Authors

  • Izzatbek Valiboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.62210

Keywords:

konstitutsiya voyaga yetmaganlar chora-tadbirlar va jinoyat.

Abstract

Ushbu maqolada voyaga yetmagan shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlari va yurtimizda ularni rivojlanishlari uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar hamda yoshlarni ta’lim jarayonlariga keng jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlar. Shuningdek, yosh avlodni sog‘lom hayot tarzida ulg‘aytirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar tahlil qilingan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

531

VOYAGA YETMAGAN SHAXSLARNING KONSTITUTSIYADA BELGILANGAN

HUQUQLARI VA MAZKUR HUQUQLARDAN BESAMAR FOYDALANISH

NATIJASIDA YUZAGA KELADIGAN HUQUQIY OQIBATLAR

Valiboyev Izzatbek To‘xtasin o‘g‘li

Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14684862

Annotatsiya. Ushbu maqolada voyaga yetmagan shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlari

va yurtimizda ularni rivojlanishlari uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar hamda yoshlarni

ta’lim jarayonlariga keng jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlar. Shuningdek, yosh avlodni

sog‘lom hayot tarzida ulg‘aytirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar tahlil qilingan.

kalit sozlar: konstitutsiya, voyaga yetmaganlar, chora-tadbirlar va jinoyat.

КОНСТИТУЦИОННЫЕ ПРАВА НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ И ПРАВОВЫЕ

ПОСЛЕДСТВИЯ, ВОЗНИКАЮЩИЕ В РЕЗУЛЬТАТЕ НЕЭФФЕКТИВНОГО

ОСУЩЕСТВЛЕНИЯ ЭТИХ ПРАВ

Аннотация. В данной статье рассматриваются конституционные права

несовершеннолетних и создаваемые в нашей стране условия для их развития, а также

меры, направленные на широкое вовлечение молодежи в образовательный процесс. Также

проанализированы реформы, проводимые с целью воспитания молодого поколения в

здоровом образе жизни.

ключевые слова: конституция, несовершеннолетние, меры и преступление.

CONSTITUTIONAL RIGHTS OF MINORS AND LEGAL CONSEQUENCES

ARISING FROM THE INEFFECTIVE EXERCISE OF THESE RIGHTS

Abstract. This article discusses the constitutional rights of minors and the conditions

created for their development in our country, as well as measures aimed at widely involving young

people in the educational process. The reforms being implemented to raise the younger generation

to a healthy lifestyle are also analyzed.

keywords: constitution, juveniles, measures, and crime.

Kirish.

Ma’lumki, yoshlar har bir davlatning ajralmas qismi bo‘lib, uni kelgusida rivojiga

hamda kuch-qudratiga hissa qo‘shuvchi ustuni hisoblanadi. Yurtimizda yoshlarning har

tomonlama rivojlanishlari uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, navqiron avlodni sog‘lom

turmush tarzida kamol toptirish va dunyo bozoriga professional mutaxassislar taqdim etish maqsad


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

532

qilingan. O‘sib kelayotgan yosh avlod yurt taqdirini hal etishda bevosita ishtirok etuvchi

davlatning poydevoridir. So‘ngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar

zamirida yosh-avlodni turli xil buzg‘unchi yo‘llardan himoya qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini

mazmunli o‘tkazish va sport bilan mashg‘ul bo‘lishlari uchun bir qator imkoniyatlar yaratilmoqda.

Mazkur imkoniyatlardan bemaqsad hamda noto‘g‘ri yo‘lda foydalanish o‘z navbatida

yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Yangilangan O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida voyaga yetmaganlarning

konstitutsiyaviy huquqlari mustahkamlangan bo‘lib ularni cheklovchi harakatlar olib borish

qat’iyan man etilishi nazarda tutilgan. Shuningdek voyaga yetmagan shaxslarning ta’lim olishlari,

mehnat qilishlari va sog‘lom muhitda hayot kechirishlari uchun imkoniyatlar taqdim etish

davlatning asosiy vazifasi ekanligi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi

jinoyat kodeksining umumiy qismida voyaga yetmaganlarga nisbatan javobgarlik choralari

belgilangan bo‘lib, adolatlilik prinsipi bo‘yicha voyaga yetmagan shaxslar tomonidan ham sodir

etilgan ijtimoiy xavfli qilmish uchun jinoiy-javobgarlikka tortilishi nazarda tutilgan.

