1285
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
CHAQALOQLIK DAVRIDA PSIXOLOGIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
SENSOR VA PERSEPTIV HAMDA KOGNITIV RIVOJLANISH PREDMETLAR
BILAN O‘YNASH HISTUYG‘UNING O‘SISHI YOKI JONLANISH
KOMPLEKSILARIN ORGANISH
Turdimuratova Nesibeli Bazarbay qızı
Karakalpak State University named after Berdak
https://doi.org/10.5281/zenodo.14570988
Annotatsiya.
Mazkur mavzu chaqaloqlik davrida psixologik rivojlanishning muhim
jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Unda bolaning sensor va perseptiv rivojlanishi, ya’ni idrok
va sezgi a’zolari orqali atrof-muhitni qabul qilish jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, kognitiv
rivojlanish, ya’ni fikrlash, xotira va idrok kabi aqliy jarayonlarning shakllanish bosqichlari
yoritiladi. Predmetlar bilan o‘ynash orqali bola dunyoni kashf etishi, muvofiqlashtiruvchi
ko‘nikmalarni rivojlantirishi va o‘z hissiyotlarini ifoda etish qobiliyatini oshirishi kòrsatiladi.
Kalit so’zlar:
chaqaloq, g o‘dak, sensor, perseptiv, kognitiv rivojlanish.
FEATURES OF PSYCHOLOGICAL DEVELOPMENT DURING INFANCY INCLUDE
SENSORY AND PERCEPTUAL AND COGNITIVE DEVELOPMENT, PLAYING WITH
OBJECTS, GROWTH OF EMOTIONS, OR LEARNING OF ANIMATION
COMPLEXES
Abstract.
This topic is dedicated to exploring the key aspects of psychological development
during infancy. It examines sensory and perceptual development, focusing on how infants perceive
and process the environment through their senses. Additionally, it highlights the stages of
cognitive development, such as the formation of thinking, memory, and perception. The role of
playing with objects is emphasized as a way for infants to discover the world, develop coordination
skills, and express their emotions.
Keywords:
infant, baby, sensory, perceptual, cognitive development.
ОСОБЕННОСТИ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ В МЛАДЕНЧЕСКОМ
ВОЗРАСТЕ: СЕНСОРНОЕ, ПЕРЦЕПТИВНОЕ И КОГНИТИВНОЕ РАЗВИТИЕ,
ИГРА С ПРЕДМЕТАМИ, ЭМОЦИОНАЛЬНЫЙ РОСТ И ИЗУЧЕНИЕ
КОМПЛЕКСА ОЖИВЛЕНИЯ
Аннотация.
Данная
тема
посвящена
изучению
ключевых
аспектов
психологического развития в младенческом возрасте. В ней рассматривается сенсорное и
перцептивное развитие, то есть процессы восприятия и принятия окружающего мира
через органы чувств. Также освещаются этапы когнитивного развития, такие как
формирование мышления, памяти и восприятия. Подчеркивается, что через игру с
1286
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
предметами ребенок открывает для себя мир, развивает координационные навыки и
способность выражать свои эмоции.
Ключевые слова:
младенец, грудничок, сенсорное, перцептивное, когнитивное
развитие.
