Authors

  • Yulduz Ortiqova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58533

Keywords:

o‘yinlar ta’lim-tarbiya maktabgacha ta’lim.

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida o‘yinlarning nazariy va amaliy ahamiyati ko‘rib chiqilgan. O‘yinlarning bolalar rivojlanishiga ta’siri, ta’limiy o‘yinlar turlari va ularni qo‘llash usullari tahlil qilingan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

718

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTINING TA'LIM-TARBIYA JARAYONIDA

O‘YINLARNING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI

Ortiqova Yulduz Akram qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti magistranti.

Shahrisabz, O‘zbekiston.

Tel: + 998-91-633-26-22.

e-mail:

ortiqovayulduz2@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14555859

Annotatsiya.

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida o‘yinlarning nazariy va

amaliy ahamiyati ko‘rib chiqilgan. O‘yinlarning bolalar rivojlanishiga ta’siri, ta’limiy o‘yinlar
turlari va ularni qo‘llash usullari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar

: o‘yinlar, ta’lim-tarbiya, maktabgacha ta’lim.

THEORETICAL AND PRACTICAL SIGNIFICANCE OF GAMES IN THE

EDUCATIONAL PROCESS OF A PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION

Abstract

. This article examines the theoretical and practical significance of games in the

preschool education process. It analyzes the impact of games on children's development, types of
educational games, and methods of their application.

Keywords:

games, education and upbringing, preschool education.

ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ИГР В

ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ ДОШКОЛЬНОЙ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ

Аннотация.

В статье рассматривается теоретическое и практическое значение

игр в процессе дошкольного образования. Анализируется влияние игр на развитие детей,
виды образовательных игр и методы их применения.

Ключевые слова:

игры, воспитание и обучение, дошкольное образование.


Maktabgacha yoshdagi bolalik davrida bola turli xil faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.
Ammo o‘yin bolaga ochilgan imkoniyatlar tufayli alohida faoliyat turidir. Maktabgacha

yoshdagi bolani tarbiyalash va rivojlantirishda o‘yinning roli L.S.Vygotskiy, S.L.Rubinshteyn,
N.N.Poddyakov va boshqalarning asarlarida ochib berilgan.

O‘yinni o‘rganishga katta qiziqish XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi, yosh

avlodni tarbiyalash dolzarb masala bo‘lgan davrda, o‘yin shaxsni takomillashtirishning yangi faol
vositasi sifatida taniqli rus o‘qituvchilari, psixologlari va shifokorlarining e‘tiborini tortdi.

Shunday qilib, N.G. Chernishevskiy va N. A. Dobrolyubov jismoniy tarbiya bo‘yicha ilg‘or

qarashlari va o‘yin haqidagi alohida bayonotlari bilan o‘yin nazariyasiga qimmatli hissa qo‘shdi.

O‘yinlar ular axloqiy, jismoniy va aqliy tarbiyaning samarali vositalaridan biri sifatida

qaraldi. Rossiyaning eng taniqli vakili pedagog K.D. Ushinskiy o‘yinlarni ta'lim vositasi deb
hisobladi. O‘yin qisman insonning o‘ziga xos ijodidir va u izsiz o‘tmaydi, lekin ma'lum darajada
yordam beradi, uning shaxsiyatini shakllantiriradi (1 ).

Chet el pedagog olimlaridan P.F.Lesgaft, K.D.Ushinskiy tomonidan o‘yin nazariyasi ishlab

chiqilgan. Ushinskiy bolalar faoliyatida o‘yinning mehnat jarayoni asosida paydo bo‘lganligini va
uni yosh avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlashdagi roli, o‘yinning bola shaxsini shakllantirishdagi
ahamiyatini asoslab berdi. U “Bolalar o‘yinlari ko‘p asrlik tarixga ega.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

719

Insonning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham

unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan” -deb ta’kidlaydi. Chunki har bir faoliyat
jarayonida oʻyin yetakchi tur sifatida qaraladi. O‘yin bola tomonidan hayotiy tajribalari asosida
ma’lum voqea va hodisalarni aks ettirgan holda namoyon boʻladi. (2)

Bundan tashqari Ya.A.Komenskiy gʻoyalari ham hozirgi zamon bolalarining oʻyinlari

nazariyasi uchun ham ahamiyatlidir. Ya.A.Komenskiy oʻyinni bola faoliyatining, uning tabiati va
mayllariga toʻgʻri keladigan shakli deb hisoblar edi. Uning fikricha, oʻyin – bolaning barcha
koʻrinishlari rivojlanadigan aqliy faoliyatdir, oʻyinda borliq, dunyo haqida tasavvurlari rivojlanib
boradi va bolada nutqni rivojlantiradi deb taʼkidlaydi. Bola oʻyin davomida oʻziga doʻst orttiradi.

