Authors

  • Zliyxa Aymuratova
  • Venera Mambetiyarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.57806

Keywords:

Oila farzand tarbiya jamiyat.

Abstract

Ushbu maqolada hozirgi jamiyatimizda global muommaga aylanib kelayotgan ota onalarning farzand tarbiyasiga e’tiborilarning kamayip borayotgani haqida bo’ladi.

background image

392

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

OTA ONALARNING FARZAND TARBIYASIGA E’TIBORI

Aymuratova Zliyxa Jan’abay qizi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Pedagogika psixologiya kafedrasi amaliy psixologiya yo'nalishi 2-kurs student.

Mambetiyarova Venera Reyimbaevna

Ilmiy rahbar. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Pedagogika psixologiya kafedrasi

o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14491835

Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi jamiyatimizda global muommaga aylanib

kelayotgan ota onalarning farzand tarbiyasiga e’tiborilarning kamayip borayotgani haqida

bo’ladi.

Kalit so’zlar: Oila, farzand, tarbiya, jamiyat.

ВНИМАНИЕ РОДИТЕЛЕЙ К ОБРАЗОВАНИЮ ДЕТЕЙ

Аннотация. В данной статье пойдет речь о снижении внимания родителей к

воспитанию детей, которое сегодня становится глобальной проблемой в нашем обществе.

Ключевые слова: Семья, ребенок, воспитание, общество.

PARENTS' ATTENTION TO CHILD REARING

Abstract. This article discusses the decreasing attention of parents to raising their children,

which is becoming a global problem in our society today.

Keywords: Family, child, upbringing, society.

Bugungi kunda ham inson o’zining to’laqonli baxtini his etishida oila va undagi shaxslararo

munosabatlar o’z ahamiyatini yo’qotmagan. 24 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi prezidenti

Shavkat Mirziyoyevning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida davlat rahbari

tavalludining 61 yilligiga bag’ishlangan «Janob Prezident» nomli hujjatli film namoyish qilindi.

Intervyuda O‘zbekiston prezidenti oila va baxt haqidagi fikrlarini o‘rtoqlashdi. Uning fikricha, har

bir inson hayotida eng muhimi, bu — oila.«Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki,

avvalambor qayerda ishlashidan qat’i nazar, kim bo‘lishidan qat’i nazar agar oilada tarbiya, oilada

muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida e’tibor bermasa, hech qachon natija

bo‘lmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e’tibor beraman. Har bir

farzandimga ham, nevaramga ham alohida o‘zimning munosabatim bor. Har bir nevaramning

alohida xarakterini bilaman, orzusini, istagini bilaman», — dedi u. «Odam baxtliman deyishga

qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli bo‘lsang, baxtliman deyishga haqqing bor. Faqat

oilam emas, xalqim baxtli bo‘lsa men o‘zimni baxtli deb bilaman»,

1

— deya ta’kidladi prezident.


background image

393

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Haqiqatan ham, oila muqaddas dargoh, chunki u insonning eng yaqin qarindoshlaridan

tashkil topuvchi maskan, uning har bir a’zosi bir-birini qo’llab-quvvatlaydi, bir-biri bilan samimiy

munosabatda bo’ladi, bir-biriga ko’mak beradi, xatolarini ko’maklashishga yordam beradi va bu

muhitda inson kamol topadi. Shuning uchun ham oila jamiyatning eng muhim bo’lagi hisoblanadi

va davlatimiz tomonidan doimo katta e’tibor qaratiladi.

Inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi; xususan, bolada iroda, odatlar, fe’l-atvor,

xulq, atrofga munosabat, e’tiqod va qarashlar vujudga keladi. Shu bois turmushda insonni kamol

toptirish sharoitlari, ta’sir ko’rsatish imkoniyatlarini izchil o’rganmay turib, shaxsning

xususiyatlari va ularni keltirib chiqaruvchi omillar to’g’risida fikr yuritish mumkin emas.

Ma’lumki, oila – ijtimoiy-tarixiy belgiga ega bo’lgan muayyan tuzilishli ijtimoiy

guruhning ko’rinishi. Chunonchi, uning a’zolarini qarindosh-urug’chilik, nikoh, turmush sharoiti

birligi, odob-axloq umumiyligi, ma’naviy ehtiyoj mosligi kabi aloqalar o’zaro bog’lab turadi. Oila

murakkab ijtimoiy guruh bo’lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning

birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababdan turmushdagi va oila a’zolari munosabatlaridagi

o’zgarishlar uning moddiy-maishiy, iqtisodiy negizi o’zgarishiga bevosita bog’liqdir. Oila

a’zolarining o’zaro muomalalarini tadqiq qilgan venger sotsiologi M.Komloshi 10-14 yoshdagi

maktab o’quvchilarining o’qishga va mehnatga bo’lgan munosabatiga bevosita ta’sir qiluvchi oila

muhiti (vaziyat, sharoit, holat) omillarini to’rt turga ajratadi:

1) ota-onalarning jamoatchilik faoliyati (ularning mafkuraviy qarashlari va ishga nisbatan

munosabatlari);

2) oila ichidagi munosabatlari (ota va ona munosabati, ota-onalarning buva va buviga

munosabatlari, aka-ukalar va opa-singillarning o’zaro munosabatlari);

3) ota-onalarning tarbiyaviy-pedagogik faoliyati (ularning tarbiyaviy muammolari,

qiziqishlari, maktab bilan hamkorliklari, o’quvchilarga dars tayyorlash kezida ota-onalarning

yordami, ularning tarbiyaviy ahamiyati);

4)oilada o’quvchining faoliyati (o’quvchining kundalik tartibi, xo’jalik ishlaridagi

muayyan majburiyati) va boshqalar.M.Komloshi yiqqan materiallarini tahlil qilib, oila muhiti

(vaziyati, sharoiti, holatini uch toifaga: ijobiy, o’zgaruvchan va salbiy toifalarga ajratadi.

