1159
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
MULK HUQUQINING VUJUDGA KELISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Xoldorov Kozimjon Nasimjon o‘g‘li
Termiz davlat universiteti «Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi» kafedrasi o‘qituvchisi.
Telefon: +99897-111-94-96.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14558752
Annotatsiya.
Mulk huquqi har bir insonning asosiy huquqlaridan biri bo‘lib, ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarning muhim qismi hisoblanadi. Ushbu huquq shaxsga o‘z mulkini egalik
qilish, undan foydalanish va tasarruf etish imkoniyatini beradi. Mazkur maqolada mulk
huquqining mohiyati, uning turlari va qonuniy asoslari yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
Mulk, ashyo, xususiy mulk, ommaviy mulk, iqtisod, davlat, jamiyat, foyda,
daromad.
LEGAL FOUNDATIONS OF THE EMERGENCE OF PROPERTY RIGHTS
Abstract.
Property rights are one of the fundamental rights of every individual and an
important component of socio-economic relations. This right allows a person to own, use, and
dispose of their property. This article highlights the essence of property rights, its types, and its
legal foundations.
Keywords:
property, thing, private property, public property, economy, state, society,
benefit, income.
ПРАВОВАЯ ОСНОВА ВОЗНИКНОВЕНИЯ ПРАВ СОБСТВЕННОСТИ
Аннотация.
Право собственности является одним из основных прав каждого
человека и важной частью социально-экономических отношений. Это право дает человеку
возможность владеть, пользоваться и распоряжаться своим имуществом. В данной
статье описывается сущность права собственности, его виды и правовые основы.
Ключевые
слова:
собственность,
материал,
частная
собственность,
общественная собственность, экономика, государство, общество, прибыль, доход.
KIRISH
Mulk huquqi - bu fuqarolik huquqining asosiy institutlaridan biri bo‘lib, mulkdorga o‘z
mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqini beradi. Ya’ni mulkdor o‘z
mulkini ijaraga berish, sotish, hadya qilish, meros qoldirish va boshqa qonuniy usullar bilan
boshqaradi. Mulk huquqi mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik
kodeksi hamda boshqa qonun va qununosti hujjatlari bilan himoya qilinadi. Mulk huquqi
cheklanmagan, lekin qonunda belgilangan tartibda va jamiyat manfaatlari uchun cheklanishi
mumkin.
1. O‘zbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi.
1160
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
2. Mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi, undan
foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har
qanday xatti-harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har
qanday xo‘jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.
.
3. Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf
qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o‘zi haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi
qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda, mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning
mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yish vazifasi yuklanishi mumkin.
4. Mulkdor O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan shartlar va doira
chegarasida o‘ziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan
foydalanish to‘g‘risida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir. Fuqaroning mehnatidan
foydalanishga asos bo‘lgan mulkning qay shaklda ekanligidan qat‘i nazar, fuqaro O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-
iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan ta’minlanadi.
5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi,jismoniy,
yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza
qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.
1
Mulk – bu shaxs yoki tashkilotning o‘ziga tegishli bo‘lgan moddiy va nomoddiy
boyliklarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqidir. Mulk insonlarning
ehtiyojlarini qondirishda, iqtisodiy faoliyatda va jamiyatdagi munosabatlarni shakllantirishda
muhim rol o‘ynaydi.
Ma’lumki mulk qadimdan barcha kishilik jamiyatini va u jamiyat a’zolari hisoblangan
fuqarolarni o‘ziga tortib kelgan. Zero kishilarning o‘zlari to‘plagan mol-mulkga qarab ularning
jamiyatdagi mavqeyi belgilangan. Jamiyatning iqtisodiy negizi mavjud mulkchilik
munosabatlariga asoslanadi. Shu sababli mulk nafaqat yuridik mazmunga, balki iqsodiy ma’noga
ham ega.
2
Mulk birinchidan kishining ashiyoga nisbatan egalik his-tuyg’usi bilan bog’liq,
ikkinchidan ushbu ashiyo xususida kishilar o‘rtasida vujudga kelgan munosabatdur. Demak bir
so‘z bilan aytgand, mulk ashiyo va unga nisbatan egalik hissi bilan bog’liq munosabatdur.
Ashyo-modddiy qiymatga ega bo‘lgan hamda iqtisodiy munosabatlarning predmeti
bo‘ladigan,kishilarning ehtiyojlarini qondira oladigan narsalardir.
Mulk – moddiy va ma’naviy ne’matlarning muayyan kishilar egaligida bo‘lishi va ular
tomonidan o‘zlashtirilishidir. Mulkka egalik huquqi hamda mulk ob’ektlariga egalik, ularni
bo‘lish, taqsimlash bo‘yicha kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
1
https://lex.uz/acts/-111466
2
arxiv.uz
1161
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Mulk ob’ekti yer va yer osti boyliklari, korxona, bino, inshootlar, mashina va uskunalar,
tayyor mahsulot, pul, qimmatli qog‘ozlar, san’at va adabiyot asarlari, ilmiy va texnikaviy
ishlanmalar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Moddiy va ma’naviy ne’matlarni amalda
o‘zlashtiruvchilar mulk sub’ektlari, ya’ni egalari hisoblanadi. Bularga ayrim kishilar, oilalar,
jamoalar va davlat kiradi.
Mulkdan amalda foydalanib, bundan naf ko‘rish mulkni iqtisodiy tasarruf qilish
hisoblanadi.