Chaqaloq tug‘ilgandayoq amalda qo‘llashga tayyor bo'Igan sensor va harakat malaka
instinktlariga ega bo‘ladi, bu uning olamga moslashib olib o‘z rivojlanishida tezgina o‘sib ketishga
yordam beradi. Chaqaloqda tug‘ilganidan boshlab, masalan, ko'pgina murakkkab harakatlar,
asosan organizmni yetilish jarayonida genetik berilgan dastur asosida, shuningdek, reflektor, ya’ni
bu harakatlar dasturi kaliti sifatida kodlangan o‘ziga xos ichki va tashqi rag‘batlar ta’sirida
hayotining birinchi soatlaridan keyin maxsus tayyorgarliksiz, darhol yuzaga keladi.Go‘daklik
davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarini kislorodga, ovqatga, issiq yoki sovuqqa) qondirishga
nisbatan yo‘naltirilgan xatti-harakatlarning tug'ma, instinktiv shakllari sof holda
kuzatiladiganyagona davr hisoblanadi. Insonga xos bo‘lgan xatti-harakatlarni va yangi tajribalarni
egallash uchun beqiyos imkoniyatlaming borligi go‘dak yoshidagi bolalaming asosiy
xususiyatlaridandir. Organik ehtiyoj laming yetarli darajada qondirib borilishi, to‘g‘ri tashkil
etilgan kun tartibi, rejim va to‘g‘ri tarbiya natijasida bola psixik rivojlanishi uchun asos bo'ladigan
taassurotlarga ega bo‘Iishiga, harakatga, muloqotga, nisbatan yangi turdagi ehtiyojlar turkumi
yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bola tug‘ilishining birinchi haftasidanoq, uning ko‘rish va eshitish
sezgilari jadal sur’atda rivojlanadi.
Tug‘ruqxonalarda bolalar hayotlarini birinchi kunidayoq kunduzgi yorug‘lik tushib turgan
deraza tarafiga yuzi bilan instinktiv buriladi. 0 ‘tkazilgan tadqiqotlardan aniqlandiki, tug‘ilganiga
bir yarim sutka bo‘lgan bola miyasida ko‘ruv organiga rangli qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga javob
potensiallarini ko‘rish mumkin. Bu vaqtga kelib miyada shartli reflekslar shakllanishi yuzaga
keladi.
Hid bilish eng muhim sezgi organi sifatidau tug‘ilgandan keyin darhol ishlay boshlaydi.
Shunday o‘ziga xoslikka oddiy ko‘rish, harakat va eshitish ham ega. Bola hayotining
boshlang‘ich ikki oyida og‘zini chetiga qandaydir predmet bilan teginganda,bunga javoban
reflektor o‘girilish qobiliyatini namoyon etadi.barmoqlari ustiga tegilsa, ulami qattiq siqib oladi,
qo‘llari, oyoqlari, boshi bilan umumiy koordinatlashmagan harakatlami amalga oshiradi. Unda
yana harakatlanayotgan obyektlami ko‘zi bilan kuzatish, ular tomoniga boshini o‘girish qobiliyati
ham mavjud
Chaqaloq narsalaming mazasini ajrata oladi. U boshqa narsalar mazasiga qaraganda shirin
suyuqlikni xush ko'radi va hatto shirinlik darajasini aniqlay oladi.
1287
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Chaqaloq hidlami sezadi, ularga boshini burish, yurak urishi va nafas olishi chastotasining
o‘zgarishi bilan javob beradi.Yana bola organizmiga o‘zini saqlash va rivojlanishiga yordam
beruvchi jarayonlar guruhi tug‘ma ravishda berilishini alohida aytib o‘tish joizdir. Ular ovqat hazm
qilish, qon aylanish, nafas olish, tana harorati,moddalar almashinuvi iarayonlari va hokazolami
boshqarish bilan bog‘liq. Shubhasiz, so‘rish, himoyaviy, mo‘ljal oluvchi, ushlab oluvchi, tayanch
harakati va qator boshqa reflekslar tug‘ma hisoblanadi, bulami barchasi bola hayotining ikkinchi
oyida aniq ko‘rinadi.
