Authors

  • Saparbay Allambergenov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58473

Keywords:

shaxs inson huquqlari konstitutsiyaviy prinsplar fuqarolik jamiyati demokratlashtirish.

Abstract

Ushbu maqolada inson huquq va erkinliklarini buzishga yo’l qo’ymaslik, shaxs huquqiy maqomining konstitutsiyaviy prinsplari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalarida huquq va erkinliklarning ifodalanishi haqida malumotlar keltirilgan.

background image

1228

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

O‘ZBEKISTONDA INSONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Allambergenov Saparbay Dauletbayevich

O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Malaka oshirish instituti dotsenti,

yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.14560394

Annotatsiya. Ushbu maqolada inson huquq va erkinliklarini buzishga yo’l

qo’ymaslik, shaxs huquqiy maqomining konstitutsiyaviy prinsplari, xalqaro huquqning

umume’tirof etilgan qoidalarida huquq va erkinliklarning ifodalanishi haqida malumotlar

keltirilgan.

Kalit soʻzlar: shaxs, inson huquqlari, konstitutsiyaviy prinsplar, fuqarolik jamiyati,

demokratlashtirish.

HUMAN RIGHTS AND OBLIGATIONS IN UZBEKISTAN

Abstract. This article provides information on the non-violation of human rights and

freedoms, the constitutional principles of the legal status of a person, and the expression of rights

and freedoms in generally recognized rules of international law.

Keywords: person, human rights, constitutional principles, civil society, democratization.

ПРАВА И ОБЯЗАННОСТИ ЛЮДЕЙ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. В данной статье представлена информация о предотвращении

нарушения прав и свобод человека, конституционных принципов правового положения

личности, выражения прав и свобод в общепризнанных нормах международного права.

Ключевые слова: личность, права человека, конституционные принципы,

гражданское общество, демократизация.

O’zbekiston qonunlari bilan inson huquq va erkinliklarini davlat tomonidan qonuniy

cheklashlarga qo’yiladigan aniq talablar quyidagicha belgilangan:

1. Faqat qonunga asoslanish;

2. Boshqalarning huquq va erkinliklarini xurmatlash, axloq talablarini, demokratik

jamiyatda jamoat tartibi va ijtimoiy farovonlik talablarini qondirish maqsadlarida amalgam

oshirish. Shu bilan birga huquq va erkinliklarni cheklashga favqulotda hollardagina yo’l

qo’yiladi.

Avvalambor shaxsning muayyan davlat bilan uzviy huquqiy munosabatda bo’lishi, ya’ni

shu davlat fuqaroligiga ega bo’lishlikning o’zi alohida huquqiy holatni belgilab beradi.

Fuqaroligi bo’lmagan, ya’ni hech bir davlat fuqaroligini olmagan shaxslarning huquqiy

holati muayyan davlat alohida holatda bo’ladi. Ikki fuqarolikka yoki ko’p fuqarolikka ega

bo’lgan shaxslarning huquqiy holati ham ma’lum munosabatlarda o’zgacha holat kasb etadi.


background image

1229

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Demak, fuqarolik, fuqarolikka ega bo’lmaslik, ko’p fuqarolik masalalari shaxsning

huquqiy holatiga ta’sir etuvchi omildir. Ikkinchidan, shaxsning huquqiy holatiga ta’sir etuvchi

omillardan yana bir shaxsning ma’lum yoshga to’lishi va natijada muomala layoqatiga ega

bo’lishi hisoblanadi. Huquqiy layoqatga ega bo’lish ham alohida ahamiyat kasb etadi, ya’ni o’z

hatti-harakatiga ongli ravishda yondasha olishlik lozim.

Inson va fuqarolar huquqi va majburyatlarining birligi inson va fuqarolar huquq va

erkinliklarini tadbiq qilishda alohida shaxslarning huquq va erkinliklarini buzishga yo’l

qo’ymaslik. Shaxs huquqiy omilining konstitutsiyaviy prinsplari xalqaro huquqning

umume’tirof etilgan qoidalarida, inson va fuqarolar huquqi va erkinliklarining bevosita amal

qilishi O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida o’z fuqarolarini huquqiy

himoya qiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa xalqaro huquqiy normalar

asosida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlaydi.