Ya.A.Komeniskiy oʻyinga quvnoq bolalik va bolani uygʻun rivojlanish sharti sifatida qarar

ekan, kattalarga bolalar oʻyinlariga eʼtiborli munosabatda boʻlishni, ularga oqilona rahbarlikni
qilishni maslahat bergan edi. Chunki har bir bola oʻyin jarayonini oʻzi yaratadi. Bunda bir xil
bolalarda liderlik qobiliyatlari shakllanib boradi. Bolalar oʻyinlarida albatta kattalar ham e‘tiborli
boʻlishi ular uchun qulay sharoitlarni yaratib berish, ularni xavfsizlik taraflarini ham e‘tiborga
olishlari va oʻyin faoliyatida foydalanishi kerak boʻladigan jihozlar bilan ta‘minlab berishlari
kerak boʻladi.

O‘yinning nazariy ahamiyatiga e'tiborimizni qaratamiz;
1.

Rivojlanish nazariyasiga koʻra , o‘yin orqali bolalar o‘z tasavvurlarini rivojlantiradilar.

Lev Vygotskiy ta’kidlashicha, o‘yin bolaning "yaqin rivojlanish zonasini" kengaytiradi va

intellektual faoliyatini rag‘batlantiradi.

2. Didaktik ahamiyatiga koʻra , o‘yinlar murakkab bilimlarni oddiy va qiziqarli shaklda

yetkazishga imkon beradi. Masalan, matematik tushunchalarni o‘rgatishda "Sanash o‘yini"
bolalarning qiziqishini oshirib, mavzuni yaxshiroq tushunishlariga yordam beradi.

3. Shaxsiy sifatlarni rivojlantirish uchun esa rolli va ijodiy o‘yinlar bolalarning mustaqillik,

ijodkorlik va mas’uliyat hissini oshiradi. Ular bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.

O‘yinning amaliy ahamiyati uchun esa quyidagilarni misol qilib keltirib oʻtish mumkin:
1. Muloqot va hamkorlik ya'ni guruhli o‘yinlar bolalar o‘rtasida o‘zaro aloqa, hurmat va

hamkorlik madaniyatini shakllantiradi. Masalan, "Jamoaviy topshiriq" o‘yinida bolalar birgalikda
maqsadga erishishni o‘rganadilar.

2. Jismoniy rivojlanishda esa harakatli o‘yinlar (masalan, "Kim tezroq?") bolalarning

jismoniy salohiyatini oshirib, ularning sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi.

3. O‘yin orqali ta’lim: Didaktik o‘yinlar bolalarning harflar, raqamlar va boshqa bilimlarni

samarali o‘zlashtirishiga ko‘maklashadi. Masalan, "Ranglarni top" o‘yini orqali bolalar ranglarni
ajratishni o‘rganadilar.

4. Muammolarni hal qilish ko‘nikmasini shakllantirish uchun stol o‘yinlari va

boshqotirmalar bolalarda tahlil qilish, muammolarni hal qilish va sabrli bo‘lish qobiliyatlarini
rivojlantiradi.

Maktabgacha ta’limda o‘yin turlari
1. Sahnalashtirilgan oʻyinlar:"Do‘kon", "Shifokor", "Oila" kabi o‘yinlar orqali bolalar turli

hayotiy vaziyatlarni sinab ko‘radilar.

