776
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
BUXORO MADRASALARDA TA’LIM-TARBIYA TIZIMI
(XIX asr oxiri XX asr boshlari)
Ahmadov Olimjon Shodmonovich
Osiyo xalqaro universiteti dotsenti, p.f.f.d. (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.14531775
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Buxoroda XIX asr oxiri-XX asr birinchi choragida ta’lim-
tarbiya muammolariga bag‘ishlab yaratilgan manbalar va adabiyotlar ilmiy jihatdan tahlil
qilingan.
Kalit so‘zlar:
Manba, manbashunoslik, ta’lim, tarbiya, uzluksiz ta’lim, tadqiqot, maqola,
dastur, tizim, an’anaviy ta’lim, maktab, madrasa.
EDUCATIONAL SYSTEM IN BUKHARA MADRASA (late 19th - early 20th
centuries)
Abstract.
In the following article the sources and literature related with the education-
upbringing in Bukhara in the end of 19
th
first quarter of the 20
th
century is scientifically analyzed.
Key words:
Source, source studiers, education-upbringing, chain education, study, article,
program, system, nontraditional education, school, madrassa.
СИСТЕМА ОБРАЗОВАНИЯ В БУХАРСКОМ МАДРАСЕ
(конец 19 века, начало 20 века)
Аннотация.
В данной статье научно исследовано на основе источников и
литературы по проблемам образования и воспитания в Бухаре в конце XIX и первой
четверти XX века.
Кючевые слова:
Источник, источниковедение, образование, воспитание, системное
образования, исследование, статья, программа, система, традиционное образование,
школа, медресе.
An’anaviy ta’lim tizimining yuqori bosqichi bo`lgan madrasaga boshlang`ich ta’lim
maskani - maktabni o`qib tugatgan, 10 yoshdan 40 yoshgacha bo`lgan savodhon shahslar o`qishga
qabul qilingan. Shariat qoidasiga muvofiq, birorta mudarrisning har qanday yoshda o`qish uchun
murojaat qilgan kishiga rad javobi berishga huquqi bo`lmagan.[1] Madrasada dars jarayonlari,
odatda har yili oktyabr oyida boshlanib, aprel oyigacha davom etgan. An’anaviy qoidaga ko`ra
madrasada hafta kunlari 2 ga bo`lingan: tahsil kunlari va ta’til kunlari. Tahsil kunlari - shanba,
yakshanba, dushanba va seshanba. Ta’til kunlari (o`tilganlarni takrorlash va dam olish) -
chorshanba, payshanba va juma. Masalan, Mehtar Shofi’i ibn Xo`ja Latif va Fathulla qushbegi ibn
amir Nasrulloh nomidagi madrasalarning vaqf hujjatida haftada 4 kun dars bo`lishi yozib
qo`yilgan. Darsning boshlanishi quyosh chiqishi bilan belgilangan (bomdod namozidan keyin).[2]
777
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Talabalar o`quv kursiga qarab emas, balki qaysi kitobni o`qiyotganligiga qarab jamoa-
guruhlarga ajratilgan. Jamoa-guruh soni talabalar miqdori va madrasaning katta-kichikligiga qarab
belgilangan. Katta madrasalarda har bir guruhda 5-10 nafardan 20 nafargacha talaba tahsil olgan.
Talabalar jamoasi-guruhni boshqargan talaba qoriboshi deb atalgan. Jamoa qorilari odatda
mullazodalardan tayinlangan. Uning boshchiligida jamoa a’zolari qo`llarini qovushtirib, ta’zim va
tavoze bilan salom berib, navbat bilan mudarris huzuriga kirib borganlar. Madrasaning birinchi
qavatida joylashgan darshonaning turida domla-mudarris o`tirgan, talabalar (mullabachchalar) esa
gilam yoki qig`iz (namat) tushalgan erga chordona qurib o`tirganlar.
