1399
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ABDURAUF FITRATNING HATOTI VA IJODI, QATAG’ON QILINISH SABABLARI
Oltiboyeva Gavhar Nuraliyevna
Buxoro davlat universiteti Fizika matematika va axborot tehnologiyalari fakulteti Amaliy
matematika yo’nalishi 1-kurs 1-1-PMK guruh talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14585079
Annotatsiya.
Abdurauf Fitrat – o’zbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg
va shoir, zamonaviy o’zbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, O’rta Osiyo jadidchiligining
taniqli vakili birinchi o’zbek professori. Jadidchilik milliy ma’rifatparvarlik harakatining
tarafdori. U Turkiyada ta’lim olgan. Inqilopga qadar O’rta Osiyoni Rassiyadan ozod qilinishi
harakatlarida faol qatnashgan, politsiya nazorati ostida bo’lgan. Turkiyadagi “Yosh turklar”
harakatidan ilhomlanib, Buxoroda “Yosh buxoroliklar” partyasini tuzgan, uning ma’naviy
rahnamosiga aylangan. Do’sti va malakadoshi Munzim bilan hamkorlikda buxorolik 70 nafar
yosh turkistonliklarni Germaniyaning bir qator oliy ta’lim muassasalariga o’qishga yuborgan.
Kalit so’zlar:
Yosh turklar, Yosh buxoroliklar, Qo’qon voqeasi, Munozara, Sayha, Sayyohi
hindi, Qizil O’zbekiston, O’zbek adabiyotida chig’atoychilik, O’zbek adabiyoti namunalari.
ABDURAUF FITRAT'S MISTAKES AND CREATIONS, REASONS FOR REPRESSION
Abstract.
Abdurauf Fitrat is an Uzbek historian, philologist, translator, writer, playwright
and poet, one of the founders of the modern Uzbek language and literature, a prominent
representative of Central Asian Jadidism, the first Uzbek professor. Jadidism is a supporter of the
national enlightenment movement. He was educated in Turkey. Before the revolution, he actively
participated in the liberation of Central Asia from Russia, was under police surveillance. Inspired
by the "Young Turks" movement in Turkey, he founded the "Young Bukhara" party in Bukhara and
became its spiritual leader. Together with his friend and colleague Munzim, he sent 70 young
Turkistanis from Bukhara to study at a number of higher educational institutions in Germany.
Keywords:
Young Turks, Young Bukhara people, Kokand incident, Debate, Sayha, Sayyohi
hindi, Red Uzbekistan, Chigatayism in Uzbek literature, Examples of Uzbek literature.
РАБОТА И СОЗДАНИЕ АБДУРАУФА ФИТРАТА, ПРИЧИНЫ РЕПРЕССИЙ
Аннотация
Абдурауф Фитрат – узбекский историк, филолог, переводчик,
писатель, драматург и поэт, один из основоположников современного узбекского языка и
литературы, первый узбекский профессор, известный представитель среднеазиатского
модернизма. Джадидчик – сторонник национально-просветительского движения. Учился
в Турции. До революции он активно участвовал в усилиях по освобождению Средней Азии
от России и находился под контролем полиции. Вдохновленный движением «младотурков»
в Турции, он основал в Бухаре партию «Молодая Бухара» и стал ее духовным лидером.
1400
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Совместно со своим другом и коллегой Мунзимом он отправил 70 молодых туркестанцев
из Бухары на обучение в ряд высших учебных заведений Германии.
Ключевые слова:
младотурки, младобухарцы, Коканский инцидент, дебаты, сайха,
туристический индеец, красный Узбекистан, Чигатайлик в узбекской литературе,
примеры узбекской литературы.
KIRISH:
Abdurauf Fitrat 1886-yilda Buxoro shaxrida ziyoli oilasida tug’ilgan, adibning
otasi savdogarchilik bilan shug’illlangan bo’lib, 1918-yilgacha Qashqarda turib qoladi. Yosh
Abdurauf asosan onasi Mustafo Bibi tarbiyasida qoladi, u 1908-1918- yillarda Turkiya
dorilfununda o’qiyotganda uning zukko bilimdonligi professor o’qituvchilarini hayratga solidi.
