Authors

  • Gavhar Oltiboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.64292

Keywords:

klassik adabiyot yurt qayg’usi publitsistik faoliyat ilmiy ishlar.

Abstract

Sharq falsafasi atamasi bilan Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan falsafiy oqimlar, qarashlar majmuasi nomlanadi. Sharq falsafasiga hind, xitoy, fors, yapon, koreys hamda Oʻrta Osiyo falsafasi kiradi. Bu roʻyxatga baʼzan Bobil va Arab falsafasi ham kiritiladi, biroq bular gʻarb falsafasiga ham taalluqlidirlar.

background image

1139

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

ABDURAUF FITRATNING ILMIY VA SIYOSIY FAOLIYATI

Oltiboyeva Gavhar Nuraliyevna

Buxoro Davlat universiteti Fizika matematika axborot texnalogiyalari fakulteti amaliy

matematika yo’nalishi 1-1PMK24 guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14784355

Annotatsiya.

Sharq falsafasi atamasi bilan Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan falsafiy oqimlar,

qarashlar majmuasi nomlanadi. Sharq falsafasiga hind, xitoy, fors, yapon, koreys hamda Oʻrta

Osiyo falsafasi kiradi. Bu roʻyxatga baʼzan Bobil va Arab falsafasi ham kiritiladi, biroq bular

gʻarb falsafasiga ham taalluqlidirlar.

Kalit so‘zlar:

klassik adabiyot, yurt qayg’usi, publitsistik faoliyat, ilmiy ishlar.

SCIENTIFIC AND POLITICAL ACTIVITY OF ABDURAUF FITRAT

Abstract.

The term "Eastern philosophy" refers to a set of philosophical currents and views

that appeared on the Asian continent. Eastern philosophy includes Indian, Chinese, Persian,

Japanese, Korean and Central Asian philosophy. Babylonian and Arabian philosophy are

sometimes included in this list, but they also apply to Western philosophy.

Key words:

classical literature, national grief, journalistic activity, scientific works.

НАУЧНАЯ И ПОЛИТИЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ АБДУРАУФА ФИТРАТА

Аннотация.

Термин «восточная философия» относится к совокупности

философских течений и взглядов, возникших на азиатском континенте. Восточная

философия включает в себя индийскую, китайскую, персидскую, японскую, корейскую и

среднеазиатскую философию. В этот список иногда включают вавилонскую и арабскую

философию, но они также применимы и к западной философии.

Ключевые слова:

классическая литература, народное горе, журналистская

деятельность, научная работа.

KIRISH:

Koʻpgina jamiyatlar falsafiy muammolarni koʻrib chiqishdi va boshqa

jamiyatlar ishlari asosida oʻz falsafiy anʼanalarini qurishdi. Masalan, Yaqin Sharq falsafasi Gʻarb

falsafasi taʼsiri ostida boʻldi. Rus, Yahudiy, Islomiy, Afrika va baʼzi Lotin Amerikasi falsafiy

anʼanalari Gʻarb falsafasidan taʼsirlanishdi; biroq, oʻzlarining aslliklarini ham yoʻqotishmadi. Bu

anʼanalar orasidagi farqlar xush koʻrilgan tarixiy faylasuflar, gʻoyalar, uslublar yoki tillar bilan

aniqlanadi. Ularni bir-biriga tegishli metodlar bilan oʻrgansa boʻladi va ular orasida sezilarli

umumiyliklar bor.

Ilk falsafiy taʼlimotlar qadimiy Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo

boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga

bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga,


background image

1140

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm,

lokoyata) xisoblanadi. Qadimgi Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi 7-asrda

vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga „Qoʻshiqlar kitobi“,

„Bahor va kuz“ kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng „Aforizm“larini, daosizmni kiritish

mumkin

Abdurauf Fitrat 1886, Buxoro shahri, Buxoro amirligi 4-oktyabr, Toshkent shahri,

O‘zbekiston SSR — o‘zbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy

o’zbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri O’rta Osiyo jadidchiligining taniqli vakili, birinchi

oʻzbek professori. Jadidchilik milliy maʼrifatparvarlik harakatining tarafdori. Turkiyada ta’lim

olgan. Inqilobga qadar O’rta Osiyoni Rossiyadan ozod qilinishi harakatlarida faol qatnashgan,

