Authors

  • Bekzod Bekchanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58329

Keywords:

Audit auditor auditorlik firmasi yuridik shaxs jismoniy shaxs ustav kapital.

Abstract

Ushbu maqolada auditorlik faoliyti, unga doir qonun va farmoyishlar haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, auditorlik faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi yangi loyiha va islohotlar keng qamrovda tushuntirilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

682

AUDITORLIK FAOLIYATINING YANGI BOSQICHI VA UNI

TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Bekchanov Bekzod

https://doi.org/10.5281/zenodo.14543741

Annotatsiya.

Ushbu maqolada auditorlik faoliyti, unga doir qonun va farmoyishlar haqida

batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, auditorlik faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi
yangi loyiha va islohotlar keng qamrovda tushuntirilgan.

Kalit so‘zlar:

Audit, auditor, auditorlik firmasi, yuridik shaxs, jismoniy shaxs, ustav,

kapital.

A NEW STAGE OF AUDITING ACTIVITIES AND PRIORITY DIRECTIONS FOR ITS

IMPROVEMENT

Abstract.

This article provides detailed information about auditing activities, related laws

and regulations. Also, new projects and reforms on improving auditing activities are explained in
detail.

Keywords:

Audit, auditor, audit firm, legal entity, individual, charter, capital.

НОВЫЙ УРОВЕНЬ АУДИТОРСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ И ПРИОРИТЕТНЫЕ

НАПРАВЛЕНИЯ ЕГО СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ

Аннотация.

В данной статье представлена подробная информация об

аудиторской деятельности, законодательстве и нормативных актах, связанных с ней.

Также подробно разъяснялись новый проект и реформы по совершенствованию

аудиторской деятельности.

Ключевые слова:

Аудит, аудитор, аудиторская фирма, юридическое лицо,

физическое лицо, устав, капитал.


KIRISH

Audit — muayyan vakolatlar berilgan shaxslar auditorlar (auditorlik firmalari) tomonidan

xo‘jalik yuritayotgan subyektlarning moliyaviy hisobotlari to‘g‘riligini, ular amalga oshirgan
moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda boshqa
me’yoriy hujjatlariga qay darajada muvofiqligini, shuningdek mukammalligi va asosliligini,
buxgalteriya hisob-kitobi va boshqa moliyaviy hisobot yuritishga doir talablarga qay darajada
monandligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladigan moliya hujjatlarining ekspertizasi va tahlilidir.

Audit shuningdek konsaltingni — mijoz bilan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishni o‘z

ichiga oladi.

Auditorlik faoliyati maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan xo‘jalik

subyektlari faoliyati ustidan nazorat qilinishining o‘rnini bosmaydi.

Auditor — belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini olgan va

auditorlarning kasb-kor ro‘yxatiga kiritilgan mutaxassisdir.

Auditorlik firmasi — yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan, belgilangan tartibda

ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘z ustaviga ko‘ra faoliyat sohasi auditorlik xizmatlari ko‘rsatishdan iborat
bo‘lgan korxonadir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

683

Auditorlik firmalari kichik korxonalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa

tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalar tarzida tuzilishi mumkin, ochiq turdagi aksiyador
jamiyatlar bundan mustasno.

Auditorlar va auditorlik firmalari davlat ro‘yxatidan o‘tib, litsenziya olganlaridan keyin o‘z

faoliyatlarini boshlaydilar.

ADABIYOTLAR TAHLIL VA METODOLOGIYA

Auditorning (auditorlik firmasining) vazifalari

Auditor (auditorlik firmasi):

auditorlik tekshiruvlarini sifatli o‘tkazishi, tekshirishlar o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa

auditorlik xizmatlari ko‘rsatishi;

o‘zi tekshirayotgan xo‘jalik yuritish subyektining rahbariyatiga tekshiruv chog‘ida

aniqlangan buxgalteriya hisob-kitobi yuritish hamda moliyaviy hisobot hujjatlari tayyorlashga doir
talablar va qonunlar buzilganligi hollarini ma’lum qilishi;

o‘z vazifalarini bajarish chog‘ida sir saqlash qoidalariga rioya etishi. Mijozga zarar

yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni faqat sud talabiga binoan oshkor etishga yo‘l qo‘yiladi;

tekshirish tugallanib, xulosa chiqarilgunga qadar uzrsiz sabablarsiz o‘z faoliyatini to‘xtatib

qo‘ymasligi;

zarur hollarda, tekshiruv natijalarini ma’lum qilish uchun mulkdorlarning

(aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab qilishi;

basharti, oldindanoq o‘z xatti-harakatlarida xolis va odil bo‘lolmasa, o‘z faoliyatini davom

ettirishdan voz kechishi shart.

Auditorlar va auditorlik tashkilotlarining reyestrini yuritish tartibi belgilandi.
Quyidagilar joriy etildi:

auditorlik ishi sifatining ichki nazorati – auditorlik tashkiloti tomonidan amalga

oshiriladigan, uning auditorlari va хodimlari tomonidan Qonun talablariga rioya etilishini
ta’minlovchi tartib-taomillarga asoslangan tashkiliy chora-tadbirlar tizimi. Ushbu nazorat
auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik faoliyati standartlariga binoan amalga oshiriladi va
auditorlik хizmatlari koʻrsatish chogʻidagi majburiy shart hisoblanadi.

auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati – vakolatli davlat organi auditorlarning

respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda amalga oshiradigan, auditorlik tashkilotlari
tomonidan Qonun talablarini va auditorlik faoliyati standartlarini buzishlarni aniqlashga hamda
kelgusida ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi.