1

So‘ngi yillarda voyaga yetmagan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilishi ortib bormoqda.

Bunga asosiy sabab sifatida yoshlarni foydali mashg‘ulotlarga jalb etmaslik, ularning bo‘sh

vaqtlari ko‘proqligi va har qanday jinoyatga jazo muqarrarligi haqida huquqiy bilimlarga ega

emasliklari sabab bo‘lishi mumkin.

1

Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida 2024-yil 28-iyun kuni yoshlar

siyosati sohasidagi ishlar sarhisobi, yangi vazifa va takliflar muhokamasiga bag‘ishlangan

videoselektor yig‘ilishida yoshlar haqida quyidagi jumlani aytib o‘tdilar. “Yoshlarimiz hayotda

munosib o‘rnini topishi uchun bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni to‘liq ishga solamiz.

Sizlar mamlakatimizning ishonchi va tayanchi, kelajagimiz bunyodkorlarisiz”.

1

Muhokama va natijalar

. Yangi tahrirda qabul qilingan konstitutsiyamizda bola huquqlari

to‘laqonli amalga oshirilishi va bolani har qanday sharoitda davlat tomonidan muhofaza qilinishi

mustahkamlangan. Ushbu oliy yuridik normativ- huquqiy hujjatning 77-moddasida ota-onalar

tomonidan o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar g‘amxo‘rlik qilishlari, asrab-avaylashlari,

sog‘lom muhitda kamol topishi uchun zaruriy harakatlarni amalga oshirishlari nazarda tutilgan

bo‘lib ota-onalarga nisbatan bolani voyaga yetish yoshiga qadar ulg‘aytirishi hamda rivojlanishi

1

ISSN: 2181-1784 Sattorova Muharram Abdurazzoqovna Toshkent shahar yuridik texnikumi jinoiy-huquqiy fanlar

kafedrasi mudiri “VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI”
ISSUE 11,Volume 2, November 2022

https://cyberleninka.ru/article/n/voyaga-yetmaganlar-jinoyatchiligining-o-

ziga-xos-xususiyatlari/viewer


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

533

uchun imkoniyatlar yaratib berishi ko‘zda tutilgan. Mazkur moddaning ikkinchi qismida davlat va

jamiyat birgalikda yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni

ulg‘aytirishi, tarbiyalashi, ularning ta’lim olishi va har tomonlama sog‘lom kamol topishlari uchun

chora-tadbirlar amalga oshirishi va ushbu harakatlar davlat tomonidan ta’minlanishi belgilangan.

2

Shu bilan birga, yangilangan konstitutsiyaning 78-moddasida farzandlar ota-onasining

nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida teng hisoblanishlari, bolaning

huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish davlatning

majburiyati ekanligi belgilangan. Shu bilan birga onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan

muhofaza qilinishi va davlat hamda jamiyat bolalarda vatanga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish

vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish bo‘yicha harakat olib borishi nazarda tutilgan.

2

Yuqorida

2

muhokama qilib o‘tgan konstitutsiyamizda belgilangan qoidalardan

tushunishimiz mumkinki, ot-onalar o‘z farzandlarini sog‘lom hayot tarzida ulg‘aytirishlari, voyaga

yetguniga qadar boqishlari va vataniga xizmat qiladigan sadoqatli farzand shakllantirishlari ota-

onalarning majburiyati ekanligi tushuniladi. Shuningdek, ota-onalar tomonidan mazkur

majburiyatlar to‘laqonli bajarilmagan taqdirda turli xil ko‘ngilsiz holatlar sodir bo‘lishi mumkin.

Misol tariqasida; ota-onalar farzandlariga birgalikda e’tibor qaratmasalar, axloq nuqtayi

nazaridan jamiyatga zarar yetkazuvchi shaxs yuzaga kelishiga va oila nomiga salbiy fikrlar olib

kelishiga sabab bo‘ladi. Mamlakatimizda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan

jinoyatlarning asl sababi ham oilada e’tiborning kamligi, yetarlicha nazorat o‘rnatilmaganligi va

oilada halovatning yo‘qligidan dalolat beradi. Voyaga yetmagan yoshlar tomonidan ijtimoiy xavfli

qilmishlar sodir etilishi kishini taajjubga soladi.

Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarning jinoiy javobgarligi va ularga nisbatan jazo

choralarini qo‘llanilishi jinoyat qonunchiligining ahamiyati yuqori ekanligini ko‘rsatadi.

Qolaversa, mazkur javobgarlik belgilovchi huquqiy normalar adolat, insonparvarlik,

qonuniylik va bu kabi boshqa prinsiplar harakatga kelishiga huquqiy asos bo‘ladi.

Bundan tashqari,

voyaga yetmaganlarning ruhiy holatini va ularda ta’sirchanlik hamda taqlidchilik xususiyati yuqori

bo‘lganligini hisobga olib, ularga nisbatan yengilroq turdagi jazo choralarini qo‘llanilishi jinoiy

jazo maqsadlariga erishish imkonini berishi ko‘zda tutilgan.

Har bir jinoyat o‘zining ijtimoiy xavflilik darajasi, sodir etish vaqti va uslubi hamda sharoiti

bilan qolgan jinoyat turlaridan farq qiladi.

1

© 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

https://president.uz/oz

2

http://lex.uz//docs/-6445145

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

534

Jinoyat qonunchiligiga ko‘ra, 14 yoshga to‘lgan aqli raso shaxs voyaga yetmagan

hisoblanadi. Voyaga yetmagan shaxs hisoblanishi uchun 18 yoshga to‘lmagan bo‘lishi kerak.

1

3

Jinoyat kodeksining 17-moddasiga muvofiq, jinoiy huquqiy munosabatlarda ishtirok

etganlik uchun javobgarlik masalasining qo‘llanilishi umumiy subyekt yoshi sifatida 16 yoshga

to‘lgan aqli raso shaxslarga tatbiq etilishi nazarda tutilgan. Mazkur normativ huquqiy hujjatga

muvofiq, ayrim jinoyat turlari uchun subyekt yoshi 14 yosh etib belgilangan. Masalan: qasddan

odam o‘ldirish (JK 97-m 1-q), qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (JK 104-moddasi), qasddan

badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JK 105-m), nomusga tegish (JK 118-m), bosqinchilik

(JK 164-m), tovlamachilik (JK 165-m), talonchilik (JK 166-m), firibgarlik (JK 168-m), o‘g‘irlik

(JK 169-m), bezorilik (JK 277-m.2-,3-q.)

1

Ta’kidlash joizki, Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning miqdori

so‘ngi vaqtlarda ortib borayotgani kishini taajjubga solmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra,

O‘zbekistonda 2023-yilda 3600 nafar voyaga yetmagan shaxslar jinoyat sodir etgan. Mazkur

ko‘rsatkich, oldingi besh yil davomidagi sodir etilgan jinoyatlar ko‘rsatkichidan 4.4 barobarga

oshganini ko‘rsatmoqda. Yil davomida voyaga yetmaganlar tomonidan tovlamachilik 70%,

bezorilik 60%, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 40%, nomusga tegish va odam o‘ldirishga

urinish jinoyatlari 20% ko‘paygani aniqlangan. Jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar eng ko‘p

700 nafari Farg‘ona viloyatiga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarda, Toshkent shahri – 545,

Namangan viloyati – 451, va Toshkent viloyati – 345 kishi. Eng past ko‘rsatkichlar Jizzax – 54,

Navoiy – 62, va Xorazm – 66 nafar voyaga yetmagan shaxs qayd etilgan.

2

Ushbu statistik

ma’lumotlar orqali jamiyatdagi barcha insonlar voyaga yetmagan yoshlarni jinoyat sodir etishdan

4

qaytarishni, har bir jinoyat natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar va jinoyatga jazo

muqarrarligi haqida muntazam ravishda fuqarolarga asosan yoshlarga ma’lumotlar berib borilishi

lozim hisoblanadi.