Sahnalashtirilgan o‘yinlar.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

720

Sahnalashtirilgan o‘yinlar ijodiy o‘yinlar sirasiga kiradi. Unga ijodiy o‘yinning quyidagi

asosiy mazmuni yotadi : niyatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, hayol qilingan
vaziyatning va boshqa elеmеntlarning uyg‘unligi, bolalarning mustaqillik va o‘z-o‘zini uyushtira
olish jihatari xos tarzda amalga oshiriladi. Sahnalashtirilgan o‘yin badiiy asar asosida tashkil
etiladi: o‘yin syujеti, rolar, qahramonlarning xatti- harakatlari, ularning nutqi asar matniga ko‘ra
bеlgilab beriladi.

Sahnalashtirilgan o‘yin bolalarning eshitgan asar yoki ertakdan olgan tasavvurlarini

mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini yaratadi. Bu o‘yinlar bolalarda iroda, intizom,
o‘z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda
qo‘l keladigan samarali vosita hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni qayta so‘zlashga o‘rgatish
usullaridan biri hisoblanadi. Ba’zi bir bolalarda badiiy asardan olingan parchani qayta so‘zlab
bеrishga xohish ham qiziqish ham bo‘lmaydi, ammo unga o‘yin usuli kirtilishi bilan bola asardagi
rolga kirib, o‘sha asar mazmunini juda yaxshi aytib bеrishga va mimikalari orqali harakat qilib
tushuntirib beradi.

2. Didaktik o‘yinlar:Ta’limiy maqsadlarga yo‘naltirilgan o‘yinlar, masalan, "Sonlar

bo‘yicha marshrut" yoki "To‘g‘ri rangni tanla".

Didaktik o‘yinlar.
Didaktik o‘yinlarning muhim elеmеnti qoidalar hisoblanadi. Qoidalarni bajarish o‘yin

mazmunini amalga oshirishni ta’minlaydi. Didaktik o‘yin ta’lim bilan bеvosita bog‘liq bo‘lib,
unga yordam bеradi. Didaktik o‘yin - bu maktabgacha yoshdagi bolalarning

yosh va

imkoniyatlariga mos kеladigan ta’lim bеrish jarayonidir. Tajribali tarbiyachi bu o‘yindan passiv
bolalarni jamoaga aralashtirish, har xil rеjalar, vazifalarni qo‘rqmasdan bajarishlari uchun
foydalanadi. Didaktik o‘yinni amalga oshirishda har doim g‘oyaviylik prinsipiga asoslanishi kеrak.

Didaktik o‘yin tarbiyachining vazifa hamda maqsadlariga muofiq kеlishi shart.
Didaktik o‘yinlar bolalarning birgalikda o‘ynab, o‘z manfaatlarini jamoa manfaatlari bilan

uyg‘unlashtira olishi, bir-biriga ko‘maklashish va o‘rtog‘ining muvaffaqiyatidan xursand bo‘lishi
kabi yaxshi munosabatlarning tarkib topishiga yordam bеradi. O‘yinlar shaxsning sofdillik,
rostgo‘ylik kabi ijobiy xislatlarin shakllanishiga imkoniyat yaratib bеradi. Didaktik o‘yin
bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi, chunki unda bolalar mashg‘ulotlarda olgan bilimlaridan
keng ravishda foydalanadilar. Shu nuqtai nazardan qaraganda, olgan bilimlaridan har xil usulda
foydalanishlari uchun hayotiy sharoit yaratadi. Bunday o‘yinlarga kichik bolalar uchun “Rangiga
qarab top”, “Shakliga qarab top” kabi o‘yinlarni misol tariqasida kеltirish mumkin. Katta guruh
bolalari uchun “Ishchilar nimalar va qanday ishlarni bilishadi?”, “Dеhqonlar nimalarni
yеtishtiradi?”, “Kim ko‘proq narsalarning nomini ayta oladi?” va boshqa o‘yinlarni misol keltirish
mumkin.

Didaktik o‘yinlar ta‘limiy o‘yinlar sifatiga kiruvchi hamda bolani yoshiga mos keladigan

o‘yin turidir. Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. O‘yin
qoidasiga roiya qilish, unga amal qilish bu o‘yinni mazmunini belgilaydi. Didaktik o‘yinlarda
quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:

1.Navbatma- navbat ta’sir etish;
2.So‘ralganda javob berish ;
3.O‘rtoqlar fikrini tinglay olish;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

721

4.O‘yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik;
5 .O‘yin qoidasini bajarish;
6.O‘z xatosini tan olish;
Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash

o‘yinlardan tashkil topgan. Bu o‘yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, psixologik,
estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.

Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan bolalarda ta’lim olish motivlarini ularning turli

yo‘nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini amalga oshiradigan biror kasbga moyilliklarini
ko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli,
ishchanlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi
didaktik o‘yinlardan foydalaniladi va alohida o‘ringa ega bo‘lib bormoqda.

3. Harakatli o‘yinlar:"To‘p tashlash" yoki yugurish elementlariga ega bo‘lgan o‘yinlar

bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlaydi.

Harakatli oʻyinlar. Milliy harakatlar oʻyinlarni mashgʻulotlar davomida qoʻllash bolalarda

katta qiziqish uygʻotadi, ularni kayfiyati va boshqa ruhiy sifatlariga ijobiy taʻsir koʻrsatadi.

Tariximizdan meros boʻlib qolgan oʻzbek xalq milliy oʻyinlari hayotda tadbiq etishga

kengroq yoʻl ochib berilishi, uni ommaviy tus olishida oilada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida,
maktablarda, dam olish joylarida, har xil marosim va bayramlarda uni tashkillashtirish oʻsib
kelayotgan yoshlar tarbiyasiga ijobiy taʻsir qiladi. Bilamiz, milliy xalq oʻyinlari qadim-qadim
zamonlardan boshlab, xalq marosimlarida, urf-odatlarda mustaqil bir soha sifatida musobaqalarda,
baxshilarda keng qo‘llagan bo‘lib, ming yillar davomida rivojlanib, takomillashib kelgan.

Xalq milliy oʻyinlari hozirgacha oʻz dovrugʻini yoʻqotmagan holda turli bayram va

marosimlarida keng ravishda qoʻllanib kelinmoqda. Oʻzbek milliy xalq oʻyinlari “Otda chopish”,
“Qiz quvlash”, “Uloq”, “Kamonda otish”, “Xo‘rozlar jangi”, “Besh tosh”, “Sapalak”, “Jambalak
xola”, “Kurash”, “Kim tez oʻraydi”, “Chillak” kabi oʻyinlar qadimgi oʻyinlar sirasiga kiradi.

Bu oʻyinlar orqali bolalarda botirlik, epchilik, muvozanatni saqlash sifatlarini

rivojlantirishda, hamda qaddi-qomatni shakllantiradi va odob- axloq, ong, xotira, diqqat kabi
xislatlarni rivojlantirishda va albatta sogʻliqni mustahkamlashda eng samarali vosita boʻlib kelgan.

Harakatli o‘yinlarni to‘plash va ularni hayotga tadbiq etish, ulardan oqilona foydalanish

bugungi kunda oldimizda turgan ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim vazifa
bo‘lib hisoblanadi.

Nafas mashqlari, yurish turlari va sakrashlar, oyoq va qorin mushaklarini, gavda va

umurtqani, oyoq va tovon bo‘g‘inlari mushaklarini tarbiyalashga qaratilgan mashqlar, chaqqonlik
va jasurlik hamda muvozanat sifatlarini rivojlantiruvchi mashqlar, quvnoq bolalarning harakatli
o‘yinlari.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakat turlarini rivojlantirishning o‘ziga xos

xususiyatlari mavjud. O‘rgatishning ushbu bosqichida harakat malakalari va ko‘nikmalari
ko‘lamining kengayishi, jismoniy fazilatlar (tezlik, chidamlilik, tezkorlik va boshqalar)ning
rivojlanishi bilan bog‘liq holda ham mashqlarni yaxlit, ham harakat texnikasi elementlarini
alohida-alohida muvaffaqiyatliroq o‘zlashtirish imkoniyati yuzaga keladi.

Besh-olti yoshli bolalarda o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni ongli tushunib yetish,

vaziyatni baholash, o‘z harakatlarini boshqara bilishga muayyan tayyorgarlik bo‘ladi, shuning


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

722

uchun, og‘zaki ko‘rsatma berish va tushuntirish yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarning
harakat faoliyatida mustahkam bilim va ko‘nikma shakllantirish mumkin bo‘ladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun yaratilgan ta’lim-tarbiya dasturi, Maktabgacha

ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq barcha guruhda bolalar yurish, yugurish,
muvozanat saqlash, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqishga o‘rganib, uni takomillashtirib
boradilar, sport o‘yinlari: bastketbol, futbol, sport elementlari va hokazolarni egallaydilar. (3.)

