ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
128
OʻRTA ASR SHAHARLARIDA JAMOAT MARKAZLARINING SHAKLLANISHI
Fayziyev Xurshid Dilshadovich
Toshkent Arxitektura Qurilish Universiteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14328832
Annotatsiya.
Ushbu maqola Markaziy Osiyo o'rta asr shaharlarining arxitekturasi va
shaharsozlik tarixiga bag'ishlangan. Maqolada shaharlarning asosiy tuzilishi, karvon yo'llarining
kesishuvi va jamoat markazlarining shakllanishi haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Chorsu,
ya'ni chorrahalar shahar markazlarining asosiy elementi sifatida ajratilgan bo'lib, bu joylarda
jamoat imoratlari va ma'muriy markazlar o'zaro aloqalarini o'rganish mumkin. Shaharlar
ichidagi ansamblar, masjidlar, madrasa va savdo gumbazlari bir-birini to'ldirib, umummarkaz va
mahalla markazlarini tashkil etgan. Maqolada shaharlarning funksional jihatlari, jamoat
markazlarining tuzilishi va mahalla ansambllarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, o'rta
asrlar shaharsozligida qurilish jarayonlarining rejalashtirilishi, badiiy g'oya va arxitektura
usullari haqida ham ma'lumotlar berilgan. Ushbu tadqiqot, shaharlar tarixini chuqur o'rganish
orqali Markaziy Osiyo madaniyati va arxitektura merosining ahamiyatini oshirishga qaratilgan.
Kalit so’zlar:
jamoat markazlari, ma’muriy markazlar, arxitektura, ibodatgoh, registon,
bozor maydoni, karvon yoʻllari, chorsu, savdo gumbazlari, mahalla aholisining yo‘llari.
ФОРМИРОВАНИЕ ОБЩЕСТВЕННЫХ ЦЕНТРОВ В СРЕДНЕВЕКОВЫХ
ГОРОДАХ
Аннотация.
Данная
статья
посвящена
архитектуре
и
истории
градостроительства средневековых городов Центральной Азии. В статье представлена
информация о структуре городов, пересечении караванных путей и формировании
общественных центров. Чорсу, или перекрестки, выделены как основной элемент центров
городов, где можно изучить взаимосвязи между общественными зданиями и
административными центрами. Ансамбли внутри городов, мечети, медресе и торговые
купола дополняли друг друга, образуя общегородские и районные центры. В статье
освещены функциональные аспекты городов, структура общественных центров и
важность районных ансамблей. Также представлены сведения о планировании
строительных процессов в средние века, художественной идее и архитектурных приемах.
Данное исследование направлено на повышение значимости культуры и архитектурного
наследия Центральной Азии через глубокое изучение истории городов.
Ключевые слова:
общественные центры, административные центры,
архитектура, молитвенный дом, регистан, рыночная площадь, караванные пути, чорсу,
торговые купола, дороги жителей микрорайона.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
129
THE FORMATION OF COMMUNITY CENTERS IN MEDIEVAL CITIES
Abstract.
This article is dedicated to the architecture and urban planning history of
medieval cities in Central Asia. The article provides information about the structure of cities, the
intersection of caravan routes, and the formation of public centers. Chorsu, or intersections, are
highlighted as the main element of city centers, where the interconnections between public
buildings and administrative centers can be studied. The ensembles within cities, including
mosques, madrasas, and trade domes, complemented each other, forming urban and
neighborhood centers. The article discusses the functional aspects of cities, the structure of public
centers, and the significance of neighborhood ensembles. It also presents information about the
planning of construction processes in the Middle Ages, artistic ideas, and architectural techniques.
This research aims to enhance the importance of Central Asian culture and architectural heritage
through an in-depth study of the history of cities.
Key words:
public centers, administrative centers, architecture, place of worship, registan,
market place, caravan routes, chorsu, trading domes, streets of neighborhood residents.
KIRISH
Markaziy Osiyo o'rta asr shaharlarining urbanistik tarixi, o'ziga xos madaniyati va
me'moriy an'analarini o'rganish, nafaqat ushbu hududning o'ziga xosligi, balki global tarix va
madaniyat uchun ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu davrda shakllangan shaharlar, asosan,
muhim savdo yo'llarining kesishuvi joylashgan bo'lib, ular dunyoning turli burchaklaridan kelgan
savdogarlarni va sayyohlarni bir joyga to'plagan. Bunday savdo markazlari, nafaqat iqtisodiy
faoliyatni rivojlantirgan, balki turli madaniyatlar va an'analarni almashish uchun sahna bo'lgan.