1

ISSN: 2181-1784 Sattorova Muharram Abdurazzoqovna Toshkent shahar yuridik texnikumi jinoiy-huquqiy fanlar

kafedrasi mudiri “VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI”
ISSUE 11,Volume 2, November 2022

https://cyberleninka.ru/article/n/voyaga-yetmaganlar-jinoyatchiligining-o-

ziga-xos-xususiyatlari/viewer

1

ISSN: 2181-1784 Sattorova Muharram Abdurazzoqovna Toshkent shahar yuridik texnikumi jinoiy-huquqiy fanlar

kafedrasi mudiri “VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI”
ISSUE 11,Volume 2, November 2022

https://cyberleninka.ru/article/n/voyaga-yetmaganlar-jinoyatchiligining-o-

ziga-xos-xususiyatlari/viewer

2

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

info@stat.uz

https://www.stat.uz/uz/



background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

535

Rivojlangan texnologiyalar yordamida jinoyatning salbiy taraflari to‘g‘risida videorolik

ishlab chiqilishi va ommaviy axborot vositalarida doimiy suratda ko‘rsatib turilishi maqsadga

muvofiq bo‘ladi. Mazkur harakatlar natijasi asosan maktabgacha hamda boshlang‘ich ta’lim

darajasidagi bolalarda samarali namoyon bo‘ladi. Buning sababi sifatida, ushbu darajadagi

bolalarda chuqur tafakkur xususiyatlari yuqori bo‘ladi. Bu o‘z navbatida yoshlarda jinoyatning

salbiy taraflari hamda uning oqibatlari haqida tushunchalar ertaroq shakllanishiga olib keladi.

Qolaversa, bosh qomusimizning 80-moddasida voyaga yetgan mehnatga layoqatli

farzandlar ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilishga majburliklari belgilangan bo‘lib, farzandlar voyaga

yetganlarida moliyaviy va ijtimoiy salohiyatga ega bo‘lgan vaqtda o‘zlarining ota-onalariga mehr-

muruvvat ko‘rsatishlari lozimligini ta’kidlaydi.

Xulosa.

Yuqoridagilarga asoslanib umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak, yangi tahrirda qabul

qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida voyaga yetmagan shaxslarning huquqlari,

erkinliklari va daxlsizliklari nazarda tutilgan bo‘lib, davlat tomonidan muhofaza etiladi. Ularning

har tomonlama rivojlanishlari va komil inson sifatida shakllanishlari uchun sharoitlar yaratib

berish davlatning majburiyati hisoblanadi. Shuningdek, davlat tomonidan yoshlarning huquqlari,

erkinliklarini ta’minlash va davlat hamda jamiyat hayotida yoshlarning faol ishtirok etishi

rag‘batlantirilishi konstitutsiyada mustahkamlangan. Shu bilan birga, davlat tomonidan

yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi

uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam

olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilishi hukumatimizning

asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Yuqorida voyaga yetmagan shaxslarning konstitutsiyada

belgilangan huquqlari va mazkur huquqlardan besamar foydalanish natijasida yuzaga keladigan

huquqiy oqibatlar haqida mulohazalarni muhokama qilib o‘tdik.

REFERENCES

Normativ-huquqiy hujjatlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

Rasmiy elektron manbalar:

2.

© 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

3.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi info@stat.uz

Ilmiy maqolalar:


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

536

4.

ISSN: 2181-1784 Sattorova Muharram Abdurazzoqovna Toshkent shahar yuridik

texnikumi jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri “VOYAGA YETMAGANLAR

JINOYATCHILIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI” ISSUE 11,Volume 2,

November 2022

Internet manzillari:

5.

http://lex.uz//docs/-6445145

6.

https://president.uz/oz

7.

info@stat.uz

https://www.stat.uz/uz/

8.

https://cyberleninka.ru/article/n/voyaga-yetmaganlar-jinoyatchiligining-o-ziga-xos-

xususiyatlari/viewer

References

Normativ-huquqiy hujjatlar:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

Rasmiy elektron manbalar:

© 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi info@stat.uz

Ilmiy maqolalar:

ISSN: 2181-1784 Sattorova Muharram Abdurazzoqovna Toshkent shahar yuridik texnikumi jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri “VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI” ISSUE 11,Volume 2, November 2022

Internet manzillari: