871
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
SUN’IY INTELEKTNI MAKTAB MENEJMENTIDA QO‘LLASHNING
ISTIQBOLLARI VA MUOMMOLARI
Dusmurodova F.G‘.
Qarshi davlat universiteti 2-kurs talabasi
O.P. Aslonova
Rahbar.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14889395
Annotatsiya.
Ushbu maqola sun’iy intellektning maktab menejmentidagi qo‘llanilishi, bu
boradagi istiqbollar va muommolarni yoritishga bag’ishlangan. Maqolada sun’iy intellekt
texnalogiyalarining afzalliklari, samaradorlikni oshirishdagi roli va ularga bog‘liq dolzarb
muommolar tahlil qilinadi. Shuningdek, bu texnologiyalarning kelajakdagi qo‘llanilish
imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
Sun’iy intellekt, maktab menejmenti, ta’lim texnologiyalari, raqamlashtirish,
boshqaruv samaradorligi.
ПЕРСПЕКТИВЫ И ПРОБЛЕМЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИСКУССТВЕННОГО
ИНТЕЛЛЕКТА В УПРАВЛЕНИИ ШКОЛОЙ
Аннотация.
Данная статья посвящена применению искусственного интеллекта в
управлении школами, перспективам и проблемам в этой области. В статье
рассматриваются преимущества технологий искусственного интеллекта, их роль в
повышении эффективности и актуальные проблемы, связанные с их внедрением. Также
обсуждаются возможности их применения в будущем.
Ключевые слова:
Искусственный интеллект, управление школой, образовательные
технологии, цифровизация, эффективность управления.
PROSPECTS AND PROBLEMS OF USING ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN
SCHOOL MANAGEMENT
Abstract.
This article is devoted to the application of artificial intelligence in school
management, its prospects, and challenges in this field. The article examines the advantages of
artificial intelligence technologies, their role in improving efficiency, and the pressing issues
related to their implementation. It also discusses the possibilities of their future application.
Keywords:
Artificial intelligence, school management, educational technologies,
digitalization, management efficiency.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-son qarori bilan
tasdiqlangan Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha 2021-2022-yillarda amalga
872
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
oshiriladigan tajriba-sinov loyihalari hamda ustuvor tarmoqlar va sohalar doirasida amalga
oshirilishi belgilab qo‘yilgan. bunga ko‘ra mamlakatimizning barcha sohalarida sun’iy intellektni
joriy etish, bu borada xorijiy tajribalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Shunday ekan, sun’iy
intellekt tushunchasi nima ekanligini ta’kidlash muhim.
Sun’iy intellekt - inson ko‘nikmalarini qayta ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan dasturlar
to‘plami hisoblanadi. Sun’iy intellekt mavjud muommolarga yechim topish, rejalashtirish, bilim
olish, o‘z ustida ishlash kabi vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga yordam beradigan
qobilyatdir.
Ta’rifga binoan, bugungi kunda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari ko‘plab sohalarda
chuqur o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Ta’lim tizimi bundan mustasno emas. SI yordamida maktab
menejmenti jarayonlarini optimallashtirish va ta’lim sifatini oshirish uchun imkoniyatlari
yaratilmoqda. Shu bilan birgalikda, ushbu texnologiyalarni joriy etish bir qator muommolarni
keltirib chiqaradi. Bular yuqori texnologik xarajatlar, texnik mutaxassislarning yetishmasligi va
boshqalar. Hamda sun’iy intellekt, maktab menejmentida o‘zining o‘rniga ega. Bunda sun’iy
intellektni maktab menejmentiga qo‘llab, boshqaruvchilarning vaqtini tejagan holda,
ma’lumotlarning sezilarli tarzda aniqligiga erishish mumkin.
Shu sababli sun’iy intellektni maktablar boshqaruvida qo‘llash orqali ma’lumotni
avtomatlashtirishda, o‘quvchilarning shaxsiy yondashuvida, resurslarni boshqarishda va boshqa
yo‘nalishlarda samarali bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotni avtomatlashtirish orqali o‘quvchilarning kundalik davomatini va baholarini
avtomatik qayd etishga erishish mumkin. Masalan AQShning ba’zi shtatlarida maktablar SI
dasturlari yordamida o‘qituvchilarning vaqtini tejashga erishmoqda. Ammo Sun’iy intellektni
qo‘llashda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Texnologik xarajatlar tufayli SI texnologiyalari
ko‘pincha qimmatga tushadi. Hamda bu sohada kadrlar tanqisligi ya’ni ta’lim sohasida hozirgi
kunga qadar SI mutaxassislarining yetishmasligi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda, va ijtimoiy
qarshiliklar yuzaga kelmoqda. Ba’zi davlatlarda texnologiyalardan foydalanishga nisbatan salbiy
munosabat hali ham mavjud. Misol sifatida Xitoyda sun’iy intellekt tizimlarini joriy qilish
natijasida ta’lim jarayonining shaffofligi oshgan bo‘lsa-da, ba’zi maktablarda ushbu
texnologiyalarga norozilik bildirildi.
Ammo sun’iy intellektni maktab boshqaruvida qo‘llash orqali ko‘plab istiqbollarga
erishish mumkin. Kelajakda SI maktab menejmentida quyidagicha imkoniyatlar yaratishi
kutilmoqda. Bular o‘quvchilar muvaffaqiyatini oldindan prognoz qilishda, onlayn va oflayn
ta’limni uyg‘unlashtirishda, virtual yordamchilarni keng joriy etishda ko‘plab imkoniyatlarga olib
keladi.
873
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Masalan, Janubiy Koreyada SI yordamida o‘quv dasturlarini rejalashtirishda yangi tizim
ishlab chiqildi. Bu tizim o‘quvchilar qiziqishlarini hisobga oladi va ularning muvaffaqiyatini
oshiradi.
Xulosa
Sun’iy intelekt maktab menejmentida inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishi mumkin.
Biroq, bu jarayonning muvaffaqiyati uchun texnologik infratuzilmani rivojlantirib,
moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish va texnik kadrlarni tayyorlash talab qilinadi. Shu bilan
birga ta’lim sifatini oshirishda sun’iy intellektni joriy etish dolzarb bo‘lib qolmoqda, va maktab
menejmentida sun’iy intellektni qo‘llash orqali ko‘plab natijalarga erishish ko’tilmoqda. Ushbu
maqola kelgusida SI asosidagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha muhim
tavsiyalarni berishi mumkin.
REFERENCES
1.
G‘afurov, K. “Sun’iy intellekt texnologiyalarning ta’limdagi roli”. Toshkent, 2023.
2.
Johnson, M. “Artificial Intelegence in Education Management”. Oxford University Press,
2021.
3.
3.O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim Vazirligi. “Ta’lim tizimida raqamlashtirish va sun’iy
intelektni joriy qilish dasturi”. Toshkent, 2022.
4.
4.World Economic Forum.”Al Transforming Education Systems”. Geneva, 2020.
5.
5.Hindiston Ta’lim Vazirligi.”Al and Education: Challenges and Opportunities”. New
Delhi, 2021.
6.
6.Xurramov, M. “Oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyasini joriy
etish”. Toshkent “Yetakchi nashriyoti”, 2024.