O'rta asr shaharlarining markaziy joylari, shuningdek, jamoat va ma'muriy imoratlar bilan
boyitilgan bo'lib, ular ijtimoiy hayotning, diniy tadbirlarning va madaniy faoliyatning muhim
nuqtalari sifatida xizmat qilgan. Markaziy Osiyo shaharlarida joylashgan jamoat markazlari va
ibodatgohlar, aholi uchun zarur bo'lgan barcha funksiyalarni bajaradigan muhim inshootlar sifatida
e'tiborga molikdir. Bu markazlar, mahalliy aholi va sayyohlar uchun qulay muhit yaratgan,
shuningdek, savdo va madaniyatning rivojlanishiga hissa qo'shgan.
Maqolamizda, chorsu va ansamblar shakllanishining me'moriy jihatlari, shuningdek,
jamoat va ma'muriy binolar o'rtasidagi bog'liqlik ko'rib chiqiladi.
O'rta asr shaharlarining urbanistik strukturalari, ularning ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi
roli va zamonaviy shaharsozlik jarayonlarida qanday aks etishi tadqiq etiladi. Ushbu tadqiqot,
markaziy Osiyo shaharlarining me'moriy merosi va madaniy ahamiyatini chuqur o'rganish orqali,
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
130
jamoat markazlari va ibodatgohlarning shakllanishi, savdo va madaniyat o'rtasidagi o'zaro
aloqalarni yoritishga qaratilgan.
Ushbu maqola, shaharsozlik jarayonlarining tarixi va uning zamonaviy kontekstdagi
ahamiyatini ko'rsatish orqali, kelajakda shaharlar rivojlanishining muhim yo'nalishlarini
belgilashda yordam berishi kutilmoqda.
Asosiy qism
Markaziy Osiyo oʻrta asrlar shaharlarining katta asosiy qismi karvon yoʻllari kesishuvida
tashkil topgan. Mana shu chorraha odatda shahar markazini tashkil etgan va Chorsu
(toʻrt
yoʻnalish, koʻcha degani)
deb atalgan. Ansambllar kelib chiqishidan oldin dastlabki shaharsozlik
namunalarida jamoat imoratini turar joylardan alohida maydonchada balandroq qilib ajratib qurish
yuzaga kelgan edi. Oʻrta asrlarda endi oldingidek faqatgina bitta imoratni ajratibgina koʻrsatmay,
1-rasm. Registon maydoni (Samarqand)
2-rasm. Ichan qal’a markazi (Xiva)
balki bir necha imorat va jamoat
markazlarini ajratib koʻrsatish ehtiyoji kelib chiqdi. Bu esa oʻz navbatida ibodatgoh, savdo,
maʼmuriy markazlar ansambllarining yaratilishiga olib keldi.
Uning atrofida esa bir qator mahallalar markazlari yuzaga keldi. Shunday qilib shaharlar
turar-joy fonida yaqqol ajralib turadigan umumshahar va mahalla markazlarini tashkil etadigan
ansambllar majmuidan shakllandi.
Har bir shaharning maʼmuriy inshooti oldida farmonlarni eʼlon va ijro etadigan maydon
(Samarqand, Toshkent va Buxoroda bu vazifani Registon maydonlari bajargan)
, bosh bozor sahni,
savdo chorrahalari, koʻchalar boʻylab ketgan rastalar, jome masjidlari, madrasalar asosida
shakllangan shahar maʼrifiy markazi kabi qismlari boʻlgan. Mana shu yerdagi imoratlar ansambl
tarzida qurilgan. Bular odatda juft, qoʻsh, maydon va bir kompozitsion oʻq boʻylab joylashtirish
usullarida bunyod etilgan.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
131
Markaziy Osiyo shaharlari meʼmoriy ansambllarining yaratilish tarixini yozma
manbalardan oʻrganish shuni koʻrsatadiki, inshootlarning asosiy qismi oldindan oʻylab amalga
oshirilgan ekan. Oʻsha paytlarda Xuroson va Movarounnahr yaxlit madaniy mintaqani tashkil
etganligi maʼlum. Shuning uchun ham oʻrta asrlar tarixnavislarining nafaqat Movarounnahr, balki
Eron va Ozarbayjon shaharsozligida ham yaxlit imoratlar guruhlarini maxsus meʼmoriy loyihalar
asosida amalga oshirganligi haqidagi maʼlumotlari diqqatga sazovordir.
