CORRUPTION-FREE WORLD-THE UNIVERSAL GOAL

HAC
Google Scholar
To share
Xudayberdiyeva, M. (2024). CORRUPTION-FREE WORLD-THE UNIVERSAL GOAL. Modern Science and Research, 3(1), 918–922. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28551
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, using information and communication technologies, raising the legal consciousness and legal culture of the population in the fight against corruption, forming an uncompromising attitude towards corruption in society, improving the legal literacy of employees of state bodies and other organizations, legal education and training in educational institutions held.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

918

KORRUPSIYADAN HOLI DUNYO -UMUMBASHARIY MAQSAD

Xudayberdiyeva Moxichehra Alisher qizi

Buxoro Davlat Universiteti Tarix-Yuridik fakulteti yurisprudensiya yo‘nalishi

2-kurs 5/2-guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10573052

Annotatsiya. Ushbu maqolada axborot komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan

holda Karrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini
yuksaltirish, jamiyatda karrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat
organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarning huquqiy savotxonligini oshirish, ta’lim
muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar: Karrupsiyaga qarshi kurashish, Karrupsiyaga oid huquqbuzarlik,

Manfaatlar to’qnashuvi, Karrupsiya taraqqiyot kushandasi, Poraxo’rlik, Tamagirlik,
Huquqbuzarlik, Davlat organlari. Jinoyat, Erkinlik, Shaxs, Ichki nazorat, Tashqi nazorat, saylov
tizimi orqali kurashish.

CORRUPTION-FREE WORLD-THE UNIVERSAL GOAL

Abstract. In this article, using information and communication technologies, raising the

legal consciousness and legal culture of the population in the fight against corruption, forming an
uncompromising attitude towards corruption in society, improving the legal literacy of employees
of state bodies and other organizations, legal education and training in educational institutions
held.

Key words: Fight against corruption, Crime related to corruption, Conflict of interest,

Corruption development group, Bribery, Greed, Crime, State bodies. Crime, Liberty, Identity,
Internal control, External control, fighting through the electoral system.

МИР БЕЗ КОРРУПЦИИ -УНИВЕРСАЛЬНАЯ ЦЕЛЬ

Аннотация. В данной статье с помощью информационно-коммуникационных

технологий повышение правового сознания и правовой культуры населения в борьбе с
коррупцией, формирование бескомпромиссного отношения к коррупции в обществе,
повышение правовой грамотности работников государственных органов и других
организаций, проводится юридическое образование и стажировка в образовательных
учреждениях.

Ключевые слова: Борьба с коррупцией, Преступления, связанные с коррупцией,

Конфликт интересов, Группа по развитию коррупции, Взяточничество, Жадность,
Преступность, Государственные органы. Преступность, Свобода, Идентичность,
Внутренний контроль, Внешний контроль, борьба через избирательную систему.


KIRISH.

Yer yuzida davlat va jamiyat paydo bo’lganidan buyon odamzod poraxo’rlik va

korrupsiyani taraqqiyot va farovonlik kushandasi, adolat, tenglik, sog’lom raqobat va halollik
tamoillari ustun bo’lishiga to’sqinlik qiladigan ijtimoiy illatlardan biri, deb baholab kelgan va unga
qarshi kurashib yashagan. Ma’lumki, korrupsiya jamiyatni rivojlanishiga qarshi qaratilgan harakat
sifatida har qanday jamiyat va davlatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi hamda
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni chuqurlashtirishga sabab bo’ladigan omil sifatida baholanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

919

Chunki huquqiy ong va madaniyati yuksak bo‘lgan va huquqiy ta’lim va tarbiya jihatdan yetuk
bo’lgan insonlar salbiy illat bo’lmish korrupsiyaga yo‘l qo’ymaydilar.