Farzandga yaxshi tarbiya berish ota-onaning asosiy mas’uliyatli vazifalaridan biridir. Bu

borada ular har qadamda mas’uliyat bilan yondashmog‘i lozim. Kelajakdagi yo‘li ravon bo‘lishini

istagan har bir ota-onalar sarflaydigan vaqtini va harakatini ertaning buyuk insonlari bo‘lgan

farzandlarini ulg‘aytirish uchun sarflashlari lozim. Farzand kamoloti uchun sarflangan har bir

daqiqa ertangi farovon hayot uchun tamal toshi bo‘ladi desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Agar

ota-ona vaqtida farzandiga e’tibor qaratmasa, uning kelajagi uchun qayg‘urmasa, keyinchalik

afsus – nadomat bilan yashashi muqarrar.


background image

394

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Bu kelajakda muammolarni yuzaga chiqarishi mumkin. O‘sha vaqtda esa muammolarni

hal qilishga kech bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, farzandining taqdiri uchun e’tiborli bo‘lib,

uning xulqi, tarbiyasiga va ilm olishiga befarq bo‘lmaslik lozim.

REFERENECES

1.

Z. T. Nishanova Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiya /darslik/. Toshkent:

2.

«Innovatsiya-Ziyo", 2020, 418 bet.

3.

Daribaev A., Sagindikova N. HISTORY OF PSYCHOLOGY //Modern Science and

Research.2024. Т. 3. №. 1. С. 1162-1166.

4.

Venera M. Socio-Psychological Features of Relationships of Children and Their Parents

5.

//American Journal of Social and Humanitarian Research. 2022. Τ. 3. №. 8. С. 151- 152.

6.

Sagindikova N. J. THEORETICAL ANALYSIS OF THE CONCEPT OF GENDER

RESPONSIBILITY //International Scientific and Current Research Conferences. – 2023.

7.

– С. 127-130.

8.

Сагиндикова Н. РАЗРАБОТКА СТРУКТУРНОЙ СТРУКТУРЫ ГЕНДЕРНОЙ

ОТВЕТСТВЕННОСТИ ЛИЧНОСТИ ПЕДАГОГА //Академические исследования в

современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 24. – С. 169-174.

9.

Shoumarov G’.B., Sog’inov N.A. O’zbek oilasining etnopsixologik xususiyatlari Ilmiy

ishlar to’plami.

10.

Imomqulova, F. (2022) “ОИЛАДА ТАРБИЯНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ

11.

www.gazeta.uz

References

Z. T. Nishanova Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiya /darslik/. Toshkent:

«Innovatsiya-Ziyo", 2020, 418 bet.

Daribaev A., Sagindikova N. HISTORY OF PSYCHOLOGY //Modern Science and Research.2024. Т. 3. №. 1. С. 1162-1166.

Venera M. Socio-Psychological Features of Relationships of Children and Their Parents

//American Journal of Social and Humanitarian Research. 2022. Τ. 3. №. 8. С. 151- 152.

Sagindikova N. J. THEORETICAL ANALYSIS OF THE CONCEPT OF GENDER RESPONSIBILITY //International Scientific and Current Research Conferences. – 2023.

– С. 127-130.

Сагиндикова Н. РАЗРАБОТКА СТРУКТУРНОЙ СТРУКТУРЫ ГЕНДЕРНОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТИ ЛИЧНОСТИ ПЕДАГОГА //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 24. – С. 169-174.

Shoumarov G’.B., Sog’inov N.A. O’zbek oilasining etnopsixologik xususiyatlari Ilmiy ishlar to’plami.

Imomqulova, F. (2022) “ОИЛАДА ТАРБИЯНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ

www.gazeta.uz

Most read articles by the same author(s)

Zliyxa Aymuratova, EMOTSIYA VA HISSIYOT HAQQIDA TUSHINCHA , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Dilnaz Maxsetbaeva, Arman Sipatdinov, Venera Mambetiyarova, MILLIY XARAKTER VA ETNIK IDENTIKLIKNING SHAKLLANISHI VA ULARNING GLOBAL O‘ZGARISHLARDAGI ROLI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Diynara Bekbergenova , Arman Sipatdinov, Venera Mambetiyarova, DINNING SHAXS SHAKLLANISHIDAGI O'RNI VA MOHIYATI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Venera Mambetiyarova, Nargiza Sirgabaeva, OILA PSIXOLOGIYASINING ASOSIY TUSHUNCHALARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

Venera Mambetiyarova, Umida Abduraxmanova, MILLIY XARAKTER VA UNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK SHAKLLANISHI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Venera Mambetiyarova, Ermag'anbet Mirzambetov, PSIXOLOGIK EHTIYOJ , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Venera Mambetiyarova, Aytbike Oralbaeva, DIN PSIXOLOGIYASINING ZAMONAVIY FANLAR TIZIMIDAGI TUTGAN O’RNI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Zliyxa Aymuratova, SHAXS XUSUSIYATLARINI O’RGANISHDA EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIK YONDOSHUVLAR. , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Gulnaz Ilyasova, Arman Sipatdinov, Venera Mambetiyarova, OILA SHAXS IJTIMOIYLASHUVIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI MUHIM OMIL SIFATIDA , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Jansulu Tursinbaeva, Arman Sipatdinov, Venera Mambetiyarova, TATBIQIY IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA UNING AMALIY QO’LLANILISHI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

1 2 3 > >>