O‘tkir yorug‘likdan bola «bevosita» ta’sirlanadi, ya’ni o‘tkir yorugiikka qaray olmay,
undan ko‘zini yumadi. Predmetlami ko‘z bilan idrok qila olmaydi, chunki ularda ko‘rish
mexanizmi hali о‘sib yetmagan bo‘ladi, bu mexanizmlar kattaroq yoshda paydo bo‘ladi. Yetti-
to‘qqiz kunlik bola ba’zan sekin harakatlanayotgan predmetga qarab qoladi, lekin uzoq vaqt
qarolmaydi. Ko‘zini bir nuqtaga qaratish psixik taraqqiyotda muhim rol o‘ynaydi. Bola ikki-uch
oylik bo‘lganda, yaqinidagi predmetlami ikki ko‘zi bilan kuzata oladi, unda asosiy rang va
shakllami farq qila olish qobiliyati paydo bo'ladi. Olti oyligida u ranglarga nisbatan o‘z
munosabatini ham bildira boshlaydi, yoqqan rangiga intilsa, yoqmaganini itaradi, undan yuzini
o‘giradi.Yangi tug‘ilgan bolaning eshitishi zaifroq bo‘ladi, shunga ko‘ra u hali o‘zi eshitib,
odatlanib qolmagan juda kuchli qo‘zg‘ovchilarga javob beradi, lekin ovozning qaysi tomondan
kelayotganligini ajrata olmaydi. Bola ikkinchi oyining oxirlariga horgandagina eshitayotgan
tovushiga e’tibor bera boshlaydi, tovushning qayerdan kelayotganini qidirib, u yoq bu yoqqa
qaraydi. Tovush manbaini topishni o‘rgangan uch oylik bola gapirayotgan kishini o‘z ko‘zlari
bilan tez topib oladi, o‘sha tomonga qarab, gapiruvchiga o‘z munosabatini ifodalaydi. Ana shu
vaqtdan boshlab, uning tevarak-atrofiga bo‘lgan munosabati ancha kengaya boradi.
Bolaning tobora diqqat bilan eshita va ko‘ra borishi uning umumiy taraqqiyoti uchun katta
ahamiyatga egadir.Lekin ko‘rish, eshitish va boshqa analizatorlar faqat bolaning tevarak-atrof
bilan o‘zaro munosabatida bo‘lishi natijasida takomillashadi. Bolaning o‘z ko‘zi bilan ko‘ra olishi
ma’lum hayot tajribasi natijasidir. Bolaning eshitish orqali idrok etishi ham oldindan tovushlami
ajratishga va ulami sintez qiiishga o'rganib boradi. Bolaning eshitib bilib olishi shartli
bog‘lanishlaming sifatiga bog‘liqdir. Yangi tug‘ilgan bolada diqqat qilish qobiliyati bo‘lmaydi.
Unda turli qo‘zg‘ovchilar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning
tasavvur doirasi qancha qisqa bo‘lsa, uning o‘zi uchun tanish va yangi bo'lgan predmetga nisbatan
diqqati shuncha intensiv va davomli bo‘ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini
idrokka aylantirib, psixik jarayonlaming o‘tishini kuchaytiradi va tasawurlaming xotirada
mustahkam saqlanishiga yordam beradi.
Bola organizmiga o‘zini saqlash va rivojlanishiga yordam beruvchi jarayonlar guruhi
tug‘ma ravishda berilishini alohida aytib o‘tish joizdir.
1288
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Ular ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, tana harorati,moddalar almashinuvi
jarayonlari va hokazolami boshqarish bilan bog‘liq. Shubhasiz, so'rish, himoyaviy, mo'ljal oluvchi,
ushlab oluvchi, tayanch harakati va qator boshqa reflekslar tug‘ma hisoblanadi, bulaming
barchasibola hayotining ikkinchi oyida aniq ko‘rinadi.
Tug‘ilganidan boshlab bolaning nafaqat sezgi organlari ishlashga tayyorligi ma’ium
bo‘Imay, balki bosh miyasi ham faol ishlay boshlaydi.Onalar chaqaloqning faqatgina psixika va
xulqning tug‘ma shakllarinigina bilmasdan, balki organizmni tabiiy rivojlanish jarayonini ham
bilishi kerak. Hayotining birinchi oylarida harakatlarning rivojlanishi alohida ahamiyatga ega.
Chaqaloq motorikasi tug‘ilganidan boshlab yetarlicha tashkiliylikka ega, u holatlami
boshqarishga mo‘ljallangan ko‘pgina mexanizmlami o‘z ichiga oladi.
