Authors

  • Farhod Yangiboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.59025

Keywords:

Oliy Majlis davlat hokimiyati organlari fuqarolarning huquq va erkinliklari qonun buzilishi normativ-huquqiy hujjatlar huquq ijodkorligi qonun chiqarish tashabbusi.

Abstract

Ushbu tadqiqot ishida, davlat hokimiyati organlari tizimida Oliy Majlis palatalari, xususan Senatning rolini kuchaytirish, davlatning ichki va tashqi siyosati bo‘yicha muhim vazifalarni hal etish, ijro hokimiyati organlari faoliyatini nazorat qilishda Senatning huquq va vakolatlarini kengaytirishga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari ilmiy jihatdan o‘rganilgan.

background image

1248

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

QONUN IJODKORLIGI TUSHUNCHASI HAMDA MAQSAD VA VAZIFALARI

Yangiboyev Farhod Rashidovich

O’zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi huquq fani o’qituvchisi.

93-769-95-89

Farhod.yangiboyev@list.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.14570447

Annotatsiya

. Ushbu tadqiqot ishida, davlat hokimiyati organlari tizimida Oliy Majlis

palatalari, xususan Senatning rolini kuchaytirish, davlatning ichki va tashqi siyosati bo‘yicha

muhim vazifalarni hal etish, ijro hokimiyati organlari faoliyatini nazorat qilishda Senatning huquq

va vakolatlarini kengaytirishga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qo‘yilgan

vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari ilmiy jihatdan o‘rganilgan.

Kalit so’zlar:

Oliy Majlis, davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning huquq va

erkinliklari, qonun buzilishi, normativ-huquqiy hujjatlar, huquq ijodkorligi, qonun chiqarish

tashabbusi.

THE CONCEPT OF LAWMAKING AND ITS GOALS AND OBJECTIVES

Abstract.

In this research work, the issues of strengthening the role of the chambers of the

Oliy Majlis, in particular the Senate, in the system of state authorities, solving important tasks in

the domestic and foreign policy of the state, ensuring the implementation of the tasks set by the

President of the Republic of Uzbekistan to expand the rights and powers of the Senate in

controlling the activities of executive authorities are scientifically studied.

Keywords:

Oliy Majlis, state authorities, rights and freedoms of citizens, violation of the

law, regulatory legal acts, lawmaking, legislative initiative.

ПОНЯТИЕ ПРАВОТВОРЧЕСТВА, ЕГО ЦЕЛИ И ЗАДАЧИ.

Аннотация.

В данной исследовательской работе усиление роли палат Олий

Мажлиса, особенно Сената, в системе органов государственной власти, решение важных

задач во внутренней и внешней политике государства, расширение прав и полномочий

Сената в сфере контроля. Деятельность органов исполнительной власти одобрена

Президентом Республики Узбекистан. Вопросы обеспечения выполнения возложенных

задач научно изучены.

Ключевые слова:

Олий Мажлис, органы государственной власти, права и свободы

граждан, нарушение закона, нормативные правовые документы, правотворчество,

правотворческая инициатива.

Jamiyatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini taminlash uchun qonunlar xalqning

manfaatini aks ettirishi hamda adolatlilikni taminlashi lozim. Bu esa o‘z-o‘zidan qonunlarning

sifati bo‘lishini talab qiladi.


background image

1249

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Shu sababdan ham qonun qabul qilinishida boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan farqli

o‘laroq, bir nechta bosqichlardan o‘tadi. Bulardan ko‘zlangan maqsad qonunni eng yaxshi

holatda jamiyatga tatbiq etish hisoblanadi.

Davlat organlari bilan bir qatorda fuqarolar ham qonun qabul qilinishi jarayonida

o‘zini munosabatini bildira olishi lozim. Buyuk yunon faylasufi Aflotun shunday degan edi: “Xalq

qonunlarga ehtiyoj sezib, ularni puxta o‘rgansa, bu faqat uning o‘ziga foyda keltiradi. Aks holda

qonundan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi”. Haqiqatdan ham, xalqimiz qonun

buzilishiga qarshi qattiq turmas ekan, davlat idoralari, mansabdor shaxslar qanchalik

urinmasin, qonun ustuvorligini taminlash qiyin bo‘ladi

1

.

