Authors

  • Moxichehra Xudayberdiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63655

Keywords:

Xalq oo‘zaki ijodi Uyo‘onish davri Uyo‘onish adabiyoti. Jadidlar xotirasi.

Abstract

1938-yilning shu kunida Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, yana faoliyati aksariyat jamoatchilikka noma’lum qolayotgan yuzdan oshiq o‘zbek ziyolilari o‘z vatanining poytaxti Toshkentda kommunistlar rejimi rahbari Stalin tasdiqlagan hujjatga muvofiq otib tashlangan. Qatl etilganlarning barchasi milliy uyg‘onish harakati faollari, jadidchilar edi. Turkistonni bosqindan, qoloqlik botqo‘g‘idan, arosatdan ozod qilishga bel bog‘lagan, buni qurolli qo‘zo‘alon emas, o‘qish, ta’lim sifati bilangina amalga oshirishga shubha qilmagan ma’rifatparvarlar “xalq dushmani” tamo‘asi ostida otuvga hukm qilindi.

background image

1003

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

YANGI MILLIY UYG‘ONISH DAVRI VA UYG‘ONISH ADABIYOTINING BUYUK

VAKILI: FITRAT TADQIQOTLARIDA XALQ OG‘ZAKI IJODI NAMUNALARI

Xudayberdiyeva Moxichehra Alisher qizi

Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti

3-bosqich Yurisprudensiya yo‘nalishi 5/2-guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14742826

Annotatsiya. 1938-yilning shu kunida Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla

Qodiriy, yana faoliyati aksariyat jamoatchilikka noma’lum qolayotgan yuzdan oshiq o‘zbek

ziyolilari o‘z vatanining poytaxti Toshkentda kommunistlar rejimi rahbari Stalin tasdiqlagan

hujjatga muvofiq otib tashlangan. Qatl etilganlarning barchasi milliy uyg‘onish harakati faollari,

jadidchilar edi. Turkistonni bosqindan, qoloqlik botqo‘g‘idan, arosatdan ozod qilishga bel

bog‘lagan, buni qurolli qo‘zo‘alon emas, o‘qish, ta’lim sifati bilangina amalga oshirishga shubha

qilmagan ma’rifatparvarlar “xalq dushmani” tamo‘asi ostida otuvga hukm qilindi.

Kalit so’zlar: Xalq oo‘zaki ijodi, Uyo‘onish davri, Uyo‘onish adabiyoti. Jadidlar xotirasi.

THE NEW NATIONAL AWAKENING PERIOD AND THE GREAT

REPRESENTATIVE OF AWAKENING LITERATURE: EXAMPLES OF FOLK ORAL

CREATION IN THE STUDIES OF NATURE

Abstract. On this day in 1938, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cholpon, Abdulla Qadiri, and

more than a hundred other Uzbek intellectuals whose activities remain largely unknown to the

public were shot in Tashkent, the capital of their homeland, according to a document approved by

Stalin, the leader of the communist regime. All those executed were activists of the national revival

movement, Jadidists. Enlightenmentists who decided to liberate Turkestan from invasion,

backwardness, and oppression, and had no doubt that this could be done not by armed uprising,

but by the quality of education and study, were labeled "enemy of the people" was sentenced to

death under.

Key words: Folk art, Renaissance period, Renaissance literature. Memory of Jadids.

НОВЫЙ НАЦИОНАЛЬНЫЙ ПЕРИОД ПРОБУЖДЕНИЯ И ВЕЛИКИЙ

ПРЕДСТАВИТЕЛЬ ЛИТЕРАТУРЫ ПРОБУЖДЕНИЯ: ПРИМЕРЫ НАРОДНОГО

УСТНОГО ТВОРЧЕСТВА В ИССЛЕДОВАНИЯХ ПРИРОДЫ

Аннотация. В этот день в 1938 году в Ташкенте, столице их родины, согласно

документу, утвержденному Сталиным, были расстреляны Абдурауф Фитрат,

Абдулхамид Чолпон, Абдулла Кадыри и более сотни других узбекских интеллектуалов, чья

деятельность остается в значительной степени неизвестной общественности. лидер

коммунистического режима. Все казненные были активистами движения национального

возрождения, джадидистами. Просветители, решившие освободить Туркестан от


background image

1004

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

нашествия, отсталости и гнета и не сомневавшиеся в том, что это можно сделать не

вооруженным восстанием, а качеством образования и учебы, были заклеймены как «враги

народа», приговорены к смертной казни пост.

Ключевые слова: Народное искусство, период Возрождения, литература

Возрождения. Память о джадидах.

Kirish:

Alloh bergan ne’matlarning eng buyugi aqldir, shu aql odamlarni maxluqlar

orasida mukarram va musharraf qilgandir. Xudovandi taborak va taolo bizga aqlni haqni botildan

manfaatni zarardan ajrata olish uchun, nimaiki zarar va botil bo‘lsa tark etish uchun bergan. Bas,

sen aql-u donishning rahnamoligida foydagaerishsang, u foydani (aql bergan) Allohdan ko‘r.

Zero, foyda aql mahsuli bo‘lib, uni Alloh senga baxshida etgandir. Agar aqlga xilof yo‘lga

yurib zarar ko‘rsang, u zararni o‘zingdan ko‘r. Zero, sen Alloh rahnamo qilgan aqlga muxolif

bo‘lding va shundan zarar topding. Abdurauf Fitrat 1886-yili Buxoro shahrida tug‘ilgan, uning

otasi Abdurahimboy o‘z zamonasining ziyoli boylaridan bo‘lgan. Abduraufning onasi Mustafbibi

o‘qimishli ayol bo‘lib, farzandlar ta’limi hamda tarbiyasi bilan ko‘proq o‘zi masho‘ul bo‘lishga

to‘g‘ri kelgan. Nozikta’b onasining izchil ta’siri ostida Abduraufda juda yoshligidanoq she’r zavqi

uyo‘ongan. Abduraufning taxallusi Fitrat bo‘lib, bu so‘zning luo‘aviy ma’nosi “yaratmoq”dir.

Davr tazyiqi kuchayib, uning zamondoshlari o‘z asarlariga bir necha taxallus va laqablar

bilan imzo chekishga majbur bo‘lganlarida ham adib yolo‘iz shu taxallusni qo‘llagan.

Hatto rasmiy idoralardagi xizmat chog‘ida va xavfsizlik qo‘mitasining hujjatlarida ham

mana shu nom ba’zan familiya o‘rnida qo‘llanilgan. Abdurauf Fitrat dastlab ibtidoiy maktabda

so‘ngra Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil ko‘rgan. Talabalik chog‘ida mavjud madrasa

tahsili bilan cheklanmay, zamonining taraqqiyparvar ulamolaridan o‘zi mustaqil ravishda saboq

olgan.

Fitrat hayotining o‘ta sermazmun pallalaridan biri uning Istanbul davridir. O‘zbek

fitratshunoslarining maqola va tadqiqotlarida shu davrga oid sanalar juda chalkash ko‘rsatilgan.

Hatto bu voqealarning shohidi S.Ayniy Fitratning xorijda bo‘lgan davrini bir paytda 1910-

yil deb aytsa, boshqa bir o‘rinda 1911-yilni

1

ko‘rsatadi. Nisbatan ishonchli manbalardan biri

sifatida XX asrning boshlarida Turkistonda yashagan olim va siyosiy arbob Zaki Validi

To‘g‘onning xotiralariga murojaat qilamiz. Ularda qayd etilishicha 1910-yilda Buxoroda “Tarbiati

Atfol” jamiyati tuzilgan bo‘lib, u yiliga xayriya yo‘li bilan bir necha talabani xorijga o‘qish uchun

yuborib turgan va u yerda o‘z shu’basi (filiali)ni ochishga musharraf bo‘lgan. Bu shu’ba “Buxoro

tamimi maorif jamiyati” nomi bilan rasmiy jamiyat tusini olgan. 1910-yilda Eron yo‘li bilan

1

S.Ayniy Tarixi inqilobi Buxoro. B.83,101.


background image

1005

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Konstantinopolga kelgan shoir Fitrat bilan Muqimiddin hamda Rossiya yo‘li orqali kelgan

Usmonxo‘ja, o‘uljali Abdulaziz, Sodiq Ashur o‘o‘li bu jamiyatning quruvchilari edilar”

2

Fitrat qo‘shni yurtga butun dunyoga ta’rifi ketgan inqilobchi yoshlar harakatidan keyin

borgan edi. Shubhasiz, u bu harakat natijalaridan saboq olgan, uning tashabbuskorlari bilan

hamsuhbat bo‘lgan. Xorijiy fitratshunoslardan birining fikriga ko‘ra, shu mamlakatdagi

ma’rifatparvarlik harakati Fitratga ta’sir etmasdan qolmadi. U muallimlar gimnaziyasida o‘qir

ekan, yosh turklarning faoliyatiga qiziqib qaradi va ularning harakat usullarinio‘rgana boshladi.