Chaqaloqda ko‘pincha oyoq-qo‘llarining yuqori harakatchanlik faolligi paydo boiadi, bu
kelajakda koordinatlashgan harakatlami murakkab majmuini shakllanishida ijobiy ahamiyatga
ega.Chaqaloq bolalarda qo‘Ioyoqlar bukilib, barmoqlar musht bo‘lib turadi.
Hayotining birinchi oylarida, bola bezovtalangan paytlarda, qo‘l va oypqlaming harakati
juda betartib, bir-biriga moslashmagan, beixtiyor holda bo‘ladi. Keyin harakatlar asta-sekin
«ongli»Iashib boradi va bu harakatlar yangi sezgilaming manbai bo‘lib xizmat qiladi, bu
murakkabroq harakatlarga o'tishni tayyorlaydi. 3-3,5 oylik bola, unda hali aniq
koordinatsiyalashgan harakat bo‘lmasa ham, qo‘llarini o‘yinchoqlarga uzatadi. Aniq
koordinatsiyalashgan harakat 4 oyli bolada yaxshi ko‘rinadi. Bola o‘yinchoqni bemaiol qo‘liga
ololadi. Uni tutib olib,u-bu yog'iga qaraydi, og‘ziga tegizib ko'radi va shu yo‘l bilan ko‘plab har
xil taassurotlar oladi.Ikki oylik bola, qomi bilan yotqizib qo‘yilsa, boshini ko‘tara boshlaydi. Uch
oylikda esa yotgan holda tirsagiga tiranib turadi va bemaiol u yoq-bu yoqqa qaray oladi. Shu bilan
birga, qo‘ltig‘idan tutib turilsa, oyog‘ida turadi. 8-8,5 oyligida boshqalarning yordamisiz o‘tira
oladi, emaklaydi va biror narsaga suyanib oyog‘ida tura oladi. 12-13 oyligida o‘tirib, tura oladi,
birovning yordamisiz qadam qo‘ya oladi, demak, bola yura boshlaydi. Bolaning vaqtida yurib
ketmasligiga salomatligining nochorligi, chaqaloqligida ko‘p kasal bo‘lganligi va umumiy harakat
hamda sezgi organlarining kech rivojlanishi sabab bo‘ladi. Bolaning harakatlari rivojlanishi
hayotini birinchi yilida judayam tez maromda kechadi, o‘n ikki oy ichida erishilgan taraqqiyot
hayratlanarli.
Cheklangan qo‘l-oyoq, boshni tug‘ma umumiy elementar harakatlar to'plamidan iborat
imkoniyatga ega bo‘lgan, amalda yordamga muhtoj mavjudotdan bola kichkina odamga aylanadi,
u nafaqat ikki oyoqda oson turuvchi, balki muhitda nisbatan ozod va mustaqil harakatlanuvchi
oyoqlar harakati bilan bir vaqtda fazoda qo‘l bilan murakkab boshqaruv harakatlarini va atrofdagi
olamni tadqiq etishga moijallangan harakatlarni amalga oshira oladi.
1289
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Yangi tug‘ilgan bolada diqqat qilish qobiliyati bo‘lmaydi. Unda turli qo‘zg‘ovchilar
ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasawur doirasi qancha qisqa
bo‘lsa, uning o‘zi uchun tanish va yangi bo‘lgan predmetga nisbatan diqqati shiincha intensiv va
davomli bo‘ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik
jarayonlaming o‘tishini kuchaytiradiva tasawurlarning xotirada mustahkam saqlanishiga yordam
beradi.
REFERENCES
1.
Mahmudov M., Tursunova S. -Bolalar psixologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 2018.
2.
Qodirova Z. - Rivojlanish psixologiyasi. Toshkent, 2020.
3.
G`oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
4.
Выготский Л.С. - Проблемы развития психики. Москва: Издательство Академии Наук
СССР, 1965.
5.
Запорожец А.В., Лисина М.И. - Развитие восприятия и эмоциональной сферы ребенка.
Москва: Педагогика, 1984.
