Authors

  • Kozimjon Xoldorov
  • Zarina Xursanova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58742

Abstract

Soliqlar davlat budjetining asosiy manbasi hisoblanishi barchamizga ma’lum. Shu bois, mukammal soliq tizimini ishlab chiqish hamda ayrim soliq to‘lovchilarga muayyan imtiyozlar berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida soliqlar va soliq imtiyozlarining huquqiy asoslari, ularni tatbiq etishning tartib-qoidalari hamda iqtisodiy rivojlanishga taʼsiri tahlil qilish bilan birga, Soliq kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar doirasida soliq imtiyozlari tushunchasi, ularning amal qilish mezonlari va shartlari batafsil ochib berilgan. Bundan tashqari, soliq imtiyozlarining iqtisodiyotga taʼsiri, jumladan, ishlab chiqarish, moliyaviy xizmatlar, savdo va boshqa sohalarda ularning roli statistik maʼlumotlar asosida yoritilgan. Shuningdek, Singapur tajribasi misolida soliq imtiyozlarini qoʻllashning xalqaro tajribasi ham oʻrganilgan.

background image

1152

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

SOLIQ IMTIYOZLARI VA ULARNING HUQUQIY ASOSLARI

Xoldorov Kozimjon Nasimjon o‘g’li

Termiz davlat universiteti “Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi” kafedrasi o‘qituvchisi.

Telefon +998(97)111-94-96.

Xursanova Zarina Anvarovna

Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14558739

Annotatsiya.

Soliqlar davlat budjetining asosiy manbasi hisoblanishi barchamizga

ma’lum. Shu bois, mukammal soliq tizimini ishlab chiqish hamda ayrim soliq to‘lovchilarga

muayyan imtiyozlar berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida

soliqlar va soliq imtiyozlarining huquqiy asoslari, ularni tatbiq etishning tartib-qoidalari hamda

iqtisodiy rivojlanishga taʼsiri tahlil qilish bilan birga, Soliq kodeksi va boshqa normativ-huquqiy

hujjatlar doirasida soliq imtiyozlari tushunchasi, ularning amal qilish mezonlari va shartlari

batafsil ochib berilgan. Bundan tashqari, soliq imtiyozlarining iqtisodiyotga taʼsiri, jumladan,

ishlab chiqarish, moliyaviy xizmatlar, savdo va boshqa sohalarda ularning roli statistik

maʼlumotlar asosida yoritilgan. Shuningdek, Singapur tajribasi misolida soliq imtiyozlarini

qoʻllashning xalqaro tajribasi ham oʻrganilgan.

Kalit so‘zlar:

Soliq imtiyozlari, soliq kodeksi, soliq rezidenti, iqtisodiy rivojlanish, soliqqa

tortish, huquqiy asoslar, qayta tiklanadigan energiya, moliyaviy xizmatlar, tadbirkorlik, Singapur

tajribasi, va boshqalar.

TAX PRIVILEGES AND THEIR LEGAL BASIS

Abstract.

We all know that taxes are the main source of the state budget. Therefore, it is

advisable to develop a sound tax system and provide certain benefits to certain taxpayers. This

article analyzes the legal basis of taxes and tax benefits in the Republic of Uzbekistan, the

procedures for their implementation and their impact on economic development, as well as the

concept of tax benefits, the criteria and conditions for their application within the framework of

the Tax Code and other regulatory legal acts. In addition, the impact of tax benefits on the

economy, including their role in production, financial services, trade and other sectors, is covered

based on statistical data. The international experience of applying tax benefits is also studied using

the example of Singapore's experience.

Keywords:

Tax benefits, tax code, tax resident, economic development, taxation, legal

framework, renewable energy, financial services, entrepreneurship, Singapore's experience, etc.

НАЛОГОВЫЕ ЛЬГОТЫ И ИХ ПРАВОВОЕ ОСНОВАНИЕ

Аннотация.

Все мы знаем, что налоги являются основным источником

государственного бюджета. Поэтому целесообразно разработать совершенную


background image

1153

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

налоговую

систему

и

предоставить

определенные

льготы

определенным

налогоплательщикам. В данной статье анализируются правовые основы налогов и

налоговых кредитов в Республике Узбекистан, порядок их применения и влияние на

экономическое развитие, а также понятие налоговых кредитов в рамках Налогового

кодекса и других нормативных правовых документов. а также критерии и условия их

применения. Кроме того, на основе статистических данных освещено влияние налоговых

льгот на экономику, в том числе их роль в производстве, финансовых услугах, торговле и

других сферах. Также был изучен международный опыт применения налоговых льгот на

примере опыта Сингапура.