3
O‘zbekiston Respublikasida mulk xususiy mulk va ommaviy mulk shakllarida bo‘ladi.
Xususiy mulk – bu alohida shaxsga yoki tashkilotga tegishli bo‘lgan mulk bo‘lib, u mulk
egasi tomonidan egalik qilinadi, undan foydalaniladi va tasarruf etiladi. Xususiy mulk shaxsning
iqtisodiy va huquqiy erkinligini ta'minlaydigan asosiy huquqlardan biri hisoblanadi.
Xususiy mulkning asosiy xususiyatlari:
1. Mulk alohida bir shaxsga yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘ladi.
2. Xususiy mulk egasi mulkni boshqalarga sotish, hadya qilish yoki ijaraga berish kabi
huquqlarga ega.
3. Mulk egasi mulkdan foyda olish yoki o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanadi.
Xususiy mulkning turlari:
Uy-joy, yer uchastkalari, avtomobillar.Shaxsiy biznes va korxonalar.Pul mablag‘lari va
qimmatli qog‘ozlar.
Xususiy mulk iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi, chunki mulkdor o‘z boyliklarini
oshirish uchun tadbirkorlik faoliyatini yuritadi va innovatsiyalarni joriy etadi. Shu bilan birga,
mulkni huquqiy jihatdan himoya qilish mulkdorning iqtisodiy barqarorligini ta'minlaydi.Bu esa
davlat va jamiyat uchun ham xalq uchun ham yaxshi bo‘ladi,iqtisodiy o‘sish oshadi yangi ishchi
o‘rnilari paydo bo‘ladi soliq to‘lovchilar soni ham ortadi.
Ommaviy mulk
– bu davlatga yoki butun jamiyatga tegishli bo‘lgan mulk bo‘lib, u ijtimoiy
ehtiyojlarni qondirish va umumiy manfaatlarni ta’minlash maqsadida foydalaniladi. Ommaviy
mulkdan har bir fuqaro foydalanish huquqiga ega, lekin uning boshqarilishi va tasarrufi odatda
davlat yoki jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat mulki
– davlat ixtiyorida bo‘lgan mulk, davlat hokimiyati organlari tomonidan
tasarruf etiladigan monopollashgan mulkdir. Bunday mulk ob’ekti – yer, tabiat resurslari, asosiy
vositalar, binolar, moliya, moddiy resurslar, axborot, moddiy va ma’naviy boyliklar bo‘lishi
mumkin. Bu mulk ijtimoiy ne’matlarni yaratishga xizmat qiladi. Davlat bor yerda uning mulki
mavjud, lekin ushbu mulkning milliy iqtisodiyotdagi ulushi turli mamlakatlarda farqlanadi va
3
https://aniq.uz/uz/yangiliklar/mulk-tushunchasi-turlari
1162
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
mamlakat iqtisodiyotining modeliga bog‘liq. Fuqarolik jamiyati doirasida davlat mulki tobora
ijtimoiy yo‘nalish olmoqda, ya’ni umummilliy manfaatlarni himoya qilishga yo‘naltirilgan.
Mulk alohida shaxs yoki tashkilotga emas, balki butun jamiyatga xizmat qiladi. Har bir
fuqaro undan foydalanishi mumkin, ammo bu foydalanish qonuniy cheklovlar va qoidalarga
bo‘ysunadi. Ommaviy mulkni boshqarish va saqlash davlat yoki maxsus organlar zimmasiga
yuklatiladi. Har bir fuqaroning asosiy ijtimoiy xizmatlardan foydalanish huquqini ta’minlaydi.
Ommaviy mulk iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik uchun zamin yaratadi. Yirik ijtimoiy
infratuzilmalar davlat mulkiga kirganligi sababli, ular mamlakat iqtisodiyoti rivojida muhim rol
o‘ynaydi. Ommaviy mulk jamiyatdagi barcha qatlamlarning manfaatlarini qondirish va ijtimoiy
adolatni ta’minlash uchun muhim vositadur.
Ommaviy mulkning turlari:
1. Davlat mulki: Davlatga tegishli binolar, infratuzilmalar (masalan, yo‘llar, ko‘priklar),
milliy bog‘lar, konlar va energetika manbalari.
2. Jamoaviy mulk: Jamoat transporti, maktablar, kasalxonalar, kutubxonalar va boshqa
ijtimoiy xizmatlar obyektlari.
3. Tabiiy resurslar: Suv, havo, o‘rmonlar va boshqa tabiat boyliklari ommaviy mulk sifatida
ko‘riladi.
Barcha fuqarolar (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar) mulkdor bo‘la oladilar.Har bir shaxs
davlat mulkidan foydalanadi, bu mulklarga ehtiyotkorlik va hurmat bilan qarashimiz kerak
,kelajak avlod ham bu mulklardan foydalanishi uchun.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz kerakki- Mulk huquqi har bir davlatning iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanishida asosiy o‘rin tutuvchi institutlardan biri bo‘lib, uning shakllari va turlari
jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasida
mulk huquqi Konstitutsiya va boshqa qonun hujjatlari bilan mustahkamlanib, har bir fuqaroning
mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqi kafolatlanadi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi;
3.
Mulk huquqi darslik:Yuridik fanlar doktori M.X.Baratov:Toshkent-2009.
4.
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi
qonun;
5.
https://aniq.uz/uz/yangiliklar.