Unga Fitrat
−
Donishmand tahallusini beradilar. Fitreatning dastlabki maqolalari “Hikmat”
jurnalida bosilgan. O’zi esa Rassiya imperiyasidan kelgan muhojirlar bilan aloqa bog’lagan.
Fitratning Usmonilar poytaxtida otkazgan to’rt yili Bolqon urushi va Yosh turklarning
konstitutsiyaviy inqilobiga to’g’ri keladi. Fitrat o’qishni Istanbulda davom ettirib yurgan kezlarida,
hamyurtlati bilan birgalikda “Buxoro ta’limi maorif jamiyati”ni tuzgan. B u jamiyat
buxoroliklarning o’zaro moddiy-ma’naviy uyishmasi vazifasini bajargan hamda Buxoro va
Turkiston maorifining olg’a siljishiga doir bir qator ishlarni amalga oshirgan. B u davrda Turkiya
“Yosh turklar” inqilobidan mast davrni o’z boshidan kechirardi. Turkiyadagi bunday qilobiy muhit
albatta yosh Fitratga ham ijobiy tasir ko’rsatadi. U siyosat maydoniga shong’ib ketti. B u yerda
Fitrat Sharq adabiyoti, san’ati, tarixini chuqur va atroflicha o’rganadi. Ilg’or taraqqiyparvar turka
adabiyoti vakillari, turk adabiyoti orqali esa G’arb adabiyoti bilan yaqindan tanishadi.G’arb va
Sharq madaniyati, adabiyotlari o’rtasidagi farqlarni o’z ko’zi bilan ko’radi, uning sabablarini
teranroq anglaydi.
Fitrat vataniga qaytgach, Buxoro jadidlarining tashkilotchilaridan biri sifatida xalqni
ma’rifat va madaniyatdan bahramand qilish uchun astoydil kurashdi, xususan u Buxoroning turli
tumanlarida o’qituvchilik qilib, jadidchilik g’oyalarini keng targ’ib etdi. 1915-yildan “yosh
buxoriklar harakatining so’l qanotiga boshchilik qildi. 1916-yilga qadar buxorolik jadidlar yakdil
va yagona jabha bo’lib ish olib brogan bo’lsalar, keyinchalik ular ikkiga bo’linib ketadilar.
Abdulvohid Burhonov boshchiligidagi jadidlarning bir qismi eski tarzda faqat ma’rifat-
madaniyat tarqatish yo’lini tutgan bo’lsa, ularning boshqa bo’lagi Fitrat, Fayzulla Xo’jayev kabi
chet mamlakatlarda o’qib kelgan yoshlar omma o’rtasida marifat va madaniyat tarqatish bilan
birga amirga qarshi kurashishni ham yoqlab chiqadilar. B unday bo’linishning asosiy sabablari:
birinchidan turkiston o’lkasi, shu jumladan Buxoro amirligidagi ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy
vaziyatning og’irligi, rus podshosi va amirlikning ikki yoqlama zulimkorlik siyosati.
1401
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Ikkinchidan, bolsheviklarning mahalliy xalq o’rtasida yurg’izgan tashviqot va targ’ibotlari
tasiriga ishonuvchanlik. Uchinchidan mahalliy xalq vakillarining siyosiy vakumda saqlanganligi
hamda ularning siyosat borasidagi g’oyaviy nazariy saviyasining yetarli darajada
rivojlanmaganligi. Fitrat 1917-yilgi fevral voqealaridan so’ng jadidlarning buxorodagi ahvoli
murakkablashgach, Samarqandga ko’chib borib 1917- yil aprelidan 1918-yil artigacha chiqib
turgan “Hurriyat” gazetasiga muharrirlik qiladi, yani bu gazetaning 27- sonidan 87-sonigacha
bo’lgan davrda.