Ключевые слова:

налоговые льготы, налоговый кодекс, налоговый резидент,

экономическое развитие, налогообложение, правовая база, возобновляемые источники

энергии, финансовые услуги, предпринимательство, опыт Сингапура и т.д.

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida fuqarolar qonun bilan

belgilangan soliqlar va yig’imlarni to‘lashi shart, shuningdek soliq va yig’imlar adolatli bo‘lishi

hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak

1

deb belgilangan. Bundan tashqari Respublikamiz Soliq kodeksining 16-moddasida soliq

tushunchasiga ta’rif berilgan. Unga ko‘ra soliq deganda Soliq kodeksida belgilangan, O‘zbekiston

Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg’armasiga to‘lanadigan majburiy

beg’araz to‘lov tushuniladi. Soliq kodeksining 75-moddasida esa soliq to‘lovchilarning ayrim

toifalariga boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq to‘g’risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan

afzalliklar, shu jumladan soliq to‘lamaslik yoki ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyati soliq

soliq imtiyozlari deb e’tirof etilgan. Soliq to‘lovchiga soliqlarni to‘lash bo‘yicha muddatni

kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilishi soliq imtiyozlari hisoblanmaydi. Soliq

imtiyozlari individual xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emas.

2

O‘zbekiston Respublikasida soliq imtiyozlari faqat soliq rezidentlariga nisbatan

qo‘llaniladi. Soliq kodeksining 30-moddasida

Tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq

davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket o'n ikki oylik davr davomida jami bir

yuz sakson uch kalendar kundan ko'proq O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy

shaxslar O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari hisoblanadi deb belgilangan.

3

1

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

2

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi;

3

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;


background image

1154

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Ayrim soliqlar bо‘yicha soliq imtiyozlari, qо‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i

solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va realizatsiya qilinganda aksiz solig‘i va yer

qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin kо‘pi bilan 50 foizga

kamaytirish tarzida va kо‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.

4

Soliq tо‘lovchilar soliqlar bо‘yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan

paytdan e’tiboran ularning butun amal qilish davri mobaynida foydalanishga yoki soliq

imtiyozidan foydalanishdan voz kechishga yoxud undan foydalanishni bir yoki bir necha soliq

davrlarida to‘xtatib turishga haqli hisiblanadilar, bundan qo‘shilgan qiymat solig’dan ozod

etiladigan tovarlarni realizatsiya qilish mustasno. Soliq imtiyozlari soliq solishdan bo‘shagan

mablag’larni aniq maqsadga yo‘naltirish sharti bilan berilishi mumkin, ammo bu mablag’lar

maqsadli ishlatilmaganda maqsadsiz ishlatilgan summasi belgilangan tartibda penya hisoblangan

holda budjetga undiriladi.

Soliq kodeksining 378-modda 16-bandida Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim

tashkilotiga ota-ona (farzandlikka oluvchi)lar tomomidan, har bir farzandi uchun

oyiga 3 mln

so‘mgacha yo'naltirilgan daromadlari

soliq solishdan ozod qilinishi keltirib o‘tilgan. Bunda ota

yoki ona ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim

tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob taqdim etgan holda yoki soliq xizmatiga

my3.soliq.uz sayti yoki Soliq mobil ilovasi orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida

deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim etgan holda foydalanishi mumkin.

Deklaratsiya yuborilgandan so'ng to‘langan soliq summasini qaytarish uchun ariza

topshirish lozim. Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi

tadbirkorlik subyektlari markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan

foydalanishi shart. 2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari maxsus qurilmalarning har

birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p

bo‘lmagan miqdorda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda soligʻi yoki AOS yoxud

YTTlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalariga

kamaytirish huquqi berildi(4 x 375 000 = 1 500 000 so‘m). Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-

yanvariga qadar berilgan edi.

5

Jismoniy shaxslar 3 yil muddatga turar joy obyektlari boʻyicha mol-mulk va yer

soligʻidan ozod qilinadilar, agarda

umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanadigan

energiya manbalarini oʻrnatganda, bunda imtiyoz miqdori mol-mulk solig’i bo‘yicha 2 BHM dan

4

O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining Soliq huquqi Darsligi - 2022;

5

https://t.me/soliqnews;


background image

1155

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

yer soligʻi bo‘yicha 1 BHM dan oshmasligi kerak.