Fitrat xorijdagi talabalik vaqtidayoq o‘zining boshlano‘ich asari “Mounozara”ni yozdi

3

.

Darhaqiqat, Fitratning “Munozara” asarida shunday satrlar bor: “Ushbu zamonda har bir

millatparvar olim o‘zining hamjinsi va hamnav’ining manfaati va va saodati yo‘lida tekinga xizmat

qilur. Hatto bu yo‘lda mol va jonini ayamayturo‘on chin odamlar oz emasdurlar.

Chunonchi, tasavvur qilingiz: Anvarbek- Niyozbeklar usmonli mashrutasi uchun qancha

fidokorlik qildilar. Bu zotlarning-da muddaosi o‘z millatining osoyishi va saodatidan boshqa ne

edi?”

4

Shu bilan birga, Fitrat xorijda nashr etilayotgan va o‘ziga madrasa talabalaridan o‘ziga

yaxshi tanish bo‘lgan “Turk yurdu”, “Sirotul-mustaqim” va “Tarifi muslimin” kabi majalla va

jaridalar hamkorlik qila boshladi. Ayniqsa, ulug‘ turk shoiri Mehmet Akif muallifligida nashr

etilayotgan “Sirotu-l-mustaqim” jaridasi bilan faol hamkorlikni tasdiqlovchi manbalar anchagina.

Jaridaning 1911-1924-yillardagi sonlarida Buxoro hayotiga oid o‘nlab maqola va xabrlar

berilgan. Ularning ko‘pchiligi buxorolik muxbir O‘iyosiddin Hasaniy qalamiga mansub bo‘lsa

ham, ular, shubhasiz, Fitrat tahlilidan o‘tganini anglash qiyin emas. Bu maqola Mehmet Akifning

xotiralari va turk olimi SH.O.Fuodning “Turk bosin tarixi”(1960) kitobini eslash kifoya.

“Ta’rifi muslimin” majallasida Fitrarning “Buxoro vaziri Nasrullohbek Parvonachi

hazratlarina ochiq maktub”i e’lon qilinadi. Fors tilida chop qilingan bu maktubda “qora xabarlar

va o‘t orasida qolg‘an parishonhol ahli vatan”ning dardi bayon qilinib, uni yengillatish choralari

ko‘proq tojdor Hazrat va uning vaziri Nasrullohbekka boo‘liq ekani aytilish bilan birga:”Har

qancha ko‘z va quloo‘ingizni berkitsangiz ham, bu qadimiy islom millatining faryodi va muqaddas

vatanimizning xarobligiga achinmay tura olmaysiz... Millatimiz va yurtimizni shu holga keltirib

qo‘ydikki, dunyoning burchagida eng qiyin kunlarda tashvish chekib yashayotgan odanlar ham

bizning ahvolimizga qon yio‘lamoqdalar” kabi otashin satrlar bilan vaziri a’zamga murojaat

etiladi.

2

Zeki Velidi Togan. Bugungu Turkili Turkistan ve yakin tarihi. Istnbul, 1981.B.354.

3

“Milliy Turkiston”, 1952, 80-81-son.B.13

4

Hindistonli bir farangi ila buxoroli bir mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadida xususinda qilg’an

munozarasi. Muharriri Fitrat


background image

1006

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Asosiy qism.

1918-yil boshida e’lon qilingan “Buxoroning holi”da yozilishicha:”Russiya

inqilobi, imperatorning taxtdan tushgani, rus hukumatining xalq qo‘liga ko‘chdio‘I Buxoro

hukumatiga inqilobning haqiqati va inqilobchilarning tilaklarini bildurdi.

Inqilobchilarning himoyasiga sig‘ingan yoshlardan Buxoro hukumati biram qo‘rqdi”. Shu

ruhdan alanga olib, imkoniyatni boy bermay o‘alaba sari harakat qilmoq kerakligini Fitrat tushundi

va Buxoroning qorono‘idan chiqishi uchun yo‘l axtardi, biroq vaziyatni, rus to‘ralarining zobiti

tarixini yaxshi bilgan adib bu yo‘lda ularga ergashib bo‘lmasligini uqtirdi va, notijada, Buxoro

uchun ayricha bir yo‘l zarur, degan xulosaga keldi.