Fuqarolik deganda jismoniy shaxsning ma’lum bir davlat bilan mustahkam huquqiy

bog’lanishiga aytiladi. Bunda fuqaroning shu davlatga nisbatan huquq va burchlari hamda uning

suveren hukumatga bo’ysunishida ifodalanadi. Mazkur huquqiy aloqa insonning tug’ilganida

yuzaga kelib, uning butun umri davomida saqlanib qoladi. Ushbu bog’liqlik insonning tug’ilgan

va yashayotgan hudud bilan cheklanmay, davlat tashqarisida ham o’z kuchini yo’qotmaydi.

Fuqarolar huquqi va burchlarini davlat o’zi belgilab beradi. Turli mamlakatlarda

fuqarolarning huquq va burchlari bir xil emas. Ular mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va

madaniy darajasiga bog’liq. Fuqarolik tushunchasi jamiyatning hozirgi davr demokratik,

huquqiy davlati tomon rivojlanishida katta yo’lni bosib o’tdi. U jamiyatning

demokratik

rivojlanishida

qo’lga

kiritilgan

ulkan

yutuqlardan

biri. Fuqarolikning

jamiyat

taraqqiyotidagi ijobiy tomoni shudan iboratki, mamlakatda istiqomad qilib turgan har

bir kishining muayyan, aniq sanab o’tilgan huquqlari, jamiyatdagi o’rni mamlakatning

konstitutsiyasida, maxsus qaror yoki qonunda yozib qo’yilgan va ularga rioya qilish, ularni

bajarish barcha fuqarolardan talab qilinadi. Ya’ni jamiyatda boshboshdoqlik, o’zboshimchalik,

zo’ravonlik, qonunsizlikga o’rin qo’ymaydi. Chunki,

bunday

xatti-harakatlar

fuqarolik

haqidagi

qonunga

xilofdir.

Fuqarolik tushunchasi qadimiy Yunoniston va Rimda mavjud

bo’lsa-da, asosan, feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy

hayot demokratiya va bozor munosabatlari zaminiga o’ta boshlaganda, hozirgi shaklida paydo

bo’la boshladi va ilk bor “shaharli“ (fransuzcha “situayyan”, inglizcha “situzen”, ruscha

“gorojanin-grajdanin” va h. k ), ya’ni qoloq qishloqdan, mustabid feudal munosabatlardan

ozod

degan

ma’noni

bildirgan. Mustaqillik e’lon qilingandan so’ng, o’zbek tilida

o’tmishdagi “grajdanlik” so’zi o’rniga “fuqarolik” degan atama qabul qilindi.


background image

1230

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

O’zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo’liga chiqib olgach, o’z oldiga asrlar

davomida o’zbek xalqi orzu qilgan demokratik, adolatli, fuqarolar jamiyati va huquqiy davlat

qurish vazifasini qo’ydi, qabul qilgan fuqarolik to’g’risidagi huquqiy hujjatlarda esa o’zining

insonparvarlik ruhida ekanini namoyon qildi. Fuqarolik deganda, insonni huquqiy yoki

siyosiy- huquqiy tomondan himoyalanishi va qonuniy manfaatlarining ushbu davlat ichida

va uning tashqarisida himoyalanishi tushuniladi.

REFERENCES

1.

Эркаев А. Маънавият – миллат нишони. -Т.: Маънавият

2.

Ўзбекистон: Миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура.Т.:Ўзбекистон

3.

Юксак маънавият-енгилмас куч. –Т.: “Маънавият”

4.

Имомназаров М. Маънавиятимизнинг такомил босқичлари. –Т.: Шарқ

References

Эркаев А. Маънавият – миллат нишони. -Т.: Маънавият

Ўзбекистон: Миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура.Т.:Ўзбекистон

Юксак маънавият-енгилмас куч. –Т.: “Маънавият”

Имомназаров М. Маънавиятимизнинг такомил босқичлари. –Т.: Шарқ