politsiya nazorati ostida boʻlgan. Turkiyadagi “Yosh turklar” harakatidan

ilhomlanib, Buxoroda

„Yosh buxoroliklar“ partiyasini tuzgan, uning maʼnaviy rahnamosiga aylangan. Doʻsti va

maslakdoshi Munzim bilan hamkorlikda buxorolik 70 nafar yosh turkistonliklarni Germaniyaning

bir qator oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborgan. 1886-yilda Buxoro shahrida ziyoli oilasida

tugʻilgan, adibning otasi savdogarchilik bilan shugʻullangan boʻlib, 1918-yilgacha Qashqarda

turib qoladi. Yosh Abdurauf asosan onasi Mustafo Bibi(Bibijon) tarbiyasida qoladi, u 1908—

1913-yillarda Turkiya dorilfununida oʻqiyotganda uning zukko, bilimdonligi professor-

oʻqituvchilarni hayratga solidi. Unga Fitrat — Donishmand taxallusini beradilar.

Fitratning

dastlabki maqolalari „Hikmat“ jurnalida bosilgan. Oʻzi esa Rossiya imperiyasidan kelgan

muhojirlar bilan aloqa bogʻlagan. Fitratning Usmonlilar poytaxtida oʻtkazgan toʻrt yili Bolqon

urushi va Yosh turklarning konstitutsiyaviy inqilobiga toʻgʻri keldi

. Fitrat oʻqishni Istanbulda

davom ettirib yurgan kezlarida, hamyurtlari bilan birgalikda„ Buxoro ta’limi maorif jamiyati“ni

tuzgan. Bu jamiyat buxoroliklarning oʻzaro moddiy-maʼnaviy uyushmasi vazifasini bajargan

hamda Buxoro va Turkiston maorifining olgʻa siljishiga doir bir qator ishlarni amalga oshirgan.

Bu davrda Turkiya “Yosh turklar” inqilobidan mast davrni oʻz boshidan kechirardi.

Turkiyadagi bunday inqilobiy muhit albatta yosh Fitratga ham ijobiy taʼsir koʻrsatdi. U

siyosat maydoniga shoʻngʻib ketdi. Bu yerda Fitrat Sharq adabiyoti, sanʼati, tarixini chuqur va

atroflicha oʻrganadi. Ilgʻor taraqqiyparvar turk adabiyoti vakillari, turk adabiyoti orqali esa Gʻarb

adabiyoti bilan yaqindan tanishadi. Gʻarb va Sharq xalqlari madaniyati, adabiyotlari oʻrtasidagi

farqlarni oʻz koʻzi bilan koʻradi, uning sabablarini teranroq anglaydi.

Abdurauf Fitrat (1886–1938) Oʻzbekistonning atoqli maʼrifatparvarlari va jadidlar

harakatining asoschilaridan biri boʻlib, sharq falsafasiga va umuman, maʼrifatparvarlik gʻoyalariga

muhim hissa qoʻshgan. Uning sharq falsafasiga qoʻshgan hissasi bir necha narsani oʻz ichiga oladi.

Fitrat oʻz asarlari orqali islom falsafasi, Sharq adabiyoti va tarixini chuqur oʻrganib, ularning xalq

oʻngiga yaqinlashtirishga harakat qilgan.


background image

1141

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

U qadimiy sharq mutafakkirlari, rasmlari, Ibn Sino, Al-Farobiy, Beruniy kabi olimlarning

ilmiy merosini ommalashtirish. Fitratning asarlarida ilm-fan va maʼrifatning insoniyat hayotidagi

oʻrni keng yoritilgan. U sharq falsafasining asosiy g'oyalarini o'z zamonasining ijtimoiy-madaniy

muammolariga moslashtirib, xalqni maʼrifat va islohotga chorlagan. uning "Hind sayohati",

"Oila", "Chin sevish" kabi asarlarida Sharq va Gʻarb madaniyatining oʻzaro taʼsiri va maʼrifatning

ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Fitrat islom falsafasini faqat diniy doiradan tashqariga chiqarib,

uni ijtimoiy taraqqiyot sifatida koʻrsatgan. U islomdagi adolat, ilm olish va ahloqiy meʼyorlarni

targʻib qilib, ularning milliy uygʻonish uchun zamin deb.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topishi bilan Fitrat 1921-yilda Buxoroga taklif

qilinadi va shu-yildanoq maorif noziri vazifasida ish boshlaydi. 1922-yilda xorijiya (tashqi ishlar)

noziri, Xalq xoʻjaligi Kengashi raisi, Markaziy Ijroya Qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Xalq nozirlari

shoʻrosi raisi oʻrinbosari, Hukumat plan va smeta tashkiliy hay’atining raisi, BXSR mehnat

kengashining Prezidium aʼzosi va boshqa lavozimlarda xizmat qildi. Ikki yil davomida Buxoro

Xalq Respublikasida taʼlim vaziri va iqtisodiy rivojlanish kengashining rahbari sifatida faoliyat

yuritgan.

U shu davrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi mablagʻlari hisobiga 70 nafar turkistonlik

istiqbolli yoshlarning Germaniyaga borib oʻqishi, Buxoroda Sharq musiqasi maktabining tashkil

etilishi, fan va madaniyatga doir xalq qoʻlida sochilib yotgan noyob qoʻlyozmalarni toʻplashda

tashabbuskor boʻldi. Fitratning saʼy-harakatlari bilan Buxoro Xalq Sovet Respublikasida turk

(oʻzbek) tili davlat tili deb eʼlon qilindi. Davlat teatri tashkil qilinib, bu teatrda ishlash uchun

Toshkentdan Mannon Uygʻur va Choʻlpon, vaqf ishlarini boshqarish uchun esa Munavvar Qori

Abdurashidxonov taklif etildi (1921). Ammo 1923-yilda Yan Rudzutak boshchiligida Moskvadan

kelgan komissiya Fitratni ishdan olib, Rossiyaga„ chaqirib olingan“ deb eʼlon qildi va Fitrat

1923—1927-yillarda Moskvadagi Sharqshunoslik instituti (1921-yilgacha Sharq tillari instituti

deb nomlangan)da ishladi, ilm bilan shugʻullandi. Leningrad Davlat universitetining Sharq

fakultetida Turk, arab, fors tili va adabiyoti, madaniyatidan talabalarga dars berdi.

Leningrad Davlat universiteti professorligiga saylandi. “Abulfayzxon”, “Bedil”,

“Qiyomat”, “Shaytonnig Tangriga isyoni” kabi asarlar yozib, chop ettirdi. 1927-yilning boshida

Rossiyadan qaytgach, 1937-yilga qadar Samarqanddagi Oliy pedagogika inistituti (hozirgi

Samarqand Davlat universiteti) hamda Toshkentdagi Til va adabiyot institutida faoliyat ko’rsatadi.

Fitrat o’z hayoti davomida yuzlab ijtimoiy-publitsistik maqolalar, o’nlab ijtimoiy-siyosiy va ilmiy

risolalar yaratdi. U birgina Turkistonda emas, Afg’oniston, Hindiston, Turkiya matbuotida ham

faol ishtirok etdi. Fitratning adabiy merosi rang-barang.

U adib sifatida badiiy ijodning barcha turlarida qalam tebratibgina qolmay, oʻzbek

adabiyotining yangi janr va turlar bilan boyishi, sheʼr tuzilishining isloh etilishi, adabiy


background image

1142

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

realizmning teranlashishi, davr, jamiyat va xalq hayoti bilan bogʻliq boʻlgan muhim ijtimoiy

muammolarning oʻzbek adabiyotida badiiy talqin etilishiga ulkan hissa qoʻshdi.

Fitratning bizgacha yetib kelgan oʻzbek tilidagi sheʼrlari, 1917- va undan keyingi davrlarga

oid Ma’lumki, fevral inqilobidan keyin Turkiston xalqlarining mustaqillika erishishlari uchun juda

qulay fursat tug’ilgan. Fitrat shu davrda xalqni mustamlakachilik kishanlarini parchalab, milliy

istiqlol uchun kurashga daʼvat etuvchi sheʼrlar yozishga kirishgan. Ammo anʼanaviy aruz vazni,

uning nazarida, bunday zamonaviy gʻoyani ifodalash, xalqni oyoqqa turgʻazish va safarbar etish

kuchiga ega emas edi.