Bu holatni 1892-1893 o`quv yilida Olimjon madrasasida tahsil olgan Sadriddin Ayniy ham
quyidagicha tavsiflaydi: “Biz oltmish nafar shogird shu bolohonada maddoh ma’rakasiga
to`plangan odamlardan ketma-ket shoshilishib o`tirardik. Jamoa qorisi o`rtada o`tirib, o`z
kitobidan shu kungi darsga taalluqli joyni arab tilida o`qir, domulla esa, avval tarjima qilib, so`ngra
sharhlab, bu darsni.. bizlarga tushuntirardi. SHogirdlarning aksariyati tushunib-tushunmay, ikki-
uch kishidan bo`lib, baqirib muzokaraga tushib ketardilar. Ammo Buxorocha dars berish usuliga
mohir domullamiz o`zining yo`g`on, baland ovozi, chahnab turgan ta’sirli ko`z qarashi bilan
g`avg`oni bosib, har hil izoh va sharhlar bilan muallifning maqsadini qobiliyatli bolalarga
tushuntirar edi. SHu bilan bir soat vaqt o`tib, bir kunlik darsimiz tugardi”.[3]
Madrasalarda darslar, asosan, faol munozara tarzida o`tgan. Masalan, Ikromcha domla
darsni Madrasa talabalari oldiga muhokama uchun masala qo`yishdan boshlagan. U masalaning
mohiyatini tushuntirib bergan. Talabalar fikrini bir maqsadga yo`naltirib, ular obdon tortishib
bo`lganidan keyin, e’tiborini o`ziga qaratgan. So`ngra ishonarli misollar, aniq dalillar bilan
o`rganilayotgan matn mazmunini tojik tilida tushuntirib bergan va muallif fikriga munosabatini
bildirgan.[4]
Madrasalarda o`qitiladigan ilmlar quyidagi guruhlarga bo`linadi:
1.Arab tili grammatikasi: sarfi (morfologiya), naqvi (sintaksis), arabcha notshushk, arab
tarihi, Qur’onni o`qish ilmi va ilmiy munozaralar madaniyati.
Ilohiyot
va qonunshunoslik: Qur’on tafsiri, hadis, fiqh, diniy aqidalar, meros
taqsimoti haqida ta’limot (Faroiz), qonunshunoslik asoslari.
Falsafa: mantiq, riyoziyot, jug`rofiya, astronomiya, tibbiyot, kimyo va tabiiy fanlar, falsafa.
Madrasada ta’lim jarayoni arab tilini o`rganishdan boshlangan. Eng avval umumiy kurs
sifatida “Avvali ilm” o`qitilgan. (“Avvali ilm” kitobi islom dinining asoslarini o`rgatuvchi savol-
javob tarzida tuzilgan fors tilidagi o`quv qo`llanmasi bo`lib, unda “Avvali ilm nimadir?” degan
savolga Allohni tanish, Payg`ambarni tan olish, Shaytonni anglash degan javob berilgan). “Avvali
ilm” kitobi talabalarga bir necha kunlarda yodlattirilgan. “Avvali ilm”dan so`ng arab tili
grammatikasi morfologiyasi bo`yicha fors tilida yozilgan “Bidon” o`qitilgan. Ikkinchi yili arab tili
778
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
morfologiyasi bo`yicha arab tilida yozilgan “Zanjoniy”, fors tilida “Muizziy” kitoblari o`qitilgan.
Bu boshlang`ich maktablardagi arab tili darslarini takrorlash edi. Uchinchi yildan boshlab arab tili
grammatikasi chuqur o`zlashtirila boshlangan. SHu yili “Qofiya” o`tilgan. “Qofiya” arab tilida
yozilgan arab tili grammatikasidir. Unda arab tilidagi fe’l, ot va harflar haqida ma’lumot berilgan.