Fitrat “Buxoroda inqilob” turkum maqolalarida yozganidek, “Xalq og‘zinda yangigina bir

so‘z tushub qoldi: Buxoroda hurriyat bo‘lar ekan”. Fitrat Buxoroning bu yo‘lini belgilar ekan ,

avvalo, mish mishlarga aniqlik kiritmoqchi bo‘ladi, ya’ni 1918-yilda yuz bergan hodisalarni tahlil

qilib, xalqning ko‘zini ochmoqqa va ana undan keyin bu harakatlarni inqilob sari burmoqqa niyat

qiladi. Ana shu olijanob maqsad bilan yoza boshlagan risolasining boshlang‘ichida “… Mana bul

risolani shunlarni onglamoq uchun qo‘limo‘a oldim. Negaki, tilagim haqiqatni xalqo‘a

onglatmoqdir. Haqiqatni butun ochib onglata bilmak uchun bul risolani uch bo‘lakka tartib

etdim:1)Buxoroning holi; 2)Fitna soatlari; 3)Yoshlarning tilari” (69-son). Taasufki, risolaning

bosh qismi gazetadan e’lon etilgach, 1918-yilgi qonli voqealar, ya’ni Turkiston muxtoriyatining

yakson qilinishi sabab “Hurriyat” yopib qo‘yildi.

Fitrat populistik asarlari birgina “Hurriyat” sahifalarida aks etgan maqolalardan iborat

emas. Behbudiy muharrirligida chop etilgan “Samarqand” va “oyina” kabi gazeta jurnallarda,

U.Asadullaxo‘jayev muharrirligida chiqan “Sadoyi Turkiston”. Toshkentda bevosita Fitrat

tahririda chiqqan “Tong”, Buxoroda chop etilgan “Buxoroyi sharif”, “Turon”va “Buxoro axbori”

gazetalarida, so‘ngga esa Toshkentdagi faol nashrlardan bo‘lgan “Ishtirokiyun”, “Maorif va

o‘qito‘uchi” kabi ommaviy axbarot vositalarida ham Fitrat o‘nlab asarlari e’lon qilingan.

Nafaqat mamlakatda, balki xorijiy nashrlarda ham Fitratning publitsistik asarlarini ko‘plab

uchratish mumkin. U talabalik paytlaridanoq Istanbulda chop etilgan “Turk yurti”, “Sirotu-l-

mustaqiyim” (To‘o‘ri yo‘l), “Ta’rifi muslimin”(“Musulmonlar ta’riflari”) kabi nashrlarda faol

ishtirok etgan.

Abdurauf Fitrat “Qo‘rqud ota kitobi”dan namunalar keltirar ekan, eposda boshqa

qahramonlik dostonlariga o‘xshash o‘rinlar borligini e’tirof etadi. Majmuada eposning 3-

hikoyasidan parchalar berib, izoh sifatida quyidagilarni keltiradi: “Alpomish” dostonimiz bilan

juda ochiq boshlanishi bordir. Hatto ikkala dostondagi qahramon ham Boybo‘ra, Boybo‘ri

o‘g‘lidir”. Fitrat ta’kidlaganidek, bu ikki epos syujet va obrazlari tizimi hamda o‘o‘uz eposi

bo‘lishi jihatidan biribiriga juda o‘xshash.


background image

1007

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Fitrat majmuasida keltirilgan matn professor Muharram Erkin tomonidan 1986 yilda nashr

ettirilgan epos matni bilan solishtirilganda, ularning aynan ekanligiga amin bo‘ldik. “O‘zbek

adabiyoti namunalari” arab alifbosida nashr ettirilgan. Majmuadagi epos matni ham shu yozuvda

berilgan. Turk tilidagi qattiq va yumshoq unlilar shakli bir xil harflar vositasida berilgan.

Shuning uchun ham har ikkala matn orasidagi farqli xususiyatlar unlilarning o‘zgarishi,

jarangli va jarangsiz undoshlarning almashinuvida ko‘zga tashlanadi, xolos. Bu holatni esa

yuqorida ta’kidlaganimizdek, matnni arab alifbosida berilganligida deb izohlash mumkin. Fitrat

majmuasida keltirilgan quyidagi parchalar “Bir kun. Qamg‘on o‘g‘li Xon Boyundur yerindan

turmishdi. (Shomi kunliki) yer yuzina dekdirmishdi. Ola sayvoni ko‘k yuzina oshonmishdi”

Muharrem Ergin nashrida quyidagicha beriladi: “Bir gun. Qam xon o‘li Boyindir yerinden

turmish-idi. Shami gunlugi yir yuzine dekdirmish-idi. Ala sayvoni go‘k yuzine ashanmish-idi”.

Fitrat majmuadagi matnlarning ba’zi o‘rinlarini qisqartirib beradi. Biroq bu qisqartirishlar

u qadar ahamiyatli emas. Majmuadagi matnni kuzatish jarayonida Fitratning o‘rganayotgan asarga

ijodiy yondashganligiga guvoh bo‘lish mumkin. Grammatik qoidalarni bilgan olim

var idi,

do‘shanmish idi, demish idi

kabi so‘zlarni qo‘shib

vardi, do‘shanmishdi, demishdi

shakllarida

keltiradi. Ba’zi o‘rinlarda matnni ulash maqsadida

va

boo‘lovchisini qo‘shib ishlatadi.

Majmuadagi “Qo‘rqud ota kitobi”dagi ilk matn Darsaxonning farzandli bo‘lishi

voqealarini aks ettirgan parchalar bo‘lib, keyingi namuna “Uchinchi hikoya” sarlavhasi ostida

berilgan Boybo‘ra haqidagi voqealardir.

Ba’zi o‘rinlarda matnlar orasida leksik farq ham ko‘zga tashlanadi. Fitrat majmuasida

keltirilgan parchadagi

ayvon

so‘zi Muharrem Erkin nashrida

ivin

shaklida qo‘llangan. Muharram

Erkin matnidagi

Qaba o‘kchem altina solayinmi

misrasiga qo‘shimcha ravishda Fitrat

(qaba

o‘kcha taqim)

jumlasini qo‘shgan. Bu kabi leksik farqlar juda oz. Matnlar aynan. Selim Xanji

o‘o‘li tomonidan e’lon qilingan matn esa bu ikki matndan tubdan farq qiladi. Hikoyalar mazmuni

bir xil bo‘lsa-da, matniy farqlar juda ko‘p. Professor Muharram Erkin kitobning so‘zboshisida

doston Drezden nusxasi asosida nashr ettirilganini ta’kidlab o‘tgan. Fitrat majmuasida keltirilgan

matn bilan ushbu matn bilan bir xil ekanligini hisobga olib, Fitrat ham aynan shu nusxadan

foydalangan, degan xulosaga kelish mumkin. Chunki Drezden nusxasi adabiyotshunos olimlar

tomonidan eng mukammal nusxa deya tan olingan.

XULOSA:

Qahramonlik dostonlari sirasiga kiruvchi “Alpomish” ilk yozib olingan

davridayoq olimlar va kitobxonlar diqqat markazida bo‘ldi. Doston ilk bor Fozil Yo‘ldosh o‘o‘li

hamda Hamroqul baxshilardan O‘ozi Olim tomonidan yozib olingan bo‘lib, 1922 yilda “Bilim

o‘chog‘i” jurnalida nashr ettirilgan. 1928 yilga kelib folklorshunos olim Hodi Zarif Fozil Yo‘ldosh

o‘o‘lidan dostonning yana bir variantini yozib olgan.


background image

1008

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Dostonning keyingi namunalari Berdi baxshidan Abdulla Alaviy, Saidmurod Panoh

o‘o‘lidan Shamsi Murodov tomonidan yozib olingan. Doston yozib olingan ilk davrlardan boshlab

ularni o‘rganish, matnlarni solishtirish, tahlil qilish, o‘oyaviy hamda matniy farqlanishlarni

o‘rgana boshlashdi. Bu izlanishlarning ilk debochasi sifatida Abdurauf Fitrat tadqiqotlarini taqdim

qilish mumkin. Fitrat “Alpomish” dostoni tadqiqiga kirishishdan oldin deyarli har bir asarida el

adabiyoti hamda yozma adabiyot tushunchalarini farqlashga, tarkibidagi namunalarning

mohiyatiga alohida e’tibor qaratadi.

Xususan, el va yozma adabiyot farqini ularning muallifi mavjud yoki mavjud bo‘lmasligida

deb baholash biryoqlama (shakliy holat) bo‘lishini, ulardagi asosiy farq ruhida ekanligi ta’kidlaydi.

Fitrat “Adabiyot qoidalari” asarida sochim va saj’ tushunchalarini izohlar ekan, ularning asosiy

namunalari sifatida “Alpomish” dostonidan parchalar keltirgan.

Dostonning yana bir matni Fitratning “O‘zbek adabiyoti namunalari” majmuasidan o‘rin

olgan. Dostonning boshlang‘ich qismi O‘ozi Olimning Hamroqul baxshi va Fozil Jiravdan yozib

olgan variantidir. “Alpomish” dostonining Fozil Yo‘ldosh o‘o‘lidan 1922 yilda yozib olingan

qismi yo‘qolgan. Shu munosabat bilan u haqda to‘liq bir fikr yuritib bo‘lmaydi. Doston 1928 yilda

qayta yozib olingan. Qayta yozilgan matnda 1922 yildagi asosiy matn saqlanib qolgan.