Qonun ijodkorligi faoliyati o‘zining mas’uliyatliligi va murakkabligi bilan huquq

ijodkorligining boshqa turlaridan farq qiladi. Qonun kuchga kirgach u muayyan ijtimoiy

munosabatlar tartibga solishda qat’iy kuchga aylanadi. Bu jarayon muntazam va

muvofiqlashtirilgan ketma-ketlikda ro‘y beruvchi bosqichlarning yig‘indisi sifatida namoyon

bo‘ladigan muayyan huquqiy mexanizmdir

2

. Qonun chiqarish funksiyasini amalga oshirish

parlament, parlament palatalarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Hokimiyatni taqsimlash

prinsipi shuni nazarda tutadiki, jamiyat barcha ijtimoiy tabaqalarining manfaatlarini, butun

millat manfaatlarini to‘liq ifoda etuvchi qonunchilik hokimiyati organi boshqa davlat organlari

tomonidan chiqariladigan boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan kattaroq yuridik kuchga ega

bo‘lgan normativ- huquqiy hujjatlarni qabul qilishlari lozim. Aynan parlament tomonidan

qabul qilinuvchi qonunlar boshqa barcha davlat organlari uchun zaruriy huquqiy negizni vujudga

keltiradi, mazkur organlarning o‘zaro hamda fuqarolar va ularning birlashmalari bilan

munosabatlarini belgilab beradi.

Professor X.T.Odilqoriev fikricha, qonun ijodkorligi jarayoni davlat oliy vakillik

organining konstitutsiyada belgilangan tartibda yangi qonunlarni yaratishga, amaldagi qonunlarga

qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishga qaratilgan, shuningdek eskirgan qonunlarni bekor qilish

borasidagi harakatlari yig‘indisi bo‘lib, u qonun bilan tartibga solinishi zarur bo‘lgan

munosabatlarni aniqlash, qonun loyihasini tayyorlash, uni muhokama etish va qabul qilishni

o‘z ichiga oladi

3

. Yuqoridagi fikrlarga qo‘shilgan holda qonun ijodkorligi jarayoni to‘g‘ri

tashkil etilishi demokratik va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish uchun asos deb hisoblaymiz.

O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

− Qonunchilik tashabbusi;

− Qonun loyihalarini ko‘rib chiqishga qabul qilish va loyihani muhokama qilish;

1

Mirziyoev Sh. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. - T., O‘zbekiston. 2020. 108-b.

2

Najimov M.K. Norma ijodkorligi. - Toshkent, 2018. – 23 b.

3

X.T.Odilqoriev. Davlat va huquq nazariyasi. – T., 2018. 224-b.


background image

1250

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

− Qonunlarni qabul qilish va maqullash;

− Qonunlarni imzolash va elon qilish.

Qonunchilik jarayonining ilk bosqichi hisoblangan qonunchilik tashabbusi - bu

muayyan organlar va mansabdor shaxslarning qonunlar chiqarish masalasini qo‘yish va

ularning loyihalarini ko‘rib chiqish uchun qonun chiqaruvchi organga taqdim etish huquqidir.

Qonun chiqarish tashabbusi – qonun chiqarish jarayonining ilk bosqichi. Bu jarayon

qizg‘in sa’y-harakatlarga asoslanadi, ular natijasida qonun chiqaruvchi organga qonunchilik

yuzasidan tegishli takliflar kiritiladi, parlament esa o‘sha takliflar asosida yangi qonun

chiqarish, amaldagisini o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqishga

qabul qiladi

4

. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi

qonunning 27-moddasiga muvofiq, Qonunchilik palatasida qonunchilik tashabbusi huquqiga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy organi orqali

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh

prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subektlari tomonidan qonun

loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish va muhokama etish qonun yaratish jarayonining alohida va

muhim bosqichidir. Bu bosqich qonun chiqaruvchi organga qonun loyihasi taqdim etilgach va u

sessiya kun tartibiga kirgandan so‘ng boshlanadi. Shakllangan tajribaga ko‘ra qonun loyihasi 2 xil

ko‘rinishda muhokama qilinadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 9-

moddasiga muvofiq “Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga

taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi”.

Umumxalq muhokamasini amalga oshirishning protsessual, tashkiliy jihatlari O‘zbekiston

Respublikasining “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z

ifodasini topgan.

Ikkinchi xolda, qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasiga kiritiladi

va unda muhokama etiladi. 2021-yil 20-aprelda qabul qilingan O‘RQ 682-sonli “ Normativ-

huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasiga uchinchi qismiga muvofiq,

normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlash hamda tegishincha

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Administratsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish

muddati, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy

4

M.K.Najimov. Norma ijodkorligi. - T., 2018. 24-b.


background image

1251

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Majlisi palatalarining qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

hujjatlarida boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, ikki oydan kam etib belgilanishi mumkin emas.