Etimologik jihatdan ‘‘Korrupsiya’’ atamasi “Buzish, pora evaziga og‘dirish’’ degan

ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio’’so’zidan kelib chiqqan. Yuridik ensiklopediya
mualliflarining ta’kidlashicha, Korrupsiya-mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan
huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishni ifodalovchi
siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyatdir. Bu holatni ta’lim jarayonida ham
kuzatish mumkin. Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash maqsadlariga faqat jinoyat-huquqiy
vositalar bilan ergashib bo’lmasligini hayotning o’zi ko’rsatmoqda. O’ylaymizki, bunday
ma’naviy buzilish holatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki jamiyat va umuman
barcha fuqarolarimiz mas’uldirlar.

Shunday ekan, davlat va jamiyat, shu bilan birga nodavlat notijorat tashkilotlari bunday

illatni oldini olish va unga qarshi kurashdagi birgalikdagi harakatgina samarali natijalarga
erishishning eng maqbul yo’li hisoblanadi.

Korrupsiya o’zi nima?

-korrupsiya jamiyatni turli

yo’llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Maskur illat demokratiya va huquq ustuvorligi
asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to’sqinlik
qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan
jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.

Shu o’rinda ta’kidlab o’tish o’rinliki, ushbu zarali hodisa katta va kichik, badavlat va

kambag’al bo’lishlaridan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchramoqda. Ushbu zararli illatlarni
bartaraf etish bo’yicha jahonhamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga
oshirilayotgan bo’lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.

Bugun xalqaro hamjamiyat korrupsiyaga qarshi kurashishning eng to’g’ri va samarali yo’li-

korrupsiyaning sodir etilishiga imkon yaratayotgan sabab va omillarni aniqlash hamda ularni
bartaraf etish deb hisoblaydi. Ushbu illatlarni bir qator faktorlar keltirib chiqarishi mumkin.

Birinchidan,

jamiyat va davlat mavjud muammolarni hal qilish mqasadida ishlab

chiqarilgan qonunlar va dasturlarning mukammal emasligi, qonunchilikda zidiyatlar va qarama-
qarshiliklarning mavjudligi.

Ikkinchisidan,

mamlakatda mustaqil iqtisodiyot faoliyat yurituvchi subyektlar faoliyati

ustidan ortiqcha davlat nazoratining mavjudligi.

Uchinchisidan,

davlat xizmatida moddiy manfaatdorlik, byurokratik to’siqlarning

mavjudligi, mansabdor shaxslarning ijtimoiy ta’minlanmaganligi yoki ular uchun adolatli mehnat
sharoiti yo’qligi, faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati o’rnatilmaganligi.

So‘ngi yillarda tub islohotlar davriga qadam qo’ygan O’zbekistonda ham taraqqiyot

kushandasi bo’lgan illat-korrupsiyaga qarshi izchil kurash olib borilmoqda. Ushbu kurash davlat
siyosati darajasiga ko’tarildi.

Keng jamoatchilik nazorati ortidan korrupsiya bilan bog’liq bo’lgan jinoyatlar ko’proq va

tezkorlik bilan ochilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADOLOGIYA.

Hurmatli prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot

strategiyasi

korrupsiyadan xoli mamlakat barpo etishni nazarda tutadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

920

Ushbu strategiyaga ko’ra,

mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi

murosasiz kurashishning ilg’or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo’yicha izchil
choralar ko’rilmoqda. Bunda quyidagi asosiy yo’nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda:
Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, aholining huquqiy ongi va
madaniyatini yuksaltirish.

Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida samarali harakatlarni davom ettirish.

Karrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish, bu yaramas

illatning oqibatlarini, bunga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish,
huquqbuzarliklarni sodir etilganligi uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.