Binolarning bir nechtasini bir yerda yagona
badiiy gʻoya asosida bunyod qilishga ancha qadimdan katta eʼtibor berilgan. Chunki bundan bir
necha imorat bir-birovining nufuziga qoʻshimcha koʻrk boʻlib yanada serhashamliroq qilib
koʻrsatgan. Har bir hokim binolarni salobatliroq qilib qurib shu tufayli oʻz qudratini namoyish
etgan. Binolar turlicha funksional jihatlarni – maʼmuriy, tijorat, madaniy, maishiy, maʼrifiy
guruhlarini tashkil etgan. Bu funksional guruhlarning barchasi shahar strukturasida mavjud
boʻlgan va birgalikda butun shahar funksiyasini va uning maʼmuriy tuzilishini ifodalagan.
Markaziy Osiyoning oʻrta asrlardagi shaharsozligida shaharlarning madina – doxil yoki
shahriston deb ataladigan asosiy qismining negizini oʻzaro kesishib oʻtgan ikki yoʻlning chorrahasi
– chorsu tashkil etgan. Masalan, Toshkentda ham Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qoʻqon,
Namangan, Andijon, Gʻijduvonda ham va yana bir qator boshqa yerlarda ham bu joylar oʻz nomini
shu bugungacha saqlab kelmoqda. Registon maydonlari ham katta shaharlar uchun zaruriy
shaharsozlik elementi boʻlgan. Jumladan, Samarqand, Buxoro, Toshkent va Andijonda hozirgacha
bu nomlar oʻrta asrlardagi shaharning bosh maydonini anglatib turadi.
Oʻrta asrlar shaharsozligida ansambl tuzish sanʼatini oʻrganib chiqish shuni koʻrsatdiki,
XIV asrgacha shaharlar ark, shahriston va rabod uch qismidan tashkil topib shahristonning asosini
Chorsu tashkil etgan boʻlsa, shu davrdan soʻng koʻp markazli shahriston yuzaga keladi:
3-rasm Eski shahar markazi
(Buxoro)
4-rasm Bayram va tadbirlar o’tkazilgan
maydon
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
132
Samarqandda – Bibi Xonim ansambli va bozor maydoni, Chorsu, Registon, Goʻri Amir va
balki ark oldidagi maydon; Buxoroda – Registon, chorsu oʻrniga bir necha chorrahalardagi savdo
gumbazlari – toqlar, Labi Hovuz maydoni va qator ansambllar majmui – Poyi Minor, Hovuzi Nav,
Qoʻsh madrasa va boshqalar; Toshkentda Koʻkaldosh va Xoʻja Ahror madrasalari hamda Juma
masjid kompleksi tashkil etgan maydon; Chorsu Registon va Hazrati Imom kompleksi tashkil
etgan maydon; Shahrisabzda Oqsaroy, Chorsu, Dor-us-Saodat va Dor ut-Tilovat ansambllari
majmui; Xivada yaxlit bogʻlangan Koʻhna Ark, Juma masjid, Oq masjid, Polvon darvoza oldidagi
bozor maydoni, Allaqulixon imoratlari va Qutlugʻ Murod Inoq madrasasi ansambli, Tosh hovli
ansambllari turkumi va boshqalar.
Shahar bosh ansambllari aholi yigʻiladigan maydonlarni tashkil etgan va odatda bu
maydonlarni koʻchalar kesib oʻtgan. Mahalla ansambllari esa mahalla aholisining shahar
markaziga chiqadigan yoʻllarning bir chekkasida joylashgan boʻlgan. Bu yerdan markazga borish
yoʻli oʻtganligi tufayli mahalla markazi fors-tojik tilida guzar (oʻtish joyi) deb ataladi. Shahar
markazlaridagi ansambllar turli imoratlardan tashkil topgan boʻlsa, mahalla markazlarining
koʻpchiligi uchun umumiy boʻlgan inshootlar mavjud.
Bular dastavval mahalla aholisi foydalanishga moʻljallangan masjid va hovuz. Bu ikki
inshoot zaruriy boʻlib barcha mahalla markazlarida mavjud. Bundan tashqari uchraydigan binolar
bu maktab, choyxona, madrasa yoki xoʻjalik va maʼmuriy maqsadlarda foydalanishga
moʻljallangan hujralar. Shuningdek, minora va tahoratxona ham zaruriy inshoot hisoblangan.
Ammo baʼzi bir masjidlarda minora alohida imorat tarzida emas, balki darvozaxona yoki
masjid tomida kichikroq chortoq – mezana sifatida tiklangan.