Shuning uchun ham Fitrat turk va tatar sheʼriyatlarida shakllangan, oʻzbek

xalq ogʻzaki sheʼriyatida ayrim unsurlari boʻlgan sochmani milliy adabiyotimizga olib kirdi.

Oʻz

ona diyorini ozod va hur koʻrishni orzu qilgan shoir „Yurt qaygʻusi“ deb nomlangan bir sheʼr va

toʻrtta sochma yozib, ularda hurriyat uchun kurash gʻoyasini baralla kuylaydi. Ijodkor mazkur

sochmalarida Turkistonni xoʻrlangan va xorlangan Ona obrazida tasvirlab, bu jabrdiyda Onani

zulmkorlardan xalos etish uchun Amir Temur singari insonlarni qoʻmsaydi.

U 1917-yillarda “Mirrix yulduziga”, “Shoir” kabi she’rlarni yaratib, Turkistonni endi ”qizil

mustamlakaga”ga aylantira boshlagan bolsheviklarga va ular barpo etayotgan tuzumga nafrat

tuygʻusini ifodaladi. Bundan tashqari Fitrat barmoq vaznida yozilgan mazkur sheʼrlari bilan xalq

ogʻzaki sheʼriyatining mulki boʻlgan barmoqni isloh etib, Choʻlpon bilan birga uni yozma

adabiyotga olib kirdi va unga yangi hayot bagʻishladi. Fitrat dramaturgiyasi ham oʻziga xosligi

bilan ajralib turadi. U 1916-yildan boshlab teatr uchun koʻplab asarlar yaratdi. Ammo uning

nafaqat 1916-1918-yillarda yozgan “Begijon”, “Qon” “Abo Muslim”, “O’gizxon” singari

pyesalari, hatto 1934-yilda yozgan “Toʻlqin” opera librettosi ham bizgacha yetib kelmagan.

Maʼlumki, Fitratning 5 pardali „Begijon“ pyesasida dehqonlarning xon zulmiga qarshi

koʻtargan isyonlari tasvir etilgan. “Temur sagʻanasi” pyesasida esa muallifning “Yurt qaygʻusi”

sochmasidagi istiqlol uchun kurash gʻoyasi oʻzining badiiy tajassumini topgan. Fitrat

oʻsha-

yillarda yozgan boshqa sahna asarlarida ham tarixiy oʻtmishga murojaat etganiga qaramay,

bolsheviklarning Turkistonda olib borgan gʻayrimilliy siyosatiga faol munosabat bildirib, zulm va

zoʻravonlikka asoslangan “yangi tuzum”ni keskin qoralagan. Fitrat ijodining shu davrdagi

yetakchi motivi — bolshevizmga qarshi kurash gʻoyasi “Chin sevish” (1920) va “Hind

ixtilolchilari” pyesalarida ayniqsa yorqin ifodalangan. Dramaturg Turkistonda Shoʻro hokimiyati-

yillarida sodir boʻlayotgan fojeali voqealarni Britaniyaning mustamlakasi boʻlgan Hindistonga

koʻchirib, ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashayotgan hind istiqlolchilari siymosida, maʼlum

maʼnoda, oʻz vatandoshlari obrazini yaratdi.

Javoharlal Neruning eʼtirof etishicha, Fitratning bu asarlari hind xalqining

mustamlakachilikka qarshi olib borgan kurashiga kuch va madad bergan. Sharq falsafasi ming

yillar davomida inson tafakkurining chuqur mushohadalari, axloqiy va diniy qarashlar majmuasini


background image

1143

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

ifodalaydi. Bu falsafiy yo‘nalish asosan haqiqatni, adolatni, ilohiy va insoniy munosabatlarni

anglashga qaratilgan. Abdurauf Fitrat bu qadimiy falsafiy maktablarning merosini o‘rganib, ularni

o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy muammolariga moslashtirishga harakat qildi.

