshlar tomonidan sodir etilishi aniqlangan.
1
Shu bilan birga bezorilik jinoyati – tajovuzkor xulq-
atvor sifatida baholanib, bir guruh yoki individual shaxslar o‘rtasida jismoniy jihatdan kuch
nazoratsizligini keltirib chiqaradigan qilmish hisoblanadi. Hozirgi kunda jahon miqyosida
bezorilik jinoyati maktab o‘quvchilari tomonidan ham sodir etilayotgani notanish holat emas,
maktabdagi bezorilik ko‘p holatlarda zo‘ravonlik ko‘rinishidagi harakat bo‘lib, asosan o‘quvchilar
guruhi, o‘quvchi, o‘qituvchilar va maktabdagi xodimlar tomonidan maktab hududida sodir
etilayotgani qayd etilmoqda. Mazkur xatti-harakatlar doimiy ravishda Indoneziya davlatida
uchrayotgani u yerdagi aholini jiddiy tashvishga solmoqda.
1
Indoneziyalik huquq mutaxassislari
ta’kidlashicha, texnika-texnologiyalarning rivojlanishi, bezorilikning boshqa bir shaklini paydo
bo‘lishiga yordam bermoqda ya’ni virtual olamda fuqarolarning mulkiga tajovuz qilish holatlari
hamda internet vebsaytlari yordamida shaxslarning huquq va manfaatlariga ziyon yetkazuvchi
harakatlar qilinayotgani aniqlanmoqda.
1
1
111453 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
3
Bullying among Kazakhstan School Learners and Overcoming Strategies Assylbekova Marziya1, Atemova Kalipa2,
Baltabayeva Zhaniyat3, Muhambek Dilnur4. DOI:10.5281/zenodo.7900744RESEARCH ASSOCIATION for
INTERDISCIPLINARY STUDIES
https://zenodo.org/communities/eu
Dekabr, 2024-Yil
27
Bundan tashqari, har bir jinoyat ijtimoiy xavfliligi sodir etilishi uslubi, voqea joyi bilan
qolgan jinoyatlardan farq qiladi. Masalan, bezorilik jinoyati ham voyaga yetmaganlar orasida keng
tarqalganligi, bajarilishining turli ko‘rinishlari va asosan jamoat joylarida sodir etilishi bilan o‘ziga
xos ko‘rinishga egadir.
2
Shu o‘rinda voyaga yetmaganlar jinoyatining umumiy sabablariga nazar
tashlash bilan birga bezorilik jinoyatini yuzaga keltiruvchi omillarga ham qisqacha to‘xtalib o‘tish
lozim. Bezorilik jinoyatini sodir etishda ham sabablar motivlarga bevosita bog‘liq
3
bo‘lib asosan
axloq tushunchalari, o‘ziga o‘zgalarning baho berishi bilan hisoblashish, depressiya va stresslar
uyg‘unlashgan holda jamiyatdan umumiy norozilik kabilar bilan birga kechuvchi ruhiy jarayonlar
pirovardida asosiy omil bo‘ladi. Turli tahlillarga ko‘ra
30
bezorilik sodir etilishiga quyidagilar
lokomotiv vazifasini bajarmoqda: 1) qilmishni sodir etgan shaxsning o‘zini o‘zgalar oldida
ko‘rsatib qo‘yishga intilishi; 2) jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy yurish turish qoidalarini oshkora
mensimaslik; 3) muqaddam jinoyat sodir etganlarning ta’sir doirasiga tushib qolish; 4) oilaviy
hayoti, turmushi va boshqalardan nafratlanish; 5) boshqa motivlar (o‘ch olishga intilish, rashk va
h.q) 6) voyaga yetmaganlarning o‘rtoqlari va kattalarga ko‘r ko‘rona taqlidi.
2
Shuningdek, bezorilik jinoyati bilan ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanmish mayda
bezorilikni bir-biridan farqlash zarur.