Ular o‘rtasidagi farq 1928 yil variantida tasvirning kengayishi, misralarning qisqarishi,

ularning boshqacha talqin qilinishi, diniy tushunchalarning kamayishi bilan izohlanadi.

Fitrat o‘z majmuasida dostonning boshlano‘ich qismini Fozil Yo‘ldosh variantidan

keltiradi. Bu variant mustaqillik yillarida 1998 yilda Hodi Zarif hamda To‘ra Mirzaev tahriri ostida

nashr etildi. Fitrat majmuasida keltirilgan parchada dostonning boshlang‘ich qismi, biylarning

farzandsizligidan boshlab, Boysarining zakot sabab qalmoqlar yurtiga ko‘chib ketishi davrigacha

bo‘lgan voqealari aks ettirilgan. She’riy parchalarning aksariyat qismi qisqartirilib berilgan.

Boysun-Qo‘no‘irotning qalmoq eliga jo‘nash tasviri tushirib qoldirilib, qalmoq dehqonlarinig

shoh Toychaxonga arz qilish voqealari bilan majmuadagi parchalar yakunlanadi.

“O‘zbek adabiyoti namunalari”da keltirilgan parchalarning 1998 yilgi nashr bilan

solishtirilganda, ular aynan bir xil ekanligiga guvoh bo‘linadi. Parchalar o‘rtasidagi farq ba’zi unli

va undoshlarning o‘zgarishi, xususan, jarangli undoshlarning jarangsizlashuvi hamda matnning

juda ko‘p o‘rinlarda qisqartirishlar bilan berilishida ko‘zga tashlanadi. Fitrat majmuasidagi

uruq,

Dovonbiy, o‘tti, to‘yo‘a, kanglu, cho‘pron

kabi so‘zlar 1998 yilgi nashrda

uruo‘, Dobonbiy, o‘tdi,

to‘yga, ko‘ngli, cho‘furon

shakllarida keltiriladi. “Bu dostonlardan biri – el adabiyoti yo‘lida

tirishguchilarimizdan o‘rtoq O‘ozi Olimning 1922 yilda Toshkent va Samarqand uezdlarida

yashayturo‘an o‘zbeklarning mashhur oqinlari – Hamroqul baxshi va Fozil jirav Yo‘ldosh

o‘g‘lining oo‘zidan yozib olgani “Alpomish” dostonidir”. Fitrat dostonning keyingi variantini

tabiiy ravishda o‘z majmuasiga kiritmagan.


background image

1009

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Fitrat majmuadagi dostonning boshlang‘ich qismidan keltirilgan parchalarni Fozil

Yo‘ldosh hamda Hamroqul baxshidan yozib olingan, deb yozadi. Biroq ushbu parchalar Fozil

Yo‘ldosh variantining aynan o‘zi. Hamroqul baxshi variantining to‘liq matniga ega emasmiz.

Undan ayrim parchalar G‘ozi Olim Yunusov tomonidan “Bilim o‘choo‘i” jurnalida nashr

ettirilgan. Parchada Boysari boshliq o‘n ming uyli qo‘no‘irotliklarning mollari qalmoq dehqonlari

ekinlarini yeb ketishi, ularning Toychixonga arz qilishi, Surxayl kampirning sovchiligi, alplarning

Barchin uchun o‘zaro talashlari va Boysariga sovchilikka borishlari, Barchinning Qo‘no‘irotga

xabar yuborishi Qaldiro‘och maslahati bilan yo‘lga chiqqan Alpomishning mozorotda

tunashigacha bo‘lgan voqealar tasvirlanadi. Fitrat majmuada dostonning har ikkala baxshi

variantida bir xil boshlang‘ich qismini keltiradi. Demakki, Fozil Yo‘ldosh hamda Hamroqul

baxshi variantlarining boshlano‘ich qismi aynan bir xil degan xulosaga kelish mumkin.

Dostonning so‘nggi qismi Berdi baxshi tomonidan aytilgan variantdir.

El orasida Berdi baxshi nomi bilan shuhrat qozongan Berdiyor Pirimqul o‘o‘lining

“Alpomish” dostoni dostonchilik an’anasining yaxshi xususiyatlarini o‘zida saqlaganligi, she’riy

misralarning nisbatan badiiy pishiqligi bilan ajralib turadi. Berdi baxshidan yozib olingan

“Alpomish” g‘oyaviy-badiiy jihatdan boshqa variantlardan ajralib turadi. Unda samimiy yumor va

hajviy ruh sezilib turadi. Ushbu variant o‘zining badiiy shakli jihatidan ishqiy-romantik

dostonlarga yaqin turadi. O‘ziga xos lirizm, chiroyli tasvirlar, xalq qo‘shiqlari she’riy bezaklarga

moyillik, ba’zi tafsilotlarning jimjimador ishlash Berdi baxshi uslubining asosiy belgilaridan

biridir.

Berdi baxshining “Alpomish” dostoni 1969 yilda nashr ettirilgan. Ushbu nashrda

dostondagi juda ko‘p o‘rinlar qisqartirilgan. Bu holatni dostonning 1999 yildagi qayta nashri bilan

solishtirish jarayonida ko‘rish mumkin. 1969 yilgi nashrda dostondagi diniy hamda e’tiqodiy

parchalar tushirib qoldirilgan. Fitrat o‘z majmuasida dostonning so‘ngi qismini Berdi baxshi

variantidan keltiradi. Tovka oyimning yordami bilan Alpomishning zindondan qutulishi hamda

Qaldirg‘ochning tuya boqib yurgan holati aks etgan parchalar kichik hajmda majmuadan o‘rin

olgan. Ushbu parchalar 1999 yilgi nashr bilan solishtirilganda ularning aynan bir xil ekanligi

kuzatildi. Farqli jihatlar yuqorida keltiriganimiz kabi unli va undoshlar o‘zgarishi hamda matnning

qisqartirib berilishida ko‘rinadi.

Majmuadagi doston matnlari shunchaki keltirilmay olim tomonidan tushunarsiz so‘zlar

izohlanib, havolalarda berib o‘tiladi. Olim dostonning bir o‘rnida “mazgil” so‘zini izohlar ekan, u

aslida arabcha “manzil” so‘zi ekanligi, o‘zbekchalashib shu shaklda ishlatilishini ta’kidlaydi. Fitrat

dostondagi Shohimardon pir obraziga alohida e’tibor qaratadi. Bu kabi islomiy obrazlar ko‘pchilik

dostonlarda mavjud bo‘lib, olim ularning syujet tizimida o‘rniga qarab ma’lum turlarga ajratadi.


background image

1010

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Fitrat islom dini qabul qilinganidan so‘ng doston syujetidagi Ali, Muhammad Hanafiy,

Zaynularab, Boboravshan kabi qahramonlarning paydo bo‘lishini shu bilan izohlaydi. Bu jihat

dostonlar olim tomonidan ikki turga: “1. Islomiy qahramonlar qatnashgan 2. Islomiy obrazlar

ishtirok etmaydigan” tarzida ajratiladi. Dostonlarning birinchi turida qahramonlar dostonning

syujet tizimida ikkinchi va uchinchi darajadagi qahramonlar sifatida ishtirok etadilar. “Alpomish”

dostonidagi Shohimardon pirning ikkinchi-uchinchi darajadagi qahramon sifatida asarda bir

ko‘rinib, keyinchalik ishtirok etmasligi shu bilan izohlanadi.

Mustaqillikka kelib marhum prezident Islom Karimov jadidlar xotirasini abadiylashtirdi,

Toshkentda muzey ochildi, Shahidlar xiyoboni bunyod qilindi. Ammo bundan qat’i nazar, jadidlar

merosiga nisbatan xovotir tuzumni tark etmadi, ular adabiyoti mamlakatda taro‘ib etilmadi,

jadidlar o‘oyasi qabul qilinmadi.

Iqtidordagi hukumat davriga kelib bu xavotir bir qadar bosilayotgandek ko‘rinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar kuni munosabati bilan o‘tgan tantanada

sovetlar qatl etgan jadidchilar Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy va Munavvarqori

Abdurashidxonovni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlash qarorini ma’lum qildi.

Stalin qatag‘oni nafaqat qiro‘in, balki jadidlar timsolidagi Turkiston ozodligi ruhiyatini

cho‘ktirishga, yo‘qotishga ham qaratilgan edi.

Ammo bu ruhiyat sharpasi Fitrat, Cho‘lpon adabiyoti taqiq ostida bo‘lgan sovet

zamonlarida ham Turkiston uzra kezib yurdi. O‘tgan asrning 80-90-yillariga kelib O‘zbekiston

mustaqilligi uchun kurashgan yangi o‘zbek ziyolilari avlodini yuzaga chiqardi, ularga ruhiy dalda,

ma’naviy kuch berdi.

Jadidlarlardan keyingi uyg‘onish davrini tamsil etuvchi bu yangi avlodning ijtimoiy-

siyosiy maydondagi faoliyati mustaqillik kurashi bilan yakunlandi, mustaqillikka erishilishi

ortidan ham O‘zbekistonda hokimiyat jadidlarni qiro‘in qilgan kommunistlarning vorisi sanalgan

siyosiy kuchlar qo‘lida qoldi.

So‘ngi uyo‘onish davrini bo‘o‘ish, muxolifat sifatida maydonga chiqqan jadidlarning yangi

avlodini yo‘qotish, qamatish, quvo‘in qilish bilan kuzatilgan bu siyosiy vorislik O‘zbekiston uchun

chorak asrlik turo‘unlikka ulanib ketdi.

Mustaqillikka erishgan davlat shu turo‘unlik bois jadidlar orzu qilgan ilo‘orlik,

modernizatsiya, zamonaviy dunyo bilan uyo‘unlashishdan ayri yo‘lga tushdi, diktatura tio‘i

ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini, aholi ongini-da zaharlagan mamlakatga aylandi.

O‘zbekistonda hokimiyat almashgan bo‘lsa-da, siyosiy vorislik an’anasi barham topgani

haqida gapirish qiyin. Iqtidordagi hokimiyat buni sobiq tuzum rahbariga ko‘rasatilayotgan doimiy

ehtirom misolida jamaotchilikka ochiq taqdim etyapti.


background image

1011

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Karimov davridagi turg‘unlik jadidlar xotirasini abadiyshlatirish va ular merosini

o‘rganish, ehtiromlash mutlaqo boshqa-boshqa narsalar ekanligini ko‘rsatdi.

Marhum prezident uchun masalaning siyosiy tomoni – jadidlarning Rossiya bosqiniga

qarshi ozodlik kurashi ramzi ekani muhim edi; jadidlarning ta’limga asoslangan inqilob o‘oyasi

esa, aksincha, diktator moqomidagi Karimovni xavotirda ushlagani haqiqatga yaqin.

Marhum Karimovning vorisi Prezident Shavkat Mirziyoyev bu borada qanday yo‘l tutadi,

hozircha noma’lum.

Bugun mamlakatda xalq ta’limi inqirozli davrni boshdan kechirayotgani, shunday

vaziyatda milliy ta’lim uchun jon fido qilgan Avloniy, Behbudiy, Munavvarqori xotirasiga yuksak

ehtirom ko‘rsatilgani inobatga olinsa, Mirziyoyev uchun masalaning siyosiy emas, aynan ma’rifiy

tomoni ustundek ko‘rinadi.

Jadidlar oruzusidagi Turkiston ilg‘or ta’limga, ma’rifatga, taraqqiyotga asoslangan edi; bu

orzu qobiqni, chegaralarni, monarxiya va diktaturani inkor etadi.

Turkiston istiqboli haqida mushohada yuritgan jadidlarning shu xulosalarda to‘xtaganiga

ham yuz yil, bir asrdan oshmoqda.

Bu xulosalar esa bir asr o‘tib ham hozirgi O‘zbekiston uchun hamon dolzarb.

Mamlakatda so‘nggi to‘rt yilda yangi O‘zbekiston haqida, yaqindan boshlab uchinchi

Uyo‘onish davri haqida gapirilmoqda.

Ammo jadidlar faoliyati tarixi shuni ko‘rsatadiki, uyo‘onishni bayonotlar emas,

jamiyatning taraqqiyotga intilish kurashi, fikrlar va o‘oyalar xilma-xilligiga qorishgan siyosiy

muhit, tanlovning mavjudligi belgilaydi.

REFERENCES

1.

A.Fitrat. Adabiyot qoidalari. Adabiyot muallimlari va xavaslilari uchun qo‘llanma. -

Toshkent, 1926.

2.

A.Fitrat. Adabiyot qoidalari/ Nashrga tayyorlovchi Sh.Turdiyev// Fan va turmush.1989.

3.

A.Fitrat. Bir-ikki so‘z. Fitrat tilshunoslik muammolari haqida // Turkiston. 2001-yil 12-

yanvar.

References

A.Fitrat. Adabiyot qoidalari. Adabiyot muallimlari va xavaslilari uchun qo‘llanma. - Toshkent, 1926.

A.Fitrat. Adabiyot qoidalari/ Nashrga tayyorlovchi Sh.Turdiyev// Fan va turmush.1989.

A.Fitrat. Bir-ikki so‘z. Fitrat tilshunoslik muammolari haqida // Turkiston. 2001-yil 12-yanvar.