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning

maqsadi yosh avlodni vatanparvar, iymon-eʼtiqodli, yuksak maʼnaviyatli, keng dunyoqarashli,
jahon standartlari darajasidagi kadrlar qilib yetishtirishdan iborat boʻlgan muhim vazifa sanaladi.

Yuksalish sari dadil qadamlar bilan odimlab borayotgan vatanimiz uchun keng

dunyoqarashga ega, mustaqil fikrlaydigan, bir qancha xorijiy tillarni puxta egallagan, zamonaviy
texnologiyalardan foydalana oladigan, shu bilan bir qatorda taʻlim jarayoniga yangiliklar kiritish
kabilarni amalga oshira oladigan, umuman olganda, yoshlarni tarbiyalash davr talablaridan biri
desak mubolagʻa boʻlmaydi. Yosh avlodga vatan va xalq ravnaqi yoʻlida xizmat qilish, vatanni
qoʻriqlash, eng asosiysi o‘zbek xalqining boy milliy urf-odat va qadriyatlariga nisbatan hurmat
ruhida tarbiyalash, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash jarayonida
sezilarli darajada samara berishini yana bir bor taʻkidlab oʻtishimiz joizdir.

REFERENCES

1.

Qoʻchqorova N.M "Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oʻyin orqali
tarbiya berish" -- Toshkent - 2022; 6-8 b)

2.

А.С. Яцковец, взгляды отечественных и зарубежных ученых на феномен игры, 190-
191 с.)

3.

Роль игры в жизни дошкольника» Самарина Л.Л., воспитатель, 1 квалификационная
категория)

4.

Axundova, R. (2015). Maktabgacha ta'lim va tarbiya metodikasi. Tashkent: O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi.

5.

Bergman, A. (2018). The Power of Play: Learning What Comes Naturally. New York:
Scholastic Inc.

6.

Bruner, J. S. (1977). The Process of Education. Cambridge, MA: Harvar University Press.

7.

Davydova, I. (2017). Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘yin va uning tarbiyaviy roli.
Tashkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti.

8.

Elkonin, D. B. (1978). Psikhologiya i igrovaya deyatel'nost' detey. Moscow: Pedagogika.

9.

Hughes, C. (2007). Children, Play, and Development. London: Sage Publications.

10.

Maksudova, Z. (2019). Maktabgacha ta'limda o‘yin texnologiyalari. Tashkent: Navro‘z
nashriyoti.

11.

Pritchard, A. (2013). The Psychology of Education. London: Routledge.

12.

Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological
Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press.

13.

Zaripova, G. (2016). O‘yin orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual
rivojlanishi. Tashkent: Sharq nashriyoti.

References

Qoʻchqorova N.M "Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oʻyin orqali tarbiya berish" -- Toshkent - 2022; 6-8 b)

А.С. Яцковец, взгляды отечественных и зарубежных ученых на феномен игры, 190-191 с.)

Роль игры в жизни дошкольника» Самарина Л.Л., воспитатель, 1 квалификационная категория)

Axundova, R. (2015). Maktabgacha ta'lim va tarbiya metodikasi. Tashkent: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi.

Bergman, A. (2018). The Power of Play: Learning What Comes Naturally. New York: Scholastic Inc.

Bruner, J. S. (1977). The Process of Education. Cambridge, MA: Harvar University Press.

Davydova, I. (2017). Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘yin va uning tarbiyaviy roli. Tashkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti.

Elkonin, D. B. (1978). Psikhologiya i igrovaya deyatel'nost' detey. Moscow: Pedagogika.

Hughes, C. (2007). Children, Play, and Development. London: Sage Publications.

Maksudova, Z. (2019). Maktabgacha ta'limda o‘yin texnologiyalari. Tashkent: Navro‘z nashriyoti.

Pritchard, A. (2013). The Psychology of Education. London: Routledge.

Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press.

Zaripova, G. (2016). O‘yin orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual rivojlanishi. Tashkent: Sharq nashriyoti.