1
Mayda bezorilik tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasida berilgan bo‘lib, uning mazmuniga
ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik jamoat joylarida uyatli so‘zlar aytish yoki shunday so‘zlar bilan
so‘kinish, behayo qiliqlar ko‘rsatish yoxud odamlarga nisbatan haqoratomuz shilqimlik qilish
hamda jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini buzish kabi jamiyatda yurish-turish qoidalarini
ochiqdan-ochiq mensimaslik harakatlarida ifodalanadi.
1
Agarda mayda bezorilik harakatlari
davom etib, aybdorning keyingi harakatlari shaxsni urish-do‘pposlash, unga yengil tan jarohati
yetkazish yoki mulkka ancha miqdorda shikast yetkazish yoxud nobud qilish bilan sodir etilgan
bo‘lsa, shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilmasdan, faqat jinoiy javobgarlikka tortiladi.
1
Urish-
do‘pposlash deganda, aybdor tomonidan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzib,
shaxsning badaniga shikast yetkazmagan holda bir necha zarba berish tushuniladi.
1
1
ISSN 2580-3085 THE UNDERSTANDING CHILDREN AS BULLIES FROM A CRIMINOLOGICAL
PERSPECTIVE
(Online)
Lusia
Sulastri
Bhayangkara
Jakarta
Raya
University,
Indonesia
lusia.sulastri@dsn.ubharajaya.ac.id
2
ISSN: 3030-377X Sardor Suvanov Toshkent Davlat Yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Toshkent viloyat
ma’muriy sudining sudyasi. “VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN BEZORILIK
JINOYATINING KRIMINOLOGIK JIHATLARI” ISSUE 14, Volume1 15 May, 2024
Dekabr, 2024-Yil
28
4
Ta’kidlash joizki, huquqshunos olim L.I.Aitstova bezorilik jinoyatining obyektiv tomoni
quyidagi holatlarda namoyon bo‘lishini ko‘rsatib o‘tgan:
jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzish;
jamiyatga nisbatan aniq hurmatsizlikni ifodalash;
fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik ishlatish yoki zo‘ravonlik ishlatish bilan qo‘rqitish,
shuningdek mol-mulkini nobud qilish.
1
Qolaversa, subyektiv tomondan bezorilik to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Aybdor jamoat
tartibini buzayotgani, do‘pposlayotgani, badanga shikast yetkazayotgani yoki o‘zganing mulkini
nobud qilayotgani yoki unga shikast yetkazayotganini anglaydi va bu harakatlarni amalga
oshirishni istaydi.
1
Ushbu holatda o‘zganing mulkiga shikast yetkazish va nobud qilish
tushunchalarining bir-biridan mazmun jihatdan farq qilishini holatga to‘g‘ri huquqiy baho berish
uchun bilish kerak.
1
Ya’ni mulkka shikast yetkazish–qisman yaroqsiz holga keltirilgan mulkni
muayyan sarf-xarajatlar evaziga tiklash imkoniyatining mavjudligini, mulkni nobud qilish
deganda, uni batamom yaroqsiz holga, ya’ni mulkdan ko‘zlangan maqsadda foydalanib
bo‘lmaydigan holga keltirilishini tushunish lozim
10
.
Shu bilan birga, bezorilik jinoyatining motivi bezorilik, ya’ni jamiyatga ochiqdan-ochiq
hurmatsizlik motivi bo‘lib, u o‘zining atrofdagilarga g‘ayriqonuniy qarshi qo‘yish, o‘zining
alohida shaxsiyatini namoyon qilishda, dag‘al kuchni namoyish etishda aks etadi.
1
Bunda jinoiy
harakat qanday predmetga qaratilganligi va u qaysi ijtimoiy munosabatlar tizimida amalga
oshirilayotganligi ahamiyatga ega emas. O‘n olti yoshga to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy
shaxs JKning 277-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan bezorilikning subyekti
5
hisoblanadi, ushbu
moddaning 2 – va 3 – qismlari bo‘yicha esa 14 yoshga to‘lgan shaxslar subyekt hisoblanadi.
1
Xulosa.