Bu davrda gazeta ishlarini rivorlantirish maqsadida Fitrat nashriyotiga O’rta Osiyo
jadidligining darg’asi, muftiy Mahmudxo’ja Behbudiyni taklif etadi. Ayrim malumotlarga
qaraganda Fitrat shu yillarda “Ittihodi taraqqiy” tashkiloti eski Buxorobo’limining raisi ham
bo’lgan. 1917-yil 27- noyabrda e’lon qilingan Turkiston Muxtoriyatini so’ngsiz mehr bilan qarshi
oldi. Hatto 27-noyabrni “Milliy laylatulqadrimiz” deb atadi. Ammo uning bu quvonchi uzoqqa
cho’zilmadi, 1918-yilning 19-20-fevralida Turkiston muxtoriyati bolsheviklar va armanlarning
“Dashnaksutyun” partyasi tomonidan qonga botirildi. Bu voqea tarixda “Qo’qon voqeasi” nomini
olgan. 1918-yil martdagi Kolesov voqeasidan keyin u T oshkentga keldi. Dastlab Xadradagi
maktabda, may- iyun oylaridan boshlab Turkiston musulmon dorilfununi qoshida tashkil topgan
dorulmualliminda til va adabiyotdan dars berdi. 1919-1920- yillarda Afg’oniston amirligining
Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimonlik qildi. Toshkentda u asosan ilmiy, ijodiy ma’rifiy ishlar
bilan ko’proq band bo’ldi. Bir qator darsliklarni tuzdi, “Chig’atoy gurungi” nomli ijtimoiy-adabiy
tashkilot tuzib, unda faol ishtirok etdi. 1920-yil 9-aprelda “tong” jurnalini tashkil etib, yosh
ziyolilar avlodini millatparvarlik va vatanparvarlik ruhiyatida tarbiyalashga kirishdi. “Tong”
jurnalining shiori bo’lgan: “Miya o’zgarmaguncha boshqa o’zgarishlar negiz tutmas!” so’zlari
Fitratning shu yillarda olib brogan faoliyatining maqsad-mohiyatinito’la ifodalaydi. Jurnalda
“Chig’atoy guringi” a’zolarining deyarli barchasi ishtirok etdi. Afsuski, jurnal ishi 3-sondan keyin
to’xtab qoldi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topishi bilan Fitrat 1921- yilda Buxoroga
taklif qilinadi va shu yildanoq maorif noziri vazifasida ish boshlaydi. 1922-yilda xorijiya (tashqi
ishlar) noziri, Xalq xo’jaligi Kengashi raisi, Markaziy ijroya Qo’mitasi raisi o’rinbosari, Xalq
nozirlari sho’rosi rasii o’rinbosari, Hukumat plan vas meta tashkiliy hay’atining raisi, BXSR
mehnat kengashining presidium a’zosi va boshqa lavozimlarida xizmat qildi. Ikki yil davomida
Buxoro xalq Respublikasida ta’lim vaziri va iqtisodiy rivojlanish kengashining rahbari sifatida
faoliyat yuritgan. U shu davrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi mablag’lari hisobiga 70
nafarturkistonlik istiqbollik yoshlarning germaniyaga borib o’qishi,
Buxoroda Sharq musiqasi maktabining tashkil etilishi, fan va madaniyatga doir xalq
qo’lida sochilib yotgan noyob qo’lyozmalarni to’plashda tashabbuskor bo’ldi. Fitratning sa’y-
harakatlari bilan Buxoro Xalq Sovet Respublikasida turk (o’zbek) tili davlat tili deb e’lon qilindi.
1402
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Davlat teatri tashkil qilinib, bu teatrda ishlash uchun Toshkentdan Mannon Uyg’ur va
Cho’lpon, vaqf ishlarini boshqarish uchun esa Munavvar Qori Abdurashidxonov taklif etildi.
Ammo 1923-yilda Yan Rudzutak boshchiligidagi maskvadan kelgan komissiya fitratni
ishdan olib, Rassiyaga “chaqirib olgan” deb e’lon qildi va Fitrat 1923-1927- yillarda Moskvadagi
Sharqshunoslik instituti (1921-yilgacha Sharq tillari institute deb nomlangan) da ishladi, ilm bilan
shug’illandi. Leningrad davlat universiteti professorligiga saylandi. “Abulfayzxon”, “Bedil”,
”Qiyomat” , “Shaytonning tangriga isyoni” kabi asarlar yozib, chop ettirdi. 1927-yilning boshida
Rassiyadan qaytgach, 1937-yilga qadar Samarqanddagi Oliy pedagogika instituti (hozirgi
Samarqand Davlat universiteti) hamda Toshkentdagi Til va adabiyot institutida faoliyat ko’rsatdi.