6

Imtiyozlardan foydalanish uchun hududiy

soliq organlariga qayta tiklanadigan energiya manbalarini o‘rnatish va ulardan foydalanish

toʻgʻrisidagi

guvohnomani

taqdim etish kerak. 2024-yilda 242 nafar fuqaro 233,4 million

soʻmlik imtiyozlardan foydalangan.

7

Davlat soliq qoʼmitasi «E-imtiyoz» avtomatlashtirilgan axborot tizimidan oborot soligʼi va

qoʼshilgan qiymat solig’ini toʼlovchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar foydalanishi

mumkinligini haqida ta’kidladi.

Tizim tomonidan hisobotda soliq imtiyozlari avtomatik tarzda shakllantirilishi uchun

tadbirkorlar «E-imtiyoz» ga ariza bilan murojaat qilishlari kerak, bu ariza soliq toʼlovchining

my.soliq.uz shaxsiy kabinetidagi “Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʼyicha murojaat” boʼlimida

joylashgan.

8

2024-yil 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha foydalanilgan umumiy soliq va bojxona

imtiyozlari qiymati

63,4 trln so‘mni,

2023-yilda 127,1 trln so‘mni tashkil etgan.

9

2024-yilning birinchi yarim yilligida foydalanilgan soliq imtiyozlari haqida statistik

ma’lumotlar:

6

16.02.2023-yildagi № PQ-57;

7

https://t.me/spot.uz;

8

https://www.bss.uz;

9

Anticorruption.uz;


background image

1156

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Bu grafikdan ko‘rinib turibdiki, 2024-yilning birinchi yarim yilligi uchun soliq

imtiyozlarining asosiy qismi ya’ni 87 % “Soliq kodeksi” orqali berilgan.

Ushbu grafikda esa eng yuqori ulush Ishlab chiqarish faoliyati bo'lib, u 34,4% ni tashkil

etadi.

Yuqorida O‘zbekiston Respublikasida soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi va asoslari haqida

tanishib chiqdik. Soliq imtiyozlari haqida yanada chuqurroq ma’lumotga va tasavvurga ega bo‘lish

maqsadida Singapur qonunchiligiga yuzlandik: Singapurda soliq huquqiy munosabatlarni tartibga

soluvchi hujjat bu Income Tax Act hisoblanadi. Unga ko‘ra Soliq - bu shaxslar va tashkilotlar

tomonidan davlatga to‘lanadigan majburiy to‘lov bo‘lib, u davlat faoliyati va xizmatlarini

moliyalashtirish uchun undiriladi deb keltirilgan. Singapurda Korporativ daromad solig'i

imtiyozlari yangi bizneslar uchun imtiyozlar va kichik va o‘rta bizneslar uchun imtiyozlarga


background image

1157

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

bo‘linadi. Unga ko‘ra yangi tashkil etilgan korxonalar birinchi 3 yil davomida daromad solig'i

to‘lashda ma'lum miqdorda imtiyoz olishlari mumkin. Masalan, birinchi 100,000 SGD daromad

uchun 75% chegirma va keyingi 100,000 SGD uchun 50% chegirma taqdim etiladi. Kichik va o'rta

bizneslar uchun ham soliq imtiyozlari mavjud bo'lib, bu ularning o'sishini rag'batlantirishga

qaratilgan.

Kichik va O'rta Bizneslar tushunchasiga ta’rif beradigan bo‘lsak: Yillik daromadi 1

million SGDgacha bo'lgan va 10 dan kam xodimga ega bo'lgan korxonalar kichik biznes, yillik

daromadi 1 million SGDdan 100 million SGD gacha bo'lgan va 10 dan 200 gacha xodimga ega

bo'lgan korxonalar o‘rta biznes hisoblanadilar.

Singapurda soliq imtiyozlarini qo‘llash besh bosqichdan iborat. Bu bosqichlar imtiyoz

dasturini aniqlash bilan boshlanadi va ariza topshiriladi, undan keyin tekshirish va tasdiqlash

amalga oshiriladi, so‘ngra imtiyoz qo‘llash bosqichiga o‘tiladi, yakunida monitoring va hisobot

berish amalga oshitiladi. Demak, Singapurda soliq imtiyozlarini qo‘llash bir muncha murakkab

jarayon ekanligi shubhasiz. Shu bois, soliq imtiyozlaridan foydalanish maqsadida yuridik yordam

olish maqsadga muvofiq bo‘ladi desak adashmagan bo‘lamiz.

