Authors

  • Sardorbek Azatov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.49289

Keywords:

Xor kapella san‘at jamoa janr monodiya kompozitor an‘ana.

Abstract

Ushbu maqolada musiqa san‘atida o‘ziga xosligi bilan ajralib turuvchi jozibador janr xor san‘ati haqida so‘z boradi. Xor janrining yuzaga kelish omillari hamda O‘zbekiston hududida xor san‘atining shakllanish bosqichlari, ushbu janrning rivojlanishiga hissa qo‘shgan kompozitorlar ijodi haqida ma‘lumotlar keltirilgan.

background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


145

O‘ZBEKISTONDA XOR SAN‘ATI RIVOJLANISHI HAMDA ULARGA HISSA

QO‘SHGAN KOMPOZITORLAR IJODI

Azatov Sardorbek Elbrusovich

O‘zDSMI, “Vokal” kafedrasi o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14329345

Annotatsiya.

Ushbu maqolada musiqa san‘atida o‘ziga xosligi bilan ajralib turuvchi

jozibador janr xor san‘ati haqida so‘z boradi. Xor janrining yuzaga kelish omillari hamda

O‘zbekiston hududida xor san‘atining shakllanish bosqichlari, ushbu janrning rivojlanishiga

hissa qo‘shgan kompozitorlar ijodi haqida ma‘lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Xor, kapella, san‘at, jamoa, janr, monodiya, kompozitor, an‘ana.

РАЗВИТИЕ ХОРОВОГО ИСКУССТВА В УЗБЕКИСТАНЕ И ТВОРЧЕСТВО

КОМПОЗИТОРОВ, ВНЕСШИХ В НЕГО ВКЛАД

Аннотация.

Это статья о хоровом исскустве – привлекательном жанре,

уникальном в музыкальном исскустве. Представлены факторы создания хорового жанра и

этапы становления хорового исскуства на территории Узбекистана, произведения

композиторов, внесших вклад в развитие этого жанра.

Ключевые слова:

Хор, а капелла, исскуство, сообщество, жанр, монодия,

композитор, традиция.

THE DEVELOPMENT OF CHORAL ART IN UZBEKISTAN AND THE WORK OF

COMPOSERS WHO CONTRIBUTED TO IT

Abstract.

This article is about choral art, an attractive genre that is unique in the art of

music. The factors of the creation of the choral genre and the stages of formation of the choral art

in the territory of Uzbekistan, the works of composers who contributed to the development of this

genre are presented.

Keywords:

Chorus, a capella, art, community, genre, monody, composer, tradition.

Xor ijrochiligi – musiqa san‘atining qadimiy turlaridan biri bo‘lib, uning shakllanishi va

rivoj topishi uzoq tarixiy davrlar bilan bog‘liq holda taraqqiy topgan.

Barchamizga shunisi ma‘lumki, har bir xalqning asrlar osha yuksak orzularini aks ettirgan

boy musiqa san‘ati bo‘lganidek, o‘zbek xalqining ham og‘zaki musiqa durdonalari mavjud.

Mehnatkash xalqimiz tomonidan og‘zaki an‘analarda yaratilgan qo‘shiqlar yakka va guruh

tomonidan aytilib, xalqning yetuk namoyondalari talqinida sayqallanib, avloddan-avlodga o‘tib

kelayotgan badiiy asarlar o‘zbek xalq musiqa ijodini tashkil etadi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


146

Shuni ham alohida ta‘kidlashimiz kerakki, har bir janrning yuzaga kelishida xalq san‘ati

muhim o‘rin tutadi. Ko‘hna zamonlardan beri to‘y-marosimlarda ijro etiladigan “Yor-yor”lar,

yallalar, laparlar jamoa bo‘lib ijro etilgan. Ushbu an‘anaviy marosim qo‘shiqlari erkaklar va

ayollar tomonidan unison, ya‘ni bir ovozli ijro etilgan. O‘zbek xalqining ana shunday an‘anaviy

folklor qo‘shiqlari va ularning azaldan jamoa bo‘lib ijro etilishi kelgusida o‘zbek xalqi orasida xor

havaskorligining, qolaversa, xor san‘atining rivojlanishiga zamin bo‘ldi.

Qadim zamonlardan beri jamoa bo‘lib qo‘shiq aytish hamma xalqlarning mehnat

faoliyatini, orzu-umidlarini ifodalab berish uchun ishlatilgan. Qo‘shiqlar avloddan-avlodga

og‘zaki tarzda qoldirilgan. O‘zbekiston hududida erkaklar, ayollar hamda bolalarning birgalikda

jamoa bilan qo‘shiq aytish an‘analari bo‘lgan. Ya‘ni, turli marosim va sayllarda, ramazon oyida

bolalarning qo‘shiq aytishi yoki kattalarning zikr tushishi, marsiya qo‘shiqlar aytishi kabilar bunga

yorqin misoldir. Bolalarning jamoa bo‘lib ijro etadigan qo‘shiqlari bo‘lmish “Laylak keldi”,

“Boychechak”, “Oftob chiqdi olamga” singari qo ‘shiqlari barchamizga ma‘lumdir.