To`rtinchi yildan ettinchi yilga qadar “SHarhd Jomiy” (Abdurahman Jomiy tomonidan Qofiyaga
yozilgan sharh)dan “Qofiya”ning “Al-marfu’ot”, “Al-majrurot”, “Al-mansubot”, “Al-Mabniyyot”
qismlari o`rgatilgan. Bularning bari arab tilidagi ot, fe’l, so`z, birikmalar va kelishiklarni o`qitishga
bag`ishlangan. Sakkizinchi yilda yuqoridagi kitobning “Hamd” (yuqoridagi kitoblarning
boshlanishi, ya’ni Allohga hamdu sanolar aytish qismi) va “Bahsi ism” (Hamddan keyingi
qismlarida Kufa va Basra olimlarining ba’zi qoidalar bo`yicha tortishgan bahslari) vdemlari
o`qilgan. To`qqizinchi yilga kelib “Qutbiy” hoshiyasidan
(arab tilida yozilgan morfologiya) “Va
rottabtuhu 'ala muqaddima” (muqaddimada tartib berdim, so`zning qaerda keltirilganligi bu fikr
muqaddimasida aytilgan) o`rganilgan. Uninchi yili - “Hamdi Aqoyid”[5] kitobida oyatlar, hadislar
misolida e’tiqod masalalari o`rganilgan (Allohni tan olish, ohiratga ishonch, g`oyb olami va h.k).
“Hamdi Aqoyid” - “Aqoid” kitobining hamdu sanolar qismi sanalgan. Keyingi yillarda
“Aqoyid”ning “Ba’d” (keyin, asosiy maqsadga o`tishdan oldingi so`z), “Samava” (osmonlar),
“Haqoyiq ul-aysha” (narsalarning haqiqati, Alloh yaratgan narsalarning hammasini hikmati va
haqiqati bor) bo`limlari, bosqich, sharhlar asosida o`rganilgan. O`n to`rt, o`n beshinchi yillarda
“Tahzib” (e’tiqod haqidagi) kitobining “Hamd” (rizq berilgan uchun, bizga shu ilmni oson
qilganing uchun hamdu sanolar bo`lsin) va “Ta’rifi ilm” Hilmni ta’riflash, asosan muqadimasida
keltiriladi) qismmlari o`rgatilgan. O`n oltinchn va o`n ettinchi yillarda “Hikmat ul-ayn” (arab tilida
yozilgan mantiq) kitobi va uning sharhlari o`rgatilgan.[6] O`n sakkizinchn va o`n to`qqizinchi
yillar yimi kalomga oid qisman ilohiyot, qisman mantivda oid “Mullo Jalol”, Hadisi sharif
kitoblari o`qilib, sharh qilingan. Qur’on tafsirlarini o`zlashtirilishi bilan, Bedilhonlikni tugashi
bilan madrasadagi o`quv kursi yakunlangan. Qur’on tafsiri bo`lgan Yusuf Bayzaviyning fors tilida
yozilgan “Tafsiri Bayzaviy” degan asaridan ikki sura o`qitilib sharh qilingan.
Madrasalarda, asosan, ilohiyot va fiqh masalalari bo`yicha bilim berilib, aniq fanlar
e’tibordan chetga qoldi. Albatta, bu holat umumiy taraqqiyotning susayishiga olib keldi va boshqa
mamlakatlardan orqada qolishga sabab bo`ldi.
Xullas, bu davrda Buxoro amirligida madrasalar faoliyati asrlar davomidagi an’analar
doirasida bo`lgan. Ular moddiy ta’minoti jihatidan davlatdan mustaqil bo`lib, asosan hayriya
asosida yuzaga kelgan vaqf mulkchiligi daromadidan faoliyat yuritgan. Madrasalar bu davrda ham
Buxoro amirligida an’anaviy ma’rifiy maskan sifatida o`z ahamiyatini saqlab qoldi. Ammo ta’lim
tizimining diniy bilim doirasida cheklanib qolib, dunyoviy bilimlarga etarli e’tibor
qaratilmaganligi, ona tilida bilim berilmaganligi, zamona talablaridan, rivojlangan Evropa
779
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
mamlakatlarida bu sohada erishilgan yutuqlardai chetda qolganligi sababli u chuqur islohotlarga
muhtoj edi.
REFERENCES
1.
Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар Наршахий. Бухоро тарихи. / Форс-тожик тилидан
А.Расулов таржимаси. - Тошкент: Фан, 1966.
2.
Алимова Д. История как история, история как наука. В 2-х томах. Т.Н. Феномен
жадидизма. - Ташкент: Узбекистан, 2009.
3.
Shodmonovich A. O. Education in the emirate of bukhara (based on the life and work of
the rulers) //Academicia: an international multidisciplinary research journal. – 2020. – Т.
10. – №. 12. – С. 1224-1227.