Fitrat Sharq mutafakkirlarining, xususan, Ibn Sino, Al-Farobiy, Jaloliddin Rumiy, Al-

Buxoriy kabi buyuk allomalarning asarlarini chuqur tahlil qilib, ularning ma’rifat, axloq va ilmga

oid g‘oyalarini xalq o‘rtasida keng yoydi. Fitratning fikricha, Sharq falsafasining asosiy vazifasi

insonni kamolot sari yetaklash, uning axloqiy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlashdir. Fitratning

sharq falsafasiga qo‘shgan eng katta hissalaridan biri uning jadidchilik harakatidagi faoliyati bilan

bog‘liqdir. Jadidlar Sharq va G‘arb madaniyatining eng yaxshi jihatlarini uyg‘unlashtirish orqali

jamiyatni ma’rifatga chorlashni maqsad qilgan edilar. Fitrat bu harakatning asosiy

nazariyotchilaridan biri sifatida Sharq falsafasining g‘oyalarini yangi davr talablariga

moslashtirishga muvaffaq bo‘ldi Abdurauf Fitratning sharq falsafasiga qo‘shgan hissasi uning

ilmiy, badiiy va ma’rifiy faoliyatida yaqqol ko‘rinadi. U Sharqning boy madaniy va falsafiy

merosini zamonaviy hayot bilan uyg‘unlashtirib, jamiyatni ma’naviy va madaniy yuksalish sari

yetaklashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Fitratning g‘oyalari bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib,

xalqning ma’naviy kamoloti uchun bebaho manba hisoblanadi.

Bulardan tashqari Fitrat oʻzbek tilining grammatikasini oʻrganish ishlarini boshlab bergan

va shu soha rivojiga katta hissa qoʻshgan. U 1918-yilda Shokirjon Rahimiy va Qayum Ramazon

bilan hamkorlikda “Ona tili” darsligini yaratdi. 1921-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan Til va imlo

qurultoyida Fitrat oʻzbek tilining sofligini taʼminlash va rivojlantirishga qaratilgan bir qancha

takliflarni oʻrtaga tashladi.Olim oʻzbek tili morfologiyasi va sintaksisiga bagʻishlangan bu asarlari

bilan oʻzbek tili grammatikasini ilmiy asosda oʻrganish ishiga tamal toshini qoʻydi.

Fitratning tilshunoslik sohasidagi katta xizmatlaridan yana biri uning 20-yillarda qadimiy

turkiy til, jonli xalq tili va shevalarga tayangan holda, ilmiy-adabiy muomalaga kirib kelayotgan

yangi tushuncha hamda hodisalarni ifodalash uchun oʻzbek tilining lugʻat fondiga yangi soʻzlar

hamda atamalarni olib kirganligidadir.

Olim "Eng eski turk adabiyoti namunalari", "Oʻzbek adabiyoti namunalari" tazkiralarini

tuzib, milliy adabiy merosimizning eng qadimgi davrdan soʻnggi davrlarga qadar yaratilgan

namunalarini toʻplab, muayyan tizimga soldi (“Oʻzbek adabiyoti namunalari"ning ikkinchi jildi

nomaʼlum sabablarga koʻra eʼlon qilinmagan)”.

Qutadgʻu bilig“ singari oʻzbek yozma

adabiyotining xalq orasida sochilib yotgan noyob yodgorliklarini qoʻlga kiritish, oʻrganish va chop

etishga intildi.

Oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalarini ilk bor oʻrganib, “Bedil”, “Navoiyning

forsiy shoirligi va uning forsiy devoni toʻgʻrisida”, “Qutadgʻu bilig”, “Ahmad Yasaviy”,

“Yassaviy maktabi shoirlari toʻgʻrisida tekshirishlar”, “Hibbat ul-Haqoyiq”, “Oʻzbek shoiri

Turdi”, “XVI asrdan soʻngra oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash”, “Muhammad Solih”, “Fors


background image

1144

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

shoiri Umar Xayyom”, “Mashrab”, “Farxodu Shirin” dostoni toʻgʻrisida kabi katta ilmiy qimmatga

ega risola va maqolalar yaratdi. Fitrat bu tadqiqotlari bilan oʻzbek adabiyotshunoslik maktabiga

poydevor qoʻydi.

“Sheʼr va shoirliq”, “Adabyot qoidalari”, “Sanʼatning manshai”, “Aruz haqida”

singari maqola va risolalari bilan adabiyot nazariyasi faniga asos soldi.

Fitratning sanʼatshunoslikka oid xizmatlari ham tahsinga sazovordir. U 1921-yil Buxoroda

Sharq musiqasi maktabini tashkil etib, bu maktabning birinchi direktori lavozimida ishlaydi.