NATIJALAR

Qonunda auditorlik faoliyati boradasigi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilab

berilgan. Auditor va uning yordamchisi, auditorlarni sertifikatlash tizimida to'g'ridan-to'g'ri amal
qiladigan normalar asosida batafsil ifodasini topgan. Unga ko'ra, auditor faqat bitta auditorlik
tashkilotida auditorlik xizmatlarini ko'rsatishi hamda o'zi ishlaydigan faqat bitta auditorlik
tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo'lishi mumkin. SHuningdek, auditorlik faoliyati
to'g'risidagi qonunchilik talablarini buzganligi sababli Auditorlik tashkilotlari reestridan
chiqarilgan auditorlik tashkilotini ilgari boshqargan auditor uch yil mobaynida boshqa auditorlik
tashkiloti rahbari bo'lishi mumkin emasligi qat'iy belgilab qo'yilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

684

Xalqaro tajribadan kelib chiqib, auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga

berish, uning amal qilishini navbatdagi o'n yillik muddatga va keyinchalik muddatsiz davrga
uzaytirishni nazarda tutuvchi normalar kiritildi. Bu hujjatni olish uchun talabgor oliy ma'lumotga
hamda oliy ta'lim tashkilotini tamomlaganidan keyin oxirgi o'n yildan kamida uch yil buxgalteriya
hisobi va audit sohasida ish stajiga ega bo'lishi lozim. Xalqaro buxgalter sertifikatiga yoki kamida
o'n yillik uzluksiz auditorlik ish stajiga ega bo'lgan auditorlarga malaka sertifikatining amal qilish
muddatini uzaytirish imtihon topshirmasdan amalga oshiriladi.

Auditorlik tashkilotlariga qulaylik va yengilliklar yaratish maqsadida bir qator yangi

normalar kiritildi. Jumladan, auditorlik tashkilotlarining ustav kapitali miqdoriga bo'lgan talab
bekor qilindi. Ustav fondi (ustav kapitali) auditorlik tashkiloti o'z faoliyatini amalga oshirishda
bevosita foydalanadigan mol-mulkdan, shu jumladan, pul mablag'laridan shakllantiriladi.

MUHOKAMA

Tashkilot o'z faoliyatini amalga oshirishda mustaqil bo'lib, vazirliklar, davlat qo'mitalari,

idoralar hamda boshqa davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin
emas. Unda asosiy ish joyi hisoblangan kamida to'rt nafar auditor bo'lishi, filialining rahbari esa,
albatta, auditor bo'lishi kerak. Tadbirkorlik sub'ektlarining yagona davlat reestriga kiritilgan
sanadan e'tiboran uch oy davomida u haqidagi ma'lumotlar Auditorlik tashkilotlari reestriga
kiritilmagan tijorat tashkiloti o'z nomida “auditorlik tashkiloti” degan so'z birikmasidan
foydalanishga haqli emas.

Qonunga ko'ra, xalqaro amaliyot asosida auditorlik xizmatlarining tarkibi aniqlandi. Aynan

shunday xizmat turlari MDH mamlakatlari qonun hujjatlarida va auditning xalqaro standartlarida
mavjud.

Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlari va auditorlik xizmatlarini ko'rsatadi,

shartnoma asosida ish olib boradi.

XULOSA

Muxtasar aytganda, “Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul

qilinishi tartibga solish va audit jarayonidagi tartib-taomillarning shaffofligini, moliyaviy
hisobotdan foydalanuvchilarni ishonchli audit xulosasi bilan ta'minlaydi, xalqaro standartlar
asosida mustaqil audit o'tkazish amaliyotini tatbiq etadi, auditorlik tashkilotlari xizmatlari sifatini
va raqobatbardoshligini oshiradi, sohadagi hujjatlarni tizimlashtiradi va qonunosti hujjatlarning
qisqarishiga olib keladi.

REFERENCES

1.

Fayziev Sh.N., Dusmuratov R.D., Karimov A.A., Kuziev I.N., Avlokulov A.Z. Audit:
Darslik -T.: Iqtisod Moliya, 2015y. – 430 b.

2.

Fayziev Sh., Karimov A. Audit. Uchebnoe posobie. – T.: “IQTISOD-MOLIYa”, 2013. –
328 str.

3.

Qo‘ziyev I.N., Fayziyev Sh.N., Avloqulov A.Z., Sherimbetov I.X. “Ichki audit”, O`quv
qo‘llanma. T. IQTISOD-MOLIYA, 2015. -192 b

4.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –
Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

685

5.

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent “O‘zbekiston” NMIU, 2017.
– 104 b.

6.

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekistondavlatini birgalikda barpo
etamiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017.– 56 b.

7.

“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
to‘g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
Farmoni.

8.

“O’zbekiston Respublikasida Auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi PF-3946-
sonli Qarori.

References

Fayziev Sh.N., Dusmuratov R.D., Karimov A.A., Kuziev I.N., Avlokulov A.Z. Audit: Darslik -T.: Iqtisod Moliya, 2015y. – 430 b.

Fayziev Sh., Karimov A. Audit. Uchebnoe posobie. – T.: “IQTISOD-MOLIYa”, 2013. – 328 str.

Qo‘ziyev I.N., Fayziyev Sh.N., Avloqulov A.Z., Sherimbetov I.X. “Ichki audit”, O`quv qo‘llanma. T. IQTISOD-MOLIYA, 2015. -192 b

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekistondavlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017.– 56 b.

“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

“O’zbekiston Respublikasida Auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi PF-3946-sonli Qarori.