4.
Elova, Dilnoza, and Olimjon Ahmadov. "Bukhara from the history of the events of the
organization of the air fleet of modern new technology and the introduction of aircraft."
E3S Web of Conferences. Vol. 515. EDP Sciences, 2024.
5.
Ahmadov O. БУХОРО АМИРЛИГИДА ЯНГИ УСУЛ МАКТАБЛАРИ ФАОЛИЯТИ.
ЮТУҚЛАРИ ВА МУАММОЛАР //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz).
– 2020. – Т. 1. – №. 1.
6.
Ахмедов О. Ш. ОБРАЗОВАНИЕ В БУХАРСКОМ ЭМИРАТЕ (НА ОСНОВЕ
ЖИЗНИ И ТВОРЧЕСТВА ПРАВИТЕЛЕЙ) //Вопросы науки и образования. – 2021.
– №. 6 (131). – С. 10-13.
7.
Ahmadov O. BUXORO BOSMAXONA VA NASHRIYOTLARIGA TEXNIKA
SOHASIDAGI YANGILIKLARNING KIRIB KELISH TARIXIDAN (1920-1924-
YILLAR) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1.
8.
Ahmadov O. XIX аср охири-XX аср биринчи чорагида Бухорода таълим-тарбия
тизимининг манбавий асослари ва адабиётлар таснифи //ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 4. – №. 4.
9.
Аҳмадов О. Ш. МОЛОДЕЖЬ, ВЛАСТЬ, ОБЩЕСТВО: ПРОБЛЕМЫ И
ПЕРСПЕКТИВЫ ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ.
10.
Olimjon
A.
БУХОРОДА
ЯНГИ
УСУЛ
ТАЪЛИМ–ТАРБИЯ
МУАССАСАЛАРИНИНГ
ТАШКИЛ
ТОПИШИДАГИ
ЖАДИД
МАЪРИФАТПАРВАРЛАРИНИНГ ЎРНИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz). – 2023. – Т. 30. – №. 30.
11.
Khasanov, Ahmadov O. Sh. "MAHMUDXO ‘JA BEHBUDIY–TURKISTON
JADIDCHILIK HARAKATI YO ‘LBOSHCHISI." MODELS AND METHODS FOR
780
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH 2.21 (2023): 143-
150.
12.
Olimjon A. XIX ASR OXIRI XX ASR I-CHORAGIDA BUXORODA JADID
MAKTABLARINING
TA’LIM-TARBIYA
TIZIMI
//ЦЕНТР
НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2023. – Т. 30. – №. 30.
13.
Sh,
Ahmadov
O.
"OʼQUVCHILARDA
OʼQUV
MOTIVLARINI
SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI." JOURNAL OF SCIENCE,
RESEARCH AND TEACHING 2.8 (2023): 65-70.
14.
Ahmadov, O. S., and Abduvakhob Turayev. "Pedagogical theoretical foundations from the
history of the origin of physical education." International Conference on Business
Management and Humanities. Vol. 1. No. 2. 2023.
15.
Ahmadov, O. S., and Sherizad Islamatdinov. "Pedagogical theoretical foundations of the
formation of educational motives in students." International Conference on
Multidisciplinary Research. Vol. 1. No. 2. 2023.
16.
Ahmadov O. S., Boboyev H. The role and significance of extracurricular educational work
in the formation of spiritual and moral education //International Conference On Higher
Education Teaching. – 2023. – Т. 1. – №. 4. – С. 121-123.
17.
Ahmadov O. S., Kahramanov O. Theoretical foundations of pedagogical technologies in
educational processes //Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies
and Education. – 2023. – Т. 1. – №. 9. – С. 61-63.
18.
Shodmonovich,
Ahmadov
Olimjon.
"BUXORO
AMIRLIGIDA
TARAQQIYPARVARLIK
VA
MA’RIFATCHILIK
G
‘OYALARINING
TARQALISHI." Journal of Innovation in Education and Social Research 2.1 (2024): 265-
271.
19.
Shodmonovich, Ahmadov Olimjon. "O’QUVCHILARINING IJTIMOIY FAOLLIGINI
OSHIRISH PEDAGOGIK MUAMMO VA YECHIMLARI." Journal of Innovation in
Education and Social Research 2.1 (2024): 261-264.
20.
ugli Bekjanov, Sherzod Yuldash, and Olimjon Shodmonovich Ahmadov. "PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARNI TA'LIM-TARBIYA JARAYONIDA QO ‘LLASHNING
PEDAGOGIK IMKONIYATLARI." Innovative Development in Educational Activities
3.2 (2024): 207-213.
21.
Shodmonovich, Ahmadov Olimjon. "PEDAGOGІK TEXNOLOGІYALARNІNG
TARІXІY ІLDІZLARІ." SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 7.2 (2024):
67-69.
781
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
22.
ugli Bekjanov S. Y., Ahmadov O. S. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI TA'LIM-
TARBIYA JARAYONIDA QO ‘LLASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
//Innovative Development in Educational Activities. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 207-213.
23.
Olimjon, Ahmadov. "BUXORO MANG'IT HUKUMDORLARINING TA'LIM-
TARBIYADAGI IBRATI." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 40.40
(2023).
24.
Ахмадов, О. "2020 ЙИЛ− БХСР ТАШКИЛ ТОПГАНИНИНГ 100 ЙИЛЛИГИ
БУХОРО ХАЛҚ СОВЕТ РЕСПУБЛИКАСИ (БХСР) ДА ТАЪЛИМ ВА ТАРБИЯНИ
ЗАМОНАВИЙЛАШТИРИШ УЧУН КУРАШ." Farg'ona davlat universiteti 2 (2020):
75-78.
25.
Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN
THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of
Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.
26.
Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF
INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of
Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.
27.
Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF
INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of
Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.
28.
Asror o‘g‘li A. A. et al. BUXORO VOHASIDAGI VARDONZE QO ‘RG ‘ONINING
ANTIK VA O ‘RTA ASRLAR DAVRI TARIXI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 45. – №. 5. – С. 84-87.
29.
Ismailovich T. A. Migration of Turkmen Tribes to Zarafshan Oasis: History and Analysis
//Central Asian Journal of Social Sciences and History. – 2021. – Т. 2. – №. 3. – С. 47-52.
30.
To'rayev A. O’ZBEKLARNING CHORJO’YDAGI HAYOT YO’LLARI //ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2023. – Т. 36. – №. 36.
31.
To'rayev A. БУХОРОДАГИ ТУРКМАНЛАРИНИНГ АЪАНАВИЙ ТУРАР
ЖОЙЛАРИ ВА УНДАГИ ЗАМОНАВИЙ ЎЗГАРИШЛАР //ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2023. – Т. 35. – №. 35.
32.
Тўраев А. И. БУХОРОДАГИ ТУРКМАНЛАРИНИНГ АЪАНАВИЙ ТУРАР
ЖОЙЛАРИ ВА УНДАГИ ЗАМОНАВИЙ ЎЗГАРИШЛАР: Тураев Анвар
Исмаилович, Кафедра “Всеобщей истории” Бухарского государственного
университета старший преподаватель //Образование и инновационные исследования
международный научно-методический журнал. – 2023. – №. 1. – С. 7-13.
782
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
33.
To'rayev A. English Buxorodagi turkmanlarning ananaviy turar joylari va undagi
zamonaviy ozgarishlar //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2023. – Т.
35. – №. 35.
34.
To'rayev A. BUXORO TURKMANLARI BILAN BOG ‘LIQ JOY NOMLARI TAHLILI
//ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 14. – №. 14.
35.
To’Rayev A. I., Hayotov F. U. Buxoro vohasi aholisining islom dinini qabul qilishi
//Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 10. – С. 499-504.
36.
To’Rayev A. I. BUXORO VOHASIDA YASHAB KELGAN TURKMANLAR
HAYOTIDA CHORVACHILIKNING O’RNI //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №.
1. – С. 1165-1170.
37.
To'rayev A. A ЎҒУЗ ҚАБИЛА ВА УРУҒЛАРИНИНГ ТУРКМАН ХАЛҚИНИ
ШАКЛЛАНИШИДАГИ ЎРНИ: Xorijiymaqola //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz). – 2020. – Т. 6. – №. 2.