Singapur hukumatining iqtisodiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas'ul

bo'lgan asosiy agentliklardan biri bu - EDB Singapur Iqtisodiy Rivojlanish Kengashi (Economic

Development Board, EDB)

10

hisoblanadi. 1961-yilda tashkil etilgan mamlakatning sanoat va

iqtisodiy rivojlanishini rag'batlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda Singapurning

global iqtisodiyotdagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqadi va

amalga oshiradi.

EDB Singapurga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali yangi ish o'rinlari yaratish va

iqtisodiy o'sishni ta'minlashga harakat qiladi. Bu jarayonda u yirik xalqaro kompaniyalar bilan

hamkorlik qiladi va ularni Singapurda faoliyat yuritishga undaydi.

Kengash yuqori texnologiyali va innovatsion sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga e'tibor

qaratadi. Bu orqali Singapur iqtisodiyotining diversifikatsiyasi va barqaror o'sishi ta'minlanadi.

EDB Singapurda qulay biznes muhitini yaratish uchun soliq imtiyozlari, infratuzilma

rivoji va boshqa qo'llab-quvvatlash choralari orqali mahalliy va xorijiy kompaniyalar uchun

sharoitlarni yaxshilaydi.

Singapur Iqtisodiy Rivojlanish Kengashi mamlakatning iqtisodiy

muvaffaqiyatlarida muhim rol o'ynab, uni global iqtisodiyotning yetakchi ishtirokchilaridan

biriga aylantirishda katta hissa qo'shmoqda.

Yuqorida keltirilgan statistika va ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki soliq imtiyozlari bilan

bog’liq munosabatlar yildan-yilga tobora takomillashib va kengayib bormoqda.

10

https://www.edb.gov.sg;


background image

1158

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Bu esa, albatta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va iqtisodiyotning turli sohalarida rivojlanish uchun

yangi imkoniyatlar yaratadi. Soliq imtiyozlarining qoʻllanilishi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-

quvvatlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va aholi farovonligini oshirishga xizmat

qilmoqda. Bundan tashqari, soliq imtiyozlarining samarali va maqsadli taqsimlanishi davlat

byudjetiga tushumlarni optimallashtirish bilan birga, iqtisodiy resurslarni toʻgʻri yoʻnaltirish

imkonini beradi. Ayniqsa, qayta tiklanadigan energiya manbalari va ekologik barqarorlikni

taʼminlashga qaratilgan imtiyozlar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ega. Singapur

tajribasidan ko‘rinib turibdiki, soliq imtiyozlarini strategik va tizimli qo‘llash iqtisodiyotni global

raqobatbardosh qilishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasida ham bu jarayonning

xalqaro tajribalar asosida rivojlanishi mamlakatni iqtisodiy jihatdan kuchaytirish va xorijiy

investitsiyalarni jalb qilishga yordam beradi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkin-ki, soliqlar va

soliq imtiyozlarining samarali boshqaruvi iqtisodiy o‘sish, aholi farovonligini oshirish va davlat

byudjetining barqarorligini taʼminlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shu bois, mazkur

tizimni yanada takomillashtirish ustuvor ahamiyatga ega.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (63-modda);

2.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 30.12.2019.;

3.

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining Soliq huquqi Darsligi - 2022;

4.

O‘zbekiston Respublikasining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va

energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi

16.02.2023-yildagi PQ-57

;

5.

my.soliq.uz;

6.

https://www.bss.uz

7.

Anticorruption.uz;

8.

https://t.me/soliqnews;

9.

my3.soliq.uz

;

10.

https://t.me/spotuz_uz;

11.

https://t.me/fiskaltahlil;

12.

Income Tax Act;

13.

https://www.edb.gov.sg.

References

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (63-modda);

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 30.12.2019.;

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining Soliq huquqi Darsligi - 2022;

O‘zbekiston Respublikasining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 16.02.2023-yildagi PQ-57;

my.soliq.uz;

Anticorruption.uz;

my3.soliq.uz;

Income Tax Act;