Bu borada respublikamizda davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiyaga

yo’l ochib beradigan omillarga chek qo’yishga qaratilgan 80 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat
qabul qilindi. “Korrupsiyasiz soha” loyihalari, yo’l xaritalari va dasturlar tasdiqlanadi. Parlament,
xalq deputatlari kengashlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining korrupsiyaga
qarshi kurashdagi roli va ahamiyati oshib bormoqda. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida
ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi
hisobdorligini yo’lga qo’yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik
nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi, qator nodavlat notijorat tashkilotlari
bilan amaliy hamkorlik kuchaytiriladi.

Yuqoridagi vazifalar, chora-tadbirlar ijrosini bajaralishi yuzasidan bugungi kunda

tumandagi sektorlar rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, nodavlat notijorat
tashkilotlari ijtimoiy tarmoqlar va televideniye orqali, shuningdek xalq deputatlari tuman kengashi
sessiyalarida axborot va hisobotlar berib barchani xabardor qilib bormoqdalar. Bundan ko’zlangan
asosiy maqsad korrupsiyaning har qanday ko’rinishiga barham berish va shaffof jamiyatda inson
qadrini yanada oshirishdir.

Deyarli har kuni biz birgalikda jamiyatimizning rivojlanishiga to’siq bo’layotgan-

korrupsiya bilan kurashishga harakat qilyapmiz. Korrupsiya bir tashkilotning yoki bir shaxsning
harakati bilan yoqolmaydi. Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma’lum bir sohaga emas, balki
butun jamiyat taraqqiyotiga to’g’anoq bo’ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat
korrupsiya va poraxo’rlikdir. Anan shu illat sababli ko’plab davlatlarning inqirozga yuz tutgani
ham tarixdan ma’lum. Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo’lgan global
muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy
rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo’lishiga olib keladi.
Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari
qatoridan joy olgan.

MUHOKAMA VA NATIJALR.

Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi yaratilgan holda

2017-yil 3 yanvarda O’zbekiston Respublikasing “

Korrupsiyaga

qarshi

kurashish

to’g’risida’’gi

qonuni qabul qilindi hamda shundan so’ng bir qator narmativ-huquqiy hujjatlarda

korrupsiyaning oldini olish va bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Qonuning 3-moddasiga ko’ra, korrupsiya-shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan

shaxsiy manfaatlatini, yaxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf
olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi xuddi shuningdek bunday nafni qonunga


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

921

xilof ravishda taqdim etilishidir. Qonuning 5-moddasida esa korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari ko’rsatib o’tilgan bo’lib, ular: aholining
huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz
munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini
olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida
aniqlash, ularga chek qo’yish, ularning oqibatlarini, unga imkon beruvchi sabablar va shart-
sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun
javobgarlikning muqarrarligi prinsioini ta’minlashdan iboratdir.

XULOSA.

Mening fikrimcha, korrupsiyaga qarshi kurashishda pora taklif qilganlar yoki olganlarni

javobgarlikka tortish samarasiz usuldir. Faqat oshkoralik, shaffoflik bilan korrupsiyaga qarshi
samarali kurashish mumkin. Ko’p yillardan beri Daniya korrupsiya yoq mamlakatlar reytingida
peshqadamlikni bermay keladi. Buni qarangki, fuqarolari o’zini baxtli his etadigan davlatlar
ro’yxatida ham aynan Daniya birinchi o’rinda turadi. Qizig’-a? Demak, qayerda korrupsiya, yani
chirkin manfaatlar-u yeng Ichida ish bitirishlar bo’lmas o’sha yerda odamlar o’zini baxtli his etar
ekan-da! Korrupsiya botqog’iga botgan amaldorlar jamiyat taraqiyotiga g’ov bo’lib, umri xalqqa
xiyonat qilish, yosh avlod ongini zaharlash bilan o’tishini endi keng jamoatchilik yaxshi tushunadi.

Bu illatga qarshi kurash-toza vijdonli, oriyatli ziyolilarning qalb amriga aylanmog’i lozim.
Bugungi kunda har bir davlatda korrupsiyaga qarshi kurash davom etmoqda. Har bir davlat

va jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish yo’lini o’zi tanlaydi, aniqrog’i, qanday yo’l to’g’ri
ekanini hayot ko’rsatadi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashni keng qamrovda olib borish
choralari ko’zda tutilgani, bu borada har bir masalaga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas.