Mamlakatimizda huquqiy jarayonlar va o‘zgarishlarga jamoatchilikning nazorati

munosabati yildan yilga ijobiy tomonga o‘sib bormoqda. Buni normativ-huquqiy hujjatlar

loyihalari muhokamasi misolida ham ko‘rishimiz mumkin. “ Normativ-huquqiy hujjatlar

to‘g‘risida”gi qonunning 24-moddasiga muvofiq, ishlab chiquvchi tomonidan normativ-huquqiy

hujjatlarning loyihalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida jamoatchilik

muhokamasini o‘tkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi.

Yuqoridagi qoidalarni qonun loyihalarini ishlab chiqishga joriy etilganini amaliyot

misolida ko‘rish mumkin. Buni 2021-yil 20-aprelda qabul qilingan O‘RQ 682-sonli “ Normativ-

huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” gi qonun misolida ko‘rib chiqamiz. Malumki, qonun loyihasi

Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqi subektlari tomonidan kiritiladi. Ushbu

qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 28-dekabrda normativ-huquqiy hujjatlar

loyihalari muhokamasi portali regulation.gov.uz ga muhokamaga chiqarilib, shu yilning 15-

martida muhokama yakunlangan.

Tayyorlangan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga Adliya vazirligining huquqiy

ekspertiza yakunlari bo‘yicha xulosasi va tushuntirish xati bilan kiritiladi.

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritish mobaynida quyidagilarni taqdim etgan:

− qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati, ushbu

konsepsiyada huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy g‘oyasi, maqsadi va predmeti; tegishli

ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning mazkur sohada amalda bo‘lgan

qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holdagi umumiy tavsifi

va holatiga berilgan baho; qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyati asoslari; qonun loyihasining

asosiy qoidalari; bo‘lg‘usi qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari prognozi

belgilab berilgan bo‘lishi kerak;

− o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi

bilan bog‘liq qonunlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun loyihasi −

o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi

lozim bo‘lgan qonunosti hujjatlarining ro‘yxati;

− xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining, O‘zbekiston

Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi sharoitida tegishli

xalqaro tajriba qo‘llanilishining maqbulligi to‘g‘risidagi asosli takliflar ketma-ket tartibda

ko‘rsatilgan tahliliy qiyosiy jadval;

− moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar


background image

1252

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

− davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirish, shuningdek

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi

qonunlarning loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi

5

.

Yuqoridagilarni umumlashtirib holda shuni aytishimiz mumkinki, demokratiya

rivojlanishini ko‘rsatuvchi belgilardan biri qonunlarga rioya etish hisoblanadi. Jamiyatda

qonuniylikni taminlash uchun qonunlar har tomonlama puxta va kamchiliklarsiz bo‘lishi lozim.

Qonunni qabul qilish bir nechta bosqichlardan o‘tadi. Bundan ko‘zlangan maqsad esa

qonunni mukammal holatda qabul qilish hisoblanadi.

Amaldagi qonunlarimizni tahlil shuni ko‘rsatadiki, bazi qonunlar nihoyat darajada umumiy

ko‘rinishda bo‘lib, qo‘sha-qo‘sha ijroiya va idoraviy huquqiy hujjatlarni tirkamay turib ularni

hayotga joriy etib bo‘lmaydi. Boshqa bir qonunlar esa meyoridan ziyod maydalashtirilgan bo‘lib,

aslida hukumat qarori yoki vazirlik yo‘riqnomasiga o‘xshab ketadi

6

. Qonunlar normativ ahamiyat

kasb etishi lozim, shundagina jamiyatda tartib-intizom va barqarorlik taminlanadi. Qonun

jamiyatda adolatni taminlashi uchun demokratik asosda puxta yaratilishi lozim.

REFERENCES

1.

Mirziyoev Sh. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. - T., O‘zbekiston. 2020. 108-b.

2.

Najimov M.K. Norma ijodkorligi. - Toshkent, 2018. – 23 b.

3.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2022-y., 41-son, 406-modda.

4.

Odilqoriev.X.T.O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni. - T., 2023. - B.29-30

5.

X.T.Odilqoriev. Davlat va huquq nazariyasi. – T., 2018. 224-b.

6.

M.K.Najimov. Norma ijodkorligi. - T., 2018. 24-b.

5

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 406-modda.

6

Odilqoriev.X.T.O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni. - T., 1995. - B.29-30.

References

Mirziyoev Sh. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. - T., O‘zbekiston. 2020. 108-b.

Najimov M.K. Norma ijodkorligi. - Toshkent, 2018. – 23 b.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2022-y., 41-son, 406-modda.

Odilqoriev.X.T.O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni. - T., 2023. - B.29-30

X.T.Odilqoriev. Davlat va huquq nazariyasi. – T., 2018. 224-b.

M.K.Najimov. Norma ijodkorligi. - T., 2018. 24-b.