Maktabga mumtoz musiqa bilimdonlari (sozanda, xonandalar) bilan birga Viktor

Uspenskiy singari musiqashunoslarni ham taklif etdi. U shu vaqtdan boshlab “Shashmaqom”

kuylarini toʻplash va notaga yozib olish ishlariga rahbarlik qildi. Fitratning tashabbusi bilan ota

Jalol va ota Gʻiyosdan Buxoro Shashmaqomi V. Uspenskiy tomonidan ilk bora notaga olinib,

nashr etildi. Fitrat “Shashmaqom”, “Oʻzbek musiqasi toʻgʻrisida” maqolalari va “Oʻzbek klassik

musiqasi va uning tarixi” risolasi bilan XX asr oʻzbek musiqashunoslik fanini boshlab berdi. 20-

yillarning 2-yarmidan boshlab vaziyat oʻzgaradi. Sovet davlati mustahkam oʻrnashib borgan sari

erkin fikrlashlar kamayib bordi. Ziyolilarni, ayniqsa jadidlarni qoralash boshlandi. Har qanday

hodisaga sinfiy-partiyaviy yondashish nuqtayi nazari paydo boʻldi.

1929-yili “Qizil Oʻzbekiston” roʻznomasining 3-sonida J.Boyboʻlatov qalamiga mansub

“Oʻzbek adabiyotida chigʻatoychilik” nomli maqola nashr etilgan.

Maqola Fitratning “Oʻzbek

adabiyoti namunalari” asariga tanqidiy ruhda yozilgan. Yaʼni Fitrat marksizmni inkor qilishda,

oʻtmishni ideallashtirishda, burjua millatchiligi gʻoyalari tashviqotida ayblanadi. Maqola muallifi

boʻlgan Fitrat va kitobga soʻzboshi yozgan Otajon Hoshim matbuotda qarshi javob raddiya bilan

chiqadilar. 1930-yildan esa unga siyosiy ayblovlar qoʻyila boshlandi. Yozgan bir qancha ishlari

uning „aksilshoʻroviy“ faoliyatiga „ashyoviy dalil“ sifatida tilga olindi.”Sharq haqiqati”

ro’znomasining 1930-yilgi 180-,182-,183-sonlarida J.Boyboʻlatovning „Oʻzbeklarning adabiy

merosi“ bayrogʻi ostidagi panturkizm" sarlavhali maqolasi bosildi. J.Boyboʻlatov yana Fitratning

iziga tushdi. 1923-yildagi „ayb“larini qoʻzgʻadi, sudga tortilmay qolganini eslatdi, shoirni „sinfiy

dushman“ deb eʼlon qildi. „Oʻzbeklarning adabiy merosi“ asarini „Qur’on“ni nashr qilish

proletariat ishiga qanchalik xiyonat boʻlsa, mazkur „Oʻzbek adabiyoti namunalarining chop

etilishi ham shunchalik jinoyatdir“, degan xulosa chiqardi. Ushbu maqolaning ruscha tarjimadagi

bir nusxasi keyinchalik Fitratni ayblovchi hujjat sifatida uning „Jinoiy ishi“ga ilova qilingan.

Matbuotdagi ayblovlarga qaramasdan F.Xoʻjayev 1923-yildagi singari doʻstini yana bir marta

saqlab qoldi.

1937-yilning 24-apreliga kelib Abdurauf Fitrat Oʻzbekiston prokurorining

koʻrsatmasi bilan Davlat Xavfsizligi Boshqarmasi toʻrtinchi boʻlimining boshligʻi Davlat

Xavfsizligi leytenanti Ogʻabekov tomonidan hibsga olindi.

Fitrat ilgʻor demokratik gʻoya va fikrlari uchun koʻpchilik jadidlar qatorida shakkoklik va

isyonkorlikda ayblandi.


background image

1145

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Chor

maʼmurlari

esa

uni

mustamlakachilikka

qarshi

turganlikda

aybladilar, kommunistik mafkura humron boʻlgan shoʻrolar davrida esa, millatchilikda,

panturkizm gʻoyasi tarafdori, „xalq dushmani“ degan tuhmatlar bilan aybladilar. Professor

H.Yoqubovning hikoya qilishicha, Fitratni 1937-yilgacha uning doʻsti Fayzulla Xoʻjayev oʻz

himoyasiga olib kelgan.

