Dekabr, 2024-Yil
933
AUDITORLIK FAOLIYATINING YANGI BOSQICHI VA UNI
TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Bekchanov Bekzod
https://doi.org/10.5281/zenodo.14543750
Annotatsiya. Ushbu tezisda mamlakatimizda auditorlik faoliyatining ahamiyati va unga
doir Prezident qarorlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Shuningdek auditorlik
faoliyatining yutuq va kamchiliklari, uni litsenziyalashga doir muammolar to‘g‘risida fikr
bildirilgan.
Kalit so‘zlar: auditorlik, kompaniya, litsenziya, raqobat, tadbirkolik, suviren.
KIRISH
O‘tgan yillarda mamlakatimizda auditning normativ-huquqiy va uslubiy bazasi
shakllantirildi, shuningdek, auditorlik faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan va
muddatsiz tizimi joriy etildi, bu auditorlik xizmatlari bozorining shakllanishiga va mahalliy
auditorlik tashkilotlari auditorlik kompaniyalarining yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini
ta’minlashga imkon yaratdi.
Shu bilan birga, qator muammolar va kamchiliklar auditorlik faoliyatining yanada
rivojlanishiga, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruv sifatini oshirish
uchun auditorlik xizmatlarining ahamiyatini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda, xususan:
birinchidan, auditorlik tashkilotlariga ishonch darajasi past, shuningdek, auditorlik
tekshiruviga moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlashning kafolati emas, balki ortiqcha va
malol keladigan ma’muriy tartib-taomil sifatida qaralmoqda;
ikkinchidan, auditorlik tashkilotlarini tanlab olish bo‘yicha mavjud cheklovlar va tanlovlar
o‘tkazish amaliyoti ko‘p hollarda insofsiz, shu jumladan narx borasida insofsiz raqobatni keltirib
chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi
pasaymoqda;
uchinchidan, auditorlarni maxsus tayyorlash va ularning malakasini oshirishning amaldagi
tizimi yuzaki tusga ega bo‘lib, professional tayyorgarlikning va auditorlik xizmatlari sifatining
zaruriy darajasini, shu jumladan auditorlik faoliyatining xalqaro standartlariga mosligini
ta’minlamayapti, bu esa auditor kasbi nufuzining pasayishiga olib kelmoqda;
to‘rtinchidan, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning samarali tizimi
mavjud emas, bu litsenziyalovchi organning huquqiy ta’sir choralari cheklangani sharoitida
Dekabr, 2024-Yil
934
sifatsiz auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish hollariga va auditorlarning insofsiz xatti-harakatlariga
nisbatan tezkor chora ko‘rish imkonini bermayapti;
beshinchidan, auditorlik faoliyatining milliy standartlari umume’tirof etilgan xalqaro audit
standartlariga to‘liq mos emas, bu esa xorijiy investorlarda mahalliy korxonalar moliyaviy
hisobotlarining haqqoniyligini tushunish ko‘nikmasining shakllanishini ta’minlamayapti.
Auditorlik xizmatlari bozorining rivojlanishi uchun sharoitlarni yanada yaxshilash va
auditorlik faoliyatini tartibga solishda xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy yondashuvlarni
joriy etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi
moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov auditorlik faoliyatini rivojlantirishning quyidagi ustuvor
yo‘nalishlarini amalga oshirishni ta’minlasin:
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, shu jumladan xalqaro
standartlar asosida, auditorlik xizmatlari sifatini oshirishga va ishbilarmonlar hamjamiyatining
auditorlik tashkilotlari ishi natijalariga ishonchini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan auditorlik
tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning ta’sirchan tizimini shakllantirish;
yoshlarni auditorlik kasbiga jalb etish, xususan professional jamoat birlashmalarining
tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorligini ta’minlash;
auditorlik tashkilotlarining xalqaro auditorlik tarmoqlariga jalb etilganlik darajasini
oshirish, shu jumladan auditorlik tashkilotlarini, auditorlarni auditning xalqaro standartlarini
qo‘llash masalalarida faol uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish;
auditorlar respublika jamoat birlashmalarining xalqaro audit standartlarini belgilovchi
xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, ushbu standartlarni qo‘llash sohasida jahonning
ilg‘or tajribasini ommalashtirish bo‘yicha faoliyatini faollashtirish.
2. O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-
tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (V. Pak), Adliya vazirligi (N. Jo‘rayev),
Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), Davlat soliq qo‘mitasi (B. Musayev), Toshkent moliya
instituti (U. Azizov) va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari rahbarlari zimmasiga
Chora-tadbirlar rejasining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik
yuklansin.
3. 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
tijorat tashkiloti, agar u haqdagi axborot Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat
reyestriga kiritilgan sanadan boshlab uch oy davomida auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun
Dekabr, 2024-Yil
935
litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari reyestriga kiritilmagan bo‘lsa, o‘z nomida
“auditorlik tashkiloti” so‘zlaridan foydalanishga haqli emas;
auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya litsenziatga barcha turdagi auditorlik
tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beradi;
auditorlik tashkilotining ustav kapitali auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda
bevosita foydalaniladigan mol-mulkdan, shu jumladan pul mablag‘laridan shakllantiriladi;
auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlarning eng kam soni kamida to‘rt
nafar shtatdagi auditordan iborat bo‘ladi;
aynan bitta xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvi ketma-ket yetti yildan
ortiq bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi;
REFERENCES
1.
Analysis and Valuation of Insurance Companies, 2019 Center for Excellence in
Accounting and Security Analysis
2.
Statisticheskiy ejegodnik regionov Uzbekistana. 2019. –T.: Goskomstat Uzbekistana.
2019. - 130 str.
3.
Uzbekistan v tsifrax. 2019. – T.:, Goskomstat Uzbekistana 2019. – 188 str.
4.
www.lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi);
5.
www.gov.uz (O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali);
