ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
227
EMOTSIYA VA HISSIYOT HAQQIDA TUSHINCHA
Aymuratova Zliyxa Jańabay qızı
Qaraqalpaqstan Respublikasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14331206
Anotatsiya.
Bu maqolda hissiyot tushunchasi va turlari shu bilan birga hissiyot faoliyatni
boshqaruvchi jarayonlari haqida sóz etilgan.
Kalit sózlar:
estetik hislar, intellektual hislar, ijtimoiy xulq-atvor.
UNDERSTANDING EMOTIONS AND FEELINGS
Abstract.
This article discusses the concept and types of emotions, as well as the processes
that govern emotional activity.
Keywords:
aesthetic feelings, intellectual feelings, social behavior.
ПОНИМАНИЕ ЭМОЦИЙ И ЧУВСТВ
Аннотация.
В данной статье рассматриваются понятие и виды эмоций, а также
процессы, управляющие эмоциональной деятельностью.
Ключевые слова:
эстетические чувства, интеллектуальные чувства, социальное
поведение.
Emotsiyalar va hissiyot haqida tushuncha. Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va
hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks
ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi:
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida
qatnashishi;
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga
nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni
ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi.
Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi
kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi.
Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning
munosabatlari ham aks ettiriladi. Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan,
bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar,
shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab,
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
228
nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan
g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni yengish zavq uyg‘otadi.
Hissiyot tushunchasiga adabiyotlarda turlicha ta’riflar uchraydi jumladan; A.V.Petrovskiy
tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida hissiyot – kishining o‘z hayotida nimalar
yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan
o‘zicha turli xil shaklda bildiradigan kichik munosabatdir. Q.Turg‘unov muallifligidagi lug‘atda
hissiyot-shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda o‘z-o‘ziga bo‘lgan
munosabatlarida kelib chiqadigan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalardan iborat. Professor
E.G‘oziev muallifligidagi «Umumiy psixologiya» darsligida hissiyot odamda, tirik mavjudotlar
miyasida, ya’ni shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi ob’ektlarga
nisbatan uning munosabatlarini aks ettirish ma’nosida qo‘llaniladi. Yuqoridagi ta’riflardan
ko‘rinib turibdiki, hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda
narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar
aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va
hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.
Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning
ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan
ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib,
shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.
Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va
intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq
bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik
hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish,
toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi. Odamning hissiyotlari uning mazmuni hamda shakllari,
ijtimoiy- tarixiy sharoit bilan bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davrida odamning
ehtiyojlari o‘zgarib boradi. Natijada odamda borgan sari yangi, yangi hissiyotlar, chunonchi,
ma’naviy, intellektual va estetik hissiyotlar paydo bo‘ladi. Hissiyotlar ham boshqa bilish
jarayonlari kabi odamning faoliyatlari davomida namoyon bo‘ladi. Masalan, mehnatsevarlik
hissini yuzaga keltirish uchun ma’lum muddat davomida ijtimoiy foydali mehnat bilan
shug‘ullanish kerak. U yoki bu faoliyat davrida yuzaga kelgan hissiyot ana shu faoliyatning o‘ziga
ta’sir qilib, uni o‘zgartiradi. Masalan, hohlamasdan o‘zini majbur qilib ishlayotgan odam bilan
o‘zi hohlab sitqidildan ishlayotgan odam ishining unumdorligi o‘rtasida juda katta farq mavjud.
Odamning kayfiyati yaxshi xursand, ruhi tetik bo‘lganda ishi ham barakali bo‘ladi,
aksincha odamning dili g‘am, qandaydir tashvishli yoki g‘amgin bo‘lganda qo‘li ishga bormaydi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
229
Ana shu jihatdan olganda hissiyotning inson hayotidagi roli juda kattadir. Hissiyot boshqa
bilish jarayonlariga ham ta’sir qiladi. Masalan, odamning ruhi tetik, xursand bo‘lgan paytda, idroki
hali juda jonli, esda olib qolishi, tuyg‘ularga boy, tafakkuri o‘tkir, nutqi burro bo‘ladi.
Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun
ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi
a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-
birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot
uyg‘otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni
fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik mavjudotlar
uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy
tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi.
Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv
tomoni deb ataladi. Impressiv so‘zi lotincha taassurot degan ma’noni anglatadi.
I.P.Pavlov tirik mavjudotlarning atrofimizdagi muhitga moslashuvida hosil qiladigan
buziladigan dinamik streotiplar orqali biror hissiyot va emotsional kechinmalarning ijobiy va
salbiy sifatlarini tushuntirib beradi.
Dinamik stereotip deganda tashqi qaytarilish natijasida hosil qilingan shartli reflekslar,
nerv bog‘lanishlarining barqaror tizimi tushuniladi. Har turli qiyinchiliklar va qarshiliklarga duch
kelishi natijasida dinamik stereotiplarning «o‘zgarishi» salbiy emotsional holatni yuzaga keltiradi.
Hissiyot bu uning kechirilishining turli shakllari faqat darak vazifasini emas, balki
boshqaruvchilik funksiyasini ham bajaradi. Emotsiya harakatlari juda ko‘p tana o‘zgarishlar
ifodalanadi. Odam organizmidagi o‘zgarishlar kechirilayotgan hissiyotning ob’ektiv ko‘rsatkichi
hisoblanadi. Moslashish xarakteriga oid bo‘lgan, ya’ni ovozning o‘zgarishi, mimika, imo-ishora,
organizmda sodir bo‘ladigan jarayonning qayta o‘zgarishidan iborat ixtiyorsiz va ongli harakatlar
psixologiyada emotsional harakatlarning ekspressiv tomoni deb ataladi.
Hissiyotlar odatda juft-juft bo‘lib uchraydi. Masalan, yoqimli- yoqimsiz, xush-noxush,
xursand-xafa, g‘azab-muhabbat, nafrat kabi ana shunday hissiyotlar sub’ektiv xarakterga ega
bo‘ladilar, lekin ularning tashqi ifodasi ham bo‘ladi. Masalan, hushchaqchaq odam bilan g‘amgin
odamning yuz ifodasini ko‘z oldimizga keltirib ko‘rish mumkin. Aynan mazkur jarayon
psixologiyada ambivalentlik yoki ikki taraflamalik deb ataladi. Ambivalentlik – lotincha har
tomonlama kuchga ega ma’nosini anglatib kishining bir ob’ektning o‘ziga nisbatan bir vaqtning
o‘zida paydo bo‘ladigan bir-biriga qarama – qarshi emotsional irodaviy holatdir.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
230
Hissiyotda ambivalentlik bu rohatlanish va azoblanishni birga qo‘shilib va biri ikkinchisiga
o‘tib ketmaydigan emas, balki bunda birga bo‘lish kechiriladigan hissiyotning zarur xarakterli
sifatlaridan birini tashkil qiladi. Masalan, rashk hissida muhabbat va nafrat.
Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari. Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi
bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va
barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya
po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir,
boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog‘liqdir.
Chunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi
o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday
hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi.
Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon aylanish
tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekresiya bezlari ham qatnashadi. Masalan,
materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga nimadir
tiqilib, gapini gapira olmay qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish paytida «Yuragi orqaga tortib ketdi»,
«Sovuq ter bosib ketdi» kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki a’zolarining
ishtirok etishidan dalolat beradi. Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti
qismlarining oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim
hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi.
Odamda uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o‘zining nerv-fiziologik asosiga
ega bo‘lishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy, estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik
I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda
akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: «Menimcha, ko‘pincha odatdagi turmush
tartibining o‘zgargan paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta mashg‘ulot yaqin kishidan judo
bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski
dinamik streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi dinamik streotipning qat’iylik bilan
hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak».
Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol ko‘rinadi.
Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo‘lsak, biron yoqimli ko‘ydan lazzatlanish, yoki biron
mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha qilib, rohatlanish estetik hissiyot
hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning nerv-fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo‘lsak,
quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa millat odamiga
yoqmasligi mumkin. Bunda ajablanishga hech qanday o‘rin yo‘q.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
231
Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida
ana shu kuyga nisbatan deyarli buzib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga
keladi. Ana shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi, ayrimlari esa yoqmaydi. Suratlar
masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning ishlanish uslubi realligi
bizni hayratda qoldirib zavq tug‘diradi.
Aksincha, hozirgi rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush
hissiyotni tug‘diradi.
Demak, uzoq yillar davomida yuzaga keladigan dinamik streotiplar ayrim murakkab hisni
tashkil qiladi. Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a’zo
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi. Chunki akademik
I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a’zoyi badanida bo‘ladigan har qanday hodisalarning
hammasini bosh miya po‘sti qismidagi neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda
hissiyotning nerv-fiziologik asosi bosh miya po‘sti bilan bog‘liq.
REFERENCES
1.
Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z.FMJ., 2008.
2.
Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar”
markazining bosmаxonasi : 2009.
3.
Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. СПб: Питер, 2007.
4.
Ғозиев Э.Ғ. “Онтогенез психологияси”.-T.: Ношир. 2010.
5.
Дусмухамедова Ш.А.,Нишонова З.Т., Жалилова С.Х., Каримова Ш. К., Алимбаева
Ш.Т. “Ёш ва педагогик психология” T. TДПУ, 2013
6.
Turdimuratova N., Mámbetyarova V. A COMPARATIVE ANALYSIS OF THE
CONCEPTS OF ETHNICITY AND NATION //Modern Science and Research. – 2024. –
Т. 3. – №. 9. – С. 235-239.
7.
Qalbaeva G., Mámbetyarova V. DINNIN SHAXS QALIPLESIWINDEGI ORNI HAM
AHMIYETI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 583-587.