1937-yilda koʻpchilik qatori Fitrat ham NKVD tomonidan qamoqqa

olingan. Iosif Stalinning 1938-yil 28-martdagi „Otuvga eʼlon qilinganlar roʻyxati“ga tushgan.

XULOSA:

1991-yil

25-sentabrda

Abdurauf

Fitrat

o’zbek

dramaturgiyasini

rivojlantirishdagi, ralistik adabiy tanqidchilik hamda adabiyotshunoslik maktabiga asos solishdagi

xizmatlari uchun Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respubblikasi Davlati mukofoti

berildi. Mustaqillik ordeni berildi. Toshkent va Buxoroda Fitrat nomidagi koʻchalar,

maktablar

ochildi. Buxoro shahrida Fitrat bogʻi va uy-muzeyi tashkil qilindi (1996). Buxoro shahrida Fitrat

haykali oʻrnatildi. 1996-yilda Abdurauf Fitrat tavalludining 110-yilligi mamlakat miqyosida

nishonlandi, „Oʻzbekiston pochtasi“ tomonidan Fitratga bagʻishlangan pochta markalari

chiqarildi.

Abdurauf

Abdurahim

o’g’li Fitrat 1938-yil 4-oktyabr kuni Toshkent shahrining

hozirgi Yunusobod tumani Boʻzsuv qirgʻogʻidagi qatlgohda otib oʻldirildi.Uni o’limga mahkum

qilish haqidagi sud qarori bir kundan keyin ya’ni 1938-yilning 5-oktyabrida imzolandi. 1963-yil

Iosif Stalin vafotidan so’ng Fitrat nomi oqlandi.

REFERENCES

1.

“Fitratning adabiyotshunoslikka oid qarashlari” Orzigul Hamroyeva “Bookmany print”

nashriyoti, 2023.

2.

Fitrat, Eng eski Turk adabiyoti namunalari

Toshkent Samarqand, 1927 // Fitrat, Eng eski

Turk adabiyoti namunalari / Nashrga tayyorlovchi O. Xamroyeva.

Toshkent, 2008. 195 b

3.

Fitrat. Tanlangan asarlar. 4 jildlik, 1-jild. Toshkent: manaviyam, 2000. 188-bet.

4.

Fitrat. Tanlangan asarlar. 4 jildlik, 2-jild. Toshkent: manaviyam, 2000. 208-bet.

5.

Fitrat. Tanlangan asarlar. 4 jildlik, 3-jild. Toshkent: manaviyam, 2000. 256-bet.

6.

Fitrat. Tanlangan asarlar. 4 jildlik, 4-jild. Toshkent: manaviyam, 2000. 254-bet.

7.

G’aniyev I. Fitrat. Etiqod, ijod.

Toshkent, 1994-246- bet.

8.

Boltaboyev X. Mumtoz so’z qadri.

Toshkent: Adolat, 2004. 192- bet

9.

Abdurauf Fitrat “ Chin sevish” G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti 1996-

yil

References

“Fitratning adabiyotshunoslikka oid qarashlari” Orzigul Hamroyeva “Bookmany print” nashriyoti, 2023.

Fitrat, Eng eski Turk adabiyoti namunalari- Toshkent Samarqand, 1927 // Fitrat, Eng eski Turk adabiyoti namunalari / Nashrga tayyorlovchi O. Xamroyeva. - Toshkent, 2008. 195 b

Fitrat. Tanlangan asarlar. 4 jildlik, 1-jild. Toshkent: manaviyam, 2000. 188-bet.

Fitrat. Tanlangan asarlar. 4 jildlik, 2-jild. Toshkent: manaviyam, 2000. 208-bet.

Fitrat. Tanlangan asarlar. 4 jildlik, 3-jild. Toshkent: manaviyam, 2000. 256-bet.

Fitrat. Tanlangan asarlar. 4 jildlik, 4-jild. Toshkent: manaviyam, 2000. 254-bet.

G’aniyev I. Fitrat. Etiqod, ijod. – Toshkent, 1994-246- bet.

Boltaboyev X. Mumtoz so’z qadri. - Toshkent: Adolat, 2004. 192- bet

Abdurauf Fitrat “ Chin sevish” G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti 1996-yil