Fitrat o’z hayoti davomida yuzlab ijtimoiy va publitsistik maqolalar o’nlab ijtimoiy-siyosiy
va ilmiy risolalar yaratdi. U birgina turkistonda emas, Afg’oniston, Hindiston, Turkiya, Kavkaz,
Volgabo’yi matbuotida ham faol ishtirok etdi.
Fitratning adabiy merosi rang-barang. U adib sifatida badiiiy ijodning barcha turlarida
qalam tebratibgina qolmay, o’zbek adabiyotining yangi janr va turlar bilan boyishi, she’r
tuzilishining isloh etilishi, adabiy realizmning teranlashishi, davr, jamiyat va xalq hayoti bilan
bog’liq bo’lgan muhim ijtimoiy muammolarning o’zbek adabiyotida badiiy talqin etilishiga ulkan
hissa qo’shdi. Fitrat ijodini shartli ravishda uch davrga bo’lish mumkin: 1-davr 1909-1926-yillarni
o’z ichiga olib, Turkiya taassurotlaridan ilhomlangan holda jaded ma’rifatparvari sifatida ijod
qilgan. 2-davr 1917-1923-yillarni qamrab oladi, bu davrda Fitrat milliy istiqlol g’oyalari bilan
to’yingan asarlar yozadi. Ijodining 3-davri 1923-1937-yillarga oid hisoblanib, Sho’ro maxfiy
xizmatining doimiy nazoratida bo’lgan Fitrat asosan ilmiy va pedagogic ishlar bilan shug’illanadi.
Fitrat zullisonayn adib bo’lib, adabiyotga shoir va adabiyotshunos sifatida kirib kelgan.
Istanbuldagi to’rt yillik talim davomida faqat forsiy tilda ijod qilgan. Ko’p o’tmay u o’zini
dramaturgiya va prozada ham sinab ko’rdi. U “Mulohaza” (dastlabki nomi “Hindistonda bir
farangi ila buxorolik bir mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadid xususida qilgan
munozarasi”) asarini Turkiyaga borishdan oldin, 1905-1907-yillarda yaratgan. “Munozara” 1908-
yilda, “Sayha” 1910-yilda, “Sayyohi hindi” 1913-yilda Istanbulda bosilib chiqqan. “Rahbari najot”
va “Oila” 1915-1916-yillarda Bokuda nashr qilingan. Bu asarlarda o’sha davrdayoq xalq orasida
keng tarqaldi. Horijiy tillarga ham o’girildi. Masalan, “Munozara” 1909-1914-yillar orasida turk,
ozarbayjon tillarida, “Sayyohi hindi” rus tilida chop etilgan. “Rahbari najot”ni esa do’sti, shoir va
noshir Abdulvohid Burhonov Sankt-Peterburgda nashrdan chiqargan.
Fitratning maktab o’quvchilariga mo’ljallangan “O’qu” qollamasi vatan, dunyo,
tibbiyot,tabiiyot va gigiena singari massalalar, shuningdek, o’tmishda yashagan allomalar haqida
tasavur beradi (nomalum sabablarga ko’ra, ushbu qo’llanmaning ikkinchi qismi yozilmagan.
1403
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Bulardan tashqari Fitrat o’zbek tilining grammatikasini o’rganish ishlarini boshlab bergan
va shu soxa rivojiga katta hissa qo’shgan. U 1918-yilda Shokirjon Rahimiy va Qayum Ramazon
bilan hamkorlikda “ona tili” darsligini yaratdi. 1921-yilda Toshkentda bo’lib o’tgan Til va imlo
quriltoyida Fitrat o’zbek tilining sofligini taminlash va rivojlantirishga qaratilgan bir qancha
takliflarni o’rtaga tashladi. U 20-yillarda o’zbek tilining tabiatini o’rganishda davom etib, “O’zbek
tili qoidalari to’g’risida bir tajriba: “Sarf” (1924), “O’zbek tili qoidalari to’g’risida bir tajriba:
“Nahv” (1925) darsliklarini yaratdi va bu darsliklar 1930-yilga qadar bir necha marta nashr etildi.