Korrupsiyaga aloqador odam qonunni buzishdan tashqari, o’zining kimligini, e’tiqodi,

ma’naviyati qay darajada ekanini oshkor qiladi. Bunday odam nafaqat moliyaviy ziyon-zahmat
yetkazadi, balki davlatni demokratiyani behurmat qilib, obro’sini to’kadi, unga non-tuz berib katta
qilgan, ilm-u hunar, obro’va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qo’yadi.

O‘ylashimcha, oliy o’quv yurtida talabadan yo uning ota- onasidan pora olgan, tamagirlik

qilgan dekan yo boshqa mansabdor shaxs uchun iymon, vijdon,insoniylik degan tuyg’ular
bo’lmaydi. Ular xarom-xarish yo’l bilan topganlarini oilasida o’z farzandlariga harom luqma
yegizayotganini tushunmaydi. Bunday oilada o’sgan o’g’il- qizlar ertaga undan battar ochofat,
yulg’ich, poraxo’r bo’lib o’sadi va bir kun albatta qopqonga tushib, umri panjara ortida o’tadi.

Mana shu haqiqatni oliy o’quv yurtlaridagi har bir mansabdor shaxs yaxshi bilib olishi

zaruz. U bugun qilayotgan qing’irliklarimni hech kim bilmaydi, sezmaydi, deb o’ylaydi.
Voholanki, bugun odamlarning ko’zi ochilmoqda. Oliy o’quv yurtida qaysi dekan yoki boshqa
mansabdor shaxs shunaqa qing’irliklar qilayotganini atrofidagilar yaxshi bilishadi. Oriyatli,
vijdonli ziyolilar ular haqda tegishli idoralarga xabar berib qo’yishini o’zlarining vijdoniy burchi,
pokiza yashashga intilgan xalq oldidagi qarzi deb bilmoqdalar. Shunga yarasha oliy o’quv yurtlari
ham asta-sekin tozalanmoqda!

O‘zining g’arazli maqsadi uchun har qanday tubanlikdan tap tortmaydigan mas’ul shaxs

nafaqat oliy o’quv dargohiga, shu bilan bir qatorda butun jamiyatga ziyon yetkazadi. Raxbar
hammaga o’rnak bo’lib, halol ishlab, fidoiylik ko’rsatish o’rniga, kishi bilmas poraxo’rlik qilsa,
yosh kandlar undan nimani o’rganadi? Qanaqa o’rnak oladi? Darhaqiqat, har qanday vaziyatda


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

922

ham halol odam hayotda g’olib bo’lib, baxtli-saodatli yashaydi. Bugun butun jamiyatimiz ana
shunday pokiza hayotga intilmoqda. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish lozimki, ommaviy axborot
vositalarning

korrupsiyaga

qarshi

kurashdagi

asosiy

vazifasi

ijtimoiy

kayfiyatni

yoritish:cho’qqining o’tkir nuqtasiga yetib kelganimizni eslatib turishdan iborat.


REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasining “korrupsiyaga qarshi kurashish” to’g’risidagi qonun.

2.

Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozmiga kirishish
tantanali marosimiga bag’ishlangan oliy majlis palatalarining qo’shma majlisidagi “Erkin
va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz”mavzusidagi maruzasidan.

3.

Yangi O’zbekiston taraqiyot strategiyasi.

4.

BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi.

References

O’zbekiston Respublikasining “korrupsiyaga qarshi kurashish” to’g’risidagi qonun.

Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozmiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan oliy majlis palatalarining qo’shma majlisidagi “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”mavzusidagi maruzasidan.

Yangi O’zbekiston taraqiyot strategiyasi.

BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов