Authors

  • O.P. Aslonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.53775

Keywords:

ta’lim kitob tarbiya boshlang‘ich sinflar rivojlantiruvchi ta’lim.

Abstract

Rivojlantiruvchi ta’lim asosida o‘quvchilarga kitob tanlashni o‘rgatish, ularni nafaqat o‘qish jarayonida faol va ijodiy yondashishga, balki o‘z bilimlarini mustahkamlashga, mustaqil fikrlashga ham yordam beradi. Kitob tanlash jarayonida o‘quvchilarga o‘z qiziqishlariga, ehtiyojlariga mos keladigan materiallarni taqdim etish, ularning intellektual va ma’naviy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.

background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

125

RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM ASOSIDA О‘QUVCHILARNI KITOB TANLASHGA

O‘RGATISH TAMOYILLARI

O.P. Aslonova

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti о‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14419584

Annotatsiya. Rivojlantiruvchi ta’lim asosida o‘quvchilarga kitob tanlashni o‘rgatish,

ularni nafaqat o‘qish jarayonida faol va ijodiy yondashishga, balki o‘z bilimlarini

mustahkamlashga, mustaqil fikrlashga ham yordam beradi. Kitob tanlash jarayonida

o‘quvchilarga o‘z qiziqishlariga, ehtiyojlariga mos keladigan materiallarni taqdim etish, ularning

intellektual va ma’naviy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.

Kalit so’zlar: ta’lim, kitob, tarbiya, boshlang‘ich sinflar, rivojlantiruvchi ta’lim.

Rivojlantiruvchi ta’lim shaxsga qaratilgan bо‘lib, dars va darsdan tashqari о‘quv tarbiyaviy

ishlarning asosida amalga oshiriladi.

Rivojlantiruvchi ta’lim vazifalaridan biri sinfdan tashqari o‘qitish uchun kitoblar tanlash,

o‘qiladigan adabiyotlar ro‘yxatini tavsiya qilish, yillik o‘quv rejasi va dars tuzilishi namunalarini

ishlab chiqishdir.

Rivojlantiruvchi ta’lim asosida sinfdan tashqari o‘qish uchun kitob tanlashda quyidagi

tamoyillarga amal qilinadi:

1. Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko‘zda tutiladi.

2. Kitob tanlashda asarlar janri va mavzusining xilma-xilligi e’tiborga olinadi.

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar, asosan, hikoyalar, ertaklar, she’rlar, topishmoqlar,

maqollarni o‘qishga qiziqqanlari uchun shu janrdagi asarlar tanlansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

3. Kitobning o‘quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi. 4. Kitob tanlashda

o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishi va mustaqil o‘qishi hisobga olinadi.

5. Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi.

Umuman olganda, kitobni to‘g‘ri tanlash sinfdan tashqari o‘qish muvaffaqiyatini

ta’minlashning muhim shartidir.

Sinfdan tashqari o‘qishga rahbarlik qilish shakllari

Sinfdan tashqari o‘qitishga rahbarlikning asosiy shakli maxsus sinfdan tashqari o‘qish

darslaridir. Bunday darslar erkin dars hisoblanadi. Sinfdan tashqari o‘qitish darslarida

o‘quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok

etishi, ijodiy qobiliyati rivojlanadi; faol kitobxonga xos ko‘nikma va malakalar shakllanadi.


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

126

Sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarning faolligini oshirishga qaratiladi, shuning

uchun ularning qurilishi juda xilma-xil bo‘ladi. Har bir dars o‘qituvchi va o‘quvchining ijodi

hisoblanadi; darsda qanchalik xilma-xillikka, hayotiylikka erishilsa, maqsadga erishish oson

kechadi.

Shularga qaramay, Sinfdan tashqari o‘qitish darslari o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni

amalga oshirishi uchun ma’lum talablarga bo‘ysunadi. Ular quyidagilardir:

1. Har bir darsda o‘quvchilar o‘qigan kitoblar (asarlar) hisobga olinadi. Ular o‘qigan va

o‘qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko‘rsatadilar, ikki-uch o‘quvchi o‘zlari o‘qigan kitob

haqida gapirib beradi, darsda o‘zaro fikr almashish holati yaratiladi (bu holat darsdan tashqpri

vaqtda ham davom etishi mumkin).

2. Har bir darsda o‘qish uchun yangi kitob (asar)lar tavsiya qilinadi. Tavsiya qilish shakllari

turlicha bo‘lib, ular fikr almashuv, kitobni ko‘rsatish, sinfda ko‘rgazma tashkil etish, o‘quvchilarni

qiziqtirish uchun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o‘qib berish, rasmlarni ko‘rsatish

yoki filьm namoyish etishdan iborat bo‘lishi mumkin.

3. Har bir darsda o‘quvchilarga asarni yaxlit holda o‘qitish mumkin. Agar asar hajmi

kattaroq bo‘lsa, bu ish ikki-uch dars davomida amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchilar o‘zlari

o‘qigan kitobdan biror parchani ovoz chiqarib o‘qib berishlari mumkin. Bu jarayonda ichda

o‘qishdan ham, she’r yodlashdan ham, rollarga bo‘lib o‘qishdan ham foydalaniladi.

1. Kitobni targ‘ib qilish. Sinfdan tashqari o‘qitishga tavsiya qilinadigan asarlar ro‘yxati

sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo‘yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilab turiladi,

to‘ldiriladi, ko‘rgazmalar tashkil qilinadi. O‘qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.

2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O‘quvchilarning o‘qigan kitoblari

yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o‘qilgan kitoblar hisobga olinadi.

3. Sinfdan tashqari o‘qitish yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaklar, viktorinalar,

yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun maxsus

tayyorgarlik ko‘riladi.

O‘quvchilarning o‘qigan kitoblari og‘zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular o‘qiganlari

yuzasidan sinfdan tashqari o‘qish va sinfda o‘qish darslarida, yakka tartibdagi suhbatlarda gapirib

beradilar.

Boshlang‘ich sinflarda yangi mavzuni mustahkamlashda o‘quvchilarga mavzuga oid

mashqlar bajarish muhim ahamiyatga ega. Chunki, qoida va mavzuga oid grammatik tushuncha

o‘quvchilarga o‘rgatilgandan so‘ng mavzuga oid mashqlar bajarilmasa, o‘rgatilgan qoida va

grammatik tushunchalarni o‘quvchilar mukammal ravishda o‘rganib, o‘zlashtirib olishlari qiyin


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

127

bo‘ladi. Demak, yangi mavzuni o‘zlashtirishda va o‘quvchilar tomonidan mustahkamlashda,

albatta, mavzuga oid qo‘shimcha mashqlar bajarilishi kerak.

O‘quvchilarda yangi mavzuni mustahkamlashda mavzuga oid qo‘shimcha mashqlar

bajarilganda quyidagi natijalarga erishish mumkin;

1.

Nazariya amaliy mashq bilan bog‘lanadi;

2.

Amaliy mashqlar bajarish orqali o‘quvchilarda shakllangan, grammatik tushunchalar

mustahkamlanadi;

3.

O‘quvchilarning mustaqil ravishda mashq bajarish ko‘nikmalari shakllanadi;

4.

Uyga berilgan mashqlarni qanday bajarish haqida o‘quvchilarda ko‘nikma paydo bo‘ladi.

Boshlang‘ich sinflarda yangi mavzuni o‘zlashtirish va mustahkamlashda mavzuga oid

qo‘shimcha mashqlar bajarish ta‘lim-tarbiya jarayonida muhim o‘rin egallaydi. O‘quvchilar,

dastlab, o‘qituvchi nazorati ostida mashqlar bajarishlari lozim. Chunki mavzuga oid mashq ilk

marta bajarilayotganda o‘quvchilar mashqni notog‘ri bajarib qo‘yishlari mumkin. Birinchi va

ikkinchi mashqlar o‘qituvchi nazorati ostida, ba‘zan uning ko‘magi bilan bajarilsa, mashq to‘g‘ri

bajariladi, mashqdagi so‘zlarga savol berib qoidalar chiqariladi, amaliy mashq nazariya bilan

bog‘lanadi. Mashqlar bajarishda interfaol usullardan foydalanish o‘quvchilarni darsga bo‘lgan

munosabatlarini oshiradi, qo‘shimcha mashqlar bajarishga qiziqishlarini oshiradi. Asosiysi,

o‘quvchilarda grammatik tushunchalarni shakllanib borishi rivojlanadi. O‘quvchilar darsda

qo‘shimcha mashqlar bajarishi jarayonida erkin harakat qiladilar, erkin fikrlaydilar, bajarilayotgan

mashqqa o‘zlarining erkin ravishda munosabatlarini ifodalay oladilar.

Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida quyidagi interfaol usullarni qo‘shimcha mashqlar

bajarishda samarasi kattadir:

Aqliy hujum metodi;

Muammoli ta’lim metodi;

Kichik guruhlarda ishlash metodi

Ushbu noan‘anaviy interfaol usullar yordamida o‘quvchilarga qo‘shimcha mashqlar

bajartirganaimizda o‘qish-o‘rgatish jarayonini yaxshi o‘zlashtirishga olib keldi. O‘z vaqtida

aloqani tikladi. Motivatsiya yuqori darajada bo‘lishini taminladi, o‘tilgan materialni puxta xotirada

saqlab qolishga imkon berdi. Mustaqil fikrlay oladigan o‘quvchining shakllanishiga yordam berdi.

REFERENCES

1.

T.G‘afforova “Boshlang‘ich ta`limda zamonaviy texnologoyalar” T-2011.


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

128

2.

S.Matchonov va b. Boshlang‘ich sinf o`qish darslarida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan

foydalanish. –T., Yangiyo`l poligraf servis. 2008.

3.

T.G‘afforova va b. 2- sinfda o`qish darslari. –T.: “O`qituvchi“, 2013.

4.

Pulatova D. Boshlang’ich ta’limga innovatsion texnologiyalarni joriy etish usullari, T.: 2011

References

T.G‘afforova “Boshlang‘ich ta`limda zamonaviy texnologoyalar” T-2011.

S.Matchonov va b. Boshlang‘ich sinf o`qish darslarida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish. –T., Yangiyo`l poligraf servis. 2008.

T.G‘afforova va b. 2- sinfda o`qish darslari. –T.: “O`qituvchi“, 2013.

Pulatova D. Boshlang’ich ta’limga innovatsion texnologiyalarni joriy etish usullari, T.: 2011