Yuqoridagilarga asoslanib umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak, bezorilik jinoyati
jamoat tartibiga qarshi qaratilgan bo‘lib, buning natijasida kelib chiqadigan oqibat fuqarolar va
jamiyatga ziyon yetkazishga olib keladi.
1
Jasur
Xudoyberdiyev,
Surxondaryo
viloyat
sudi
jinoyat
ishlari
bo‘yicha
sudlov
hay’ati
sudyasi,
2
ISSN: 3030-377X Sardor Suvanov Toshkent Davlat Yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Toshkent viloyat
ma’muriy sudining sudyasi. “VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN BEZORILIK
JINOYATINING KRIMINOLOGIK JIHATLARI” ISSUE 14, Volume1 15 May, 2024
shine.uz/index.php/ilmnuri/index
1
BEZORILIKKA OID IShLARNING BIR-BIRIDAN FARQI Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi yetakchi
maslahatchisi A.Kazimbaev
10
© 2009-2024 O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
https://toshkent-vil.adliya.uz/
Dekabr, 2024-Yil
29
Ayniqsa, voyaga yetmaganlar tomonidan bezorilik jinoyatini sodir etilishi jamiyatda
bezorilikka nisbatan salbiy qarashlarni yuzaga keltirish bilan birga uni barvaqt oldini olishga
imkoniyat yaratadi. Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarni ularning qonuniy vakillari
tomonidan muntazam ravishda nazorat olib borilishi hamda ta’lim dargohlarida o‘quvchi
yoshlarga vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda jinoyat sodir etishning ayanchli oqibatlari
haqida ma’lumot berilishi va voyaga yetmaganlarning jinoiy ishlarini sayyor sud majlisi tartibida
ta’lim markazlarida sud muhokamalari o‘tkazilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Qolaversa,
mashhur tadbirkor yoki o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishgan insonlar bilan ta’lim markazlarida
uchrashuvlar tashkil etilishi o‘rinli bo‘ladi. Yuqoridagi tahlilimiz davomida bezorilik jinoyatining
huquqiy tabiati o‘zida bir nechta jinoiy harakatlarni qamrab olishini muhokama qilib o‘tdik.
REFERENCES
Normativ-huquqiy hujjatlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Rasmiy elektron manbalar:
2.
© 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
3.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi info@stat.uz
Ilmiy maqolalar:
4.
ISSN: 3030-377X Sardor Suvanov Toshkent Davlat Yuridik universiteti mustaqil
izlanuvchisi Toshkent viloyat ma’muriy sudining sudyasi. “VOYAGA YETMAGANLAR
TOMONIDAN
SODIR
ETILADIGAN
BEZORILIK
JINOYATINING
KRIMINOLOGIK JIHATLARI” ISSUE 14, Volume1 15 May, 2024
Xorijiy ilmiy maqolalar :
5.
Bullying among Kazakhstan School Learners and Overcoming Strategies Assylbekova
Marziya1,
Atemova
Kalipa2,
Baltabayeva
Zhaniyat3,
Muhambek
Dilnur4.
DOI:10.5281/zenodo.7900744RESEARCH ASSOCIATION for INTERDISCIPLINARY
STUDIES
6.
ISSN 2580-3085 THE UNDERSTANDING CHILDREN AS BULLIES FROM A
CRIMINOLOGICAL PERSPECTIVE (Online) Lusia Sulastri Bhayangkara Jakarta Raya
University, Indonesia lusia.sulastri@dsn.ubharajaya.ac.id Jurnal Pembaharuan Hukum
7.
Davlat tashkilotlarining rasmiy vebsaytlari:
8.
Jasur Xudoyberdiyev, Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati
sudyasi,https://www.sariosiyo.uz/uz
Dekabr, 2024-Yil
30
9.
BEZORILIKKA OID IShLARNING BIR-BIRIDAN FARQI Quyi Chirchiq tuman adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi A.Kazimbaev 10 © 2009-2024 O'zbekiston Respublikasi
https://toshkent-vil.adliya.uz/
Internet manzillari:
10.
11.
12.
13.
14.
https://toshkent-vil.adliya.uz/