Olim o’zbek tili morfologiyasi va sintaksisiga bag’ishlangan bu asarlari bilan o’zbek tili
grammatikasini ilmiy asosda o’rganish ishiga tamal toshini qo’ydi. Fitratning tilshunoslik
soxasidagi katta xizmatlaridan yana biri uning 20- yillarda qadimiy turkiy til, jonli xalq tili va
shevalarga tayangan holda, ilmiy-adabiy muomalaga kirib kelayotgan yangi tushincha hamda
hodisalarni ifodalash uchun o’zbek tilining lug’at fo’ndiga yangi so’zlar hamda atamalarni olib
kirganligidadir.
Bundan tashqari Fitrat tarixshunoslik va sharqshunoslik soxalariga oid fors tilida maqola
va risolalar ham yozdi, “Amir Olimxonning hukimronlik davri” shular jumlasidandir. 1921- yilda
B. Soliyev va B. S. Sergeyev bilan birgalikda Buxoro amiriga qarashli nodir qo’lyozmalar, vaqf
hujjatlarini yig’ish, ularga tartib va tavsif berish ishlarida ishtirok etdi. B. S. Sergeyev bilan
birgalikda V.L. Vyatkin arxivdagi saqlangan qozilarga oid hujjatlarni o’rganib, rus tilida
“казыйские документы XVI века” nomli kitobi 1937-yilda nashr ettirdi.
Fitratning san’atshunoslikka oid xizmatlari ham tahsinga sazavordir. U 1921-yil Buxoroda
Sharq musiqasi maktabini tashkil etib, bu maktabning birinchi direktori lavozimida ishlaydi.
Maktabda mumtoz musiqa bilimdonlari bilan birga Viktor Uspenskiy singari
musiqashunoslarni ham taklif qildi. U shu vaqtdan boshlab “Shashmaqom” kuylarini to’plash va
no’taga yozib olish ishlariga rahbarlik qildi. Fitratning tashabbusi bilan ota Jalol va ota G’iyosdan
Buxoro Shashmaqomi V.Uspenskiy tomonidan ilk bora notaga olinib, nashr etildi. Fitrat
“Shashmaqom”, “O’zbek musiqasi to’g’risida” maqolalari va “O’zbek klassik musiqasi va uning
tarixi” risolasi bilan XX asr o’zbek musiqashunoslik fanini boshlab berdi.
Fitratning otasi Abdurahimboy savdogar va sarrof bo’lgan. Onasining ismi Bibijon (to’la
nomi Nastarbibi, bazi manbalarda Mustafbibi) bo’lgan. Onasi 1866- yilda tug’ilgan. O’g’li
Abdurauf hibsga olingan vaqtda yani 1937-yilda u hayot bo’lgan. Oilada Abduraufdan tashqari
yana ikki farzand bo’lgan: ukase Abdurahmon va singlisi. Singlisi Mahbuba Rahim qizi nomi bilan
she’rlar yozgan, 1920-yillarning faol ayollaridan bo’lgan. Ukasi Abdurahmon 1910-yilda Kogon
bosmaxonasida harf teruvchi bo’lib ishlagan. Fitrat uch marta uylangan. Birinchi xotinidan
ajrashgan. Ikkinchi xotini vafot etgan. Uchinchi marta Buxorodagi Burxonovlar sulolasidan
Fotima Burxonova (Mutal Burxonovning opasi)ga uylandi.