Baʼzi bir mahalla ansambllari turkumida hammom, sartaroshxona, qassoblik, bazzozlik
kabi doʻkonlar ham uchraydi. Biz qayd qilib oʻtgan xonalar va imoratlar 1920-yillargacha boʻlgan
davrda paydo boʻlgan. Shundan keyingi muddatda esa tibbiy xizmat koʻrsatish, tartibni saqlash
maqsadlarida foydalaniladigan, harfxona qilishga moʻljallangan xonalar va mahalla komiteti
hamda klub xonalari singari qoʻshimcha funksiyalar yuzaga keldi.
Mahalla ansambllari hovuz atrofini shakllantirishga qaratilganidan hovli tuzish sanʼatidan
iborat. Shuning uchun biz shahar markazlaridagi ansamblsozlikni hajmlar vositasida muhitga
boʻysungan hajmlar gʻoyasidan kelib chiqqan deb taʼrifladik. Bu ikki gʻoya meʼmoriy ijodda
yetakchi ikki yoʻlni belgilab beradi.
Shuning uchun ham muhitni boʻysundirish gʻoyasini aks ettirgan ansambllar ular tashkil
etadigan maydondan kuzatish (tomosha qilish maʼnosida)ga moʻljallangan. Ikkinchi turdagisi esa
chekkadan, ansambl atrofidan boqishga moʻljallangan.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
133
Muhit bilan binolar hajmni muvofiqlashtirishning bu ikki gʻoyasi Movarounnahr
meʼmorchiligining barcha jabhalarida uchraydi.
Jumladan, turar joylarni olib qarasak past tekisliklar va vohalardagi hovlilik uylar hajmiga
olingan muhitdan tashkil topsa, togʻ uylari yoki Marv vohasida uchraydigan “ding” deb ataladigan
uylar muhit oʻrab turgan hajmdan iborat. Endi jamoat markazlarini tashkil etishni olsak unda ham
shu misol kabi koʻrinishlar mavjud.
Masalan, katta madrasalar, jome masjidlari, karvon saroylar hovlini oʻrab olish vositasida
shakllanadi. Buxoro va Xiva minoralari, xonaqohlar, savdo gumbazlari, maqbaralar esa odatda
atrofdagi muhitdan boqishga moʻljallangan.
Xulosa
Izlanishlar natijalariga ko‘ra, quyidagi yakuniy xulosalarga kelindi:
Markaziy Osiyo o‘rta asr shaharlarining urbanistik tuzilishi, ularning jamoat va ma’muriy
markazlari o‘rtasidagi muhim aloqalarni aks ettiradi. Bu shaharlar, karvon yo‘llarining kesishuvi
joyida joylashgan bo‘lib, iqtisodiy va madaniy hayotning rivojlanishiga xizmat qilgan.
Chorsu va ansambllar, shaharlarning markaziy qismida joylashgan bo‘lib, ibodatgohlar,
bozorlar va madrasalar bilan birgalikda, ijtimoiy hayotning asosiy nuqtalarini tashkil etadi. Bu
o‘rinda jamoat imoratlari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning tuzilishi va dizayni
shaharlarning madaniy merosini belgilaydi.
Har bir shahar, o‘zining tarixiy kontekstini hisobga olib, turli funksiyalarni bajaruvchi
imoratlarni rivojlantirgan. Buning natijasida, ijtimoiy, ma’muriy va savdo faoliyatlari bir-biri bilan
chambarchas bog‘lanadi.
Ushbu tadqiqot, markaziy Osiyo shaharlarining urbanistik merosini tushunish va saqlab
qolish uchun muhim ahamiyatga ega. Kelajakda shaharlarning rivojlanish yo‘nalishlari va jamoat
markazlarining shakllanishi, ushbu tarixiy kontekstni hisobga olgan holda belgilanishi zarur.
O‘rta asr shaharlarining me’moriy ansambllari, nafaqat o‘zining estetik go‘zalligi, balki
ularning ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatidagi ahamiyati bilan ham ajralib turadi. Shuning uchun, bu
shaharlar va ularning jamoat markazlari madaniy meros sifatida saqlanib qolishi kerak.
REFERENCES
1.
Ubaydullayev X.M. Inogomova M.M. Turarjoy va jamoat binolarini loyihalashning
tipologik asoslari: Darslik. - Т.: Voris-nashriyot, 2005
2.
Poʻlatov X. “Shaharsozlik tarixi”. Toshkent, 2008-y.
3.
Ahmedov M.Q. “Shaharlar estetikasi” oʻquv qoʻllanma, Toshkent 2014 y;
Internet saytlari
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
134
4.
5.
6.
7.
8.
pinterest.com
9.
google.com
