Authors

  • Bekzod Bekchanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58142

Keywords:

Globallashuv moliya. Auditor korporativ integratsiya investor iqtisod tizim.

Abstract

Tezisda bugungi global dunyoda iqtisodiyot va uning tarmoqlarining o‘rni, ularning zamonaviy ko‘rinishlar haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Boshqaruv sohasida auditorlik faoliyatining yangi bosqichi va uni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishi haqida fikr bildirilgan.

background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

257

AUDITORLIK FAOLIYATINING YANGI BOSQICHI VA UNI

TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Bekchanov Bekzod

https://doi.org/10.5281/zenodo.14543602

Annotatsiya. Tezisda bugungi global dunyoda iqtisodiyot va uning tarmoqlarining o‘rni,

ularning zamonaviy ko‘rinishlar haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Boshqaruv sohasida

auditorlik faoliyatining yangi bosqichi va uni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishi haqida fikr

bildirilgan.

Kalit so‘zlar: Globallashuv, moliya. Auditor, korporativ, integratsiya, investor, iqtisod,

tizim.

KIRISH

Globallashuv sharoitida O'zbekiston iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va liberallashtirish,

jahon moliya bozoriga integratsiyalashuvini tezlashtirish va kapital bozorini hamda raqamli

iqtisodiyotni yanada taraqqiy ettirish, zamonaviy korporativ boshqaruv printsiplarini joriy etish

ustuvor vazifalar sirasiga kiradi. Tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, boshqarishga oid

qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruvni yanada yaxshilash uchun auditorlik xizmatlari

sifatini oshirish lozim bo'ladi

Zamonaviy talablar va xalqaro amaliyot printsiplariga asoslangan auditorlik faoliyatini

tartibga solishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish, qoida va normalarni hamda

me'yoriy hujjatlarni yagona normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiyalash va tizimlashtirish

maqsadida 2021-yil 25-fevralda yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi qonun qabul

qilindi.

Qonun bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan auditorlik xizmatini tashkil etishga,

ushbu kasbning nufuzini va ular ishining sifatini oshirishga qaratilgan bo'lib, pirovard natijada

jamiyat manfaatlarini qondirishga va investorlar himoyasini kuchaytirishga yo'naltirilgan.

Ushbu huquqiy hujjatda amaldagi qonunning eskirgan va havolaki me'yorlari qayta ko'rib

chiqildi va auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi yagona me'yoriy hujjat ko'rinishida to'g'ridan-

to'g'ri amal qiladigan qonun sifatida qabul qilindi.

Dunyoda auditorlik xizmatlaridan foydalanish rivojlanib boryapti. Xususan, IFAC –

Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining rasmiy hisobotiga ko'ra, 130 ga yaqin davlatda 175 dan

ziyod professional buxgalterlar uyushmasi, 3 milliondan ziyod professional auditor, 100 mingdan

ortiq auditorlik tashkiloti mavjud.


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

258

Birgina Deloitte tashkilotining o'zi 150 ta davlatda 1600 dan ziyod shartnoma asosida

auditorlik tekshiruvlarini o'tkazib, 46,2 milliard AQSH dollari miqdoridagi daromadni qayd etdi.

Respublikamizda 2021-yilning 1-yanvar holatiga 99 ta auditorlik tashkiloti faoliyat

ko'rsatib kelyapti, auditorlar soni 572 kishini tashkil qiladi. 19 ta mahalliy auditorlik tashkiloti

yirik xalqaro tarmoq va uyushmalar a'zolari hisoblanadi. Yurtimizda ham katta to'rtlik (Big-4) -

“Ernst &Young”, “PricewaterhouseCoupers”, “Deloitte and Touche” va “KRMG” xalqaro

auditorlik tashkilotlarining sho''ba jamiyatlari faoliyat yurityapti.

Qonun auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish,

uni litsenziyalanadigan turlar tarkibidan chiqarish, maxsus vakolatli davlat organi sifatida Moliya

vazirligi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari (Auditorlar palatasi hamda Buxgalterlar

va auditorlar milliy assotsiatsiyasi) bilan birgalikda, moliya-xo'jalik sohasiga aralashmagan holda,

auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o'tkazish, majburiy auditorlik tekshiruvidan

o'tishi zarur bo'lgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan tashkilotlar ro'yxatini shakllantirishni nazarda

tutadi. Ayni kezda unda auditorlar malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, jahonning

ilg'or tajribalarini tatbiq qilish, tartibga soladigan qoida va normalarni hamda me'yoriy hujjatlarni

yagona normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiyalash va tizimlashtirish, manfaatlar to'qnashuvining

oldini olishga yo'naltirilgan auditorlar professional faoliyatining axloq qoidalarini joriy etish kabi

muhim masalalar ham qamrab olingan.

REFERENCES

1.

Odegov Yu.G., Nikonova T.V. Audit i kontrolling personala: uchebnik. 2-e izd. i dop. – M.:

“Alfa Press”, 2010. – 672 s.

2.

Podolskiy V. Audit. Uchebnik. – M.: Izd. Yurayt, 2010. – 605 str.

3.

Pugachev V.V., Vnutrenniy audit i kontrol. Uchebnik. – M.: Delo Servis, 2010.-224s.

4.

Xaydarov R., Fayziev Sh. Vnutrenniy audit. Uchebnoe posobie. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”,

2013. -212 s.

5.

Qo‘ziyev I.N., Fayziev Sh.N., Avloqulov A.Z., Sherimbetov I.X. Ichki audit. O’quv

qo‘llanma. -T.: IQTISOD-MOLIYA, 2015. 198 bet.

6.

Meliyev I.I., Qo‘shmatov O.Q., Sherimbetov I.X., Avazov I.R. “Audit”, O`quv qo‘llanma.

T. IQTISOD-MOLIYA, 2015. -212 b.

References

Odegov Yu.G., Nikonova T.V. Audit i kontrolling personala: uchebnik. 2-e izd. i dop. – M.: “Alfa Press”, 2010. – 672 s.

Podolskiy V. Audit. Uchebnik. – M.: Izd. Yurayt, 2010. – 605 str.

Pugachev V.V., Vnutrenniy audit i kontrol. Uchebnik. – M.: Delo Servis, 2010.-224s.

Xaydarov R., Fayziev Sh. Vnutrenniy audit. Uchebnoe posobie. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2013. -212 s.

Qo‘ziyev I.N., Fayziev Sh.N., Avloqulov A.Z., Sherimbetov I.X. Ichki audit. O’quv qo‘llanma. -T.: IQTISOD-MOLIYA, 2015. 198 bet.

Meliyev I.I., Qo‘shmatov O.Q., Sherimbetov I.X., Avazov I.R. “Audit”, O`quv qo‘llanma. T. IQTISOD-MOLIYA, 2015. -212 b.