Dekabr, 2024-Yil
894
MATEMATIKA FANIGA QARATILAYOTGAN E’TIBOR VA MATEMATIKANING
AHAMIYATI
Guliston Shodiyeva Temirovna
Xalqaro Innovatsion Universiteti o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14532047
Annotatsiya.
ushbu maqola maktablarda matematika
fani
bo’yicha ilg’or
texnologiyalarni joriy qilish, mamlakatimizda matematika sohasiga qaratilayotgan e’tibor
xususida yoritilgan.
Kalit so’z:
Innovatsiya, metodika, renessans, mental, investor, algebra.
Mamlakatimizda
joriy qilingan qaysi sohada bo’lmasin,
yangi innovatsion
texnologiyalar, yangi metodika, o’quv qo’llanmalar ishlab chiqilmoqda. Bu borada endilikda
ixtisoslashtirilgan maktab, muassasa faoliyatlari takomillashtirilib,
yosh
avlod
vakillariga
ko’plab yangi imkoniyatlarni yaratmoqda.
Bugungi kunda har yili, har bir viloyatda joylashgan universitetlarda matematika,
amaliy matematika, boshlang’ich ta’lim, maktabgacha ta’lim kabi yo’nalishlarda talaba yoshlar
bakalvr, magistr bosqichlarini tamomlab umumiy o’rta ta’lim maktabi, boshlang’ich ta’lim
muassasalariga o’qituvchi sifatida ishga kirishmoqda. Endilikda maktabgacha ta’lim
muassasalari haqida so’z yuritsak, har muassasasi o’zining kadr yoshlari, metodikasi bilan
ajralib turadi. Har bir maktabgacha ta’lim muasassalarida, qisman, umumiy metodika joriy
qilingan. Matematika fani nafaqat murakkab fan sifatida diqqat e’tiborni tortadi, shuningdek
mantiq, falsafa fanlari bilan ham bog’liqligi tufayli umumlashgan aniq fanlardan biri
hisoblanadi. Shu bois matematika fanini o’qitishdan avval har bir o’quvchining intellekt
doirasini shakllantirish kerak. Qisqacha qilib aytganda, 1-sinfga kamida yigirmata o’quvchi
qabul qilingan bo’lsa ulardan o’ntasi
maktabgacha
ta’lim
muassasalarida
elementar
bilimlarga (masalan: qo’shish, ayrish ) ega bo’lgan holda qolgan o’quvchilardan ajrab turadi.
Bu esa sinfda o’z-o’zidan qismga bo’linish, o’quvchilarning bilim darajasiga qarab ajralishiga
olib keladi. Xo’sh, bu jarayonda o’qituvchi ta’limga qanday yondashishi kerak. Javobimiz
quyidagicha:
1.
Avvalo, sinfdagi o’quvchilar bilan tanishish, ularning bilim darajalarini
tezis qilish.
2.
Bu masalada yortilgan ilmiy maqolalar, ilmiy jurnal va manbalar bilan
tanishish (manbalar xususida keyinroq to’xtalib o’tamiz).
Dekabr, 2024-Yil
895
3.
O’quvchilarni psixologik ruhiy holatlari bilan ham tanishish zarur.
4.
Endilikda, berilgan reja bo’yicha ish boshlash.
5.
Siz o’tayotgan mavzudan o’quvchining xabari bo’lsa, u o’quvchiga
takrorlash tarzida qiziqarliroq qilib mavzuni tushuntirib berish darkor.
6.
Bolalarni o’qitayotganda avvalo mental arifmetika misol va masalalarini ham joriy
etgan xolda yondoshish kerak.
Endilikda investor atamasiga to’xtalamiz. Har bir pedagog, investor sifatida uning
qo’l
ostida
tarbiyalanayotgan
o’quvchilarga, yangi bilim ko’nikmalarni hosil qilishda
muhim ahamiyatga ega. Shaxsan men boshlang’ich ta’lim o’quvchilari uchun (1-4-sinflar)
“P.M.X.B” formulasida matematika fanini o’qitishda foydalanishni tavsiya qilaman. Bu
oddiygina
formula murakkab masalalarni yechishdan, o’rgatishdan avval o’quvchini
darsga tayyorlash uchun zarur. Ya’ni Psixologiya + Mantiq + Xotirjamlik + Bilim = Yaxshi
natija. Ko’pchilik pedagoglar dars jarayonlarida ushbu formulani teskari ravishda
foydalanishadi. Masalan, matematika mantiq, aniq yechimlarga asoslanar ekan o’quvchi
avvalo psixologik
holatda darsga tayyor bo’lishi, dars boshlanishidan avval mantiqni
ishlatadigan, ya’ni aqlni charxlaydigan oddiy misol va masalalarni o’quvchilar bilan
birgalikda yechish, so’ngra xotirjam ravishda darsni boshlab o’quvchilarga bilim ulashish kerak.
Matematikaga oid ilmiy maqolalar to’plamlar va metodik qo’llanmalarga yuzlanamiz.
Shaxsiy tajribadan kelib chiqqan holda, men, avvalo, umumta’lim maktablariga taqdim etilgan
dasrliklarga to’xtalib o’tmoqchiman. (Masalan 1-sinflar
uchun
umumiy
o’rta
ta’lim
maktablarida qo’llaniladigan darslik. (“Turon-Iqbol” Toshkent-2013) jami bir yuz qirq
oltita mavzudan hamda mustahkamlashlardan iborat.)