1404
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
20-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab vaziyat o’zgargan. Sovet davlati mustahkam
o’rnashib brogan sari erkin fikrlashlar kamayib bordi. Ziyolilarni ayniqsa jadidlarni qoralash
boshlandi. Har qanday hodisaga sinfiy-partiyaviy yondashish nuqtayi nazari paydo bo’ldi. 1929-
yili “Qizil O’zbekiston” ro’znomasining 3-sonida J.Boybo’latov qalamiga mansub “O’zbek
adabiyotida chig’atoychilik” nomli maqola nashr etilgan. Maqola fitratning “O’zbek adabiyoti
namunalari” asariga tanqidiy ruhda yozilgan. Ya’ni Fitrat marksizmni inkor qilishda, o’tmishni
ideallashtrishda, burjua millatchiligi g’oyalari tashviqotida ayblanadi. Maqola muallifi bo’lgan
Fitrat va kitobiga so’zboshi yozgan Otajon Hoshim mat5buotda qarshi javov raddiya bilan
chiqadilar. 1930-yildan esa unga siyosiy ayblovlar qo’yila boshlandi. Yozgan bir qancha ishlari
uning “aksilsho’roviy” faoliyatiga “ashyoviy dalil” sifatida tilga olingan. “Shsrq haqiqati
ro’znomasining 1930-yilgi 180-, 182-, 183-sonlarida J.Boybo’latovning “O’zbekistonning adabiy
merosi” bayrog’I ostidagi “panturkizm” sarlavhali maqolasi bosildi. J.Boybo’latov yana Fitratning
iziga tushdi. 1923-yildagi ayblarini qozg’adi, sudga tortilmay qolganini eslatdi, “shoirni sinfiy
dushman” deb elon qildi. “O’zbeklarning adabiy merosi” asarini “Qur’on”ni nashr qilish
ploletariat ishiga qanchalik xiyonat bo’lsa, maskur “O’zbek adabiyoti namunalarining chop etilishi
ham shunchalik jinoyatdir”, degan xulosa chiqardi. Ushbu maqolaning ruscha tarjimadagi bir
nusxasi keyinchalik Fitratni ayblovchi xudjat sifatida uning “jinoiy ishi”ga ilova qilingan.
Matbuotdagi ayblovlarga qaramasdan F.Xojayev 1923-yildagi singari do’stini yana bir
marta saqlab qoldi. 1937-yilning 24-apreliga kelib Abdurauf Fitrat O’zbekiston prokurorining
ko’rsatmasi bilan Davlat Xavfsizligi Boshqarmasi to’rtinchi bo’limining boshlig’i Davlat
Xavfsizligi leytenanti Og’abekov tomonidan hibsga olindi.
Fitrat ilg’or demokratik g’oya va fikirlari uchun ko’pchilik jadidlar qatorida shakkorlik va
isyonkorlikda ayiblanadi. Chor ma’murlari esa uni mustamlakachilikka qarshi turganlikda
ayblaydilar, kommuniistik mafkura hukmron bo’lgan sho’rolar davrida esa, millatchilikda,
panturkizm g’oyasi tarafdori, “xalq dushmani” degan tuhmatlar bilan ayblanadi. Professor
H.Yoqubovning hikoya qilishicha, Fitratni 1937-yilgacha uning do’sti Fayzulla Xo’jayev o’z
himoyasiga olib kelgan. 1937-yilda ko’pchlik qatori Fitrat ham NKVD tomonidan qamoqqa
olingan. Losif Stalinning 1938-yil 28-martdagi “Otuvga e’lon qilinganlar ro’yhati”ga tushadi.
Abdurauf Abdurahim o’g’li Fitrat 1938-yil 4-oktyabr kuni Toshkent shahrining hozrgi Yunisobod
tumani Bozsuv qirg’og’idagi qatlgohida otib o’ldrildi. Uni o’linga mahkum qilish haqidagi sud
qarori bir kundan keyin ya’ni 1938-yilning 5-oktyabrida imzolandi. 1963-yil losif Stalin vafotidan
so’ng Fitrat nomi oqlandi.
1405
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
REFERENCES
1.
Fitrat. Turkistonda ruslar. “sharq yulduzi”, 1992.
2.
Fitrat. Tanlangan asarlar, ikki jildlik. “Ma’naviyat”, 2001.
3.
Fitrat. Najot yo’li. “Sharq”. 2002.
4.
G’aniyev.I, Fitratshunoslik, Buxoro, 1994;
5.
Boltaboyev. H, Qatog’on qilingan ilm. “Xazina” 1996.