Bundan tashqari o‘zbek milliy musiqasi bo‘lmish shashmaqomning nasr qismidagi

taronalar ham jamoa bo‘lib ijro etilgan. Katta ashulalar ham ushbu misolga dalil bo‘la oladi.

O‘tmishda So‘g‘d davlatida professional xor mavjud bo‘lgan, keyinchalik Arab

iste‘losidan keyin bu san‘at rivojlanmagan. O‘zbek musiqasi asosi bir ovozli bo‘lganligi sabab

ko‘p asrlar davomida ko‘p ovozli xor ijrochiligi amalda qo‘llanilmagan va professional yakka

ijrochilik formasi saqlanib qolgan. Ko‘p ovozli xor dastlab musiqali drama va komediyalarda xalq

musiqasini xorga moslab qayta ishlagan holda qo‘llanildi.

O‘zbekistonda shakllangan xor san‘atiga nigoh tashlar ekanmiz, xor san‘atining

rivojlanishiga bir tomondan kompozitorlik ijodiyoti bilan hamkorlik, ikkinchi tomondan esa

musiqali teatr va ko‘povozli ijrochilik jamoalarning tashkil topishi bilan bog‘liqligini ko‘ramiz.

Xor – (yunoncha: choros – davra o‘yin qo‘shig‘i) antik davr teatr tomoshalarining jamoaviy

ishtirokchisi; birgalikda kuylab, raqsga tushib dramatik holatlarga, qahramonlar harakatiga izoh

beradigan aktyorlar guruhi; xonandalar jamoasidir.

Respublikamizda xor san‘ati XX asrning boshlaridan shakllanib, ikkinchi yarmidan ham

mazmunan, ham shaklan rivojlanib bordi. 60-80-yillarda ushbu san‘atning keng rivojlanishi, uning

har xil turlarini rivojlanishiga olib keldi. Jumladan, professional xor kapellasi, havaskor xor

jamoalari, bolalar va o‘quv xorlarining tashkil etilishi, xor musiqasining rang-barangligi, ularning

tarkibi kengayishi, xor dirijyorligi ixtisosligi o‘quv jarayoniga kiritilishi shular jumlasidandir.

Respublikamizda xor san‘ati 70 yil davomida o‘zbek musiqasi bilan o‘zaro uyg‘unlikda

o‘sib bordi. Qadimiy milliy musiqamizdagi boy badiiy-tasviriy vositalar bilan bir qatorda, rus va

yevropa xalqlari ilg‘or klassik kompozitorlari erishgan ulkan ijodiy muvaffaqiyatlar, yetuk jahon,


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


147

ayniqsa, rus xor jamoalarining faoliyatlari, yangi janr va turlarini o‘zlashtirish natijasida o‘zbek

musiqa san‘ati, uning musiqa ijrochiligining tarkibiy qismi bo‘lmish – xor san‘ati yana ham yuksak

darajaga ko‘tarildi.[3, B.7;]

O‘zbekiston hududida ilk bor professional xor jamoasi – xor kapellasi (kapella – ko‘p

ovozli jo‘rsiz xor jamoasi) 1952 yili o‘zbek davlat filarmoniyasi qoshida tashkil etildi. Akademik

xor kapellasi nomini olgan jamoa tarkibida 67 kishi bo‘lgan, uning badiiy rahbari S.A.Valenkov

(1906-1969) va xormeyasteri etib A.Sultonov (o‘sha yilda u Toshkent davlat konservatoriyasi

talabasi) tayinlangan edilar. Aynan shu davrdan boshlab xor ijrochiligi maxsus musiqa ta‘lim

tizimiga kiritiladi; professional jamoalar qatorida o‘quv, havaskorlik, bolalar xorlari keng rivoj

topadi. 1957-yili kapellaning badiiy rahbari va bosh xormeysteri qilib A.Sultonov, xormeyster

B.Umidjonovlar tayinlanadi. Ularning faoliyati kapellaning yo‘nalishi va repertuari O‘zbek milliy

asarlariga qaratiladi. Jamoaning professional ijrochilik mahorati o‘sib bordi. Shuni ham alohida

ta‘kidlashimiz kerakki, xor kapellasining tashkil etilishi kompozitor M.Burxonov ijodi bilan ham

bog‘liq bo‘lgan. Sababi shuki, aynan shu yillar M.Burxonov to‘rtovozli xor uchun original asarlar

– qayta ishlangan xalq qo‘shiqlari yaratadi va ular xor jamoasining repertuaridan salmoqli o‘rin

egallaydi.

M.Burxonovning xalq qo‘shiqlarini xor uchun qayta ishlashi muhim hodisa bo‘lgan deb

bemalol ayta olamiz. Uning ijodidagi ushbu tajribasi, jo‘rsiz xor uchun qayta ishlagan oltita xalq

qo‘shiqlari tez orada shuxrat qozonadi va hozirgi kungacha jamoalar repertuaridan o‘rin olgandir.

Shuni ham aytib o‘tishimiz lozimki, O‘zbekistonda milliy professional xor san‘ati yuzaga

kelishida 1961-yili respublika televidenie va radiosi qoshida tashkil qilingan B.Umidjonov

rahbarligidagi xor jamoasi muhim hissa qo‘shdi. O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor

B.Umidjonov xor jamoasining rahbarigina bo‘lib qolmay, ayni paytda uning ijodiy boyligini

oshirishda O‘rta Osiyo xalqlarining 70 dan ortiq original va qayta ishlagan qo‘shiqlari bilan ulkan

hissa qo‘shgan hamdir. Bu xor jamoasi televidenie va radio orqali xor san‘atini aktiv targ‘ib qildi.

Faol konsert dasturlari va xor musiqasi targ‘ibotchiligi uchun 1982 – yilda O‘zbekiston televidenie

va radiosi xori O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xor jamoasi nomiga sazovor bo‘ldi.

Ushbu yillarda o‘zbek kompozitorlarining xor uchun yozgan asarlarining milliylik bilan

yo‘g‘rilgan mazmuni va uslubi badiiylik jihatidan yetarli darajada baland pog‘onaga ko‘tarilgan.

Bu esa turli-tuman, keng va o‘ziga xos vokal-xor asarlarini, xor yozuv malakalarini va

badiiy o‘ychanlikni o‘zida namoyon etadi. (2, B.19;]

Keyingi yillarda respublikamizda bolalar xori ham keng rivojlandi. Respublikamizda har

yili o‘tkaziladigan “San‘at bayrami va ko‘rik tanlov”larida bolalar xor jamoalari keng jalb qilindi

va faol ishtirok etmoqdalar.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


148

O‘zbekistonda yetakchi bolalar xor jamoalaridan biri O‘zbekiston xalq artisti Sh.Yormatov

rahbarligidagi O‘zbekiston televidenie va radiosining “Bulbulcha” milliy bolalar xoridir. Bu xor

jamoasi Moskva, Ozarbayjon, Turkiya, Finlandiya va boshqa bir qator xorijiy davlatlarda o‘z

ijrochilik mahoratini muvaffaqiyat bilan namoyish qilgan. Hozirgi davrda ko‘pgina umumta‘lim

maktablarida, musiqa va san‘at maktablarida, musiqa, san‘at va pedagogika kollejlarida,

pedagogika universitetlarida, Toshkent davlat San‘at va Madaniyat institutida, O‘zbekiston davlat

Konservatoriyasida vokal-xor jamoalari mavjud.

Bir ovozli xor bilan bir qatorda ko‘p ovozli xor san‘ati respublikamizga XX asrning 20-30-

yillaridan boshlab kirib kela boshlagan. Xor san‘ati dastlab musiqali dramalar va komediyalar

hamda operalarga moslab qayta ishlangan holda qo‘llanilgan. Masalan: Tolibjon Sodiqovning

“Layli va Majnun”, S.Vasilenko va M.Ashrafiyning “Bo‘ron”, “Dilorom” operalari shular

jumlasidandir. Bular o‘zbek ko‘p ovozli xor ijrochiligining rivojiga katta hissa qo‘shgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, jamoa bo‘lib kuylash tabiiy fiziologik, badiiy-

ijrochilik, ijtimoiy moslashuvchanlik, ahloqiy psixologik sifatlarga ega. Aynan shu xususiyatlarga

ko‘ra xor ijrochiligi insoniyatning jamoaviy, didaktik, madaniy-ahloqiy, ruhiy hayotidagi san‘at

sifatidagi o‘ziga xos o‘rni belgilangan. Jamoa bo‘lib kuylash ruhilib kuylash ruhiy – ijodiy

aloqaning tabiiy mukammal quroli bo‘lib, u odamlarni beixtiyor birlashtiruvchi, barcha fiziologik,

gumanistik, psixologik, etik va estetik birikmalarga ega bo‘lib, ijodiy va ruhiy moslashgan shaxsni

shakllanishiga turtki bo‘ladi.

REFERENCES

1.

Husnitdinova Yu. Xor dirijyorligi. “Paradigma”, Toshkent – 2016.

2.

Jumayeva L, N.Sharafiyeva. Xor sinfi va kamer xor. “Barkamol fayz media”, Toshkent –

2017.

3.

Kadirova S. Xorshunoslik. “Musiqa” nashriyoti, Toshkent – 2019.

4.

Mirzayev Q. Xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti. Toshkent – 2008.

References

Husnitdinova Yu. Xor dirijyorligi. “Paradigma”, Toshkent – 2016.

Jumayeva L, N.Sharafiyeva. Xor sinfi va kamer xor. “Barkamol fayz media”, Toshkent – 2017.

Kadirova S. Xorshunoslik. “Musiqa” nashriyoti, Toshkent – 2019.

Mirzayev Q. Xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti. Toshkent – 2008.