Avvalo, o’qituvchi dasrlik bilan to’liq tanishgan, xususan, darsda berilgan ma’lumotlarga
qo’shimcha materiallar bilan qurollangan bo’lishi darkor. Xususan, dasrda qo’shish va ayrish
misollari va masalalari berilgan bo’lsa pedagog ularga qo’shimcha ravishda audio, videolar
orqali bo’lmaganda, kim birinchi top kabi sodda o’yinlardan foydalanishi zarur. Endilikda M+M
formulasiga
to’xtalib
o’tamiz,
ya’ni
matematika+musiqa formulasi, aslida musiqa
matematikaning bir qismi sifatida o’rganib kelingan. Shuningdek Abu Ali Ibn Sino, Abu
Nasr Farobiy kabi olim ajdodlarimiz, musiqa san’atini matematika faniga asoslangan holda
sharxlab berishgan. Abu Nasr Farobiyning “Kitab al-Musiqa al-Kabir” asariga to’xtalib o’tamiz.
Ushbu asar orqali Farobiy sharq nazariyasiga asos soldi. Aynan, bu jarayonni qanday amalga
oshirilishiga nazar soladigan bo’lsak matematika sohasidagi qo’shish, ayrish, ko’paytirish,
bo’lish amallarini musiqa san’atiga ko’chganligi bilan izohlab beramiz. Masalan, qadimgi
Dekabr, 2024-Yil
896
g’arb olimlari ham musiqa san’atini matematika fanining bir qismi sifatida ilmiy ishlar
olib borishgani ma’lum va mashhur. Bunda “interval” kabi atamalarni musiqa ilmida ham
iste’mol qilinishi isbot sifatida ko’rsatish mumkun.
Hozirda ham matematika musiqaning negizini tashkil qilar ekan, musiqa ham
matematikaning qismini tashkil etishini aytmoq lozim. Shuning uchun matematika fanini
chuqurroq o’zlashtirish, bolalarni intellektini rivojlantirishda musiqaning ahamiyati ham katta.
Masalan, fortepiano cholgan bolalarda miyya yarim sharining ikki qismi yaxshi ishlashi
tadqiqodlar natijasida isbotlangan. Shuningdek
kompazitorlar
ham
asar
yaratayotib
matematik shakl nuqta’ nazariga ham ahamiyat berib o’tishadi. Shu bois bugungi kunda
uchunchi renessans sifatida matematika fanini musiqaga doir aloqalarini ham o’rganish tadqiq
qilish ilmiy metodilklar ishlash joizdir.
Matematika fani badiiy adabiyotga ham o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi masalan she’riy
barmoq vaznini olaylik barmoq vaznida ham oddiy matematik amallar bilan she’rlar yoziladi
masalan
xar
bir
satrlar,
turoqlar
turli bog’inlarning miqdoriga qarab belgilanadi.
3+7=10×4=40 ushbu misolda birinchi turoq 3 bo’ginli sifatida birinchi qatorda ikkinchi
jumda yeti bo’ginli sifatida, birinchi qatorda jami o’nta bo’g’in ishlatilgan shu tariqa o’nta
bo’ginli to’rt qator she’r vujudga keladi.
Yana ona tilimizning Grammatik nuq’tayi nazaridan qaraydigan bo’lsak, ona tilida
shunday qoida bor, ko’makchi fe’liy so’z qo’shilmasini, har ikkila qismiga ya’ni yetakchi
qismiga ham, ko’makchi fe’lga ham inkorma qo’shimchasi qo’shilgan tasdiqni ifodalaydi
yoki o’qimay qo’yma deganda ham, ko’proq o’qi deyishga ishora qilamiz. Ya’ni bu matematik
nuq’tai nazardan tuzuladi. Qavslar ochish orqali ishlatiladi, qavs tashqarisida manfiy ishora
bo’lsa, qavs ichidagi so’z ham manfiy bo’lgan taqdirda bular ikklasi musbat vazifani bajaradi.
Bularni o’zaro bog’liq deb olishimiz mumkun. Buni ham matematik nuqta’i nazarga
bog’lashimiz mumkun.
Xulosa qilib aytganda, matematika bugungi kunda aniq fanlarning asosi, imunitetidir.
Yuqorida aynan musiqa va ona tili fanlari bilan matematika faning bog’lilik darajasini bejiz
qayd etmadik. Uchunchi renessans davrida oldingi renessans qonun qoidalarini g’oyalarini
ham bugungi renessansda davr talabidan kelib chiqqan holda ishlatmoq kerak. Shuning
uchun
matematika
fanini o’qitishda avvalo, o’qituvchi va pedagoglarning ilmiy salohiyati
tayyor bo’lishi, so’ngra darsga kamida zerikarli o’tmasligi uchun noananaviy tarzda
yondoshmog’i kerak.
Dekabr, 2024-Yil
897
REFERENCES
1.
Sharofat Nematova ―Matematika fanini o’qitishning nazariy masalalari va
metodikasi ―Tafakkur nashriyot T.: 2011
2.
Umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida ―Matematika T.:
2010